| Аdabiyot bilan tanishish uchun Аxborot-resurs markaziga aʼzo boʼlish shart | |
|---|---|
| Hujjat turi: | O‘quv qo‘llanma |
| Nashr tili: | O‘zbek |
| Kataloglashtirish manbai: | Lotin |
| Hujjat tipi: | Bosma shaklda |
| Kirish huquq turi: | OCHIQ KIRISH |
Bola huquqlari: xalqaro va milliy tajriba
Mazkur o'quv qo'llanmada bola huquqlariga oid xalqaro va milliy standartlar, ularning mazmun-mohiyati, bolalar bilan bog'liq ishlarning sudlarda ko'rib chiqilish tartibiga oid masalalar, shuningdek, bola huquqlarini himoya qilishga doir xalqaro mexanizmlar yoritilgan. Bundan tashqari, bolalarning ijtimoiy- iqtisodiy huquqlari, o'qishdan bo'sh vaqtida ishlayotgan bolalarning ish vaqti davomiyligi, ularning yuk ko'tarish va tashish normalarining chegaralari haqida aniq ma'lumotlar berilgan. Ushbu o'quv qo'llanma yurisprudensiya yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar, sudyalik lavozimlariga nomzodlar, sudyalar va sud apparati xodimlarini o'qitishda, shuningdek, sud amaliyoti xodimlarida sud ishlarini yuritishda xalqaro huquq normalarini qo'llash ko'nikmalarini shakllantirishda foydalaniladigan muhim manbalardan biri hisoblanadi. O'quv qo'llanma yurisprudensiya yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar, sudyalar va sud apparati xodimlari, sudyalik lavozimlariga nomzodlar (70420115 "Sud faoliyati" mutaxassisligi bo'yicha), advokatlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, huquqshunos olimlar, huquqshunoslik sohasiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi, shuningdek, bola sifatida o'z huquqlarini bilishni istovchi shaxslar uchun mo'ljallangan. Toshkent davlat yuridik universitetining 2025-yil 26-dekabrdagi 280-05 um- sonli buyrug'iga asosan o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etilgan.
| Bilimlar sohasi: | | |
|---|---|
| UDK | 347.63(075.8) |
| Kitob nashriyoti nomi: | Impress media |
| Kitob nashr qilingan shahar: | Toshkent |
| ISBN: | 978-9910-261-26-8 |
| Kitob nashr qilingan yili: | 2025 Yil |
| Betlar Soni: | 187 |