-
Umur daftari
G'ofur G'ulom,O'zbekiston xalq shoiri G'ofur G'ulom xalqimizning ardoqli farzandi XX asrning zabardast adibidir. Adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qo'shgan shoir G'ofur G'ulomning nomi bosib o'tgan hayoti yuliserqirra ijodi barchamizga yaxshi ma'lum
-
Mulku milatg'a emin o'lsa agar ogohlar
Muhammad Rizo Ogahiy,"Nazim bo'stoni " ruknining ushbu kitobida o'zbek mumtoz adabiyotining hazrat Alisher Navoidan kengi eng ulug' namoyondalaridan biri buyuk shoir va muttafakir tarixchi va tarjimon Muhammad Rizo Ogohiy (1809-1874) ning turi lirik janirlardagi asarlaridannamunalaro'rin olgan.
-
Shamol yuli
Jumagul Suvonovna,Qator she'riy to'plamlari va bir necha nasriy hamda nasirdagi nazmiy asarlari bilan sizga tanish O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi taniqli shoira o'zining yangi she'riy majmuasiniixtiyoringizga havola etmoqda.
-
Лайли ва Мажнун Алишер Навоий
Вахоб Раҳмонов Наим Норқулов,Шарқ адабиёти тарихида биринчи бўлиб ўз "Ҳамса"сини туркий тил яъни эски ўзбек тилида яратди.Чунки Навоий наздида турк эли ҳам бошқа элатлар қатори хуштъб ва софи идрок эгасидир.
-
Ҳикматлар Алишер Навоий
Эргаш Очилов,Алишер Навоийнинг катта-кичик ҳикматлар мажмуалари кўп маротаба нашр килинган .Йигирма жилдлик Мукаммал асарлари тўплами асосида тайёрланган ушбу китоб шоирнинг ҳикаматли сўзларини имкон қадар тўла қамраб олгани билан алоҳида қиммат касб этади
-
Sarvqomat Dilbarim
Aytmatov Ch.,Chingiz Aytmatovning ushbu qissasida tom ma'noda hayotiy-maishiy haqiqat va muammolar tasvirlanadi desak mubolag'a bo'lmaydi. Asar qahramonlari Ilyos, Asal, Xadicha, Boytemir, Jontoylarning har birining o'ziga xos fe'l-atvori hozirgi kunda ham zamondoshlarimizning qaysidir birlarida takrorlanadi. Asal bilan Ilyos asar boshida tasodifan uchrashib, taqdir taqazosi bilan o'zaro turmush qurishadi. Lekin negadir Ilyos o'z muqaddas oilasiga xiyonat qiladi... Nima uchun? Asal nega Ilyosni kechirmadi? Jontoy nega Ilyosga hasadgo'ylik bilan qarardi? Ilyos uzoq yillardan keyin farzandini topganda unga nega otasi ekanligini aytolmay qiynaladi? Boytemir Ilyos va Asal taqdirida qanday rol o'ynaydi? Asarni o'qish davomida bu savollarga javob topasiz.
-
Ota izidan
Yoqubov O.,Mazkur ikki holat turli jabhalarda oralari qil sig'masdek yonma-yon bo'lishadi. O'ylanmay bosilgan bir qadam, kutilmagan muammolarga yetaklashi kamdek, ortga boʻlgan yo'lni butkul yopadi. Shunda kishi orzusidagi ozodlikka qanchalar intilmasin, erksizlikning mudhish asirligidan qutula olmaydi. Atirgulni suyib, tikoni tufayli uni tutib bo'lmaganidek, qalb og'riqdan mudom aziyat chekadi. Asar katta hayot bo'sag'asida turgan yoshlarni noto'g'ri bosiladigan qadam tashvishlaridan ogoh eta oladi, deya umid qilamiz.
-
Muxabbat nishoni
Zahriddin Muxammad Bobur,Hassos shoir qomusiy alloma Zahriddin Muhammad Boburning Devonidansaralab olingan g'azal
-
O'zim har joydaman, kunglim sandadur
Muqimiy,Ushbu kitobda xix asirning ikkinchi yarimi-xx asir boshlari Qo'ron adabiymuhitning ulug' namoyondasi Muxammad Aminxo'ja o'g'li Muqimiy (1850-1903)ning turli lirik janirlardagi asarlardan namunalar o'rin olgan.
-
Мухаббатга кўм дилни
Худойқулова Фароғат,Шеър ёзилганда эмас шоир юрагидатуғилганда шеърдир. Шоирнинг ўзи ёзгани каби "Дарди пишиб пишиб кечроқ туғилган" шеърлари азиз китобхонлар кунглида ҳам дард ҳам шодлик бўлиб зоҳирланди.
-
Адолатга ҳиёнат
Тўхтамурод Тошев,Таниқли журналист ва ёзувчи Тўхтамурод Тошев кенг қамровли ўқувчи китобхонлар даврасида ўзининг "Меҳнат-инсонни улуғлайди" , "Эл ўғлони", "Муҳаббат рамзи", "Озодликғбуюк неъмат", "Одамларни севиб яшайман", "Адашганлар қисмати", "Ҳиёнат", Подполковникнинг қисмати", "Меҳр қолур муҳаббат қолур..." каби ўндан ортиқ китоблари билан яхши таниш. Ёзувчининг навбаттаги китоби-"Адолатга ҳиёнат" қиссаси китобхонларни бефарқ қолдирмайди. Унда муҳаббат, севги, оилавий муносабатлар, ҳаёттаги қатор ижтимоий муаммолар ёзувчи томонидан моҳирона қайд этилган.
-
Abdulla Qodiriy
Qodiriy A.,Vatanining mustabidlar zulmidan ozod bo'lishini, millati farzandlarini sharafga to'lganlar qatorida ko'rishni orzulagan xalqimizning qalbi uyg'oq farzandlari Jadid adabiyoti namoyandalari» bugun yana o'z o'quvchilari bilan yuzlashmoqda. Xalq ma'naviyatini boyitish yo'lida olib borilgan kurashlar, milliy matbuot, adabiyot va teatrning odamlar tafakkurini oshirishdagi ahamiyati haqida asarlarida kuyinib yozgan, bu borada fidoyilik ko'rsatgan, alaloqibat, qatag'onga uchraganlar haqida so'z borarkan, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon, Abdulla Avloniy, Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Usmon Nosir, Is'hoqxon Ibrat siymolari ko'z oldimizda gavdalanadi. Ular o'z asarlarida ko'targan muammolar hamon bizning qarshimizda bo'y ko'rsatib turibdi. Biz hamon «millatni uyg'otish uyg'onganlarning vazifasi» degan chorlovga munosib javob qaytarolganimiz yo'q.
-
Semiz va oriq
Anton Chexov,Dunyo adabiyotida A.P.Chexov o'z ovozi va so'ziga ega bo'lgan noyob ijodkorlardan biri sifatida tan olingan. U hikoyalari orqali ushbu janrni yana bir taraqqiyot pog'onasiga ko'tarib berganligi ham bor gap. O'zbek adabiyotida realistik hikoyalarning paydo bo'lishiga ham ayni yozuvchining asarlari sabab bo'lib, Abdulla Qahhor va undan keyingi bir qator yozuvchilarimiz hikoyalarining muvaffaqiyatida mazkur adibning maktabi alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu kitobda yozuvchining eng katta hikoyalari jamlangan.
-
Mirzo Ulug'bek
Maqsud Shayxzoda,Maqsud Shayxzoda "Mirzo Ulug'bek" asarida Ulug'bekni "inson - olim - davlat arbobi" sifatida aks ettirishga intilgan. Ammo buning o'zi ham oson ijodiy ish emas edi. Shubhasiz, Ulug'bek fojeasini keltirib chiqargan bu hayotiy masalalarni o'zaro aloqada va uzviy bog'liqlikda tasvirlash Shayxzodadan katta talab mahoratni talab etdi. Mirzo Ulug'bekning ham inson, ham olim, ham davlat arbobi sifatidagi obrazini badiiy mujassamlashtirish uchun ko'plab personajlarni asar to'qimasiga olib kirdi va bu personajlar harakat etejak syujet chiziqlarini ishlab chiqdi. Bunday personajlar tarixiy voqelikning o'zida serob bo'lishiga qaramay, dramaturg ularni saralab ola bildi va shu bilan birga badiiy to'qimadan ongli ravishda foydalanib, ya'ni to'qima qahramonlar obrazini asarga dadil jalb eta oldi.
-
Ikki eshik orasi
Otkir Hoshimov,E'tiboringizga havola etilayotgan mazkur kitob O'tkir Hoshimov asarlari ichida qamrovi, o'quvchi qalbiga yangiligi bilan alohida ahamiyatga ega. Unda adib qariyb qirq yillik davrni o'z ichiga, bir qancha chigal va murakkab taqdirlar misolida o'z xalqining urush davrida boshdan kechirgan hayoti, qismati haqida mahorat bilan qalam tebratgan. Zamon va davr qanday sharoitda kechishidan qat'i nazar insoniy qadr-qimmat tushunchalarini saqlab qolgan, tqadirini el-yurti, xalqi, Vatani taqdiri bilan bog'lagan, farzandidan ayrilganida ham qalbiga quvonch baxsh etishi mumkin bo'lgan boshqa sababini o'zi uchun yarata olgan, hayotini sevgi-muhabbat tuyg'ulari bilan bezamoqchi bo'lgani holda urush hukmiga tobe bo'lib qolgan insonlar qismatini ifodalovchi ushbu asar mutolaasidan so'ng bugungi o'tayotgan tinch-omon hayotingiz, farzandlaringiz baxti uchun shukrona aytasiz. Asar aynan shu jihati bilan qlblatga yaqin.
-
Yur, tog'larga ketamiz
Shukur Xolmirzayev,"Yur tog'larga ketamiz" qissasi ana shunday epigraf hamda Saroytosh qishlog'ining go'zal ta'rifi bilan boshlanadi. Qissa qahramoni qorong'i bostirmadan topib olgan kuchukbolaga (aslida, u oddiy kuchukbola emas, bo'ri bilan itning orasida tug'ilgan) Qoraboy deb ism qo'yadi. Shu kundan e'tiboran uning hayoti qiziqarli voqealar bilan boyib boradi. Bag'ri keng tog'liklarning hammasi ham negadir Qoraboyga nisbatan yaxshi munosabatda bo'maydilar, uni odamlar orasidan yo'qotishga urinadilar. Ammo asar qahramoni sodiq do'stini harchand himoya qilmasin, ko'pchilikka bas kelolmaydi. Alaloqibat, odamlardan zulm ko'rgan Qoraboy ularga zulm bilan javob qaytaradi. Natijada esa "Hayvonot bog'i"ga badarg'a qilinadi. Ammo o'rtada allaqachon ildiz otgan sadoqat rishtasi, mehr-muhabbat tuyg'usi do'stlarni qayta diydor ko'rishtiradi. Tog'lar esa yana ularni qarshi olmoqqa shay turadi...
-
So'z chamani
Halima Xudoyberdiyeva,O'zbek xalqining ardoqli farzandi, O'zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva nima bitgan bo'lsa yurak qoni bilan, To'maris momolarga xos jasorat, shijoat bilan, Zebunniso, Nodirabegimlar kabi nafosat bilan yozgan. Ishonamiz, shoiraning ushbu kitobga kiritilgan she'rlari qalbingizga dilbar tuyg'ularni armug'on etadi.
-
Ulug'bek xazinasi
Odil Yoqubov,"Padarkush, toj-u taxt, olti oy..." Nozomiy Ganjaviyning bu jumlalarni o'qigan Abdullatif nechog'lik xato qilganini anglaydi, anglaganda ham o'zini kutayotgan fojialarni, atrofdagi sotqinlarni, xiyonatlarni ko'rib-bilib anglaydi. Otasi-yu o'z jigariga qilgan xunrezligi, millat ma'naviyatiga qilgan adolatsizligi ko'z oldida yaqqol namoyon bo'ladi. Ko'ngil sezgan mudhish taqdir boshida yalang'och qilich bo'lib ko'tarilganda, tiliga bir kalom keladi: "Gunohkor farzandingizni kechirgaysiz, buzrukvor!" Ammo bu bilan na otasi, na millat va na xalqi oldida o'zini oqlay oladi... Odil Yoqubovning ushbu asari o'quvchini bir dam tarix sahnasiga olib chiqadi. Yaxshilar davrasida ilm va odamiylikka, xiyonotkor amirlar qurshovida makkorlik va xudbinlikka guvoh bo'ladi. Vijdon amri va to'g'riso'zlik naqadar buyuk kuch ekanligiga amin bo'ladi. O'quvchi kitob mutolaasi davomida buyuk allomani yod etadi va uning ma'naviy merosi bugungi kungacha etib kelishida sababchi bo'lgan tarixiy shaxslar va voqealar bilan badiiy tasvirlarda tanishadi.
-
Shum bola
G'afur G'ulom,Biz bugun o'qiyotgan kitoblarni yigirma o'ttiz yil o'tib, balki varaqlagimiz ham kelmas, xohish topa olmasmiz. Lekin "Shum bola" qissasini esa har gal, har qanday yoshda bolalik sho'xliklarini qo'msab, sog'inib, mutolaa qilishga ehtiyoj sezamis. Adibimiz G'.G'ulomning bu qissasi tasviriy vositalarga boyligi bilan boshqa asarlaridan ajralib turadi. "Dandon sopli pichoq"dan boshlanib, chuvalashib ketgan gapni boyning qizi - Adolning "o'g'il tug'ib bergani"ga borib ulab "innankeyin"chi, o'lgudek unjiq, ziqna, ezma Sariboyni mot qilgan Shum bolaning bir-biridan qiziq sarguzashtlaridan xabardor bo'lishni xohlasangiz kitob mutolaasiga shoshiling. Asar keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Tushda kechgan umrlar
O‘tkir Hoshimov,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kom-pleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” gi qarorida yosh avlodning ma‘naviy intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e‘tibor qaratilgan. Ulug‘ adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanini mutolaa qilgan yosh kitobxonlar ma‘naviy olami shunga yarasha bo‘ladi. Ushbu nashrning o‘ziga xos jihatlaridan biri shundaki, bu nashri hozirgi o‘zbek tilining imlo qoidalariga to‘liq moslangan shaklda berildi.