Qasddan odam o'ldirish subyekt belgisiga ko'ra kvalifikatsiya qilish masalalari

Kitob mualliflari Allanova A.A.,

Ushbu o'quv qo'llanmada qasddan odam o'ldirish jinoyatini kvalifikatsiya qilishning o'ziga xos xususiyatlari, qasddan odam o'ldirish bilan bog'liq jinoyatlarda subyekt tushunchasi va umumiy tavsifi, subyekt belgisiga ko'ra qasddan odam o'ldirish uchun javobgarlik nazarda tutilgan jinoyat qonuni normalarining retrospektiv tahlili, bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a'zosi tomonidan yoxud o'sha guruh manfaatlarini ko'zlagan holda qasddan odam o'ldirish jinoyatini kvalifikatsiya qilish, xavfli retsidivist va o'ta xavfli retsidivist tomonidan qasddan odam o'ldirish jinoyatini kvalifikatsiya qilish, ayrim chet mamalakatlar jinoyat qonunchiligida subyekt belgisiga ko'ra qasddan odam o'ldirganlik uchun javobgarlik masalalari bayon etilgan. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlari talabalari, yuridik ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2024-yil 3-iyuldagi 15-sonli buyrug'iga asosan o'quv qo'llanma sifatida nashrga tavsiya etilgan.

Bilimlar sohasi: |
UDK 343.611
Kitob nashriyoti nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9910-655-72-2
Kitob nashr qilingan yili: 2024 Yil
Betlar Soni: 74
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Hujjat turi: O‘quv qo‘llanma
Nashr tili: O‘zbek
Kataloglashtirish manbai: Lotin
Hujjat tipi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH

Kitobga aloqador kitoblar