Ilmiy tadqiqot metodologiyasi va Legal Tech
Kitob mualliflari
Gulyamov S.,
Rustambekov I.,
Bahramova M.,
Ushbu o'quv qo'llanma zamonaviy huquqshunoslikda an'anaviy dogmatik yondashuvni raqamli texnologiyalar (Sun'iy intellekt, Big Data, Blokcheyn, Legal Tech) metodologiyasi bilan integratsiya qilishga bag'ishlangan. Kitobda ilmiy tadqiqot metodologiyasining nazariy asoslari, umumilmiy va maxsus huquqiy metodlar Legal Tech vositalari yordamida tahlil qilingan. Asosiy maqsad bo'lajak yuristlar va tadqiqotchilarni huquqiy voqelikni raqamli vositalar yordamida tadqiq qilishga, o'lchashga va prognoz qilishga o'rgatishdan iborat. Kitobni tayyorlash jarayonida, Legal Tech yondashuvining bir qismi sifatida, ilmiy tahlil va sintezni chuqurlashtirish maqsadida Katta Til Modellarining (LLM) ayrim imkoniyatlaridan ham foydalanilgan. O'quv qo'llanma yurisprudensiya yo'nalishida tahsil olayotgan bakalavr, magistrlar va amaliyotchi yuristlar uchun mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2023-yil 22-dekabrdagi 224-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish ragami-224-12)
| Bilimlar sohasi: |
| |
| UDK |
001.8:34:004(075.8) |
| Kitob nashriyoti nomi: |
Toshkent davlat yuridik universiteti |
| Kitob nashr qilingan shahar:
|
Toshkent |
| ISBN: |
979-8279287123 |
| Kitob nashr qilingan yili: |
2025 Yil |
| Betlar Soni: |
130 |