-
Chol va dengiz
Ernest Xeminguey,Ushbu kitobga dunyo miqyosida mashhur adib, “Nobel” mukofoti sovrindori E.Xemingueyning eng sara asarlari kiritilgan. “Chol va Dengiz” qissasida insonning ulug‘ligi, undagi iroda va matonat, oqillik va azm-u qaroridan og‘ishmaslik o‘zgacha talqinda aks etgan. “Alvido, qurol” romani esa qahramonlarning fikr-xayollari, kechmishlari, urushning insoniyat boshiga solgan mudhish kulfatlari haqida o‘ylashga, tinchlikning qadriga yetishga chorlaydi. Serqirra ijodkorning millionlab nusxalarda chop etilgan asarlarini mutolaa qilishga shoshiling, aziz kitobxon.
-
Odam bo'lish qiyin
O‘lmas Umarbekov,O‘tgan asrning ikkinchi yarmidagi o‘zbek nasri rivojida yozuvchi O‘lmas Umarbekovning o‘ziga xos o‘rni bor. Uning yoshlar hayoti, ma‘naviy –axloqiy muammolar, insonlarning murakkab munosabatlari haqida yaratilgan roman, qissa va hikoyalari bugungi kunda ham sevib o‘qiladigan asarlardir.Adib bolalarning bepoyon orzular olami, yoshlarning goh lazzatli, goh iztirobli muhabbati, sidq-u vafo, xiyonat, otalar va bolalar, umuman, turfa toifadagi insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni g‘oyat chuqur va samimiy tasvirlaydi. Shuning uchun ham adibning asarlari hamon kitobxonlar qalbini rom etib kelmoqda.
-
YEVGENIY ONEGIN
Aleksandr Sergeyevich Pushkin,Adibning “Yevgeniy Onegin” asari rus adabiyotidagi birinchi she’riy romandir. Pushkin bu asarni yaratishda buyuk ingliz shoiri Bayronning “Don Juan” she’riy romanidan ta’sirlanib yaratgan. “Yevgeniy Onegin” romanining bosh qahramoni kelishgan, aqilli, o’ziga yarasha o’qimishli , farosatli yigit. Lekin u o’z axloqini kibor jamiyat talabiga moslashtirishga majbur bo’lgani uchun hammaga, hatto, o’ziga ham begona. Munofiqlik va yolg‘onni axloq darajasiga ko‘targani uchun ham oliy tabaqa vakillari o‘rtasidagi munosabatlarda samimiylik yo‘q. Samimiylik bo’lmagan joyda muhabbatga ham o‘rin yo‘q. Shu bois qizning eng munosib umr yo‘ldoshi bo’lishi mumkinligini yaxshi bilgani holda Yevgeniy Tatyananing sevgisini rad etadi. U o‘zining qizga loyiq emasligini sezadi. Onegin yengiltak ham, xotinboz ham emas. Lekin kiborlar ko’ziga shunday ko‘rinish, ular orasida shuhrat orttirish uchun ayollarni yo‘ldan ozdirishga intiladi. Yevgeniy janjalkash , qonxo‘r odam emas, ammo kiborlarda duelga chiqishdan qo‘rqdi degan fikr uyg‘otmaslik uchun, o‘zi istamagani holda sodda shoir yigit Lenskiyni otib o‘ldiradi. Romanda kuchi, g‘ayrati, aqlini sarflashi mumkin bo‘lgan ezgu mo‘ljalning yo‘qligi tufayli qiynalayotgan yigit iztiroblari aks etgan.
-
YULDUZLI TUNLAR
Pirimqul Qodirov,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob maxsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo’yicha kompleks chora- tadbirlar dasturi to‘g’risida”gi qarorida yosh avlodning ma‘naviy –intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ulug‘ adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanini mutolaa qilgan yosh kitobxonlarning ma’naviy olami shunga yarasha bo‘ladi. Ushbu nashrning o’ziga xos jihatlaridan biri shundaki, unda bugungi yosh kitobxonlarga ayrim so‘z hamda iboralar yanada tushunarli bo‘lmog‘i uchun tegishli va zarur izohlar ham berilgan.
-
AVLODLAR DOVONI
PIRIMQUL QODIROV,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlan-tirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora—tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarorida yosh avlodning ma‘naviy-intellektual salohiyati , ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda , ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos aha-miyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e‘tibor qaratilgan. Ulug‘ adib , O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning “Avlodlar dovoni” romanini mutolaa qilgan yosh kitobxonlarning ma‘naviy olami shunga yarasha bo‘ladi. Ushbu nashrning o’ziga xos jihatlaridan biri shundaki, unda bugungi yosh kitobxonlarga ayrim so‘z hamda iboralar yanada tushunarli bo‘lmog‘i uchun tegishli va zarur izohlar ham berilgan.
-
O‘TKAN KUNLAR
ABDULLA QODIRIY,O‘zbek romanchiligi va hayotiy hikoyalar janrining asoschisi, buyuk ustozimiz –Abdulla Qodiriy (1894-1938 –yillar) XXasr o‘zbek adabiyotining buyuk darg‘alaridan biri bo‘lgan. A.Qodiriy dastlabki ta‘limni musulmon maktabi, rus-tuzem maktabida, Abulqosim shayx madrasasida olgan. 1925-1926 – yillarda Moskvadagi adabiyot kursida ta‘lim olgan. Uning dastlabki ijodlari ‘‘Samarqand” , ‘‘Oina”, ‘‘Sadoi Turkiston” gazetalari va o‘zi tashkil etgan ‘‘Mushtum” jurnalida e‘lon qilingan. A.Qodiriyning ‘‘To’y”, ‘‘Ahvolimiz”, ‘’Millatimga”, ‘‘Fikr aylagil” kabi she’rlari : ‘‘Baxtsiz kuyov”, dramasi , ‘‘Juvonboz”, ‘‘Uloqda” (1916 –yil) , ‘‘Kalvak Maxzumning xotira daftaridan”, ‘‘Toshpo’lat tajang nima deydi?” (1920-yil) kabi hikoyalari ; ‘’O‘tkan kunlar’’ (1924-1926), ‘‘Mehrobdan chayon” (1929-yil) romanlari, ‘‘Obid ketmon” (1934) qissasi hozirgi vaqtda ham sevib o’qiladi. Shuningdek ,N.V. Gogolninig ‘’Uylanish” (1935-yil), A.P.Chexovning ‘‘Olchazor” (1936-yil) asarlarini ona tilimizga mahorat bilan tarjima qilgan. 1937-yilning 31- dekabrida ‘‘xalq dushmani” sifatida qamoqqa olinib, 1938-yil 4-oktyabrda o‘limga mahkum qilingan. Yozuvchining o‘zi va asarlari 1956-yildan boshlab oqlangan. Abdulla Qodiriy Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureati (1991-yil), ‘‘Mustaqillik” ordeni bilan taqdirlangan (1994-yil).
-
SPITAMEN
MAQSUD QORIYEV,Vatan uchun ko‘rashgan o‘g‘lonlar talaygina. Spitamen ana shunday mard-jasur o‘g‘lon. Ushbu kitobda Spitamenning vatan ozodligi yo‘lidagi jasorati qalamga olingan. Uning mardligi chindanda ibrat olsa arzigulik .
-
Navoiy
Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek,‘‘Navoiy‘’ romani o’zbek va rus tillarda bir necha marta nashr etilgan asar. Navoiydan keyingi davr uning asarlariga qiziqishni oshirsa oshirdiki, also kamaytirmadi. Oybek asarda Navoiy siymosini yaratadi. Bundan besh asr oldin yashab o’tgan ulug’ shoirni aniq va yaqqol tasavvur etish buyuk yozuvchigagina hos. Oybek romanda buyuk shoir obrazini yaratishda Navoiyning turkiy til va adabiyotga bo’lgan munosabati tasviridan ham o’rinli foydalangan. Asarda Navoiy obraziga xos xususiyatlar sofdillik, qat‘iyat va olijanoblik kabi fazilatlarda nomoyon bo’ladi. Darhaqiqat, ‘‘Navoiy” romani o’zining badiiy –estetik qimmati, mazmun-mohiyati, badiiy-tasviriy vositalarga limmo-limligi, voqealarning izchilligi, tarixiy haqiqatning ko‘zgusi bo‘la olganligi, qahramonlarning bir-biri bilan, ya‘ni to’qima va tarixiy obrazlarning uyg‘unlashganligi bilan ham yuksak tahsin va e‘tiroflarga loyiq asardir. Shu bois ham bu asar mana necha yillarki, o‘z qadr-qimmatini yo‘qotgan emas, yo‘qotmaydi ham . Chunki chinakam badiiy san‘at asari hech qachon o‘lmaydi. Bunday asarlarni xalq unutmaydi. Oybekning o’zbek mumtoz adabiyotida yorqin siymo, ulug’ mutafakkir sanalgan Navoiy obrazini go‘zal tasvirlab bera olgan bu romani mangu yashayveradi.
-
XAMSA
Alisher Navoiy,Mazkur kitobda Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi barcha dostonlarning mazmuni bayon qilingan. Ularda shoir tomonidan tasvirlangan turli voqea-hodisalar aks ettirilgan, faqat kirish qismlari, me’yoridan cho’zilib ketgan manzaralar, monologlar biroz qisqartirilgan. Navoiy dostonlarining ushbu nasriy talqini alloma shoirimizning turkiy she‘riyat gultoji hisoblanmish “Xamsa” dostonlarini anglab olishingizga yordam beradi, deb o‘ylaymiz.
-
ZULMAT ICHRA NUR
MIRKARIM OSIM,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 –yil 13- sentyabrda ‘‘Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora- tadbirlar dasturi to’g’risida‘‘gi qarorida yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo’lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ulug’ adib - Mirkarim Osimning ‘‘Zulmat ichra nur”qissasini mutolaa qilgan yosh kitobxonlar ma’naviy olami shunga yarasha bo’ladi. Alisherning nihoyatda o’tkir zehnli bo’lgani, o’qish va yozishni juda erta o’rganib olgani, eng muhimi – bolaligidan she’riyatga, adabiyotga g’oyat qiziqqani haqida tarixiy asarlar guvohlik beradi. ‘‘Zulmat ichra nur” qissasida biz Alisherni to’rt yoshligidanoq yaqindan tanib boramiz. Ushbu qissani to’liq o’qisangiz, Alisher Navoiy bobomizning naqadar chuqur aql, tajriba egasi bo’lganini, u kishi oddiy dehqon bilan ham, zamona podshohlari bilan ham bemalol til topishib, murakkab muammolarni oqilona hal etganini bilib olasiz. Ushbu nashrning o’ziga xos jihatlaridan biri shundaki, hozirgi davr kitobxonlarining talab va iltimoslariga asosan asarga qo’shimcha iqtibos va izohlar kiritildi va hozirgi o’zbek adabiy tili qoidalari asosida qayta tahrirlandi.
-
-
MURDALAR GAPIRMAYDILAR
TOHIR MALIK,‘‘Agronom yigitning suvga cho’kib o’lgani haqidagi ma’lumotni o’qigan boshliq ajablandi; ‘‘Suvga yaqinlashishga qo’rqadigan, suzishni bilmaydigan odam qanday qilib suvga cho’kib ketishi mumkin? Chindan ham baxtsiz hodisami yo…. ‘‘ ‘‘Charxpalak ‘‘qissasini o’qigan kitobxon shu kabi savollarga javob topadi. Hech qanday zulm jazosiz qolmaydi. ‘‘Murdalar gapirmaydilar‘’ qissasida ana shu hayot falsafasi haqida fikr yuritiladi.
-
CHINOR
ASQAD MUXTOR,Inson hayoti barcha nuqson-u kamchiliklari, imkon va imkonsizliklari, xatolari, aqliy va jismoniy kuchi va kuchsizliklari ro‘yi –rost ko‘rsatilgan o‘lmas asar. Asqad Muxtorning bu romani sharq adabiy an‘analarini eslatuvchi yangi bir shaklda yozilgan. Chinorning azim shoxlariday har tomonga tarvaqaylab ketgan qissalar jonli voqelikni aks ettirsa, uning teran ildizlari –hikoyatlar yaqin o’tmish haqida, rivoyatlar esa pildirab uchgan yaproqlar singari yengil, ular badiiy tafakkur qanotida qadim afsonalarga borib tutashadilar…. Bularning hammasi ham bir o‘zbek oilasi haqida. Bu oila katta, qadimiy, madaniy, mehnatkash va shu ma‘noda ‘‘tagli- zotli‘‘ . Uning har bir a‘zosi xalq hayotida ma ‘lum bir mas ‘uliyatli yukni o’z zimmasiga olgan. Jonajon tuproqqa chuqur tomir yoygan, baquvvat va qadimiy Chinor mangulik ramzi , xalqimiz timsolidir. Oila boshi Ochil buvaning safari bilan shartli ravishda o‘zaro bog‘langan qissalarning har biri mustaqil axloqiy -estetik fikrni ilgari suradi. Hikoyatlar va rivoyatlar esa bu fikrni quvvatlab, yanada mustahkamlaydi.
-
OT KISHNAGAN OQSHOM
TOG'AY MUROD,Tabiat va inson … Tabiat va inson o‘rtasida ko‘zga ko‘rinmas uzviy birlik bor . Ana shu bog‘liqlik, birlik O‘zbekiston xalq yozuvchisi , Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Tog‘ay Murod ‘‘Ot kishnagan oqshom’’ qissasida mohirona tasvirlab bergan. Qo‘lingizdagi kitob xalqimiz ko‘nglidan mustahkam o‘rin egallagan , chet tillarga tarjima qilinib , dovruq qozongan mashhur ‘‘ Ot kishnagan oqshom” qissasidan tashkil topdi. Siz ushbu kitobni qo‘lga olib , o‘qiy boshlarkansiz , beixtiyor asarda tasvirlangan Ziyodulla kal va ajoyib oti Tarlon bilan birga ko‘pkarilarda qatnashasiz , or- nomus vijdon va mardlik , halollik kabi asl insony tuyg‘ularga oshno bo‘lasiz.
-
Алишер Навоий "Хамса"си
Муаллифлар жамоаси,Мазкур илмий ишлар мажмуаси улуғ шоир ва мутаффаккири Алишер Навоий буюк "Хамса"сининг яратилганига 500 йил тўлишига бағишланади
-
Ўзбек удумлари
Маҳмуд Саттор,Маҳмуд Сатторнинг "ЎЗбек удумлари" китоби инсоннинг туғилишидан тортиб то умрининг сўнгги дақиқасигача ва ундан кейин ҳам халқимизга ҳамроҳ бўладиган миллий урф-одатларимиз ,анъаналаримиз таомиллар ҳақида ҳикоя қилади
-
Маънавият ва тараққиёт
А.Эркаев,Абдураҳим Эркаевнинг ушбу китобида маънавият тушунчаси бошқа ижтимоий -фалсафий тушунчалар категориялар билан қиёсланган ҳолда кенг ва теран таҳлил этилади
-
Маданий тадбирлар
У.Қорабоев,Мазкур ўқув қўлланма Камолиддин Бекзод номидаги Миллий рассаомлик ва дизайн институти илмий кенгаши томонидан нашргат тавсия этилган
-
Аҳмад Яссавий.Хикматлар
Аҳмад Яссавий,Ўзбек адабиётининг улкан намоёндаларидан бири Аҳмад Яссавий 12- асрда яшаб ижод этди
-
Alkimyogar
Paulo Koelo,Odamzodning bu dunyodagi yakka-yu yagona, oliy vazifasi - O'z Taqdirini ro'yobga chiqarishga erishuvidir... Barcha odamlar yoshlik paytlarida o'z taqdirlarini biladilar... Ammo fursat o'tishi bilan sirli bir kuch ularni O'z Taqdirlarini ro'yobga chiqarish imkonsiz ekanligiga ishontira boradi. Bu sirli qudrat inson zotiga g'animday tuyiladi, aslida esa o'z taqdirini qanday ro'yobga chiqarish Yo'lini xuddi ana shu qudrat ko'rsatib beradi. U insonning ruhini va erkini o'sha buyuk vazifaga tayyorlaydi. Bu kurrayi zaminida oliy bir haqiqat mavjud: qachonki sen nimanidir astoydil istasang, albatta unga erishasan, chunki bunday istak Olamning ruhida dunyoga kelgan bo'ladi. Sen yer yuzida xuddi ana shuning uchun yaratilgansan. "Alkimyogar" romani zamiridagi ushbu hikmat o'tmishda o'tmagan yoxud rivoyat qahramoni bo'lgan kimningdir hayotigagina taalluqli emas, bu siz-u biz uchun ham, bizdan keyingilar uchun ham o'tilajak Yo'ldir. Balki bugun bu kitobning dunyodagi 120 mamlakatda sevib o'qilayotgani ham, Paulo Koeloning dunyoning eng mashhur yozuvchisiga aylangani ham bejiz emasdir. "Alkimyogar" haqida gapirganda Richard Baxning "Jonatan ismli chag'alay", "Tasavvurlar" yoki Ekzyuperining "Kichik shaxzoda" singari ertak-rivoyatlarini eslamaslikning sira ham iloji yo'q. Ammo "Alkimyogar" ularning hech biriga o'xshamaydi.