-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Texnika va amaliy fanlar
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
Kimyoviy texnologiya. Kimyo sanoati
-
Машраби мўъатабар ўзум
Фалсафа фанлари номзоди, доцент Мўмин Ҳошимхонов мазкур монографиясида ўзбек шоири ва мутафаккири Боборахим Машрабнинг хаёти ва ижодиётига мурожаат этиб, шу пайтгача бўлган баъзи мавҳум фикрлари холисона таҳлил этиб, унинг ғазалларииинг фалсафий мохияти, ундаги мажозий маъно-Ишқи Илоҳин ҳакидаги ғояларни тадқиқ қилади.
-
Новая история стран Азии и Африки XVI-XIX века Част 2
Авторы учебника в свете новейших достижений исторической науки рассматривают важнейшие события и проблемы истории стран Азии и Африки в Новое время, предлагают оригинальную хронологию Нового времени, анализируют основные тенденции общественного развития стран Азии и Африки в указанный период. Настоящий учёбник издается в трех частях. Во второй части представлена история стран Индии, Афганистана, Средней Азии, Ирана, Кавказа, Османской империи, арабских стран XVI—XIX вв.
-
Elektr mashinalari
Zamonaviy fan va texnikaning istiqboli har xil ishlab chiqarish jarayonlari va qurilmalarida elektr energiyani qo‘llash bilan uzviy bog‘langan. YUksak malakali kadrlar tayyorlash uchun xalqaro standart talablari asosida ishlab chiqarilayotgan transformatorlar, asinxron mashinalar, sinxron mashinalar va o‘zgarmas tok mashinalariga oid etarli darajada ma’lumotlarni qamrab olgan o‘quv qo‘llanma yaratish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. SHu maqsadda mazkur o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim, fan va ishlab – chiqarishlar integrallashuvining mahsuli bo‘lib, elektr mashinalari va ularni tanlashga oid zamonaviy ma’lumotlar asosida tayyorlangan. O‘quv qo‘llanmada “Elektr mashinalari” fan dasturining asosiy qismlariga oid masalalarni echish uchun zaruriy formulalar, tenglamalar keltirilgan va har bir mavzu bo‘yicha namunaviy masalalar oddiydan murakkablik darajasi ortib borish tartibida tahlili bilan echib ko‘rsatilgan hamda talabalarga mustaqil echishlari uchun masalalar taqdim etilgan. O‘quv qo‘llanmaning bu uslubda tayyorlanishi talabalar ongida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amalda qo‘llay olish ko‘nikmasini oson shakllanishida asos bo‘ladi hamda fanni aniq tizim asosida o‘rganishlari uchun imkoniyat yaratadi.
-
Botanik terminlar lug'ati
Ushbu nashr botanika bo’yicha ilmiy va o ’quv adabiyotlaridagi barcha terminlami o’z ichiga olgan deyishdan, yiroqmiz. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, botanik terminologiyaning ko’lami keng. Lug’atga botanika tahsilida keng qo’llanadigan terminlarni kiritdik hamda ularga aniq, qisqa izohlar berishga intildik.
-
Махсус материалшунослик
Мазкур ўкув кўлланмада толалар, иплар ва уларнинг олиниши, таснифланиши хамда хусусиятлари хакида маълумотлар берилган . Тикувчиликда кўлланиладиган газламалар ва уларинг ўрилишлари, нотўқима матолар, табиий ва сунъий мўйналар, фурнитура, безак ва иссиклик тутувчи материаллар тўғрисидаги маълумотлар баён этилган .
-
Kimyo injiniringi uchun axborot texnologiyalari
Ushbu darslikda kimyoviy injiniring jarayonlarini o'rganishda foydalanish mumkin bo‘lgan amaliy dasturlar haqida asosiy tushunchalar berilgan hamda har-bir kimyoviy texnologiya jarayonlarida qo‘llash bo‘yicha misollarni bajarish ketma-ketligi ko‘rsatib o‘tilgan. Bayon qilingan materiallar talabaga informatsion texnologiyalarni kimyoviy injenering masalalarini yechishda amaliy dasturlar orqali tadqiq qilish imkonini beradi.
-
Гулчилик
Ушбу дарсликда иссиқхона, томорқа ва истироҳат боғларида, уй шароитида, ойнавон иссиқ биноларда, айвонларда, токча ва хоналарда эрта баҳордан то кеч кузгача гул етиштириш ҳамда уларни кўпайтириш масалалари илмий асосда ёритилган.
-
Ekologiyaning huqiqiy asoslari
Ekologiyaning huquqiy asoslari” fanidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi 5630100 – “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” yo‘nalishlari talabalari va mazkur sohadaga aloqador bo‘lgan izlanuvchilar uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan. Jamiyatda tabiatdan foydalanish, muhofaza qilish, tabiat zahiralarining kelajak avlodga meros qilib qoldirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Tarixga nazar solib, fikr qiladigan boʻlsak tabiat-jamiyat oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar jamiyat hayotining turli bosqichlarida turlicha shakllarda olib borilgan, har bir tarixiy rivojlanish bosqichida turli foydalanish va ularni muhofaza qilishning qoida-talablari joriy etilib kelingan. Demak, jamiyatda yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik, hayvonot dunyosi va atmosfera havosidan foydalanish va muhofaza qilish yuzasidan ijtimoiy munosabatlar huquqiy jihatdan tartibga solinib, tabiat-jamiyat tizimida muvozanatni saqlashga xizmat qiladi.
-
Граф Монте-Кристо
Бу китоб кўплар кутган дурдона. Гарчанд Граф Монте-Кристо яратилганига бир неча асрлар ўтган бўлса-да ундаги улуғвор ғоялар ўлмас туйғулар орзулар ва армонлар талқини сира-сира ўз аҳамиятини йўқотмайди.
-
O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi
Ushbu o'quv qo'llanmada O'zbekistonning dunyo siyosiy xaritasidagi tutgan o'rni, xalq xo'jaligi tarmoqlarining joylashishi va rivojlanishi hamda uning iqtisodiy rayonlari xo'jaligi haqidagi ma'lumotlar aks etgan.
-
Psixologiya fanlarini o'qitish metodikasi
Mazkur o ‘quv qo'llanmada psixologiya fanlarini o'qitish metodikasining predmeti, maqsad va vazifalari, o‘qitish shakllari, dars tiplari, o'qitish uslublari, psixologiya sohalarini o‘qitishda interfaol usullar, shuningdek, nazariy va amaliy psixologiyani o‘qitishning metodik xususiyatlari borasidagi nazariy materiallami qamrab olgan. Shuningdek, o‘quv qo'llanma o‘qitish jarayoni bilan bog‘liq jihatlarni, qamrab olmasdan, balki talabalar o‘quv faoliyati, uning tuzilishi, ular bilan olib boriladigan mustaqil ishlami boshqarish, sirtqi ta’lim o‘quv faoliyati va ulami adabiyotlar bilan ishlash masalalariga doir mulohazalar yoritib berilgan.
-
Ekologiya
Ekologiya muhit omillarining o‘simlik va hayvonlar organizmiga ta’sirini, organizm va populyasiyaning muhit omillariga ko‘rsatadigan reaksiyalarini, populyasiyalar soni va tizimini bir xil saqlovchi mexanizmlarni (jarayonlarni), tabiiy guruhlarning biologik mahsuldorligini, biogeotsenozlar yoki ekosi- stemalarning harakatlanish qonuniyatlarini va biosferani o‘rganadi. Tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar asosida mavjud va rivojlanadi, u inson ta’siriga qanday javob beradi bularning barchasi ekologiyaning predmetidir.
-
Руководство к практическим занятиям по предмету общая гигиена
Настоящее руководство предназначено для студентов стоматологического факультета и детской стоматологии, медико-педагогического, лечебного, педиатрического, медико-профилактического факультетов в качестве руководства к практическим занятиям по разделу “Общая гигиена”. Руководство является существенным дополнением для самостоятельной подготовки и тестового контроля, в том числе по разделам “Радиационная гигиена”. Руководство разработано в соответствии с существующей программой и учебным планом преподавания гигиены на этих факультетах
-
Muzeyshunoslik
Mazkur o‘quv qo‘llanmada muzey ishi tarixi va nazariyasining genezisi va evolutsiyasi, antik va ellinizm davri kolleksiya va kolleksionerlari, gliptoteka, pinokateka, studiola, kunstkamera, Uyg‘onish davri galereya va kabinetlari, jahon muzeylarining rivojlanish tendensiyalari va o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha mavzular reja asosida keltirib o'tilgan. Bu mavzularni o‘zlashtirishi orqali talaba, jahon muzeylarining nodir kolleksiyalarini, muzey faoliyatida yangi informatsion texnologiyalarning qo‘llanishini, muzey ekspozitsiyalarini loyihalashning asosiy prinsiplarini, ko‘rgazma faoliyatida kompyuter texnologiyalari bilan ishlashni, muzey ashyolarini upakovka va transportirovka qilishni, muzey fondini ro‘yxatga olish, saqlash va konservatsiya qilish amaliyotini o‘rganishi va ulardan foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
-
Ўзбекистонда парламент тараққиётининг янги босқичи
Рисолада Ўзбекистон парламентининг тараққиёт йули, бир палатали парламентдан икки палатали парламентга ўтишнинг хуқуқий асослари ёритилган. Унда демократик сайлов тизимининг яратилиши, сайлов конунчилигининг ривожланиш босқичлари, сайлов ўтказиш принциплари таҳлил қилинган. Ушбу масалаларнинг мазмун-моҳияти саволлар ва жавоблар тарзида ечиб берилган.
-
Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo
Ushbu darslik analitik kimyo fanini sifat va miqdoriy tahlil qilish ususllari to`g`risida bo`lib, unda analitik kimyo fani vazifalari hamda usullari mazmun mohiyati yoritilgan.