-
Tanlangan asarlar II-jild
Raxmonqulov X.A.,Mazkur jild muallifning fuqarolik huquqining eng muhim va murakkab institutlariga bag'ishlangan, chuqur nazariy tahlilga asoslangan ilmiy ishlarini o'zida mujassam etgan. Ushbu tadqiqotlar sivilistik fanning fundamental asoslarini qamrab oladi. Jildda fuqarolik-huquqiy munosabatlar obyektlari nazariyasiga doir konseptual tahlil taqdim etiladi. Unda obyektlarning umumnazariy tavsifidan tashqari ashyolar, pul va qimmatli qog'ozlar kabi moddiy hamda intellektual faoliyat natijalari, shaxsiy nomulkiy huquqlar kabi nomoddiy ne'matlarning murakkab fuqarolik-huquqiy rejimi tizimli ravishda ochib beriladi. Shuningdek, to'plamda fuqarolik huquqining eng murakkab bitimlar instituti keng qamrovli tadqiq etilgan. Unda bitimning yuridik fakt va erk-iroda ifodasi sifatidagi ikkiyoqlama tabiati, uning turlari (jumladan, konsensual va real, kauzal va abstrakt, fidutsiar bitimlar) hamda shakllari chuqur ilmiy tasniflanadi Ayniqsa, bitimlarning haqiqiy emasligi asoslari va uning huquqiy oqibatlariga oid masalalar qonunchilik va sud amaliyoti nuqtayi nazaridan tanqidiy tahlil qilingan.. Asarning salmoqli qismi mulk huquqi institutining nazariy muammolariga bag'ishlangan. Unda mulkiy munosabatlarning tarixiy-qiyosiy tahlili orqali mulk huquqining mazmuni, uning xususiy va ommaviy shakllari, subyektlari va obyektlariga oid doktrinal qarashlar rivojlantiriladi. Bundan tashqari, mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo'lish asoslari hamda uning ashyoviy-huquqiy himoya usullari (vindikatsion va negator da'volar) kabi muhim nazariy va amaliy masalalar atroflicha tadqiq etilgan. To'plam huquqshunos olimlar, amaliyotchilar, o'qituvchilar va talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda fuqarolik huquqining eng muhim institutlariga oid chuqur nazariy bilimlar va amaliy ahamiyatga ega ilmiy xulosalar mujassamlashgan.
-
Эл деса Навоийни
Халқ оғзаки ижоди,Ушбу мажмуага жаҳон шеърияти султони,туркий тилимизда ўнлаб улуғ ва боқий асарлар ёзган бобомиз ҳазрат Мир Алишер Навоий ҳақида халқ яратган ривоятларни жамладик
-
-
Жомий ва Новоий
Муаллифлар жамоаси,Шарқнинг улкан мутафаккир шоирлари -Абдураҳмон Жомий ва Алишер Навоийларнинг ижодий мулоқотлари,дўстона муносабатлари тарихий сабоқлар каби ибратомуздур
-
Inson qadri
Mualliflar jamoasi,Yangi O'zbekistonda xalqimiz turmush farovonligini oshirish, millati, tili va dinidan qat'i nazar, barcha O'zbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Qo'lingizdagi kitob inson sha'ni va qadr-qimmatini yuksaltirish, uning hayotdan rozi bo'lib yashashini ta'minlashdek ulug'vor maqsadlarning yurtimizdagi amaliy ifodasi haqida hikoya qiladi. To'plamda davlat va jamoat arboblari, taniqli yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar, mashhur san'atkorlar hamda o'z hayoti misolida mehr va e'tibor ko'rgan oddiy insonlarning fikr-mulohazalari, samimiy e'tiroflari jamlangan.
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-