Sport kontraktlari huquqi
Kitob mualliflari
Musayev B.,
Oqyulov O.,
Imomov N.,
Ushbu darslikda sport kontraktlari tushunchasi, xususiyati haqida tushuncha berilib, sport kontraktining huquqiy tavsifi, kontraktni tuzish va bu jarayonda sport agentining faoliyati, sport shartnomasini xalqaro huquqiy qo'llab-quvvatlashning rivojlanish istiqbollari hamda yo'nalishlari bilan birga, sportchi, murabbiylarning, ish beruvchining huquq va majburiyatlariga oid mavzular o'rin olgan. Shuningdek, sport shartnomasi shartlarini buzganlik uchun tomonlarning javobgarligi, professional sportchilar, trenerlar huquq va manfaatlarini himoya qilish usullari kabi masalalar fuqarolik huquqi nuqtayi nazaridan yoritilgan. Darslik yurisprudensiya sohasida tahsil olayotgan talabalar, tadqiqotchilar va sportning huquqiy asoslariga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2022- yil 28-dekabrdagi 412-um-sonli buyrug'iga ko'ra nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 412-65).
| Bilimlar sohasi: |
| |
| UDK |
347.44(075)(575.1) |
| Kitob nashriyoti nomi: |
Toshkent davlat yuridik universiteti |
| Kitob nashr qilingan shahar:
|
Toshkent |
| ISBN: |
978-9910-554-13-1 |
| Kitob nashr qilingan yili: |
2025 Yil |
| Betlar Soni: |
104 |