-
Shartnoma tuzish
Mualliflar jamoasi,Yuridik texnikumlar uchun tayyorlangan mazkur darslikda shartnoma tuzish bilan bog'liq jarayonlarning huquqiy asoslari, tartibi va shartlarini, shartnoma tuzish usullari va ularning rasmiylashtirilishini ko'rsatib berilgan. Shuningdek, unda shartnoma tuzish bosqichlari, oferta va akseptni rasmiylashtirish va yuborish tartibi, dastlabki shartnomani tuzishga nisbatan talablar, kimoshdi savdoda shartnoma tuzish, internet orqali shartnoma tuzish, tanlov savdolarda shartnoma tuzish, davlat xaridlari boʻyicha shartnomalar tuzish va rasmiylashtirishdan tashqari iqtisodiy shartnomalar tuzishning o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Darslik o'qituvchilar, huquqshunoslar, talabalar va shartnoma tuzish nazariyasi va amaliyoti bilan qiziquvchilar uchun moʻljallangan. Ushbu darslik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Huquq birlashmasining 2019-yil 5-fevraldagi 4-son qarori bilan yuridik texnikumlar uchun darslik sifatida tavsiya etilgan.
-
Yuristning yozma nutqi
Mualliflar jamoasi,Zamonaviy yuristlar so'zga chechan, badiiy didli, o'z fikrini og'zaki va yozma ravishda yuqori darajada ifodalay oladigan bo'- lishi zarur. Bo'lg'usi yurist kadrlar, asosan, rasmiy doirada fao- liyat koʻrsatadi va davlat nomidan ish olib boradi. Shu bois ular- ning faoliyatini rasmiy hujjatlarsiz, muomala madaniyatisiz tasav- vur qilib boʻlmaydi. Shu nuqtayi nazardan "Yuristning yozma nutqi" darsligining yaratilishi maqsadga muvofiqdir.
-
Ma'muriy huquq va protsess
Mualliflar jamoasi,Darslik Ma'muriy huquq va protsessning boshlang'ich tushunchalariga bag'ishlangan boʻlib, talabalarda ma'muriy huquqning yangi tushunchasi asosida ma'muriy organ, ma'muriy tartib-taomil, ma'muriy ish yurituvi, ma'muriy hujjat, shuningdek, ma'muriy huquqiy munosabat bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalarni yoritib berishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Darslik yuridik kollej talabalariga moʻljallab tayyorlangan.
-
Ish yuritish
Mualliflar jamoasi,Yuridik texnikumlar uchun tayyorlangan mazkur darslikda ish yuritish bilan bog'liq jarayonlarning huquqiy asoslari, tartib-taomillari, xususan, ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish, boshqaruv faoliyatini hujjatlashtirish, hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish, hujjatlar ustida ishlash, hujjatlarni ro'yxatdan o'tkazish va indekslash, hujjatlarni ijro etish, hujjatlar yig'ma jildlari nomenklaturasini tuzish va hujjatlar yig'ma jildlarini shakllantirish kabi masalalar yoritilgan. Darslik o'quvchilar, o'qituvchilar, huquqshunoslar va ish yuritish jarayoni amaliyoti bilan qiziquvchilar uchun mo'ljallangan. Ushbu darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2019-yil 20-iyuldagi 654-son buyrug'i bilan nashr etishga ruxsat berilgan.
-
Jinoyat huquqi
Mualliflar jamoasi,Ushbu darslik yurisprudensiya yo'nalishida ta'lim olayotgan yuridik texnikum o'quvchilari Jinoyat huquqi fani bo'yicha ma'ruza va amaliy mashg'ulot (seminar)larga tayyorgarlik ko'rish uchun mo'ljallangan bo'lib, unda jinoyat huquqi fanining o'quv dasturidagi mavzular qamrab olingan va har bir mavzu boʻyicha savollar, shuningdek, tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati berilgan. Darslik oliy yuridik o'quv yurtlarining professor-o'qituvchilariga dars jarayonlarini tashkil etish, ma'ruza va amaliy mashg'ulot (seminar)lar oʻtkazishda, shuningdek, bakalavr va magistratura bosqichi talabalariga, amaliyot xodimlariga hamda Jinoyat huquqiga qiziquvchi kitobxonlarga tavsiya qilinadi.
-
Mehnat shartnomasi
Mualliflar jamoasi,Darslikda bozor munosabatlari sharoitida mehnat huquqining muhim institutlaridan boʻlgan mehnat shartnomasi institutini, jumladan, mehnat shartnomasi tushunchasi va uning boshqa turdosh fuqarolik-huquqiy shartnomalardan farqli jihatlarini, mehnat shartnomasini tuzish, o'zgartirish hamda bekor qilishni tartibga soluvchi O'zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi normalarini amaliyotda qoʻllashning asosiy qoidalarini o'rganish orqali mehnat munosabatlarida qonuniylik hamda ijtimoiy adolatning ta'minlanishi masalalari o'z ifodasini topgan. Darslik 5240100-yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi o'quv dasturiga mos ravishda tayyorlangan. Darslikdan yuridik kollej talabalari, o'qituvchilar, shuningdek, mehnat qonunchiligi masalalari bilan qiziquvchi keng kitobxonlar foydalanishlari mumkin. Darslikda 2020-yil 1-noyabrga qadar amalda bo'lgan normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanilgan.
-
Mehnat huquqi
Mualliflar jamoasi,Darslikda mehnat huquqining umumiy va maxsus qismi institutlari amalda- gi mehnat huquqiga oid normalar asosida ishlab chiqilgan va ularni amaliyotda qo'llanilishi bilan bogʻliq masalalar yoritilgan bo'lib, yuridik kollej talabalari uchun moʻljallangan.
-
Davlat va huquq nazariyasi
Mualliflar jamoasi,"Davlat va huquq nazariyasi" fani bo'yicha tayyorlangan mazkur darslikda mavzular va ularning mazmuniga oid javoblar, jadvallar, muammoli savollar hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati o'z ifodasini topgan. Darslik O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikum talabalari hamda davlat va huquq masalalariga qiziquvchi kitobxonlar uchun moʻljallangan.
-
Fuqarolik protsessual huquqi
Mualliflar jamoasi,Mazkur darslik Davlat ta'lim standarti asosida yuridik texnikum o'quvchilari uchun tuzilgan "Fuqarolik protsessual huquqi" fani o'quv dasturiga muvofiq hamda shaxsga yoʻnal- tirilgan, rivojlantiruvchi va mustaqil ta'lim olish texnologiyalari, tamoyillari va talablari asosida tayyorlangan. Darslikda fuqarolik protsessual huquqining umumiy va maxsus qismiga oid barcha mavzular, har bir mavzu bo'yicha nazorat savollari, kazuslar, ushbu fanga oid o'qish uchun tavsiya etilgan. adabiyotlar ro'yxati o'z aksini topgan. Mazkur darslik nafaqat yuridik texnikum o'quvchilari uchun, shuningdek, amaliyotchi va ilmiy xodimlar, keng kitobxonlar. ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Notarial harakatlar
mualliflar jamoasi,Mazkur darslikda notariat institutining huquqiy asoslari, notarial harakatlarning turlari hamda ularni amalga oshirish tartiblari, shuningdek, chet el elementi bilan murakkablashgan notarial harakatlarni amalga oshirishning o'ziga xos xususiyatlari ochib berilgan hamda unda notariat institutiga oid keyslar va notarial harakatlardan namunalar keltirilgan. Ushbu darslik yurisprudensiya soha mutaxassisligi o'quvchilari, talabalari, shuningdek, notarial idora xodimlari hamda keng jamoatchilik foydalanishi uchun mo'ljallangan.
-
Advokatura
Nurumov D.Dj, Matmurodov A.R,Ushbu darslikdan advokatura fani tushunchasi, predmeti va tizimi, advokatlik faoliyatining prinsiplari, Advokatlar palata- sining huquqiy maqomi, advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi, advokatlik faoliyatining tash- kiliy shakllari, advokat maqomini olish, to'xtatib turish va tuga- tish, advokatning kasb etikasi va uning javobgarlik masalalari, advokatning fuqarolik, iqtisodiy, ma'muriy, jinoyat sudlari ishla- rini yuritishdagi ishtiroki, shuningdek, har bir mavzuga oid kazus- lar, asosiy tushunchalar hamda nazorat uchun savollar o'rin olgan. Darslik yuridik texnikumlarda ta'lim oluvchi o'quvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilar, advokatlar, shuningdek, advokatura institutiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.
-
Majburiyat huquqi
Oqyulov O.,Yuridik kollejlar uchun tayyorlangan mazkur darslik, majburiyat huquqi tushunchasi va uning vujudga kelishi, majburiyat subyektlari, majburiyatda shaxslarning o'zgarishini o'zida ifodalaydi. Shuningdek, unda majburiyatlarni bajarish va uni ta'minlash, majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik hamda majburiyatning bekor bo'lishi kabilarning o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Darslik o'qituvchilar, huquqshunoslar, talabalar, o'quvchilar va majburiyat huquqi faniga qiziquvchilarning keng ommasi uchun moʻljallangan.
-
Agrar huquqi
Xolmo'minov J.T.,Ushbu darslik, yuridik texnikumlar o'quvchilariga moʻljallangan boʻlib, unda agrar sektorda bozor munosabatlariga o'tishni huquqiy tartibga solish, qish- loq xo'jaligi faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, qishloq xo'jaligi faoli- yati subyektlari huquqiy holati, agrar qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik, qishloq xoʻjalik kooperativlari faoliyatini huquqiy tartibga solish, fermer hamda dehqon xoʻjaliklarining huquqiy holati, qishloq xo'jalik faoliyatining alohida tur- larini huquqiy tartibga solish, qishloq xo'jaligida tabiatdan samarali foydalanishni huquqiy ta'minlash, qishloq xoʻjaligidagi shartnoma va mehnat munosabatlari- ning o'ziga xos xususiyatlari hamda xorijiy mamlakatlar agrar huquqining oʻziga xos jihatlari kabi masalalar yoritilgan. Yuridik ta'lim yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan texnikumlar o'quvchilari va agrar huquqi fani bilan qiziquvchi kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Ijro ishi yuritish
O'razaliyev M.Q,Yuridik texnikum o'quvchilari uchun tayyorlangan mazkur darslikda davlat ijrochisining ijro ishini tashkil etish jarayonida sud qarorlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta'minlash faoliyatiga oid dolzarb masalalar yoritib berilgan. Darslik Respublikamizdagi huquqshunoslik mutaxassisligi boʻyicha ta'lim olayotgan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumi o'quvchilari, o'qituvchilar, huquqshunoslar, shuningdek, ijro ishi yuritish jarayoni bilan qiziquvchi keng kitobxonlar uchun moʻljallangan.
-
Yuridik amaliyotda AKTni qo'llash
mualliflar jamoasi,Ushbu darslik informatikaning tarkibiy qismi bo'lgan kompyuterning texnik va dasturiy ta'minotining amaliy mashg'ulotlariga bag'ishlangan. Unda axborot tushunchalari, axborot o'lchovlari, operatsion tizimlar va ularning imkoniyatlari, ofis dasturlarida ishlash, ularning imkoniyatlari, lokal va global kompyuter tarmoqlari, huquqshunoslarning ish faoliyatida qo'llaniladigan huquqiy axborot qidiruv tizimlari, xususan, elektron pochta va internetdagi muloqot o'z aksini topgan. Darslik yuridik texnikumlar uchun moʻljallangan.
-
Jinoyat-protsessual huquq
mualliflar jamoasi,Mazkur darslik "Jinoyat-protsessual huquqi" fanining umumiy va maxsus qismlari bo'yicha o'quv dasturi negizida tayyorlangan va yuridik kollejlar oʻquvchilariga mo'ljallangan.
-
Konstitutsiyaviy huquq
Musayev B.T, Aliyeva K.R, Narimanov B.A.,Konstitutsiyaviy huquq bo'yicha tayyorlangan darslik, yuridik kollejlar- ning talabalari uchun moʻljallangan ta'lim standartlari asosida yaratilgan. Darslikda Konstitutsiyaviy huquq fani predmeti doirasiga kiruvchi mavzular yoritilgan. Darslikning tuzilishi (tizimi) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tuzilishiga mos keladi. Unda Konstitutsiyaga kiritilgan barcha o'zgartirishlar e'tiborga olingan. Darslik kollejlarning talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan boshqalar ham Konstitutsiyani o'rganishda foydalanishlari mumkin.
-
Ma'muriy hujjatlar
mualliflar jamoasi,"Ma'muriy hujjatlar" darsligi O'zbekiston Respublikasining ma'muriy huquq sohasi bilan bogʻliq yangi qonunchiligiga asoslangan holda ma'muriy hujjatlarning nazariy-huquqiy masalalarini yoritib berish, ma'muriy hujjatlar bilan bog'liq huquqni qoʻllashda zarur bo'lgan nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalarni shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur darslik 10 ta bobdan iborat bo'lib, belgilangan dastur doirasida shakllantirilgan. Darslikda quyidagi masalalar qamrab olingan: ma'muriy hujjat tushunchasi, mohiyati va uning o'ziga xos xususiyatlari; ma'muriy hujjatning shakli va mazmuni; ma'muriy hujjatning asosliligi; ma'muriy hujjatning kuchga kirishi; ma'muriy hujjatni tushuntirib berish va uni tuzatish; ma'muriy hujjatning amal qilishini tugatish, uni bekor qilish, o'zgartirish yoki haqiqiy emas deb topish; litsenziyalash sohasidagi ma'muriy hujjatlar; ruxsat berish sohasidagi ma'muriy hujjatlar; ro'yxatdan o'tkazish sohasidagi ma'muriy hujjatlar; davlat xizmatlarini ko'rsatish bilan bogʻliq boshqa sohalarda ma'muriy hujjatlar.
-
Sud protsessual hujjatlari
mualliflar jamoasi,Mazkur darslikda fuqarolik, iqtisodiy, ma'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritishga oid protsessual hujjatlar, ularning turlari va rasmiylashtirish tartibi, shuningdek, har bir mavzuga oid nazorat uchun savollar, protsessual hujjatlardan namunalar o'rin olgan. Darslik yuridik texnikum o'quvchilari va keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.
-
Xodimlar bo'yicha ish yuritish
Matrasulov D.,Darslikda xodimlar boʻyicha ish yuritish tartibi, usullari va vositalari, kadrlar boʻlimining faoliyati, kadrlar boʻlimi xodimlarining vazifa va funksiyalari, shuningdek, korxona, muassasa, tashkilotlarda xodimlar bo'yicha ish yuritishni tartibga solishga qaratilgan turli masalalar yoritilgan. Mazkur darslik xodimlar bo'yicha ish yuritish amaliyotida rioya qilinishi kerak bo'lgan qoidalarni va turli lokal hujjatlardan namunalarni o'z ichiga olgan. Darslik o'quvchilarga mehnat qonunchiligi normalarini amaliyotda qo'llashni o'rgatish maqsadida tayyorlangan o'quv adabiyoti hisoblanadi. Darslik 3240100 yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi o'quv dasturiga mos ravishda tayyorlangan bo'lib, darslikdan yuridik oʻrta maxsus ta'lim muassasalari (yuridik kollejlar) o'quvchilari, bakalavriat yoʻnalishi talabalari va xodimlar bo'yicha ish yurituvchi mutaxassislar foydalanishlari mumkin.