Ko'chmas mol-mulkning fuqarolik-huquqiy rejimi

Kitob mualliflari Imomov N., Hajiyev U.,

Ushbu o'quv qo'llanmada fuqarolik huquqining obyekti sifatida korxona tushunchasi va uning huquqiy rejimi bilan bog'liq masalalar yoritilgan. Shuningdek, qo'llanmada ko'chmas mulk tushunchasi va uni aniqlash mezonlari, ko'chmas mulk obyekti sifatida yer uchastkalari va yer osti boyliklari, bino va inshootlarning ko'chmas mulk obyekti sifatida rejimi, ko'chmas mulkning o'ziga xos obyekti sifatida uy-joyning huquqiy rejimi, ko'chmas mulkning alohida obyekti sifatida korxonaning huquqiy rejimi, korxonaning fuqarolik-huquqiy munosabat obyekti sifatidagi tushunchasi va tavsifi, mulk huquqi obyekti sifatida korxona tarkibini aniqlash muammolari, korxonaga nisbatan huquqlarni amalga oshirish, "virtual korxona"ning fuqarolik-huquqiy maqomi kabi masalalar o'z ifodasini topgan. O'quv qo'llanma yurisprudensiya yo'nalishi talabalari, o'qituvchilar, tadqiqotchilar hamda ko'chmas mol-mulkning fuqarolik-huquqiy rejimi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.

Bilimlar sohasi: | Ta'lim |
UDK 347.214.2(075.8)(575.1)
Kitob nashriyoti nomi: TDYU
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9910-554-10-0
Kitob nashr qilingan yili: 2025 Yil
Betlar Soni: 92
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Hujjat turi: O‘quv qo‘llanma
Nashr tili: O‘zbek
Kataloglashtirish manbai: Lotin
Hujjat tipi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH