Fintech va huquq raqamli moliyadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solinishi

Kitob mualliflari Xazratqulov O.,

Zamonaviy raqamli texnologiyalarga asoslangan tubdan yangi texnologik muhitni shakllantirish zamonaviy dunyo iqtisodiyoti, siyosati va ijtimoiy jarayonlariga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. "Raqamli renessans" milliy va xalqaro iqtisodiy maydonga yashin tezlikda kirib keldiki, buning natijasida uni huquqiy tizim orqali tartibga solish vazifasi kun tartibiga chiqdi. Ilg'or raqamli texnologiyalar, global tarmoqlarda ashyolar tushunchasini paydo bo'lishi, sun'iy intellekt va yirik ma'lumotlar bazasiga asoslangan platformalarining mavjudligi fuqarolik qonunchiligini tartibga solishning tubdan yangi muhitini shakllantirish uchun texnologik asos yaratdi. Mazkur o'quv qo'llanma orqali muallif o'quvchining innovatsion texnologiyalar yordamida raqamli moliyaviy xizmatlar ko'rsatish sohasini huquqiy tartibga solishga doir tasavvurlari, qarashlari va bilimlarini yanada boyitishga yordam berishini maqsad qilgan. Ushbu qo'llanmadan amaliyotda faoliyat olib borayotgan huquqshunoslar, iqtisodchi-moliyachilar, tadbirkorlar va boshqa davlat idoralari xodimlari ham foydalanishlari mumkin. Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 25.11.2025 yildagi 256-um- sonli qaroriga koʻra nashrga tavsiya etilgan.

Bilimlar sohasi: |
UDK 34.01(075.8)
Kitob nashriyoti nomi: Dimal
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9910-5962-64-8
Kitob nashr qilingan yili: 2026 Yil
Betlar Soni: 124
Аdabiyot bilan tanishish uchun Аxborot-resurs markaziga aʼzo boʼlish shart
Hujjat turi: O‘quv qo‘llanma
Nashr tili: O‘zbek
Kataloglashtirish manbai: Lotin
Hujjat tipi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH

Kitobga aloqador kitoblar