-
Jinoyat huquqida ijtimoiy xavfli oqibatning nazariy va amaliy jihatlari
Xudaykulov F. X.,Ushbu monografiyada jinoyat huquqi nazariyasida jinoyat tarkibi obyektiv tomonining umumiy tavsifi, jinoyat tarkibi obyektiv tomoni tushunchasi va ahamiyati, jinoyat tarkibi obyektiv tomoni belgilari turlari va tuzilishi, ijtimoiy xavfli oqibatni o'rganishning nazariy va metodologik asoslari, ijtimoiy xavfli oqibat tabiati(mohiyati) va tushunchasi, ijtimoiy xavfli oqibatning tuzilishi, uni kelib chiqishi va turlari, ingliz jinoyat huquqida ijtimoiy xavfli oqibat ("Harm principle", "result crimes") konsepsiyasining qiyosiy-huquqiy tahlili va mavjud muammolarning yechimi, jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda ijtimoiy xavfli oqibatning ahamiyati va u bog'liq jinoyat kodeksi normalarini takomillashtirish, ijtimoiy xavfli oqibatning qonunchilikdagi tuzilishi (konstruksiyasi), obyektiv tomon tuzilishiga ko'ra jinoyat tarkibi turlari(formal, moddiy va kesik tarkibli jinoyatlar)ni kvalifikatsiya qilish masalalari va ijtimoiy xavfli oqibat bo'yicha qilmishni kvalifikatsiya qilishning asosiy qoidalari, ijtimoiy xavfli oqibat bilan bog'liq JK Maxsus qismining ayrim normalarini takomillashtirish ashtirish istiqbollari bayon qilingan. Mazkur monografiya oliy o'quv yurtlari talabalari, yuridik ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Sudyalarning intizomiy javobgarligi masalalari
Matkarimov Q.,Mazkur monografiyada Sudyalarning intizomiy javobgarligi tushunshasi va mazmun mohiyati, Sudyalar intizomiy javobgarligining asoslari, Sudyalarga nisbatan qo'llaniladigan intizomiy jazo choralari va ularning o'ziga xos xususiyatlari, sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish tartibini takomillashtirish masalalari, sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish tartibi taxlili, ayrim xorijiy mamlakatlarda sudyalar intizomiy javobgarligining o'ziga xos jihatlari, sudyalar intizomiy javobgarligiga oid milliy qonunchilikni takomillashtirish imkoniyatlariнинг nazariy-ilmiy jihatdan yoritilgan. Monografiya huquqshunoslik ixtisosligi bo'yicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar hamda huquqiy tadqiqotlar olib borayotgan ilmiy xodimlar va o'qituvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Voyaga yetmaganlarni o'z joniga qasd qilishning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari
Niyozova S. S.,Ushbu monografiyada voyaga yetmaganlarni o'z joniga qasd qilish tushunchasini tahlil etish; mazkur jinoyatlar uchun javobgarlik nazarda tutilgan qonun normalarining rivojlanish tarixini hamda voyaga yetmaganlarni o'z joniga qasd qilishning obyektiv va subyektiv belgilari, xorijiy davlatlar tajribasi hamda mazkur jinoyatning kelib chiqish sabablari va unga imkon bergan shart- sharoitlarni; ushbu jinoyatlarda jinoyatchi shaxsining kriminologik va viktimologik tavsifini tahlil etish; shuningdek, oldini olish choralari va bu boradagi ayrim xorijiy davlatlar amaliyotini o'rganish kabi masalalari bayon etilgan. Monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot kengashining 2025-yil 23-dekabrdagi 4-sonli majlis bayonnomasi bilan nashrga tavsiya etilgan.
-
Sud lingvistik ekspertizasi
Ko'chimov Sh.,Monografiyada sud lingvistik ekspertizasining ilmiy-nazariy va amaliy jihatlari tadqiq qilinadi. Shuningdek, normativ-huquqiy hujjat va sud tizimi ma'muriy hujjatlarining lingvistik ekspertizasi jarayonida davlat tili talablari va o'zbek adabiy tili qoidalari va yurislingvistik tamoyillarning tutgan o'rni o'rganiladi. Shu asosda hujjat loyihalarini sifat jihatdan yanada takomillashtirish bo'yicha muhim ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Ilmiy risola huquqshunos va tilshunos olimlar, yuridik oliy o'quv yurti professor-o'qituvchilari va talabalari uchun mo'ljallangan. Shuningdek. monografiyadan normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlovchi va uni lingvistik ekspertizadan o'tkazuvchi mutaxassislar. davlat tilida ish yuritish bo'yicha mas'ul xodimlar ham foydalanishlari mumkin.
-
O'zbek yuridik terminlarining semantik tamoyillari
Gulyamova G.,Monografiyada o'zbek tili yuridik terminologiyasining tarixiy taraqqiyoti, ilmiy-nazariy va amaliy jihatlari, yuridik tilning maxsus leksikasi, yuridik teminlarning mavzuiy guruhlari, yuridik til leksikasi va o'zbek yuridik terminologiyasining semantikasi, terminlarning o'zaro munosabatlari, o'zbek yuridik terminlarining qaror topishida ichki va tashqi imkoniyatlar yoritilgan. Shuningdek, ishda Yuridik terminlar elektron tezaurusi va innovatsion multimedia platformasining ahamiyati xususida fikr yuritildi hamda ommaviy axborot vositalarida qo'llanayotgan yuridik terminlar, ularning ishlatilish o'rni ham kuzatildi, ayrim badiiy asarlarda o'z ifodasini topgan yuridik soha terminlari ham o'rganildi.
-
Bolalar adabiyotida pedagogik-didaktik yondashuv
Bo'riyeva G.,Mazkur monografiya bolalar adabiyotini pedagogik va didaktik yondashuvlar nuqtai nazaridan o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, ayniqsa, mashhur Amerikalik yozuvchi Doktor Syuz (Theodor Syuz Geisel)ning ijodi asosiy tahlil obyekti sifatida tanlangan. Asarda bolalar adabiyotining nafaqat badiiy-estetik jihatlari, balki uning tarbiyaviy va ta'limiy salohiyati chuqur o'rganiladi. Muallif bolalar uchun mo'ljallangan adabiy matalar orqali axloqiy g'oyalar, insoniy qadriyatlar, ekologik ong va mustaqil tafakkurni shakllantirishdagi imkoniyatlarni aniqlashni maqsad qilgan. Monografiyada Doktor Syuzning mashhur asarlari vositasida bolalar adabiyotining o'ziga xos pedagogik funksiyalari yoritilib, ularning maktabgacha va boshlang'ich ta'lim tizimida qanday qo'llanilishi mumkinligi ko'rsatiladi. Shuningdek, adib asarlaridagi didakik elementlar, badiiy tasvir vositalari va bolalarga xos dunyoqarashni ifodalash usullari tahlil qilinadi. Doktor Syuzning obrazlar orqali berilgan chuqur ma'nolar o'quvchilarning qiziqishini uyg'otuvchi o'yin elementlari va ritmik-uslubiy xususiyatlari adabiy ta'limda qanday pedagogik natijalar berishi mumkinligi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Mazkur tadqiqot bolalar adabiyotining imkoniyatlarini yanada kengroq anglash, uni ta'lim jarayoniga integratsiyalash hamda yosh avlodda ijodiy taıkkur, ijtimoiy faollik va axloqiy mas'uliyat tuyg'usini shakllantirishda adabiyotning tutgan o'mini ko'rsatishga xizmat qiladi. Monografiya bolalar adabiyoti bilan shug'ullanuvchi tadqiqotchilar, o'qituvchilar, metodistlar va ta'lim sohasidagi mutaxassislar uchun nazariy hamda amaliy jihatdan muhim manba bo'lib, pedagogik jarayonda badiiy matnlardan samarali foydalanish yo'llarini ko'rsatib beradi.
-
Ingliz tilini o'qitishda talabalarning nutqiy kom-pentensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish
Usarova D. A.,Ushbu monografiya ingliz tilini o'qitishda talabalarning nutqiy takomillashtirishga kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini bag'ishlangan bo'lib, unda nutqiy kompetensiya tushunchasining lingvodidaktik asoslari, metodik yondashuvlari va zamonaviy o'quv texnologiyalari doirasida chuqur ilmiy tahlil berilgan. Tadqiqotning dolzarbligi bugungi kunda chet tillarini o'rgatishda kommunikativ yondashuvga asoslangan o'quv metodikalarining ustuvor ahamiyat kasb etishi bilan asoslangan. Monografiyada nutqiy kompetensiyaning lingvistik, diskursiv, sotsiolingvistik va strategik tarkibiy qismlari, ularni rivojlantirishda CLT, TBLT, CBI, TPR kabi metodlarning o'rni va samaradorligi atroflicha tahlil etilgan. Eksperimental tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan o'quv modeli va uning amaliy natijalari, xususan, yuridik yo'nalishdagi talabalarda kasbiy muloqot ko'nikmalarining shakllanishi yoritilgan. Shuningdek, fonetik laboratoriya vositasida nutqning og'zaki ifoda, intonatsion to'g'rilik, leksik boylik va grammatik aniqlik kabi parametrlar asosida baholash mexanizmlari ishlab chiqilgan. Ushbu monografiya chet tillarni o'qitish metodikasi, lingvodidaktika, tilshunoslik, pedagogika va ESP (English for Specific Purposes) yo'nalishlarida ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar uchun muhim manba hisoblanadi.
-
Raqamlashtirish sharoitida bank tizimining innovatsion transformatsiyasi
O'ktamova N.,O'zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60 son «2022- 2026-illarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi, 2020 yil 12 maydagi PF-5992-son «2020-2025 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida»gi va 2018 yil 23 martdagi PQ-3620-son «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarorlari, 2017-yil 12- sentyabrdagi PQ-3270-son «Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorlari va 2020-yil 6- oktabrdagi PF-6079-son <<<<Raqamli O'zbekiston - 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmonlari qarorlari hamda boshqa ushbu sohadagi me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga mazkur tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Monografiya bank va moliya mutaxassislari, iqtisodiyot yo'nalishdagi ilmiy tadqiqotchilar, o'qituvchilar hamda talabalarga mo'ljallangan.
-
Kapital bozorini rivojlantirish istiqbollari
Tuxtasinov N.,Monografiyada kapital bozorini yanada rivojlantirish bo'yicha xorijiy mamlakatlar tajribasini o'rganish va O'zbekiston amaliyotida qo'llash imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, bozorining muhim segmenti sifatida fond bozorining ahamiyati, faoliyat mexanizmlarini o'rganish, O'zbekistonda kapital bozorini rivojlantirishning huquqiy-me'yoriy asoslari bilan tanishib chiqilgan. O'zbekiston Respublikasida kapital bozoridagi mavjud holatni statistik ma'lumotlar asosida tahlil qilingan. Bundan tashqari, «Toshkent» Respublika fond birjasining mamlakat kapital harakatida tutgan o'rni, uning rivojlanganlik holati va samaradorlik ko'rsatkichlari bilan yaqindan tanishib chiqilgan. Monografiya yakunida mavjud muammolardan kelib chiqib, ularni bartaraf etish hamda O'zbekistonda kapital bozorini yanada rivojlantirish bo'yicha taklif va tavsiyalar berilgan.
-
Sun'iy intellekt va jinoiy javobgarlik
Kurbanov M.,Monografiya sun'iy intellektdan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik masalalariga bag'ishlangan. Unda sun'iy intellektdan jinoiy maqsadda foydalanishning jinoyat-huquqiy tavsifi, ijtimoiy-huquqiy mohiyati, sun'iy intellektdan foydalanib jinoyat sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikka oid ayrim xorijiy mamlakatlar tajribasi, sun'iy intellektning jinoyat sodir etish usuli sifatida hamda jinoyat subyekti sifatidagi ahamiyati, sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan ayrim turdagi qilmishlarning yuridik tahlili, sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etiladigan ijtimoiy xavfli qilmishlar uchun javobgarlikni belgilashning nazariy-huquqiy muammolari, shuningdek bu turdagi jinoyatlar jinoiy javobgarlikni takomillashtirish istiqbollari yoritib berilgan. Monografiya oliy yuridik o'quv yurtlarining bakalavr va magistratura talabalariga qo'llanma sifatida tavsiya qilinadi. Shuningdek, ushbu monografiya ilmiy tadqiqotchilar, mustaqil izlanuvchilar, sud-tergov organlari xodimlari hamda ushbu mavzuga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga bag'ishlangan. Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi qo'mitasining 2026-yil 26-yanvardagi 5-sonli bayonnomasi bilan nashrga tavsiya etilgan.
-
Germenevtika Falsaviy-filologik tahlil
Allayarova S.N.,Monografiyada germenevtikaning tarixiy asoslari, germenevtik metodologiya (talqin nazariyasi), diniy germenevtika (ekzegetika va tafsir), falsafiy germenevtika, badiiy ijod germenevtikasi, tushunish va tushuntirish dialektikasi, semiotika, belgi va ramz talqını kabi masalalarning nazariy asoslari yoritilgan Monografiyada keltirilgan manbalardan 60220500-Falsafa ta'lim yo'nalishi, 70220501-Falsafa, 70220503- Tasavvuf germenevtikası, 70230101-Lingvistika, 70230104-Adabiyotshunoslik magistratura mutaxassisliklari talabalari foydalanishlari mumkin. Monografiya falsafa, filologiya, tarix, manbashunoslik, huquqshunoslik sohasida ilmiy izlanishlar olib boruvchi tadqiqotchilar hamda germenevtik metodologiya muammolariga qiziquvchi keng kitobxonlarga mo'ljallangan.
-
Comparative linguistic analysis of most common used legal terms in newspapers
Usmonova O. R.,Ushbu monografiyada ingliz va oʻzbek tillaridagi ko'p uchraydigan yuridik terminlarning matbuot matnlarida qo'llanishi qiyosiy-lingvistik jihatdan o'rganilgan. Unda terminlarning strukturaviy, semantik va pragmatik xususiyatlari, ommaviy axborot vositalarida soddalashtirilishi hamda kontekstga moslashuvi tahlil qilingan. Ingliz, o'zbek va rus olimlarining nazariy qarashlari asosida yuridik tilning matbuotdagi ishlatilishiga yondashilgan. Monografiya huquqiy lingvistika, tarjimashunoslik va yuridik jurnalistika sohalarida tahsil olayotgan talabalar va olimlar uchun foydalidir. Mazkur monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot kengashining 2025-yil "20" iyundagi 8-sonli qaroriga asosan nashr etishga ruxsat berilgan.
-
Yoshlarning internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati: ijtimoiy-falsafiy tahlil
Oblomuradova X.N.,Monografiyada raqamli makon tushunchasi, virtual va real identitetning o'zaro munosabati, postmodernizm sharoitida yoshlarning identitet inqirozi, shuningdek, Internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning ijobiy va salbiy jihatlari ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Shu bilan birga, unda yoshlarning raqamli madaniyatini shakllantirish, media savodxonligini rivojlantirish va onlayn faoliyatni ijtimoiy-ma'naviy jihatdan samarali tashkil etish bo'yicha tavsiyalar ilgari surilgan. Mazkur tadqiqot axborotlashgan jamiyat sharoitida yoshlarning shaxsiy, madaniy va ijtimoiy rivojlanishi hamda raqamli muhitdagi ijtimoiy-falsafiy jarayonlarni o'rganishda dolzarb manba bo'lib xizmat qiladi. Ushbu monografiya Internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati muammolariga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. Mazkur monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot qo'mitasining 2026-yil 20-apreldagi 2-sonli majlis bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan.
-
Migratsiya olimining xavfsizlik masalalariga ta'siri
Madaminova D.,Mazkur monografiya bugungi kunda jahon siyosatiga ta'sir ko'rsatuvchi dolzarb muammolardan biri bo'lgan migratsiya muammosi hamda uning Yaqin Sharq arab davlatlari xavfsizligi va barqarorligiga ta'siri masalasiga bag'ishlangan. Monografiyada migratsiya jarayoniga ta'sir ko'rsatuvchi omillar va ularning o'ziga xos xususiyatlari, Yaqin Sharqdagi nizoli markazlardagi migratsiya muammosi va uning mintaqaviy xavfsizlikka ta'siri, migratsion oqimlarning asosiy harakatlanish yo'nalishlari hamda mintaqaviy geosiyosiy muvozanat masalasi, shuningdek, mavjud muammoning Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizligi bilan o'zaro aloqadorlik xususiyatlari o'z aksini topgan. Monografiya jahon siyosati, geosiyosat va mintaqaviy xavfsizlik masalalari bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar, tadqiqotchilar, ilmiy xodimlar, mazkur yo'nalishda tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar hamda migratsiya muammosiga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
-
O'zbekistonda yerlarni muhofaza qilishni huquqiy ta'minlash
Kenjaev R.X.,Mazkur monografiyada yerlarni muhofaza qilishning ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik ahamiyati, yerlarni muhofaza qilishning huquqiy holati tushunchasi, tizimi, tamoyillari va xususiyatlari, soha qonunchiligining rivojlanishi tarixi, bu boradagi davlat boshqaruv organlari tizimi, yerlarni muhofaza qilishda ekologik nazoratning o'rni, ushbu munosabatlarda iqtisodiy mexanizmni huquqiy tartibga solish masalalarini huquqiy ta'minlash masalalari yoritib berilgan. Ushbu monografiya 2024 yil 21 iyunda Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi kengashida (№ 10 sonli bayonnoma) muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan.
-
Davlat-xusisiy sheriklik tizimini rivojlantirish muammolari va istiqbollari
Tuxtasinov N.,Monografiyada DXSh tizimi faoliyatini samarali amal qilishining nazariy- uslubiy asoslari tadqiq etilgan, DXSh tizimi barqarorligini ifadolovchi ko'rsatkichlar tahlil qilingan. DXShni barcha shaklini amalga oshirish uchun huquqiy meyorlarning etishmasligi va xususiy sektordan kelib tushadigan takliflarni o'rganish va ko'rib chiqish rejasi murakkabligi va uning muddatining uzoqligi aniqlangan. Shuningdek, DXShning alohida turlari bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish lozimligi taklif etilgan. Qolaversa, o'rganishlar natijasida shu ma'lum bo'lmoqdaki, qonunchiligimizda bir qator o'zgartirish va tuzatish kiritilishi lozim bo'lgan normativ-huquqiy hujjatlar mavjud. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi "Yer kodeksi"ga kerakli tuzatish kiritish zarurligi tavsiya etilgan. Ishlab chiqilgan tavsiyalardan davlat-xususiy sheriklik tizimini takomillashtirishga qaratilgan strategiya, konsepsiyalar, iqtisodiy dasturlar ishlab chiqish, ustuvor yo'nalishlarni belgilashda foydalanish mumkin.
-
Raqamli moliyaviy xizmatlar ko'rsatishni huquqiy tartibga solish muammolari
Xazratqulov O.T.,Mazkur monografiya orqali fuqarolik-huquqiy muomilada vujudga kelgan o'ziga xos raqamli munosabatlarni huquqiy tartibga solishda mavjud ijtimoiy ehtiyojlar hamda bu borada yechimini kutayotgan masalalarni e'tiborga olgan holda ilmiy qarashlar va nazariy masalalarga tahlil ob'ekti sifatida o'rganiladi. Bu bora rivojlangan xorijiy mamlakatlarning huquq sohasida raqamli munosabat ob'ektlarining huquqiy holati, tartibga solish usullari hamda huquqiy asoslari monografiyada ilmiiy tahlil etilgan bo'lib, uning natijasida milliy qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan g'oyalar, raqamli munosasabatlarni huququqiy tartibga soluvchi qonun loyihasini ishlab chiqish zarurati to'g'risidagi doktorinal qarashlar ilgari surilgan. Mazkur monografiya o'quvchida raqamli moliyaviy texnologiyalar, rakamli munosabatlar, FinTechning o'ziga xosligi hamda huquqiy jihatlariga doir qarashlarini boyitishga yordam beradi. Monografiyadan amaliyotda faoliyat olib borayotgan huquqshunoslar, davlat idoralari xodimlari, huquqshunoslar, huquqshunoslikka asoslangan ta'lim muassalarida taxsil olayotgan bakalavr va magistrlar ham keng foydalanishlari mumkin. Toshkent davlat yuridik universiteti O'quv-uslubiy kengashining qarori (2025 yil 20-fevraldagi 5-sonli bayonnoma) bilan nashrga tavsiya etilgan.
-
Yashirin reklamani huquqiy tartibga solishda iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish
Ko'bayeva I.F.,Ushbu monografiya zamonaviy marketing kommunikatsiyalarining eng dolzarb va bahsli yo'nalishlaridan biri yashirin reklamaning kompleks tahliliga bag'ishlangan. Muallif mavzuni nazariy, huquqiy va amaliy jihatdan har tomonlama tadqiq etib, yashirin reklamani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish prizmasidan o'rganadi. Monografiyada reklama fenomenining etimologik va konseptual asoslari chuqur tahlil qilinib, yashirin reklamani subliminal va supraliminal kategoriyalarga ajratish taklif etilgan. Shuningdek, xalqaro va milliy qonunchilik normalarining komparativ tahlili olib borilib, AQSh va Xitoy tajribasi misolida yashirin reklamani tartibga solishdagi huquqiy farqlar yoritilgan. Tadqiqotda transmilliy korporatsiyalar (Marlboro, KFC) va raqamli marketingning rivojlanishi sharoitida yashirin reklamaning iqtisodiy hamda ijtimoiy-psixologik ta'siri o'rganilgan. Ayniqsa, Tik Tok (Douyin) kabi platformalardagi yashirin reklama mexanizmlari va influenser marketingning iqtisodiy parametrlari bo'yicha empirik tahlillar tadqiqotning ilmiy ahamiyatini yanada oshirgan. Mazkur monografiya yashirin reklama sohasidagi dolzarb ilmiy- amaliy muammolarni yoritib, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bo'yicha innovatsion yondashuvlar taklif etadi. Akademik tilda, ammo tushunarli tarzda yoritilgan ushbu tadqiqot marketing huquqi va iste'molchilar huquqlari himoyasi bo'yicha kelgusi ilmiy izlanishlar uchun muhim nazariy va amaliy asos yaratadi.
-
Davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashishning ma'muriy-huquqiy jihatlari
Primov F.A.,Monografiyada korrupsiyaviy omillar tushunchasi ochib berilgan, shuningdek fanlararo tasniflangan hamda davlat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarning ma'muriy- huquqiy jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy, tashkiliy-institutsional asoslari hamda bugungi kundagi holati tahlil qilingan. Shuningdek, monografiyada davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishning ustuvor yo'nalishlari hamda davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashish talablarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik asoslarini takomillashtirish, shuningdek davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasini ishlab chiqish yuzasidan taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.