-
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar: Buyuk Britaniya misolida
Ibrohimov A.A.,Ushbu o'quv qo'llanmada mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga oid Buyuk Britaniya tajribasi, huquq normalari va konsepsiyalar tizimli asosda yoritilgan. Shuningdek, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning asosiy tushunchalari, mualliflik huquqi obyektlari, huquqiy muhofazaga layoqatlilik shartlari, mualliflik va birinchi egalik huquqi, mualliflik huquqi obyektlariga nisbatan amal qiladigan huquqlar, nomulkiy huquqlar, mualliflik huquqining amal qilish muddati, mualliflik huquqining buzilishi va ularni himoya qilish masalalari bayon qilingan. O'quv qo'llanma ta'lim muassasalari talabalari, soha tadqiqotchilari, huquqshunoslar hamda sohaga qiziqish bildiruvchilar uchun mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2023-yil 4-iyuldagi 107-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 107-47).
-
Iqtisodiy jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish muammolari
Otajonov A.A.,Mazkur o'quv qo'llanma o'zgalar mulkini talon-toroj qilish va unga aloqador jinoyatlarni to'g'ri kvalifikatsiya qilish masalalariga bag'ishlangan. Unda bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, o'g'rilik, firibgarlik kabi jinoyatlarning huquqiy tahlili, ularning tarkibiy belgilarini aniqlash va bir- biridan farqlash mezonlari yoritilgan. Shuningdek, iqtisodiyot asoslariga qarshi, xo'jalik faoliyati sohasidagi va tadbirkorlik faoliyatiga to'sqinlik bilan bog'liq jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishdagi amaliy muammolar tahlil qilingan. O'quv qo'llanma huquqshunos olimlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, yuridik ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, tinglovchi, kursant va talabalariga mo'ljallangan.
-
Xalqaro xavfsizlik asoslari
Madaminova D. I.,Mazkur o'quv qo'llanmada xavfsizlik tushunchasiga oid qarashlar, xalqaro xavfsizlikni ta'minlash borasidagi yondashuvlar va bu boradagi manfaatlar mutanosibligiga erishish yuzasidan tanqidiy, tahliliy fikrlar keltirilgan, shuningdek, muammoli-siyosiy vaziyatlarni amaliy tahlil qilishning asosiy uslubiy tamoyillari va usullari keltirilgan bo'lib, unda amaliy xalqaro xavfsizlik muammosi bilan bog'liq konseptual modellarni amalda qo'llash bo'yicha asosiy ko'rsatmalar o'rin olgan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 18-martdagi 61-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 61-24).
-
-
-
-
-
-
Ingliz huquqi asoslari
Mamanazarov S.Sh.,Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti Ingliz shartnoma huquqi moduli dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lib, nazariy bilimlar va amaliy misollarni uyg'unlashtirgan holda, o'quvchilarga shartnomalar tuzish, tahlil qilish va nizolarni hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu o'quv qo'llanma olimlar, sud-huquq sohasidagi mutaxassislar va huquqshunoslik yo'nalishi talabalari, shuningdek, xalqaro tijorat huquqi, qiyosiy huquqshunoslik, ingliz huquqi, xususan, ingliz shartnoma huquqi bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun mo'ljallangan.
-
Qonun ijodkorligi
Turdiyev X.,Mazkur o'quv qo'llanmada qonun ijodkorligi tushunchasi va mazmuni, prinsiplari, O'zbekiston Respublikasida qonun ijodkorligi jarayonining rivojlanishi, qonunchilik tashabbusi huquqi va uni amalga oshirish tartibi, qonunchilikka takliflar kiritish instituti, qonun loyihasining muhokamasi va qabul qilish masalalari, qonunni imzolash va e'lon qilish tartib-taomillari, qonunlar loyihalari mazmuniga qo'yiladigan asosiy talablar, qonun ijodkorligi jarayonida ekspertizaning roli va ahamiyati, qonun ijodkorligi jarayoni samaradorligini oshirish kabi masalalar yoritilgan. Mavzularni mustahkamlash uchun jadvallar, muammoli savollar, nazorat savollari, testlar berilgan. O'quv qo'llanma oliy yuridik ta'lim muassasalari talabalariga hamda ilmiy izlanuvchilar, kitobxonlarning keng doirasiga mo'ljallangan.