Mikroiqtisodiyot

Kitob mualliflari O'ktamova N.N., Abdullayev X.N.,

Mazkur darslikda resurslar taqchilligi sharoitida mikro va makro darajada cheksiz ehtiyojlarni optimal qondirish masalalari o'zaro uyg'unlashgan holda yoritilgan. Iqtisodiy tanlov va muqobil xarajatlarning mikroiqtisodiy jihatlari, ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, firmalar mahsulotiga talab va taklifning bozor muvozanatiga erishish holatlari ko'rib chiqilgan. Mikro darajada maksimal va minimal narxlarning bozor muvozanatiga ta'siri, makro darajada yalpi talab va yalpi taklifning muvozanatiga ta'sir etuvchi omillar atroflicha o'rganilgan. Xususan, mikro darajada iste'molchilarning bozordagi xatti-harakatiga ta'sir etuvchi omillar bilan bog'liq nazariy va amaliy masalalarga keng o'rin berilgan. Firmalarning mukammal raqobatlashgan, monopol raqobatlashgan, oligopolistik va sof monopoliya bozorlaridagi xatti-harakati, narxlarni belgilash, xarajatlarni minimallashtirish bilan bog'liq masalalar chuqur tahlil qilingan.

Bilimlar sohasi: | Ta'lim |
UDK 33(075)(
Kitob nashriyoti nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9910-666-98-8
Kitob nashr qilingan yili: 2025 Yil
Betlar Soni: 200
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Hujjat turi: Darslik
Nashr tili: O‘zbek
Kataloglashtirish manbai: Lotin
Hujjat tipi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH