-
-
Ёш раҳбар кадрларнинг бошқарув салоҳиятини баҳолаш.
Холов А., Махмудов И., Кадирова Ш., Бекимбетова Г.,Fuqarolik jamiyati, -
"Фукаролик процессида далиллар назарияси "^Eфанидан укув дастури. 5380100-Юриспруденция таълим йуналиши учун.
"Фукаролик процессида далиллар,Fuqarolik jamiyati, -
-
Фуқаролик тўғрисидаги қонунларда фуқаросизликнинг олдини олиш ва камайтиришнинг муваффақиятли амалиёти
Мариан О.Р,Fuqarolik jamiyati, -
Qaytish migratsiyasi Xalqaro yondashuvlar va markaziy osiyoning mintaqaviy o'ziga xos xususiyatlari
Mualliflar jamoasi,Fuqarolik jamiyati, -
-
-
Fuqarolik jamiyati,
-
-
-
O'zbekiston Respublikasining fuqarolik protsessual kodeksiga sharhlar
Sh.Sh.Shoraxmetov,Fuqarolik jamiyati, -
Fuqarolik jamiyati,
-
Fuqarolik huquqiga kirish
Yuldashev J.I.,Fuqarolik huquqi yurisprudensiyaning asosiy fundamental fanlaridan biri hisoblanadi. Fuqarolik huquqini boshlang'ich o'quv kurslaridan fundamental o'quv moduli sifatida o'rganish huquqiy ta'limni takomillashtirish va jamoatchilik bilan munosabatlarning ushbu sohasida yuzaga keladigan amaliy masalalar hamda nizolarni malakali hal qilishga yordam beradi. Ushbu o'quv qo'llanmada fuqarolik huquqiga oid tushunchalar loʻnda, sodda va tushunarli uslubda bayon etilgan bo'lib, talabalarga mavzuni mustahkamlashda ishonchli qo'llanma bo'lib xizmat qiladi.
-
Ёш раҳбар кадрларнинг бошқарув салоҳиятини баҳолаш.
Холов А., Махмудов И., Кадирова Ш., Бекимбетова Г.,Ушбу монография Ўзбекистон Республикаси Инновацион ривожла ниш вазирлигининг ПЗ-20170927486 «Ёш раҳбар кадрларнинг бошқарув салоҳиятини аниқлаш ва мансаб погоналарида ўсиш истиқболини белги заш технологиялари» илмий-амалий лойиҳаси доирасида тайёрланган. Мазкур монография мажмуа давлат хизматчилари, тингловчилар, талабалар, тадқиқотчилар ҳамда мазкур соҳага қизиқувчи кенг китобхонлар учун мўлжалланган.
-
"Фукаролик процессида далиллар назарияси "^Eфанидан укув дастури. 5380100-Юриспруденция таълим йуналиши учун.
"Фукаролик процессида далиллар, -
Fuqarolik protsessual huquqi
Mazkur o'quv qo'llanma fuqarolik protsessual huquqi modulidan ma'ruza va seminar (amaliy) mashg'ulotlarni o'tkazishga mo'ljallangan bo'lib, aynan o'qituvchi va o'quvchi (talaba, tinglovchi)ga fanni o'zlashtirishda qulay dastur sifatida tavsiya etiladi. O'quv qo'llanmada mavzu va reja, mantiqiy savollar, kazus va ularning yechimi, darslarni o'tish uslubiyoti (metodikasi) haqida ko'rsatmalar berilgan. Mazkur qo'llanma ikki bo'limdan iborat bo'lib, birinchi bo'limda fuqarolik protsessual huquqini o'qitish va o'rganish metodikasi haqida ko'rsatmalar berilgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda fuqarolik protsessual huquqining ayrim institutlari haqida qisqacha tavsiflar berilgan.
-
Фуқаролик тўғрисидаги қонунларда фуқаросизликнинг олдини олиш ва камайтиришнинг муваффақиятли амалиёти
Мариан О.Р,Ушбу нашр асосан БМТ ҚОКБ томонидан тайёрланган, бу лойиҳани амалга оширишга Мариан Олайзола Розенблат (Mariana Olaizola Rosenblat) томонидан амалга оширилган чукур тадқиқотлар ёрдам берди. Халкаро ҳимоя бўлимининг фуқаросизлик масалалари бўйича секцияси бошлиғи Мелани Ханна (Melanie Khanna) лойиҳани ишлаб чиқишга раҳбарлик қилди. ушбу нашрни ёзиш ва таҳрир этишга ёрдам берди. Фуқаросизлик масалалари бўйича секциянинг бошка ходимлари, шу жумладан Лена Хaan (Lena Наар), Радха Говил (Radha Govil), Анна де ла Варго Фито (Anna de la Vargo Fito) ва Фернандо Биссако (Fernando Bissacot), тадқиқотлар ўтказишга ва шархни тайёрлашга кўмаклашдилар. БМТ ҚОКБнинг фуқаросизлик масалалари бўйича минтақавий ходимлари Радха Говил, Мелани Ханна ва Шахрзад Таджбакш (Shahrzad Tadjbakhsh). Халқаро ҳимоя бўлими директорининг ўринбосари муҳаррир тахрирчи сифатида иш кўрганлар.
-
Qaytish migratsiyasi Xalqaro yondashuvlar va markaziy osiyoning mintaqaviy o'ziga xos xususiyatlari
Mualliflar jamoasi,Ushbu qo'llanmada ishlatilgan IQRY (Ixtiyoriy qaytish va reintegratsiyalashga yordam) atamasi, shuningdek uning asosiy jihatlari va tamoyillari Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMgT) tomonidan keyinchalik qayta ko'rib chiqilishi kerak. Shunday qilib, IQRY atamasiga havolalar, undan foydalanish va undan misollar keltirish iomalmaty@homint elektron manziliga tegishli so'rov orqali XMgT bilan oldindan kelishib olinishi kerak. O'quv qo'llanmasi XMgTning AQSh Davlat Departamentining Aholi, qochqinlar va migratsiya ishlari bo'yicha byurosi (AQMB AQSH) tomonidan mablag'lar bilan ta'minlangan "Osiyo mintaqaviy migratsiya dasturi loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. "QAYTISH MIGRATSIYASI, XALQARO YONDASHUVLAR VA MARKAZIY OSIYONING MINTAQAVIY O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI o'quv qo'llanmasi demografiya sohasidagi malakasini oshirayotgan davlat xizmatchilari va ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda demografik malumotlardan foydalanish, shuningdek ijtimoiy va gumanitar yo'nalishdagi talabalar va aspirantlar uchun moʻljallangan Rossiya Fanlar Akademiyasining "Rossiyaning demografik va migratsiya muammoları" ilmiy Kengashi tomonidan o'quv-uslubiy jarayonda foydalanish uchun tavsiya etilgan (2-sonli Bayonnoma, 2020 yil 2-iyun).
-
Nogironligi bo'lgan shaxslar davlat va jamiyat e'tiborida
Ismoilov B.S.,Mazkur risolada nogironligi bo'lgan shaxslar davlat va jamiyat e'tiborida ekanligi va bu borada gabul qilingan me'yoriy-huquqiy huljatlar tahlil gilingan. Хусусан, "nogironlik holati" tushunchasi va uning kelib chiqish sabablari, nogironligi bo'lgan shaxslar huguqlarini himoya gilish gonunchilik tizimining rivolanish bosqichlari, nogironligi bo'lgan shaxslarni tibbiy modelga asosan himoyalash tizimi funksional vazifalari, nogironligi bo'gan shaxslarni tibbly reabilitatsiya va abilitatsiya qilish gonunchilik tartibi, jismonly imkonlyati cheklangan shaxslarning ish bilan ta'minlanish huquqi va ularning kasbly reabilitatsiya masalalari oddiy xalqchil tilda yoritib berilgan. Suningdek, ta'lim sohasida jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning huquqiy holati va ularni yuridik jihatdan tartibga solish masalalari tahlil qlingan. Mazkur risola keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. O'zbekiston ko'zi ojizlar jamiyatining 2021 yil 12-iyuldagi 2021 tavsiyasi bilan nashrga tavsiya etilgan.
-
Озодликдан маҳрум қилинган шахсларни жазо ўташни давом эттириш учун ўз давлатига топшириш ва фуқароларни қабул қилиш тартиби (Ахборот-таҳлилий материал)
Умарханова Д.Ш.,Ушбу ахборот-таҳлилий материалда озодликдан махрум килинган шахсларни жазо ўташни давом эттириш учун фукаролигига тегишли давлатга топшириш ва кабул килиш тартиби борасидаги хорижий тажриба хамда уни тартибга солиш масалалари бўйича юзага келаётган муаммолар тахлил килинган. Шунингдек, сохага оид илмий-назарий ва юридик адабиётлар, суд амалиёти, статистик маълумотлар халкаро-хукукий нуқтаи назардан ўрганилган. Ахборот-таҳлилий материал олий ва ўрта-махсус ўкув юртларида хукукшунослик йўналиши бўйича тахсил олаётган тадкикотчилар, магистрантлар ва талабаларга, шунингдек мазкур масала билан кизикувчи кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Ijtimoiy ta'minot huquqi
Shamsitdinova M.,Mazkur o'quv uslubiy qo'llanmani tayyorlashdan asosiy maqsad aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, kundalik hayotda turli sohalarda ro'y berayotgan huquqiy muammolarning yechimini savol-javob tarzida, keng jamoatchilikka tushunarli shaklda yetkazishdan iborat. Ushbu o'quv uslubiy qo'llanmada kam ta'minlangan oilalarni "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta'minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to'lash tartibi to'g'risida munosabatlariga bag'ishlangan bo'lib, unda oilani kam ta'minlangan deb e'tirof etish va ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash shartlari, bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun murojaat qilish tartibi, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olish uchun arizalarni ko'rib chiqish tartibi kabi masalalar bo'yicha huquqiy savol-javoblar yoritilgan.
-
Фуқаролик ва иқтисодий процессда адвокат фаолиятининг долзарб муаммолари
Бебутова З.Ф,Ушбу монографияда фукаролик ва иктисодий процессда адвокат фаолиятининг ўзига хос хукукий табиати: унинг процессдаги иштироки, хукукий макоми ва фаолият турларининг таҳлили, миллий конунчиликни чукур ўрганиш орқали аникланган бўшликлар, нормаларнинг ўзаро номувофиклиги, амалиётга нотугри тадбик этилиши каби ҳолатлар. шунингдек, хориж тажрибасини киёсий тахлил килиш орқали ишлаб чикилган сохадаги муаммоларни бартараф этишга каратилган таклифлар, ишлаб чикилган таклифлар юзасидан шакллантирилган қонун лойияси ва адвокатлар орасида ўтказилган сўровнома ўрин олган. Монографиядан профессор-ўкитувчилар, илмий тадкикотчилар, конун ижодкорлиги жараёнида бевосита қатнашувчи шахслар фойдаланишлари мумкин.
-
Fuqarolik va oila huquqi
Ro'ziyev R.J, Topildiyev V.R, Choriyev M.Sh.,Ushbu darslikda fuqarolik huquqi tushunchasi, predmeti, tizimi va manbalari, fuqarolik huquqining subyektlari va obyektlari, fuqarolik huquqida bitimlar, vakillik va ishonchnoma, muddatlar va da'vo muddatlari, mulk huquqi, mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo'lish asoslari, mulk huquqining asosiy tamoyillari, mulk shakllari, ashyoviy huquq va uning turlari, xususiy va ommaviy mulk huquqi, mulk huquqini himoya qilish, majburiyat huquqi, majburiyatlami vujudga kelishi, majburiyat subyektlari va obyektlari, majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash usullari, majburiyatlarni bekor bo'lishi, shartnoma huquqi, shartnomalarning turlari, shartnomalarni tuzish va bekor qilish bilan bog'liq masalalar amaldagi qonun hujjatlari asosida yoritib berilgan. Darslik "Fuqarolik va oila huquqi" fanini o'rganish va o'rgatish bilan shug'ullanuvchi professor-o'qituvchilar, tadqiqotchilar, kursantlar, talabalar, tinglovchilar, ilmiy xodimlar hamda huquq ijodkorligi faoliyati bilan qiziquvchilarga moʻljallangan.
-
Fuqarolik jamiyati
Djumaniyazova D.K,Yuridik sohadagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ular- ning ko'lamini kengaytirish, shuningdek, talabalarning bilimini yanada chuqurlashtirish hamda mamlakatimizda ilm-fan taraqqiyotiga xizmat qiladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda Fuqarolik jamiyati fanini chuqurroq o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalarga fuqarolik jamiyatining shakllanish va rivojlanish jarayonida olib borilayotgan islohotlar, ularni amalga oshirish strategiyasining 3 mazmun-mohiyati fuqarolik jamiyatida inson, davlat va jamiyatning o'zaro munosabati, mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiyalashning asosiy tamoyillari, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishda O'zbekistonning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida chuqur bilim berish orqali ularda faol fuqarolik pozitsiyasi va mas'uliyatini shakllantirishdan iborat. O'quv qo'llanma bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan fuqarolik jamiyati moduliga oid mavzular bo'yicha ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarda foydalanish mumkin.
-
“Фуқаролик жамияти институтлари ва сайлов” халқаро давра суҳбати материаллари
muallifla jamoasi,Ушбу тўпламга 2021 йил 21 сентябрда Тошкент шахрида бўлиб ўтган “Фуқаролик жамияти институтлари ва сайлов” мавзусидаги давра суҳбатида тақдим этилган маьрузалар ва тезислар киритилган. Тўплам кенг доирадаги амалиётчи мутаҳассислар ва тадқиқотчилар учун мўлжалланган.