-
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Menejment, tashkilot va boshqaruv
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Управление аграрным рынком
Дисциплина «Управление сельскохозяйственным рынком», которая является частью группы социально-экономических наук, исследует повторяющиеся отношения между двумя и многими сторонами на сельскохозяйственном рынке в процессе целевого и эффективного использования ограниченных сельскохозяйственных ресурсов.
-
Hayvonot olamining katta ensiklopediyasi
Ushbu kitob biologiya bo'yich maktab darsligiga qiziqarli qo'shimcha bo'lishidan tashqari, hayvonot olamiga jiddiy qizquvchi maktab o'quvchisi uchun yaxshigina sovg'a hamdir. Unda eng yaxshi zoologlar tomonidan sayyoramizdagi turli hayvonlar haqida qiziqarli va muhim bo'lgan ma'lumotlar hikoya qilinadi. Kitob sistematik tamoyil bo'yicha tuzilgan va qulay ma'lumotlar bilan ta'minlangan.
-
Менежмент
Дарслик олий ва ўрта махсус таълим тизимида иқтисодчи мутахассислар, менежментлар тайёрловчи ўқув юртлари ва факультетларида ўқув машғулотлар, илмий семинар ва суҳбатлар, тренинглар уюштириш учун мўлжалланган.
-
Олий математика асослари 2- қисм
Ушбу китоб "Ўзбекистон" нашриётида чоп этилган "Олий математика асослари",1-томнинг давоми бўлиб, олий математиканинг аниқмас ва аниқ интеграллар, кўп ўзгарувчили функциялар ва уларнинг дифференциал ҳисоби сонли ва функционал қаторлар мавзуларини ҳамда оддий дифференциал тенламалар курсини ўз ичига олади.
-
Muhandislik fizikasi. 1-2-qism
Ushbu darslik "Muhandislik fizika" kursini o'qitishning asosiy maqsadi talabalarda tabiatdagi hodisa va jarayonlarga ilmiy nuqtai nazaridan qarash madaniyatini shakllantirish, shuningdek, nazariy va eksperimental materiallar asosida fizik qonuniyatlarning ob'ektiv ekanligini, o'zlashtirish imkoniyatining mavjudligini isbot etishdir. Bu darslik bir tomondan tabiatdagi fizik hodisalar mohiyatini muhandislik fizika fanidagi fundamental tushunchalar orqali tushuntirish bo'lsa, ikkinchi tomondan nazariy bilimlarni talabalar kelgusida oladigan mutaxassisliklari boʻyicha yuzaga keladigan muammolarning, jumladan texnologik sikllarda modda va issiqlik balansini hisoblash, materiallarning issiqlik, elektr o'tkazuvchanligi, elastiklik modullarini aniqlash, kimyoviy reaksiyalar kinetikasini hisoblash kabi masalalarni yechish uchun ularning fizik modelini yaratish yo'lidagi bilim olishlarini shakllantirish masalalari yoritilgan.
-
Sharq tillari Arab tili(fe'l qismi)
Arab tilini grammatikasining asosiy qismi bo'lgan fe'llar til o'rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sabab ham ularning asosiy shakllarini mukammal o'zlashtirish talab etiladi. Mazkur oʻquv qo'llanma arab fe'llarining asosiy ko'rinishi, shakllari, ular bilan bog'liq barcha holatlarni qamrab olgan. Shuningdek, bevosita fe'llar bilan qo'llaniladidan son (sanoq va tartib) ham qo'llanma tarkibiga kiritildi. Qo'llanmada mavzular osondan qiyinga qarab yo'naltirilgan. Har bir mavzu oxirida mavzuni amaliy jihatdan mustahkamlash uchun mashqlar berilgan. Mazkur o'quv qo'llanma zamonaviy til o'rgatish texnologiyalaridan samarali foydalanilgan hamda xorijiy o'quv adabiyotlaridan unumli istifoda qilingan holda yaratildi. Qo'llanmaning mavzularini yoritishda Faruk Abu-Chacra tomonidan 2007-yilda nashr qilingan "Arabic. An Essential Grammar" kitobi asosiy manba sifatida foydalanildi.
-
Олий таълим менежменти ва иқтисодиёти
Кулланмада бошқарувнинг илмий асослари ва инсоннинг олий маълумотли бўлишлиги баён этилган, олий таълимни бошқаришнинг тузилиши ва тизими, раҳбарлик тамойиллари ҳамда таълим муассасаси ва укув-тарбия жараёнини бошқариш тамойиллари куриб чиқилган, олий таълим иктисодиётини асослари ва уни молиялаш, таълим хизмати менежменти хусусида фикр юритилган
-
Лесоэксплуатация и транспорт леса
Учебник написан в соответствии с программой дисциплины «Лесное хозяйство и транспорт леса». Описаны организация и технология лесосечных работ, рациональная разработка лесосек. Рассмотрены способы валки деревьев, обрезки сучьев, трелевки, погрузки и рациональной раскряжевки хлыстов.
-
Методология научного исследования
В данном учебном пособии представлены теоретические вопросы дисциплины «Методология научного исследования». Предназначено студентам, обучающимся по специальности «Начальное образование». Вв учебнике раскрыто основное содержание разделов дисциплины, предложены контрольные вопросы, исследовательские и практические задания. Данное учебное пособие «Методология научного исследования» предназначено для студентов высших учебных заведения
-
Kimyo
O'quv qo'llanmada fan bo'yicha nazariy ma'lumotlar, nazorat va test savollari, amaliy mashg'ulotlarga doir ishlanmalar, mustaqil ta'limni bajarishga doir ko'rsatmalar fanning ishchi dasturiga mos ravishda aks etgan, oxirida fanga oid glossariy (asosiy tushunchalarning izohli lug'ati) taqdim etilgan. Ushbu o'quv qo'llanma oliy ta'lim muassasalarining 5110200 Fizika va astronomiya o'qitish metodikasi ta'lim yo'nalishi talabalari uchun tavsiya etiladi. Shu bilan birga mazkur o'quv qo'llanmadan ilmiy tadqiqotchilar, magistrlar hamda kimyo fani bilan qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.
-
Олий таълим тизимида молиявий бошқарув
Мазкур ўқув қўлланма олий таълим тизимида молиявий бошқарувнинг долзарб мавзуларига бағишланган. Унда олий таълим тизимини ривожлантириш омиллари таҳлил этилган, бюджет ва бюджетдан ташқари маблағлар таснифланган, уларни бошқариш амалиёти таҳлил этилган, олий таълим муассасаларининг моддий-техник базасини мустаҳкамлаш ва юқори малакали мутахассислар тайёрлаш сифатини тубдан яхшилаш масалалари, таълимда сифат менежменти тизимини жорий этиш зарурияти ва уни ривожлантириш истик,боллари, олий таълим муассасаларини бюджетнинг ғазна ижроси шароитида молиялаштириш хусусиятлари тадқиқ этилган.
-
Юрист (корхона юристлари учун амалий қўлланма)
Мазкур китоб, асосан, ўз фаолиятини эндигина бошлаган ёш ҳуқуқшунос мутахассислар учун мўлжалланган. Биламизки,корхона ва ташкилотлардаги юридик хизмат фаолияти,асосан,ушбу корхонанинг ҳуқуқий манфаатларини ҳимоя қилишдан иборатдир.
-
Logistika
Ushbu o'quv qo'llanma Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan "Logistika" o'quv dasturi asosida o'zbek tilida yaratilgan dastlabki o'quv qo'llanmadir. Unda Logistika nazariy asoslariga oid masalalar yoritib berigan. Mualliflar xorijiy mamlakatlar tajribasini sharhlabgina qolmasdan,bevosita mamlakatimiz rivojlanishiga xos bo'lgan ayrim masalalarga yondashish asoslarini atroflicha ochib betgan.Qo'llanma oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimida tahsil olayotgan talabalar,magistrantlar,aspirantlar,korxona va tashkilotlardagi logistika xizmati bo'limlari mutaxassisliklari uchun mo'ljallangan.
-
Anorganik kimyo
0‘quv qo‘llanma 16 bobdan iborat bo‘lib, unda kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari, D.I. Mendeleyev davriy sistemasidagi barcha gruppa elementlarining asosiy xossalari va birikmalari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shumngdek, har bir bob oxirida mashq va masalalar berilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 160 va 80 soatlik dastur bo‘yicha chuqurlashtirilmagan ta’lim olayotgan o‘quvchilariga mo'ljallangan. Qo‘llanmada kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari, D.I.Mendeleyev davriy sistemasining barcha gruppalaridagi elementlaming asosiy xossalari va birikmalari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
-
Soliqlar va soliqqa tortish (II qism)
Mazkur darslikda soliqlarning nazariy asoslari va ularni bozor iqtisodiyotidagi ahamiyati yoritilib, asosiy e'tibor soliqlarning paydo bo'lishi va rivojlanishi, soliqqa oid nazariyalar, soliqlarning iqtisodiy mohiyati va tamoyillari, soliq elementlari, soliq tizimi va uning shaklanishi, soliq munosabatlari sub‘ektlarining huquqlari va majburiyatlari, soliq siyosati va uning asosiy yo‘nalishlari, soliqqa oid huquqbuzarlik tushunchasi va turlari, soliqlar va makroiqtisodiy holatning uzviy bog'liqligi, soliq ishini tashkil etish hamda xalqaro soliqqa tortish kabi masalalarga qaratilgan.
-
Таққослама менежмент
Ўқув қўлланмада иқтисодиёт тармоқларидаги турли мулк шаклидаги корхоналарни самарали бошқаришнинг АҚШ, Япония, Европа, Скандинавия ва Осиё мамлакатлари тажрибаси, менежментда маданият ва раҳбарлик услуби, уларнинг таққослама таҳлили ҳамда мамлакатимиз шароитида қўллаш масалалари ёритилган. Ўқув қўлланма олий ўқув юртлари магистратура мутахассислигининг 5А230201 – Менежмент (тармоқлар ва соҳалар бўйича) талабалари учун қўлланган бўлиб, ундан шу соҳа ўқитувчилари, малака ошириш курслари тингловчилари, ҳамда менежмент билан қизиқувчилар ҳам фойдаланишлари мумкин.