Ushbu darslikda Inson huquqi fanining predmeti va tizimi, inson huquqi manbalari, inson huquqi bo'yicha xalqaro institutlar, inson huquqi bo'yicha milliy institutlar, inson huquqi sohasida xalqaro andoza (standart)lar, mahkumlarning, qochoqlarning, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmaganlarning huquqiy holati, odam savdosiga qarshi kurashning huquqiy masalalari, insonning sha'ni va qadr-qimmati daxlsizligi, inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo'lish, o'z sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqi, inson huquqini buzganlik uchun yuridik javobgarlik, insonning yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik, erkin ko'chib yurish, so'z va fikrlash erkinligi, fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish, fuqarolarning davlat xizmatiga kirish, insonning malakali yuridik yordam olish, vijdon erkinligi, mitinglar, yig'ilishlar va namoyishlar o'tkazish, murojaat qilish huquqlari, davlat va jamiyat oldidagi burchlari kabi mavzular yoritilgan. Darslik professor-o'qituvchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan.