-
-
-
-
-
-
-
-
Dinshunoslik,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Spiitamen
Maqsud Qoriyev,vatan uchunkurashgan o'glonlar talaygina.Spitamen ana shunday mard-jasur og'lon. Ushbu kitobda Spitamenning vatan ozodligi yo'lidagi jasorati qalamga olingan.Uning mardligi chindanda ibrat olsa arzigulik.
-
-
-
-
-
Yomg'ir
Somerst Moem,Ingliz adabiyoti tarixida mashhur yozuvhci va dramaturg Somerst Moem(1874-1965) ijodi alohida o'ringa ega.Adib o'z asarlarida qahramonlar ruhiy olamini teran ochib bergani,badiiy so'z imkoniyatlarini yuksak mahorat bilan namoyon etgani bois juda keng kitobxonlar ommasininge'tiborini qozondi.S.Moemnig "Insoniy ehtiroslarning uqubatlari" (1915), "Oy va chaqa", "Teatr" romanlari,ko'plab pyesalari va ayniqsa,1926 yilda nashr etlgan"Kazuarin daraxti" nomli to'plamidan joy olgan ko'plab hikoyalari dunyo xalqlarining bir necha tillariga tarjima qilingan. Somerst Moem jahon adabiyotida realistik hikoyalarning mohir ustasi sifatida shuhrat qozongan.bu hikoyalarida yozuvchi kitobxonni inson ruhiyatiningmurakkab dunosiga olib kiradi, hayotga yangicha nazar bilan-ham kuyunib, ham kulib qarashga undaydi.
-
Mashhur daholar siyrati
Imom Abu Abdulloh Shamsiddin Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Zahabiy,Mashhur alloma Shamsiddin Zahabiy qator asarlari bilan Islom olamida dong taratganlar. Bular orasida u zotning minglab muhaddis,mufaqqih, muarrixu mufassirlr to'g'risida qimmatbaho ma'lumot berilgan bir necha jilddan iborat "Siyaru a'lamin nubalo" kitoblari alohida ahamiyatga ega. Ko'plab ilmiy tadqiqotlar,tarjimayu tahlillar uchun manba bo'ladigan bu bitik-xazinada yuzlab vatandoshlarimizga ham munosib o'rin berilgan.Buxoro tumaniagi "Chor Bakr" jome' masjidi imom-xatibi Azizxo'ja Inoyatov tomonidan amalga oshirilgan ushbu tarjima orqali ularning ikki yuzdan ziyodi bilan tanishish ma'naviyatimizning boyishiga ulkan hissa qo'shishi shubhasiz.
-
-
Saylanma
Maxtumquli,Qo'lingizdagi ushbu kitob turkman xalqining ulug' shoiri,turman adabiy tili asoschisi, barcha xalqlar tomonidan she'rlari,dostonlari sevib o'qiladigan,hofizlar baland pardalarda kuylaydigan,mashshoqlar inja kuylar bastalaydigan otashnafas shoir Maxtumquli-Firog'iy asarlaridan tanlab tabdil etilgan.Bu noyob,xalqchil asarlar turkmanchadan o'zbekchaga o'girilish jarayonida iloji boricha asliyatga yaqin ruhda tarjima qilingan. Maxtumquli ijodining aziz muxlislari,O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Muhammad Pirriyevning jiddiy sa'y -harakatlari natijasida amalga oshirilgan bu tabdil Sizlarga manzur bo'ladi, degan umiddamiz.
-
Tanlangan asarlar
Abdulla Oripov,O'zbekiston Qahramoni,Xalq shoiri Abdulla Oripov "Tanlangan asarlar"ining sakkiznichi jildi keyingi ikki yarim yilda yozilgan ruhiyat va chuqur falsafiylik omixta bo'lgan yangi she'rlardan jamlandi.Zukko sh'erxonlar ulkan shoir ijodi yangi mavzular,yangi ifoda vositalari bilan boyiganiga,davr va xalq,shaxs va jamiyat, inson va uning qalbi,nur va ziyo, muhabbat va nafrat,yaxshilik va yovuzlik,samimiyat va hasad, mehr va qabohat singari o'lmas va azaliy mavzular yangi ifoda vositalari orqali ochib berilganiga ishonch hosil qilib, yangi shoirona nigohan zavq oladilaar, deb umid qilamiz.
-
-
-
Jinoyat protsessuall huquqi
Mualliflar jamoasi,Mazkur darslik "Jinoyat protsessuall huquqi" fanining umumiy va maxsus qismlari bo'yicha o'quv dasturi negizida tayyorlangan va yuridik kollejlar o'quvchilariga mo'ljallangan.
-
Zulmat ichra nur
Mirkarim Osim,O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish,kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi qarorida yosh avlodning ma'naviy -intelektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda,ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo'lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan.Ulug' adib-Mirkarim Osimning "Zulmat ichra nur" qissasini mutolaa qilgan yosh kitobxonlar ma'naviy olami shunga yarasha bo'ladi. Alisherning nihoyatda o'tkir zehnli bo'lgani,o'qish va yozishni juda erta o'rganib olgani, eng muhimi-bolaligidan she'riyatga, adabiyotga g'oyat qiziqqani haqida tarixiy asarlar guvohlik beradi."Zulmat ichra nur" qissasida biz Alisherni to'rt yoshligidanoq yaqindan tanib boramiz. Ushbu qissani to'liq o'qisangiz,Alisher NAvoiy bobomizning naqadar chuqur aql, tajriba egasi bo'lganini, u kishi oddiy dehqon bilan ham, zamona podshohlari bilan ham bemalol til topishib,murakkab muammolarni oqilona hal etganini bilib olasiz.
-
Fuqorolik huquqi
Avtorlar jamoasi,Ushbu darslik O'zbekiston Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2019 yil 20- iyundagi 654 sonli buyrugi asosida nashga tavsiya etilgan.
-
Temur tuzuklari
Amir Temur,"Temur tuzuklari","Tuzuki Temuriy", "Mafuzoti Temuriy", "Voqioti Temuriy" nomlari bilan ham mashhur bo'lgan "Temur tuzuklari" asari ikki qismdan iborat. Birinchi qismida Amir Temurning tarjimai holi, ijtimoiy-siyosiy faoliayti, uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qo'lga kiritishi,soyosiytarqoqlikka barham berishi, markazlashgan davlat tuzishi,27 mamallakatni o'z tasarrufiga kiritishi, buyuk sohibqiron tilidan ixcham tarzda bayon etilgan. Ikkinchi qismida esa mashhur jahongirning farzandlariga atlgan o'ziga xos vasiyat, pand-nasihatlari va o'gitlaridan iborat.Unda davlatni idora etishda kimlarga tayanish,toj-u taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va qo'shin boshliqlarining tanlsh,armiyaning tuzilishi va jang olib borish qoidalari, sipohiylarning maoshi,mamlakatni boshqarish tartibi, davlat arboblari va qo'shin boshliqlarining burch va vazifalari,amirlar,vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u tat oldida ko'rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash yo'sini va boshqalar xususida gap boradi.
-
Ma'naviy masnaviy
Jaloliddin Rumiy,Mavlono Jaloliddin Rumiy hazratlarining " Ma'naviy masnaviy" asari yetti asrdan buyon Sharq tafakkur va badiiy kalom muxlislarini o'ziga maftun etib kelmoqda.Ushbu tengsiz adabiy obida har bir imon egasini Haq va haqiqat sari yuksaltiruvchi ruhiy-qalbiy narvondir. Qo'lingizdagi kitob Ko'niyo kutubxonasida saqlanayotgan eng mo'tabar qo'lyozma asosida nashrga tayyorlandi.O'zbek tilidagi tarjimasi esa este'dodli shoir Odil Ikrom tomonidan amalga oshirildi.Umid qilamizki, aziz o'quvchimiz o'z imkoni darajasida ushbu bepoyon ma'naviy ummondan baharamand bo'ladi.
-
Mening Dog'istonim
Rasul Hamzatov,Ziyolilarimiz hamma o'qishi kerak bo'lgan yuzta kitobning ro'yxatini tuzishdi. Bu kitoblar ro'yxatida "Mening Dog'istonim" asari ham bor.agar bu ro'yxat o'ntaga qisqartirilganda ham unda "Mening Dog'istonim" kitobi albatta bo'lardi.Chunki, til,millat,xalq,qadriyat,vatan mehri,davr ruhi,sevgi sehri,haqiqat va yolg'on,yaxhsilik va yomonlik,tinchlik va urush mavzulari hassosona yoritilgan "Mening Dog'istonim"day asar jahon adabiyotida kam topiladi.Ayniqsa,asar mazmun-mohiyatiga singib ketgan shoirning dilbar she'rlari,purma'no hikmat-hikoyatlari, o'zi ko'rgan ibratli voqelar haqidagi yodnomalari o'quvchilarda o'chmas taassurot qoldiradi. 1971 yilda dunyo yuzini ko'rgan bu asar o'tgan yarim asr davomida yuzdan ortiq tillarga tarjima qilindi, millionlab nusxada chop etildi.Biroq,hamon savdo rastalarida kam topiladigan noyob kitoblar qatorida tilga olinadi.mazkur kitobning ona tilimizga ko'p nusxada chop etilishi shoirning qadrdon muxlislari qo'llariga bir tuhfaday yetib borish imkonini beradi.Ishonchimiz komil,dunyoga mashhur bu kitob o'zning yangi-yangi muxlislarini topadi va ularning ham sevimli ma'naviy aylanadi.
-
Ish yuritish
N.Imomov, M.Baratov,Darslik o'quvchilar,o'qituvchilar. huquqshunoslar va ish yuritish jarayoni amaliyoti bilan qiziquvchilari ushun mo'ljallangan