O'zbek tili / akademik yozuv

Kitob mualliflari Ziyamuxamedova Sh.T.,

Mazkur qo'llanma yuridik oliy o'quv yurtlari rus guruh talabalari hamda Grodno davlat universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetining qo'shma dasturi asosida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, davlat tili, yuridik til va uning o'ziga xos jihatlariga tegishli materiallarni o'z ichiga oladi. Bu esa talabalarning ma'ruza va amaliy mashg'ulot darslariga mustaqil tayyorgarlik ko'rishini hamda o'zining bilim sifatini nazorat qilishni ham ta'minlaydi. "O'zbek tili / akademik yozuv" fanidan talabalarning davlat tilini puxta o'rganishi, savodli yozishi, ijodiy fikrlashi, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda yozma shakllarda aniq, qisqa, ravon hamda mantiqan izchil ifodalash ko'nikmalarini shakllantirish uchun xizmat qiladigan, ularni yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalash va rivojlantirishni ta'minlaydigan bilimlarni qamrab oladi. Muallif qo'llanmani tayyorlashda masalaning mana shu jihatlarlariga alohida e'tibor berdi.

Bilimlar sohasi: |
UDK 811.512.133
Kitob nashriyoti nomi: Bookmany print
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9910-06-203-2
Kitob nashr qilingan yili: 2024 Yil
Betlar Soni: 118
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Hujjat turi: O‘quv qo‘llanma
Nashr tili: O‘zbek
Kataloglashtirish manbai: Lotin
Hujjat tipi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH

Kitobga aloqador kitoblar