-
So'z chamani
Halima Xudoyberdiyeva,O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdievaning ushbu kitobga kiritilgan she’rlari qalbingizga dilbar tuyg‘ularni armug‘on etadi.
-
Tanlangan asarlar
Abdulla Oripov,Xalq shoiri Abdulla Oripov “Tanlangan asarlarining” sakkizinchi jildi ruhiyat va chuqur falsafiylik omuxta bo‘lgan yangi she’rlaridan jamlandi.
-
O'zbegim
Erkin Vohidov,Ushbu to‘plam o‘zbek adabiyotining zabardast vakili O‘z0bekiston xalq shoiri Erkin Voxidovning she’r, doston, muhammas, tarjimalaridan tarkib topgan.
-
-
-
O'zbek tili me'yorlari punktuatsiyasi
Mualliflar jamoasi,O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi o'zbek tili va adabiyoti folklori instituti ilmiy kengashining 2020 yil 2-dekabrdagi 8-yig'ilish qarori hamda O'zbeki9ston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi Respublika ta'lim markazi ilmiy- metodik kengashining 2015-iyundagi qarori bilan ma'qulangan va nashrga tavsiya etilgan
-
Temur tuzuklari
Amir Temur,"Temur tuzuklari","Tuzuki Temuriy","Malfuzotiy Temuriy","Voqioti Temuriy " nomlari bilan mashhur bo'lgan "Temur tuzuklari"asari ikki qismdan iborat. Birinchi qismda Amir Temurning tarjimai holi,ijtimoiy -siyosiy faoliyati,uning Mavoraunnahrda markaziy hokimiyatni qo'lga kiritishi ,siyosiy tarqoqlikka barham berishi,markazlashgan davlat tuzishi,27 mamlakatni o'z tasarrufiga kiritishi,buyuk sohibqiron tilidan ixcham tarzda bayon etilgan. Ikkinchi ismda esa mashhur jahongirning farzandlariga atalgan o'ziga xos vasiyat, pand-nasihatlari va o'gitlaridan iborat.
-
"Chinor"
A.Muxtor,Asqad Muxtorning bu romani sharq adabiy an'analarini eslatuvchi yangi bir shaklda yozilgan. Chinorning azim shoxlariday har tomonga tarvaqaylab ketgan qissalar jonli voqelikni aks ettirsa, uning teran ildizlari – hikoyatlar yaqin o'tmish haqida, rivoyatlar esa pildirab uchgan yaproqlar singari yengil, ular badiiy tafakkur qanotida qadim afsonalarga borib tutashadilar... Bularning hammasi ham bir o'zbek oilasi haqida. Bu oila katta, qadimiy, madaniy, mehnatkash va shu ma'noda «tagli-zotli». Ularning har bir a'zosi xalq hayotida ma'lum bir mas'uliyatli yukni o'z zimmasiga olgan. Jonajon tuproqqa chuqur tomir yoygan, baquvvat va qadimiy Chinor mangulik ramzi, xalqimiz timsolidir.
-
Sherlok Xolms haqida hikoyalar
Artur Konon Doyl,Artur Konan Doylning eng mashhur asari „Sherlok Xolms haqida hikoyalar“dir. Adib ilk marotaba Sherlok Xolms obrazini „Skarletdagi ish“ (1887) romanida yaratgan. Yozuvchi Sherlok Holms obrazini „Holmsning sо‘nggi ishi“ (1893) hikoyasida о‘ldirmoqchi bо‘ladi. Lekin butun dunyo kitobxonlarining noroziligidan keyin izquvarni tiriltirib, yangi hikoyalar yozadi. Sherlok Xolms haqidagi ajoyib-g‘aroyib hikoyalar favqulotda hodisalarga boyligi bilan kattayu kichik kitobxonlarning e’tiborini qozongan. Kutilmagan vaziyatlarda о‘zni yо‘qotmaslik, mustahkam iroda, aql-zakovat boshqalarning mushkulini yengillashtirishni hayotining mazmuniga aylantirib olgan izkuvar taxsinga loyiq fazilatlidir.
-
-
Graf Monte Kristo
A.Dyuma,“Graf Monte-Kristo“ keng kitobxonlar eʼtiborini qozongan asardir. Unda insoniylik, shaxs erkinligi va tuyg‘ular go‘zalligi ulug‘lanadi. Qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yildan keyin bo‘lsa-da chiqishi o‘z ifodasini topadi. Qahramonlar o‘rtasidagi mehr-oqibat va ziddiyatlar muallifning nihoyatda kuzatuvchan va mohirligini namoyon etadi. Asar bosh qahramoni Edmon Dantes- Monte Kristo razolat botqog‘iga botgan insonlarni zo‘r matonat, aql-idrok bilan fosh etadi. Jazo ham, mukofot ham Allohning irodasi bilan inson tirikligidayoq uni benasib qoldirmasligi roman nihoyasida aksini topadi. Faqat buning uchun... Graf taʼkidlaganidek, “Kutmoq va umid qilmoq kerak“.
-
Graf Monte Kristo
A.Dyuma,Bu kitob – ko‘plar kutgan durdona. U jahon adabiyotidagi eng sara asarlar ro‘yxatiga kiradi. Garchand “Graf Monte Kristo” yaratilganiga bir necha asrlar o‘tgan bo‘lsa-da, undagi ulug‘vor g‘oyalar, o‘lmas tuyg‘ular, orzular va armonlar talqini sira-sira o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Asardagi qahramonlar, ularning hayoti, kechinma va kechmishlari, voqealar zanjiri o‘quvchini kitobga ipsiz bog‘lab qo‘yadi. Ayniqsa, bosh qahramon Edmon Dantesning uzoq yillik uqubatlari, ana shu yillar samarasi o‘laroq o‘zgacha inson bo‘lib etishishi, bir vaqtlardagi jabr-sitam uchun intiqom kurashiga kirishishi bugungi kun o‘quvchisi uchun ham birdek maroqli. “Graf Monte Kristo”ni ko‘plar intiq kutayotganining boisi shundaki, ushbu kitob o‘zbek tilida chiqarilganiga qirq yildan oshdi. U dunyo adabiyoti xazinasidan o‘rin olgan bo‘lsa-da, ehtimol, hajmi kattaligi bois, bizda boshqa chop etilmagan. Nashriyotimiz ko‘p sonli kitobxonlarning talab-istaklarini inobatga olib, mazkur ishga qo‘l urganining boisi ana shunda. Marhamat, o‘smirlik va ulug‘vorlik, ezgulik va jaholat, nafs yo‘lidagi taloto‘plar, kimsasiz oroldagi nadomatlar, qasosga undagan turfa sarguzashtlar olamiga oshno bo‘ling, muhtaram o‘quvchi!
-
Graf Monte Kristo
A.Dyuma,Bu kitob – ko‘plar kutgan durdona. U jahon adabiyotidagi eng sara asarlar ro‘yxatiga kiradi. Garchand “Graf Monte Kristo” yaratilganiga bir necha asrlar o‘tgan bo‘lsa-da, undagi ulug‘vor g‘oyalar, o‘lmas tuyg‘ular, orzular va armonlar talqini sira-sira o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Asardagi qahramonlar, ularning hayoti, kechinma va kechmishlari, voqealar zanjiri o‘quvchini kitobga ipsiz bog‘lab qo‘yadi. Ayniqsa, bosh qahramon Edmon Dantesning uzoq yillik uqubatlari, ana shu yillar samarasi o‘laroq o‘zgacha inson bo‘lib etishishi, bir vaqtlardagi jabr-sitam uchun intiqom kurashiga kirishishi bugungi kun o‘quvchisi uchun ham birdek maroqli. “Graf Monte Kristo”ni ko‘plar intiq kutayotganining boisi shundaki, ushbu kitob o‘zbek tilida chiqarilganiga qirq yildan oshdi. U dunyo adabiyoti xazinasidan o‘rin olgan bo‘lsa-da, ehtimol, hajmi kattaligi bois, bizda boshqa chop etilmagan. Nashriyotimiz ko‘p sonli kitobxonlarning talab-istaklarini inobatga olib, mazkur ishga qo‘l urganining boisi ana shunda. Marhamat, o‘smirlik va ulug‘vorlik, ezgulik va jaholat, nafs yo‘lidagi taloto‘plar, kimsasiz oroldagi nadomatlar, qasosga undagan turfa sarguzashtlar olamiga oshno bo‘ling, muhtaram o‘quvchi!
-
O'nta negr bolasi
Agata Kristi,Agata Kristi nomini alohida tanishtirishga hojat yо‘q. Adabiyot ahli tomonidan haqli ravishda detektiv janrining yetakchilaridan biri sifatida tan olingan. Uning mazkur asarida ham kitobxon sirli va qiziqarli olamga sayohat qilishi muqarrar. Muallifning о‘zi aynan shu asarini eng yaxshisi deya e’tirof etgani ham bejiz emas. Ushbu asarda bir-biriga hech qanday aloqador bо‘lmagan о‘nta odam xilvat oroldagi uyga keladi. Sirli taklifnoma bilan ularni bu yerga kim chaqirdi? Yaxshi detektiv ixlosmandlarining yuragi darrov shuv etib ketadigan manzara. Dunyodan ajrab qolgan bо‘m-bо‘sh orol, kо‘p xonali, zimiston yо‘lakli katta sirli uy va Zanjilar orolining sohibi taklifiga kо‘ra uyga kelgan о‘nta mutlaqo notanish, bir-biriga о‘xshamagan о‘nta odam. Bu yerda ularni qulay shart-sharoitlar, mazali taom va shinam yotoqxonalar kutib turibdi. Lekin havas qilgudek mehmondо‘stlik tez orada sarobga aylanib, mehmonlar savdoyi qotil qurgan tuzoqqa tushib qolgani ma’lum bо‘ladi. Ular orolning toshloq zaminiga qadam qо‘ygan zahoti tuzoq yopilgan. Oroldan qochishning iloji yо‘q. Barchani shubha-gumon chulg‘ab olgan. Chehralarda ajal soyasi. Qо‘rquv va dahshat. Faqatgina bolalar sanoq she’ri va mitti negr bolalari tugashi bilan bu dahshatli о‘yinga ham xotima yasaladi. Biroq nega? Ularni birin-ketin eng g‘ayrioddiy yо‘llar bilan о‘ldirish kimga kerak? Nima uchun sodir bо‘layotgan voqealarning bari quvnoq bolalar she’ri bilan chambarchas bog‘liq? Nahotki bu jumboqning yechimi topilmasa, nahotki hammasi о‘limga mahkum bо‘lsa? Lekin nima uchun? Ular rostdan ham aybdormi?
-
Tanlangan asarlar
A.Oripov,Ўзбекистон Қаҳрамони, Халқ шоири Абдулла Орипов “Танланган асарлар”ининг саккизинчи жилди кейинги икки ярим йилда ёзилган руҳият ва чуқур фалсафийлик омихта бўлган янги шеърлардан жамланди. Зукко шеърхонлар улкан шоир ижоди янги мавзулар, янги ифода воситалари билан бойиганига, давр ва халқ, шахс ва жамият, инсон ва унинг қалби, нур ва зиё, муҳаббат ва нафрат, яхшилик ва ёвузлик, самимият ва ҳасад, меҳр ва қабоҳат сингари ўлмас ва азалий мавзулар янги ифода воситалари орқали очиб берилганига ишонч ҳосил килиб, янги шоирона нигоҳдан завқ оладилар, деб умид қиламиз.
-
"Kecha va kunduz"
A.Cho'lpon,Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon(1898-193)-shoir,yozuvchi,dramaturg,tarjimon va jamoat arbobi,"Sadoi Turkiston","Darxon", "Yangi sharq","Ishtirokiyun","Buxoro axbori" gazetalari va "Mushtum","Guliston" kabi jurnallarda faoliyat yuritgan." Ilmiy kengash", "Chig'atoy gurungi ", "Nashri maorif" tashkilotlari va "Turon" teatrida adabiy,ilmiy-ma'rifiy ishlar bilan shug'ullangan. Uning "O'zbek yosh shoirlari", "UYg'onish","Buloqlar",(1923), "Tong sirlari" (1926)va "Soz" (1936) to'plamlari "Oydin kechalarda", "Qor qo'ynida lola","novvoy qiz","Qurboni jaholat","Do'xtir Muhammadyor" singari hikoyalari,"Yo'l esdaligi", "Vayronalar orasidan","Adabiyot nadur" kabi ocherk va maqolalari, "temirchi", "Gunoh ", "Cho'rining isyoni","Yorqinoy", "Halil farang" va h/k. sahna asarlari, "Kecha kunduz "romoni mavjud..
-
"Mehrobdan chayon"
A.Qodiriy,O'zbek romanchiligi va hayotiy hikoyalar janrining asoschisi,buyuk ustozimiz -A.Qodiriy dastlabki ta'limni musulmon maktabi,rus-tuzem maktabida,Abulqosim shayx madrasasida olgan.1925-26-yillarda Moskvadagi adabiyot kursida ta'lim olgan. Uning dastlabki ijodlari "Samarqand","Oina", "Sadoi Turkiston"gazetalari va o'zi tashkil etgan "Mushtum" jurnalida e'lon qilingan.
-
"O'tkan kunlar"
A.Qodiriy,O'zbek romanchiligi va hayotiy hikoyalar janrining asoschisi,buyuk ustozimiz -A.Qodiriy dastlabki ta'limni musulmon maktabi,rus-tuzem maktabida,Abulqosim shayx madrasasida olgan.1925-26-yillarda Moskvadagi adabiyot kursida ta'lim olgan. Uning dastlabki ijodlari "Samarqand","Oina", "Sadoi Turkiston"gazetalari va o'zi tashkil etgan "Mushtum" jurnalida e'lon qilingan.
-
"Yevgeniy Onegin"
A.S.Pushkin,Adibning "Yevgeniy Onegin"asari rus adabiyotidagi birinchi she'riy romandir.Pushkin bu asarni yaratishda buyuk ingliz shoiri Bayronning "Don Juan"she'riy romanidan ta'sirlanib yaratgan. "Yevgeniy Onegin"romanining qahramoni kelishgan,aqlli,o'ziga yarasha o'qimishli,farosatli yigit.Lekin u o'z axloqini kibor jamiyat talabiga moslashtirishga majbur bo'lgani uchun hammaga ,hatto o'ziga ham begona.Munofiqlik va yolg'onni axloq darajasiga ko'targani uchun ham oliy tabaqa vakillari o'rtasidagi.munosabatlarda samimiylik yo'q. Shu bois qizning eng munosib umr yo'ldoshi bo'lishi mumkinligini bilgani holda Yevgeniy Tatyananing sevgisini rad etadi. Yevgeniy yengiltak ham,xotinboz ham emas.Lekin kiborlar ko'ziga shunday ko'rinish,ular orasida shuhrat orttirish uchun ayollarni yo'ldan ozdirishga intiladi.Yevgeniy janjalkash qonxo'r odam emas ,ammo kiborlarda duelga chiqishdan qo'rqdi degan fikr uyg'otmaslik uchun o'zi istamagan holda sodda shoir yigit Lenskiyni otib o'ldiradi.Romanda kuchi,g'ayrati,aqlini sarflashi mumkin bo'lgan ezgu mo'ljalning yo'qligi tufayli qiynalayotgan yigitning iztiroblari aks etgan.
-
"Xamsa"
A.Navoiy,Mazkur kitobda Alisher Navoiy «Xamsa»sidagi barcha dostonlarning mazmuni bayon qilingan. Ularda shoir tomonidan tasvirlangan turli voqea-hodisalar aks ettirilgan, faqat kirish qismlari, me’yoridan cho'zilib ketgan manzaralar, monologlar biroz qisqartirilgan. Navoiy dostonlarining ushbu nasriy talqini alloma shoirimizning turkiy she’riyat gultoji hisoblanmish «Xamsa» dostonlarini anglab olishingizga yordam beradi, deb o'ylaymiz.