| To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart | |
|---|---|
| Hujjat turi: | O‘quv qo‘llanma |
| Nashr tili: | O‘zbek |
| Kataloglashtirish manbai: | Lotin |
| Hujjat tipi: | Bosma shaklda |
| Kirish huquq turi: | OCHIQ KIRISH |
Tanlangan asarlar III-jild
Taniangan asarlar to'plamining mazkur jildi fuqarolik huquqining majburiyatlar institutiga oid dolzarb mavzularga bag'ishlangan bo'lib, jild tarkibidan "Fuqarolik huquqi muammolari darsligi 2-qismining (muallifning hayotlik vaqtida yozib tugatilgan) majburiyatlar huquqiga oid bo'limi hamda "Oldi-sotdi shartnomasi" monografiyasi o'rin olgan. Mazkur jildda majburiyatlar huquqining umumiy qismi nazariy jihatdan chuqur tahlil qilinadi. Xususan, majburiyat tushunchasi, tizimi, turlari va vujudga kelish asoslari, fuqarolik-huquqiy shartnoma nazariyasi (tuzish, o'zgartirish va bekor qilish), majburiyat subyektlari, majburiyatlarning bajarilishi tamoyillari va uni ta'minlash usullari (garov, kafillik, neustoyka va hk) kabi institutlar atroflicha yoritilgan. Ayniqsa, majburiyatlarni buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari, shartlari va turlariga oid masalalar keng tadqiq etilgan. Monografiyada esa majburiyatlar huquqining maxsus qismiga oid eng keng tarqalgan shartnoma oldi-sotdi shartnomasining nazariy-huquqiy tahliliga alohida o'rin berilgan. Unda oldi-sotdi shartnomasining umumiy qoidalaridan tashqari uning chakana oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish davlat kontrakti, kontraktatsiya, energiya ta'minoti hamda ko'chmas mulk va korxonani sotish kabi alohida turlarining o'ziga xos xususiyatlari tizimli ravishda ochib berilgan. To'plam huquqshunos olimlar, amaliyotchilar va talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda majburiyatlar huquqining umumiy va maxsus qismlariga oid chuqur nazariy bilimlar hamda huquqni qo'llash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan muhim ilmiy xulosa va tavsiyalar mujassamlashgan.
| Bilimlar sohasi: | | Adabiyot | |
|---|---|
| UDK | 347(092)(575.1) |
| Kitob nashriyoti nomi: | TDYU |
| Kitob nashr qilingan shahar: | Toshkent |
| ISBN: | 978-9910-554-85-8 |
| Kitob nashr qilingan yili: | 2025 Yil |
| Betlar Soni: | 360 |