Yuristlar uchun o'zbek tilining lotin yozuvidagi imlo qoidalari

Kitob mualliflari Ramazonov N., Choriyev O.,

Yuridik ta'limning har bir bosqichida davlat tili qonun-qoidalarini o'rganish, o'zlashtirish masalasi hammavaqt dolzarb bo'lib kelgan. Bugungi kunda ham soha mutaxassislarining savodxonligini yuksaltirish, ularning og'zaki va yozma nutqini o'stirish, ularni til ko'nikmalaridan situatsiyaga mos ravishda o'rinli foydalanishga o'rgatish masalasi yetuk huquqshunos kadrlar tayyorlashning asosi sifatida qaralmoqda. Savodxonlikning asosida imlo turar ekan, savodxonlikni imlo masalalari bilan chambarchas bog'liqlikda olib borish eng maqbul yo'ldir. Shu sababli ham ushbu o'quv qo'llanma imlo sohasidagi bilimlarni huquq sohasi tushunchalari va matnlari asosida mustahkamlashni o'z oldiga maqsad qilib olgan. Qo'llanmada material uning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda imlo qoidalari, nazariy qarashlarni mustahkamlash uchun mashq va topshriqlar hamda o'zbek tilida faol qo'llanadigan so'zlar lug'atıdan iborat tarzda joylashtirilgan. Misol, mashq va topshiriqlarning yuridik terminlar, qonunlar matnlari, qonunosti hujjatlaridan olinganligi esa uning huquqshunos mutaxassislar uchun foydaliligini oshirgan. Qo'llanma bo'lajak huquqshunos mutaxassislar, talaba va magistrantlar, amaliyotchi yuristlar hamda imlo masalasiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.

Fan yoʻnalishi: | Ta'lim |
UDK 811.512.133(075.8)(575.1)
Kitob nashriyoti nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-8114-1-6
Kitob nashr qilingan yili: 2022 Yil
Betlar Soni: 200
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: O‘quv qo‘llanma
Tili: O‘zbek
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH