| Аdabiyot bilan tanishish uchun Аxborot-resurs markaziga aʼzo boʼlish shart | |
|---|---|
| Hujjat turi: | darslik |
| Nashr tili: | O‘zbek |
| Kataloglashtirish manbai: | Lotin |
| Hujjat tipi: | Bosma shaklda |
| Kirish huquq turi: | OCHIQ KIRISH |
Fuqarolik huqiqiga kirish
Huquq tizimida sivilistika deb ataluvchi mazkur huquq sohasi tartibga soluvchi munosabatlar iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga kirib borgan. Shu sababli, zamonaviy yurist fuqarolik huquqi fanini puxta o'zlashtirgan taqdirda yetuk mutaxassis sifatida shakllanishi mumkin. Yangi avlod huquqshunos kadrlarni tayyorlashda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy islohotlarni hisobga olgan holda darslik va qo'llanmalar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Darslikni yozishda sivilistika ilmi erishgan so'nggi yutuqlardan ijodiy foydalanildi hamda amaldagi qonun hujjatlari va ularga kiritilgan o'zgartish va qo'shimchalar e'tiborga olindi. Ushbu darslikda fuqarolik huquqining umumiy masalalari hisoblangan fuqarolik huquqi tushunchasi, ahamiyati, predmeti, tizimi, tamoyillari, fuqarolik- huquqiy munosabatlarning harakatda bo'lishi asoslari, fuqarolik huquqlarini himoya qilish, fuqarolik huquqi manbalari, fuqarolik huquqi subyektlari va obyektlari, bitimlar, vakillik hamda muddatlar kabi masalalar yoritilgan. Mazkur darslik huquqshunoslik yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalarga, ilmiy izlanuvchilarga, shuningdek, fuqarolik huquqi bilan bog'liq masalalar bilan shug'ullanuvchi mutaxassislarga mo'ljallangan. Ushbu darslik Toshkent davlat yuridik universiteti Akademik halollik kengashining 2026-yildagi 21-um-sonli qarori bilan tasdiqlangan va nashrga tavsiya etilgan.
| Bilimlar sohasi: | | |
|---|---|
| UDK | 347.0(075) |
| Kitob nashriyoti nomi: | Dimal |
| Kitob nashr qilingan shahar: | Toshkent |
| ISBN: | 978-9910-562-94-5 |
| Kitob nashr qilingan yili: | 2026 Yil |
| Betlar Soni: | 208 |