-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
-
-
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Medical Genetics
Practitioners and researchers must always rely on their own experience and knowledge in evaluating and using any information, methods, compounds or experiments described herein. Because of rapid advances in the medical sdences, in particular, independent verification of diagnoses and drug dosages should be made. To the fullest extent of the law, no responsibility is assumed by Elsevier, authors, editors or contributors for any injury and/or damage to persons or property as a matter of products liability, negligence or otherwise, or from any use or operation of any methods, products, instructions, or ideas contained in the material herein.
-
Moliyaviy nazorat
«Moliyaviy nazorat» o‘quv qo‘llanmasi bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy nazoratning davlat va nodavlat sohalarini qamrab olib, unda iqtisodiyotni erkinlashtirish va modemizatsiyalash sharoitida moliyaviy nazorat va uni amalga oshiruvchi organlar faoliyatining o'ziga xos jihatlarini yoritib berishga harakat qilingan.
-
Powering english for electrical and energy engineering
Darslikning tarkibi sohaviy terminologiyani o'zlashtirish, kasbiy muloqot ko'nikmalarini shakllantirish hamda muhandislik yo'nalishlarida ingliz tilidan amaliy foydalanish malakasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Materiallar zamonaviy ta'lin talablari asosida tanlangan bo'lib, talabalarning o'qib tushunish, tinglab anglash, yozma va og'zaki nutq kompetensiyalarini bosqichma-bosqich rivojlantirishga yo'naltirilgan.
-
Tuproqlar geografiyasi
Mazkur darslik 60530400 Geografiya ta'lim yo'nalishi malaka talablari va o'quv rejasi asosida tuzilgan. Tuproqlar geografiyasi nomli darslik 10 ta bob va 39 ta paragraf. nazorat va test savollari, mustaqil ish mavzulari, glossariy hamda foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. Darslik boblari "Tuproqlar geografiyasining fan sifatida shakllanishi", "Tuproqlarni o'rganish tarixi", "Tuproq hosil qiluvchi jinslar va omillar", "Tuproq kesmasi va uning xususiyatlari", "Tuproq eritmasi, havosi, unumdorligi va uni sifatini baholash", "Tuproq klassifikatsiyasi, tuproqlarning tarqalish qonuniyatlari va omillari", "Tuproq geografik rayonlashtirish va dunyoning tuproq bioiqlim mintaqalari" "Tog (balandlik mintaqasi) va qayir tuproqlari" "Tuproqlarni tadqiq qilish va tuproq kartografiyasi", "Tuproqlarning ifloslanishi va ularni muhofaza qilish" masalalariga bag'ishlangan.
-
Texnik nazorat va sifat menejmenti
Ushbu uslubiy qo‘llanma 5310900- Metrologiya, standartlashtirish va mahsulat sifati menejmenti (paxta, toʻqimachilik va yengil sanoat) yo‘nalishlari bakalavrlari uchun “Texnik nazorat va sifat nazorati” fanidan tayyorlangan bo‘lib, unda to‘quvchilikka iplarni tayyorlashda, trikotaj korxonasining xomashyo, tayyor va qo’shimcha materiallar bo’limida, pilla chuvish korxonasida, ipakni yigirish va to’qish korxonasida, junni qayta ishlash korxonalarida texnik nazorat olib borish tartibi keltirilgan hamda tola, ip va gazlamalarning sifatini baholash haqida ma’lumotlar berilgan.
-
Gandbol
Mаzkur dаrslik O’zDJTI vа jismоniy tаrbiya fаkultеtlаridа tа’lim оlаyotgаn tаlаbаlаr uchun mo’ljаllаngаn bo’lib, shu fаn mutахаssislаrini tаyyorlаsh dаsturigа muvоfiq tаyyorlаngаn.Dаrslikni yozishdа O’zbеkistоn Dаvlаt jismоniy tаrbiya instituti futbоl vа qo’l to’pi kаfеdrаsining ish tаjribаlаri,O’zbеkistоn vа bоshqа mаmlаkаtlаr gаndbоl bo’yichа mutахаssislаrining qo’llаnmаlаri аsоs qilib оlindi.
-
Педагогика: 100 вопросов — 100 ответов
Пособие содержит ответы на основные экзаменационные вопросы по курсу педагогики. Использование данного пособия облегчает подготовку студентов к экзамену и позволяет рассчитывать на высокий экзаменационный балл.
-
Biologik kimyo va molekulyar biologiya (2-qism. Molekulyar biologiya)
Darslik oliy o'quv yurtlarining 5140400-Biologiya va 5110400-Biologiya o'qitish metodikasi bakalavriyat ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, DTS va biologiya fani dasturiga muvofiq yozilgan. Darslikda oqsillar, DNK va RNK ning strukturaviy tashkillanish tamoyillari, replikatsiya, transkripsiya, translyatsiya jarayonlarining mexanizmi ko'rib chiqilgan. Darslikda hujayralarning strukturaviy tashkillanishining va hayot faolyatining molekulyar asoslari, oqsil biositezining boshqarilishi, gen muhandisligi, molekulyar patologiya muammosining zamonaviy holati yoritilgan.
-
Organik kimyo (2-qism)
Organik kimyo moduli o’quv rejaning umumkasbiy modullar blokiga taalluqli bo’lib, 5510600-Sanoat farmatsiya (turlari bo’yicha), 5320500-Biotеxnologiya, 5310901-Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti yo’nalishlari uchun 1 kursda, 5510500-Farmatsiya (turlari bo’yicha), 5111000-Professional ta'lim yo’nalishlari uchun 2 kursda o’qitiladi. Modulni o’zlashtirgan talaba farmatsevtik kimyo, farmakоgnоziya, biоlоgik kimyo, tоksikоlоgik kimyo kabi modullarni оsоn tushunadi va o’zlashtiradi.
-
Кимё тарихидан сабоқлар
Ушбу ўқув қўлланмада эрамиздан олдинги даврдаги кимёни ўрганишга бўлган ҳаракатлардан, то ҳозирги давргача кимё фанида эришилган ютуклар қисқача баён этилган. Сўнгги юз йилликлар давомида кимё фани ва кимё саноатининг қўлга киритган улкан ютуклари ҳакида маълумотлар келтирилган. Шу жумладан, ўзбекистонлик олимларнинг кимё фани ва саноатини ривожидаги бажарган ишлари ҳақида ҳам маълумотлар берилган. Ўкув қўлланма талабаларни кимё фанини чукуррок ўрганишда, уларда кимё фанига кизикиш ўйғотишда муҳим аҳамият касб этади деган умиддамиз. Бу кўлланма кимё, кимёвий технология ва экология мутахассислигини эгалловчи талабаларга мўлжалланган.
-
Polimerlar kimyosi
"Polimerlar kimyosi" fanining maqsadi kimyo yo'nalishi bo'yicha universitetlarning bakalavriatida tahsil olayotgan talabalarni, kimyogar- bakalavri bilishi lozim bo'lgan polimerlar kimyosi asoslari va uning muhim amaliy xususiyatlari bilan tanishtirishdan iborat. Umumiy kursni o'qitishda asosiy e'tibor polimerlar makromolekulalarining katta o'lchami va zanjirsimon tuzilganligi sababli oddiy quyi molekulyar birikmalardan farqlanuvchi xossalarini tushuntirishga qaratilgan. "Polimerlar kimyosi" fanining umumiy nazariy kursi talabalar tomonidan laboratoriya ishlarini bajarish bilan mustahkamlab boriladi. O'quv qo'llanmadagi laboratoriya ishlarining asosiy maqsadi talabalarning kursning umumiy nazariy qismida beriladigan polimerlarning sintezi, kimyoviy o'zgarishlari, fizik-kimyoviy hamda mexanik xossalari, tuzilishi kabi sohalarini chuqurroq tushunish va o'zlashtirishga yordam berishdir. Shuni ta'kidlab o'tish lozimki, polimerlarning tuzilishi va xossalariga oid keltirilgan xususiyatlari noyobdir, bunday xususiyatlar quyimolekulali birimalarda bo'la olmaydi, shuning uchun ham, polimerlar kimyosining alohida fan sifatida o'rganilishi va o'qitilishining sababi tushunarlidir.
-
Organik kimyo (laboratoriya mashg'ulotlari uchun)
Qo'lIanmada organik kimyo ishchi o'quv fan dasturida ko'rsatilgan barcha mavzular bo'yicha laboratoriya mashg'ulotlarining tavsifi keltirilgan. Organik kimyo mavzulari bo'yicha qisqacha nazariy ma'lumotlar har bir bo'limning boshlanishida bayon qilinishi laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazishda va olinayotgan nazariy bilimlarni o'zlashtirishda talabalarga yordam beradi. Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma "Kimyo o'qitish metodikasi" yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, pedagogika oliy o'quv yurtlarining magistrlari,o'qituvchilari uchun ham foydalidir.
-
Бизнес режа
Ушбу қўлланмада асосий эътибор бизнес режа мазмуни, моҳияти, тузишнинг зарурлиги, унинг услубий асослари, тузиш технологияси, бўлимлари ва ҳар бир бўлимнинг тузиб чиқишини алоҳидалик томонлари кенг ёритилган таянч иборалар, талабалар билимини назорат қилиш бўйича тест намуналари алоҳида ажратиб кўрсатилган. Бизнес режа тузилиши намунавий шакли илова қилиб берилган.
-
Pedagogik mahorat
Darslik bo'lajak o'qituvchilarda yuqori darajadagi kasbiy pedagogik tayyorgarlikni, ta'lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish uchun zarur bo'lgan kasbiy mahorat, pedagogik qobiliyat va shaxsiy sifatlarni shakllantirishga yo'naltirilgan didaktik materiallarni o'zida mujassamlashtirgan. Ushbu darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim davlat ta'lim standarti, «Pedagogik mahorat» fanining namunaviy dasturi asosida bakalavriat bosqichi Pedagogika yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallab yaratildi.
-
Ўзбекистон: мустақиллик одимлари
Ушбу китобда сизнинг мамлакатингиз тўғрисида, унинг тарихи ва бугунги ҳаёти ва ривожланиш истиқболлари тўғрисида қисқача маълумот берилган. Сизнинг мамлакатингиз буюк давлатга айланиши учун барча имкониятлар мавжуд - Президент И.А.Каримовнинг Ватанимизни юксак даражада ривожланган, цивилизация мамлакатига айлантиришга асос бўладиган беш тамойили ва бешта шарт-шароити - буюк тарихимиз, бой маънавий меросимиз, меҳнатсевар-бунёдкор халқимиз, битмас туганмас табиий бойликларимиз ва фақат олға боришимиз учун ўзимизнинг аниқ йўлимиз бор
-
Sport anatomiyasi va biomexanikasi
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan o‘quv dasturi asosida yozilgan bo‘lib, pedagogik kollejlari uchun mo‘ljallangan. Unda odam tayanch-harakat organlari, muskullari, ichki organlari, sezgi organlari, yurak-qon va nerv sistemalari haqida o‘quvchilar uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar hamda mavzularga tegishli suratlar berilgan.