-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
Elektronika. Radiotexnika
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Kimyoviy texnologiya. Kimyo sanoati
-
-
-
Avtomobil yo`llari uchun Ingliz tili
Qo`llanmada mamlakatshunoslik hamda avtomobil sohasiga oid matn va mashqlar o`rin olgan. Qo'llanmada keltirilgan kommunikativ va leksik vazifalar umumiy so'z boyligini rivojlantirish, o'qishni tushunishni nazorat qilish, suhbatlashish ko'nikmalarini rivojlantirish va shaxslararo vaziyatlarda lug'atni faol ishlatishga qaratilgan. Ushbu qo‘llanma ingliz tilida so‘zlashuvchi guruhlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib,Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiya qilgan namunaviy dastur asosida tuzilgan. Qo‘llanma o‘quv yili davomida rejaga binoan olib boriladigan mavzularni o‘z ichiga qamrab olgan. Qo‘llanmada turli manbalardan foydalanilganligi, matnlarning mazmundor, o‘ziga xos qaytarilmasligi ko‘zga tashlanadi.Bu kunduzgi va sirtqi oliy ta'limda ingliz tilini o'rganayotgan uchinchi kurs talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Tuproqshunoslik
Darslik ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qismida tuproqning kelib chiqishi, tarkibi va xossalari, ikkinchi qismida tuproqlar genezisi, klassifikatsiyasi va tuproqlar geografiyasiga oid materiallar yoritilgan bo'lib, bunda O'rta Osiyo tuproqlarining o'ziga xos xususiyatlariga alohida e'tibor berilgan.
-
Narkologiya asoslari
Narkologiya-alkogolizm, narkomaniya va toksikomaniya kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, tarqalishi, klinikasi, diagnostikasi va davolash usullarini, ijtimoiy aspektlarini yani reabilitatsiya masalalarini o`rganuvchi tibbiy fandir. Alkogolizm ijtimoiy ma`noda jamiyat farovonligiga va insonlarning sog`lig`iga, turmushiga, mehnatiga putur yetkazuvchi nome`yoriy spirtli ichimliklarni ichish tushuniladi. Tibbiy ma`noda alkogolizm-bu organizmning ichki organlarida va tizimlaridagi o`zgarishlar, aniq ruhiy buzilishlar bilan boradigan, spirtli ichimliklarga qaramlikning rivojlanishi bilan o`tadigan, doimiy alkogol iste`mol qilish natijasida yuzaga keluvchi surunkali kasallik hisoblanadi
-
Как составить текст? Стилистические нормы русского литературного языка
Словарь-справочник дает представление о видах речевой деятельности, основных функциональных стилях и разновидностях литературного языка, жанрах и функциональных типах речи, видах высказываний, типичных ошибках, связанных с составлением и оформлением текста.
-
Analitik, fizikaviy kolloid kimyo (Analitik kimyo. Optik analiz usullari)
O`quv qo`llanma analitik kimyo, fizik -kimyoviy tahlil usullarini qisqacha nazariy asoslari, zamonaviy asboblar yordamida tekshirish usullarining tarkibi va tuzilishi to`g`risida to`liq xulosa qilishga imkon beradi. Shuningdek, moddalarni qo`shimcha tahlil qilishda gaz va yuqori samarali suyuqlik xromotografik usullari keng yoritilgan.
-
Iqtisodiy geografiya
Iqtisodiy geografiya fani 40 soat ma'ruza, 40 soat seminar va 40 soat mustaqil ta'limga mo`ljallangan bo'lib, o`quv qo`llanma 2 bo`lim,15 bob va 47 ta ilovadan iborat. Mazkur fanni talaba va tinglovchilar o`zlashtirishlari qulay bo`lishi uchun o`quv qo`llanmaning asosiy matni va ilovalardagi asosiy ko`rsatkichlar jadval shaklida berilgan. Ushbu o`quv qo`llanma Oliy ta`limning - «Bojxona ishi» va «Bojxona huquqi» ta'lim yo`nalishlarida tahsil olayotgan talabalar,tinglovchilar, shuningdek, bojxona organlari xodimlari hamda malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun mo`ljallangan.
-
English for accounting and audit
Mazkur o’quv qo’llanma ingliz tili asosiy mutaxasislik bo’lmagan ingliz tili dasturi asosida tuzilgan bo’lib, talabalarni mutaxasislik doirasida bo’lgan ilmiy adabiyotni o’qishi, tushunishi, amaliy ingliz tili fanidan o’rganilayotgan mavzu bo’yicha o’zaro suhbat qila olishlarini ko’zda tutadi.
-
Расчет железнодорожного пути на прочность и устойчивость
В пособии приведены расчеты пути на прочность и устойчивость , позволяющие выбрать конструкцию пути для эксплуатационных условий для определения температурного интервала,
-
Energetik qurilmalar
O‘zbekiston Respublikasi energetika siyosatining asosiy maqsadi yoqilg‘i energetika majmuasi sohalarining optimal ishlashi va rivojlanishining mexanizmini shakllantirish va yo‘llarini qidirishdan iborat, hamda atrof – muhit ekologik xavfsizligini saqlagan holda, rivojlangan Evropa davlatlari yuqori hayot darajasi va sifati standartlariga etishish va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta`minlaydigan, aholi va iqtisodiyotning barcha sohalarini ishonchli va samarali energiya bilan ta`minlashni texnik amalga oshirishdan iborat. Yoqilg‘i energetika majmuasi (YoEM) aholi hayot darajasini ko‘tarish va iqtisodiyot ishlashini ta`minlaydigan O‘zbekiston Respublikasi halq xo‘jaligining eng muhim strukturasini tashkil etuvchisidir. YoEM o‘z ichiga energiya tashuvchilarning barcha turlari: gaz, neft va uni qayta ishlash mahsulotlari, qattiq yoqilg‘i, elektr va issiqlik energiyalarini qazib olish, uzatish, saqlash, ishlab chiqarish va taqsimlashni oladi. Majmua sohalari respublika halq xo‘jaligida muhim o‘rin egallaydi.
-
Perspektiva
Mazkur o`quv qo`llanmani o`rganishda o`quv rejada ko`rsatilgan fanlarga tayanib o`rganilayotgan mashg`ulotlarni chuqur va atroflicha o`zlashtirishga xizmat qiladi. O`quv qo`llanma tevarak atrofimizdagi hamda tasavvurimizdagi narsalarni inson ko`zi bilan qanday ko`rsa, xuddi shunday qilib tekislik ustida tasvirlash usullarini o`rganadi. O`quv qo`llanmaning asosiy maqsad va vazifasiga quyidagilar kiradi: perspektiva fanining kelib chiqishi, uning rivojlanish tarixi va amaliy ahamiyati bilan tanishtirish; vertikal va og`ma tekisliklarda, egri sirtlarda perspektiv tasvirlar yasash yo`llarini o`rgatishdan iboratdir.
-
Adabiyot ikkinchi qism
XX asr boshlaridan hozirgi istiqlol yillarigacha bo‘lgan o‘zbek so‘z san’atining qator namoyandalari ijodlari namunalaridan tuzilgan. Majmuaning maqsadi yaqin kechmishdagi va bugungi adabiyotimizdagi yutuqlar bilan imkon qadar tanishuvimizga, o‘zimizda doimiy, izchil mutolaa ko‘nikmasini tarbiyalashga, xalqning ilg‘or tafakkur tarzini, tuyg‘ularining beg‘uborlik, jozibadorlik darajasini idrok-mushohada etmog‘imizga qaratilgan.
-
Sport pedagogik mahoratini oshirish(dzyudo)
Darslikda dyuzdo kurashining rivojlanish tarixi,dzyudo kurashchilarning jismoniy tayyorgarligini rivojlanish uslublari va dzyudo kurashining texnik-taktik usullarining nozik tomonlari tushunarli va sodda tilda bayon etilgan.
-
Elеktrоkimyoviy ishlаb chiqаrishlar tехnоlоgiyasi
Ushbu darslik “Kimyoviy tеxnologiya” (elеktrokimyo) yoʻnalishida ta'lim olayotgan talabalar uchun moʻljallangan bo’lib, unda talabalarga turli xil ma'dan va kontsеntratlardan rangli, nodir va kamyob mеtallarni elеktrokimyoviy olish usullari boʻyicha asosiy tushunchalar, suvli eritma va suyuqlanmalardan elеktrolitik usulda mеtallarni ajratib olish, ularning tayyorlanish tеxnologiyalari, fizik va kimyoviy xususiyatlari, ishlatilishi, elеktroliz jarayonlarining nazariyasi, ishlab chiqarishning tеxnologik tizimlari, elеktrodlarning tuzilishi va elеktrolizеrlarning turlari hamda elеktroliz jarayonida kuzatiladigan ayrim kamchiliklar, gidroelektrometallurgiya haqida toʻliq ma'lumotlarning nazariy asoslari bayon qilingan. Undan 5320400– Kimyoviy tеxnologiya (Elеktrokimyo) ta'lim yoʻnalishi va tеxnika oliy oʻquv yurtlaridagi turli yoʻnalishlarda ta'lim olayotgan bakalavrlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Олий математика
Дарслик олий техника институтлари талабалари учун мўлжалланган. Бу дарсликда келтирилган назарий маълумотлар олий ўқув юртларининг муҳандис - техник ва қишлоқ ҳўжалик мутахассисликлари учун математик фанларнинг амалдаги дастурига тўла мос келади. Китоб икки жилддан иборат бўлиб, ҳар бир жилд кўп миқдорда мисоллар билан таъминланган.
-
Рынок ценных бумаг
В учебнике рассматривается весь комплекс основных вопросов функционирования российского рынка ценных бумаг: понятие, классифика- ции и юридические виды современных ценных бумаг, виды профессиональных посредников на рынке ценных бумаг, особенности операций на первичном и вторичном рынках ценных бумаг, регулирование данного рынка со стороны государства и саморегулируемых организаций, основные тенденции развития рынка ценных бумаг.Для студентов высших учебных заведений, обучающихся по экономическим и финансо- вым специальностям, а также для преподавателей и специалистов, работающих на рынке ценных бумаг и в сфере акционерного дела.
-
Ўзбекистонда профессионал парламент тизимининг сиёсий институт сифатида шаклланиши ва ривожланиши истиқболлари
Сиёсий фанлар номзоди Шерзодхон Кудратхўжаевнинг ушбу рисоласида мамлакатимизда профессионал парламент тизимининг сиёсий институт сифатида шаклланиши ва ривожланиши истиқболлари хакида кенг мушохада юритилади.Китоб олий ўқув юртларининг ҳуқуқшунослик, сиёсатшунослик, журналистика, социология, халқаро муносабатлар, маънавият ва бошка ижтимоий йуналишлари буйича таҳсил олаётган талабаларига, тадқиқодчи олимларга, мазкур соҳага қизиққан барча китобхонларга мўлжалланган.