Advokatlik faoliyatida xususiy-huquqiy nizolar
Kitob mualliflari
Mehmonov Q.M. ,
Yuldashev J.I.,
Egamberdiyev E.X.,
Ushbu darslikda xususiy-huquqiy nizolar tushunchasi va ahamiyati, ularda advokatlik faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Xususan, ko'chmas mulkka bo'lgan mulk huquqi to'g'risidagi, fuqarolik huquqidagi shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarda, merosga oid nizolarni hal etishda advokatning roli ko'rib chiqilgan. Shuningdek, korporativ nizolar va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish, oilaviy- huquqiy, uy-joy nizolarida, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida advokatura amaliyoti masalalari haqida ham tushuncha berilgan. Darslik oliy o'quv yurtlarining yuridik fakultetlari magistrantlari, huquq asoslari o'qitiladigan oliy maktab talabalari, shuningdek, amaliyotdagi soha vakillariga tavsiya etiladi. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 18-martdagi 61-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami -61-43).
| Bilimlar sohasi: |
| |
| UDK |
347.965(075)(575.1) |
| Kitob nashriyoti nomi: |
Toshkent davlat yuridik universiteti |
| Kitob nashr qilingan shahar:
|
Toshkent |
| ISBN: |
978-9910-239-70-0 |
| Kitob nashr qilingan yili: |
2026 Yil |
| Betlar Soni: |
336 |