O'zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi 5 Tom

Kitob mualliflari Rustamboyev M.X.,

Mazkur darslik O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga 2018 yil 1 noyabrgacha kiritilgan qo'shimcha va o'zgartishlar inobatga olingan holda tayyorlangan. Unda amaldagi qonun hujjatlari, tergov va sud amaliyoti, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari asosida jinoyat huquqining Umumiy va Maxsus qismi masalalari yoritilgan. Darslik besh tomdan iborat. Birinchi va ikkinchi tomlar JKning Umumiy qismiga bag'ishlangan. Birinchi tomida jinoyat qonuni va jinoyat to'g'risidagi ta'limot masalalari yoritilgan. Ikkinchisida jazo, javobgarlik va jazodan ozod qilish, jinoyat-huquqiy ta'sirning boshqa choralari yoritilgan. Uchinchi, to'rtinchi va beshinchi tomlar JKning Maxsus qismi normalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun javobgarlik masalalariga bag'ishlangan. Muallif tomonidan barcha jinoyatlar tarkibining belgilari tahlil qilingan, ularni kvalifikatsiya qilish masalalari, o'xshash jinoyatlar tarkiblarini farqlash muammolari ko'rib chiqilgan. Darslik yuridik oliy o'quv muassasalari bakalavr va magistrlari, Bosh prokuratura Akademiyasi tinglovchilari, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti kursantlari, O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi tinglovchilari, o'qituvchilarga moʻljallangan, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va jinoyat huquqi muammolari bilan qiziquvchi shaxslar tomonidan foydalanilishi mumkin.

Fan yoʻnalishi: | Ta'lim |
UDK 343.36(575.1)
Kitob nashriyoti nomi: O'zbekiston Res. Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-5559-5-2
Kitob nashr qilingan yili: 2018 Yil
Betlar Soni: 367
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Darslik
Tili: O‘zbek
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH

Kitobga aloqador kitoblar