| Аdabiyot bilan tanishish uchun Аxborot-resurs markaziga aʼzo boʼlish shart | |
|---|---|
| Hujjat turi: | O‘quv qo‘llanma |
| Nashr tili: | O‘zbek |
| Kataloglashtirish manbai: | Lotin |
| Hujjat tipi: | Bosma shaklda |
| Kirish huquq turi: | OCHIQ KIRISH |
Fintech va uning huquqiy modellari
Zamonaviy raqamli texnologiyalarga asoslangan tubdan yangi texnologik muhitni shakllantirish zamonaviy dunyo iqtisodiyoti, siyosati va ijtimoiy jarayonlariga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. "Raqamli renessans" milliy va xalqaro iqtisodiy maydonga yashin tezlikda kirib keldiki, buning natijasida uni huquqiy tizim orqali tartibga solish vazifasi kun tartibiga chiqdi. Ilg'or raqamli texnologiyalar, global tarmoqlarda ashyolar tushunchasini paydo bo'lishi, sun'iy intellekt va yirik ma'lumotlar bazasiga asoslangan platformalarining mavjudligi fuqarolik qonunchiligini tartibga solishning tubdan yangi muhitini shakllantirish uchun texnologik asos yaratdi. Mazkur o'quv qo'llanma orqali muallif o'quvchining innovatsion texnologiyalar yordamida raqamli moliyaviy xizmatlar ko'rsatish sohasini huquqiy tartibga solishga doir tasavvurlari, qarashlari va bilimlarini yanada boyitishga yordam berishini maqsad qilgan. Ushbu o'quv qo'llanmadan amaliyotda faoliyat olib borayotgan huquqshunoslar, iqtisodchi-moliyachilar, tadbirkorlar va boshqa davlat idoralari xodimlari ham foydalanishlari mumkin. Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 25.11.2025 yildagi 256-um- sonli qaroriga ko'ra nashrga tavsiya etilgan.
| Bilimlar sohasi: | | |
|---|---|
| UDK | 34(043.5)(075.8) |
| Kitob nashriyoti nomi: | Dimal nashriyot |
| Kitob nashr qilingan shahar: | Toshkent |
| ISBN: | 978-9910-562-65-5 |
| Kitob nashr qilingan yili: | 2026 Yil |
| Betlar Soni: | 104 |