Nizolarni hal qilishning muqobil usullari

Kitob mualliflari Mamasiddiqov M.M., Xakberdiyev A.A.,

Ushbu darslik Davlat ta'lim standarti asosida tuzilgan "Nizolarni hal qilishning muqobil usullari"ga muvofiq hamda shaxsga yo'naltirilgan, rivojlantiruvchi va mustaqil ta'lim olish texnologiyalari, taomillari va talablari asosida tayyorlangan. Darslikda nizolarni muqobil hal etish usullaridan hakamlik sudlari va mediatsiya tartib-taomillariga oid barcha masalalar batafsil ko'rib chiqilgan. Mazkur darslik nafaqat malaka oshirish muassasasi, oliy o'quv yurti tinglovchi va talabalari uchun, balki mediatorlar, hakamlik sudlari, fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarining va iqtisodiy sudlarining sudyalari, advokatlar, shuningdek, keng kitobxonlar ommasi uchun ham mo'ljallangan. Darslikdan professor-o'qituvchilar, "70420125-Mediatsiya va nizolarni muqobil hal etish usullari" magistratura mutaxassisligi bo'yicha talabalar, fuqarolik protsessual huquqi, iqtisodiy protsessual huquqi, hakamlik jarayoni va mediatsiya ixtisosligi doirasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan doktorant va mustaqil izlanuvchilar hamda qonun ijodkorligi jarayonida bevosita qatnashuvchi shaxslar ham foydalanishi mumkin.

Fan yoʻnalishi: | Ta'lim |
UDK 347.746.42(075)(575.1)
Kitob nashriyoti nomi: TDYU
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9910-9008-9-1
Kitob nashr qilingan yili: 2024 Yil
Betlar Soni: 344
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Darslik
Tili: O‘zbek
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH

Kitobga aloqador kitoblar