Jinoyat ishlarida advokatning ishtiroki

Kitob mualliflari Tulaganova G.,

Mazkur darslik "Jinoyat protsessida advokatning ishtiroki" moduli doirasida jinoyat ishlarida advokat tomonidan huquqiy yordam ko'rsatishning umumiy asoslari, sudga qadar bosqichda advokatning himoyachi sifatidagi ishtiroki, jinoyat ishlari bo'yicha isbotlash jarayonida himoyachining tutgan o'rni, birinchi instansiya sudlarida himoyachining ishtiroki, sud muhokamasida advokatning himoya nutqi va uning notiqlik mahorati, apellyatsiya instansiyasi sudlarida himoyachining ishtiroki, advokatning jinoyat protsessining boshqa bosqichlaridagi faoliyati, shuningdek advokatning jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar va fuqaroviy javobgarning vakili sifatidagi ishtiroki, guvoh advokati, alohida toifadagi jinoyat ishlarida advokat ishtirokining xususiyatlari hamda xorijiy mamlakatlar jinoyat protsessida advokat ishtirokining o'ziga xos jihatlariga bag'ishlangan. Darslik yuridik oliy ta'lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar, shuningdek jinoyat ishlarida advokat faoliyatiga qiziquvchi keng kitobxonlar uchun mo'ljallangan. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 26-dekabrdagi 280-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami -280-10).

Bilimlar sohasi: |
UDK 343.24(075.8)(575.1)
Kitob nashriyoti nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9910-239-53-3
Kitob nashr qilingan yili: 2026 Yil
Betlar Soni: 256
Аdabiyot bilan tanishish uchun Аxborot-resurs markaziga aʼzo boʼlish shart
Hujjat turi: darslik
Nashr tili: O‘zbek
Kataloglashtirish manbai: Lotin
Hujjat tipi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH

Kitobga aloqador kitoblar