-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
-
Reading and writing practice. (Methodological manual for Higher Educational Institutions)
"Reading and writing practice" - Ushbu o'quv qo'llanma 60110900-Xorijiy til va adabiyot (Ingliz till) ta'lim yo'nalishi uchun mo'Ijallangan bo'lib, talabalarni zamonaviy chet tillarini o'qitishning asosiy qoidalari bilan tanishtirish; hamda boshqa fanlar bilan bog'liqligini ko'rsatish, bu fanlar metodikaning mazmuni va maqomini belgilab beradi; mavjud ta'lim konsepsiyalarini baholash ko'nikmasini shakllantirish; chet tillarini o'qitish usullari, uslublari va vositalari bilan tanishtirish hamda ularni amaliyotda samarali va ijodkorona qo'llash ko'nikmasini rivojlantirish; chet till o'qituvchisining kasbiy faoliyati tabiati va xususiyatlari haqida yaxlit tasavvur hosil qilishdir. Mustaqil ishlash uchun berilgan topshiriqlar, o'quvchilarning o'z-o'zini rivojlantirishiga yordam beradi. Mazkur o'quv qo'llanmaning tarkibidagi har bir mavzuda madaniyat, muloqot va ularning o'zaro ta 'siri haqida chuqur tushuncha beriladi. Har bir mavzu, o'quvchilarni nazariy bilimlar bilan bir qatorda, amaliy ko'nikmalar bilan ham ta'minlaydi. Mavzularni o'z ichiga olgan mustahkamlovchi mashqlar, talabalarni o'z fikrlarini ifoda etishga rag'batlantiradi.
-
Statistika
Darslik statistika fani bo’yicha tegishli muassasalar tomonidan tasdiqlangan va davlat ta’lim standartlariga mos keladigan dastur asosida yozilgan va moliya, bank ishi, soliq va soliqqa tortish, buxgalteriya hisobi va audit, kasb ta’limi yo’nalishlariga mo’ljallangan bo’lib, ikki qismdan iboratdir. Birinchi qismda statistika tushunchasi,predmeti, metodlari, tashkil etilishi, statistik kuzatish, guruhlash va jamlash, indeks,korrelyatsiya, regressiya, balans metodlari, ya’ni statistika umumiy nazariyasi masalalari yoritilgan. Ikkinchi qismda esa makroiqtisodiy jarayonlar(xarajatlar,daromadlar, milliy boylik, aholi va mehnat resurslari, yalpi ishlab chiqarish va xizmatlar, ijtimoiy soha, samaradorlik, moliya-kredit) statistikasi ko’rsatkichlari statistik tahlil qilingan. Darslikda asosiy tayanch iboralar va talaba olgan bilimini sinab ko’rishi uchun savol va topshiriqlar keltirilgan. Kitob bozor iqtisodiyotini o’rganuvchi barcha moliya-iqtisod ixtisosligi talabalari, aspirantlari, ilmiy izlanuvchilari hamda moliya va bank institutlari mutaxassis-amaliyotchilariga foydali bo’lishi mumkin.
-
Odam anatomiyası va fiziologiyasi fanidan amaliy mashg'ulotlar
O'zbekistonning barcha Oliy o'quv yurtlarida maxsus pedagogika yoʻnalishida ta'lim olayotgan talabalarga chuqur bilim berish orqali raqobatbardosh, kompetentligi yuqori mutaxassislarni tayyorlash yangi O'zbekistonnig ustivor vazifalaridan hisoblanadi. Bu vazifalarni amalga oshirishda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan universitetlarning maxsus pedagogika surdatarjimonlik ta'lim yo'nalishi uchun tasdiqlangan o'quv rejasida berilgan barcha fanlar kabi Odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanidan ham o'zlashtirilishi zarur bo'lgan nazariy va amaliy bilimlarni talabalarga oson va tushunarli qilib yetkazish qoʻllanmada o'z aksini topgan. Odam anatomiyasi va fiziologiyasidan amaliy mashg'ulotlari davomida talabalar odam organizmi tuzilishi, bajaradigan ishi bilan tanishadilar, ularning tuzilishi, organizmda joylashishi va ahamiyatini o'rganadilar.
-
Study skills
Mazkur o'quv qo 'llanma Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Mustaqil ta'lim ko'nikmalari" fan dasturi asosida 5111400 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) hamda 5120200 -"Tarjima nazariyasi va amaliyoti" yo'nalishlari bo'yicha bakalavriat yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'Ijallangan. Mazkur o'quv qo'llanmaning maqsadi talabalarga oliy ta'limning o'ziga xos xususiyatlari, ularning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o'quv usullarini tanlash, ta'limda aks ettirishning ahamiyati, o'z-o'zini baholash, maqsad qo'yish, zarur ko'nikmalarni shakllantirish uchun mustaqil rejalar tuzishni o'rgatishdan iborat.
-
Mediasavodxonlik va axborot madaniyati
Mazkur o'quv qo'llanmada mediasavodxonlik va axborot madaniyati fanining vujudga kelish tarixi, rivojlanish bosqichlari va bugungi holati yoritilgan. Shuningdek, ushbu faning nazariy asoslari, axborot tushunchasining mohiyati va u bilan bog 'liq bo 'Igan zamon va makon omillari tahlil qilingan.
-
Research methods in tourism/ Turizmda tadqiqot metodlari
Ushbu uslubiy qo 'llanma turizm va mehmon do 'stlik sohasida tahsiI oladigan talabalarga turizm sohasidagi tadqiqot jarayonlarini tizimli о 'rganish, tadqiqot metodlari va usullarini tanlash va ularni amalda qo 'llashni о 'rgatish maqsadida tuzilgan.
-
Topografiya va kartografiya,GAT texnologiyalari
Ushbu o'quv qo'llanma oliy ta'lim muassasalarining 5140600-,,Geografiya'' yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalariga mo'ljallangan bo'lib, u 3 qisimdan iborat. Kitobning 1-qismi topografiya faniga bag'ishlangan bo'lib, unda geodeziya va topografiya fanlarining umumiy ma'lumotlari, topografik xarita va uni elementlari, joyda burchak va masofa o'lchash, turli geodezik va topografik syomka ishlarini olib borish masalalari yoritilgan. 2-qisimda kartografiya fani masalalari yoritilgan bo'lib, unda kartografiya va geografik kartalar, kartalarning matematik asosi kartografikbelgilar va kartografik tasvirlash usullari, kartografik generalizatsiya hamda uning mohiyati va omillari , shuningdek, geografik karta va atlaslarning ta'rifi, tasnifi, ularni liyihalah va tuzish, bunda zarar bo'lgan manbalar, tuzilgan kartalardan foydalanish, ular orqali geografik tadqiqotlar olib borish, kartografiyaning rivojlanish tarixi atroflicha bayon qilingan, unda xorijiy GATlar va ularni tanlash, kompyuterda kartografik ma'lumotlari to'plash, saqlash, qayta ishlash yo'llari, GATda mavzuli xaritalarni ifodalash va ma'lumotlat bazasi asosida xaritalar ishlab chiqish kab masalalar ko'rib chiqilgan.
-
Slylistics: An inlroduclion to Expressive Means of Language
This textbook is designed to introduce students to the fundamental concepts of slylistics and expressive means of the English language. It aims to develop students' understanding of stylistic devices, functional styles, lexical and syntactical expressive means, as well as the stylistic peculiarities of literary and non-literary lexis.
-
Социальная педагогика
В пособии рассматриваются понятие социальной педагогики как части педагогики и социальной философии, особенности работы социального педагога с детьми из "семей риска", трудными и больными, а также работы в приютах и клубах по интересам в реабилитационных центрах.
-
Arab tilidan nazorat ishlari va mashqlar
Mazkur qo'llanma bakalavr tizimi II, III va IV bosqichlarida ta'lim olayotgan talabalar bilimlarini oraliq hamda yakuniy nazorat davomida muntazam ravishda tekshirib, maxsus reyting ishlanmasiga muvofiq holda baholash uchun mo'ljallangan. Qo'llanma ToshDO'TAU ishchi o'quv rejasiga asoslangan holda ishlab chiqilgan va tarkibi ham unga muvofiqdir. Mazkur qo'llanma semestr davomida o'tilgan grammatik mavzular borasidagi savollar to'plami, maxsus mashqlar, matnlar va vazifalardan iboratdir. Ilova sifatida test vazifalari ham keltirilgan. Barcha vazifa va testlarni tuzishda soddadan murakkablikka tomon uslubidan foydalanildi. Ushbu qo'llanmadan arab tili fanidan amaliy mashg'ulotlarni ta'minlash hamda o'tilgan mavzularni mustahkamlash va takrorlash borasida foydalanish mumkin.
-
Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi.
Mazkur darslikda "Bolalar psixologiyasini va psixodiagnostikasi" fanining maqsadi, vazifalari, asosiy mavzulari, metodlari nazariy jihatdan yoritib berilgan.Shuningdek, o'quv qo'llanmada maktabgacha yoshdagi bolalar bilan shaxsga yo'naltirilgan yondashuv asosida ta'limiy faoliyat jarayonlarini olib borish, bolalarga umumiy va shaxsiy ta'lim betish jarayonlarida ularning ruhiy holati, jismoniy imkoniyatlari a qiziqishlarini hisobga olish haqida mavzular yoritilgan.Bolalarda kechadigan yosh inqirozlari, bolalarning o'yin faoliyati, turli yosh davrlarning psixologik xususiyatlari, sog'lom va aqili zaif bolalarning psixik xususiyatlari haqida ham ma'lumotlar berilgan.
-
Матлаи Саъдайн ва Мажмаи Баҳрайн (II жилд биринчи қисм 1405-1429 йиллар воқеалари)
Ушбу китоб — Абдураззоқ Самарқандийнинг «Матлаи саъдайн ва мажмаи баҳрайн» («Икки саодатли юлдузнинг чиқиш ва икки денгизнинг қўшилиш жойи») номли асари темурийлар даврига оид энг муҳим манбалардан биридир. Унинг ўзбек тилига таржима қилиниб нашр этилаётган қисмида Амир Темур вафотидан то Ҳусайн Бойқаро ҳукмронлиги бошларигача бўлган даврдаги (1405— 1470) темурийлар давлати ҳудуди, айниқса, Хуросон ва Мовароуннаҳрда рўй берган асосий тарихий воқеалар солнома тарзида йилма-йил баён қилинган.
-
Автомобиль категории "В"
В книге описано устройство автомобилей ГАЗ-24 "Волга", УАЗ-469. Иж-2715, УАЗ-451М, УАЗ-451ДМ, УАЗ-452 и УАЗ-452Д. По сравнению с первым изданием учебник дополнен описанием конструктивных особенностей нового автомобиля ГАЗ-3102 «Волга» и автомобиля-фургона «Москвич-2734» и описанием системы питания газобаллонного автомобиля. Изложены основы эксплуатации и технического обслуживания указанных автомобилей. Особое внимание уделено диагностике технического состояния и приемам выполнения операций технического обслуживания агрегатов, механизмов и приборов автомобилей.
-
Ислом энциклопедияси А-Ҳ
Энциклопедия яратиш мураккаб ва машаққатли жараён. У кўплаб мутахассисларнинг бир мақсад йўлида ҳамкор ва ҳамнафас бўлиб меҳнат қилишини талаб қилади. Ҳар томонлама етук китобни яратиш ҳамма вақт ҳам осон кечавермайди. Макур "Ислом" энциклопедияси (қомуси) ҳам ана шу имконият ҳосиласи, исломшунос олимларнинг йиллар давомида қалбларида армон бўлиб келган орзуларининг воқелика айланиши натижасидир
-
Доривор ўсимликлар
Ушбу китобни қўлга олар экансиз, сиз доривор ўсимликларнинг қисқача тарихи, ўсимликлар таркибигидаги биологик фаол бирикмалар, ўсимликларни териш, қуритиш ва сақлаш усуллари, ўсимликлардан дамлама, чой, декоктлар (настойкалар) таёрлаш, тиббиётда ва халқ табобатида табиий ҳолда ҳамда фитопрепаратлар кўринишида қўлланиладиган доривор ўсимликлар билан танишасиз.
-
Картошка физологияси ва биокимёси
Тақдим этилаётган ушбу Картошка физиологияси ва биокимёси фани бўйича маъруза матнлари намунавий дастур асосида 5А411004-картошкачилик мутахассислиги магистрлари учун ёзилган бўлиб, унда ушбу фанга оид асосий тушунчалар ва маълумотлар қисқача баён этилган.