-
-
Jinoyat protsessi ishtirokchilari xavfsizligini ta'minlashning jinoyat - protsessual jihatlari
Mamataliyeva Sh.X.,Ta'lim, -
Ta'lim,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Ta'lim,
-
-
Ekologiya sohasida maxsus vakolatli Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini huquqiy tartibga solish
Axrorov A.A.,Monografiya ekologiya sohasida maxsus vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishga bag'ishlangan bo'lib, unda mazkur sohadagi maxsus vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining nazariy-huquqiy asoslari, ular faoliyatining ma'muriy- huquqiy mexanizmlari hamda xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilingan. Bundan tashqari, olib borilgan tadqiqotlar natijasida milliy qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu monografiya bakalavr va magistratura bosqich talabalari, tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilar va amaliyotchilar uchun mo'ljallangan.
-
Davlat fuqarolik xizmatida rag'batlantirish choralarini qo'llashning tashkiliy-huquqiy asoslari
Jurayev A.N.,Mazkur monografiyada davlat fuqarolik xizmatida rag'batlantirish choralarini qo'llashga oid milliy, xalqaro va xorij mamlakatlaridagi huquq normalarining rivojlanish yo'nalishlari, ularni qo'llash amaliyoti hamda nomoddiy rag'batlantirishga oid ilmiy-nazariy qarash va yondashuvlar o'rganilib, O'zbekiston Respublikasida davlat fuqarolik xizmatida rag'batlantirish asoslarini takomillashtirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu monografiya amaliyotchi mutaxassislar, yuridik oliy o'quv yurtlari o'qituvchilari, bakalavr hamda magistratura yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarga mo'ljallangan.
-
Milliy mentalitet va mobil ko'nikmalar
Kuchkarov R.U.,Monografiya oliy o'quv yurtlarida "Professional ko'nikmalar va rivojlanish", "Shaxsiy rivojlanish" modullaridan saboq olayotgan talabalar, ularning ustozlari hamda o'zining shaxsiy mobil ko'nikmalarini rivojlantirish istagida bo'lgan keng kitobxonlar auditoriyasiga mo'ljallangan. Unda "soft skills" - "yumshoq" yoki "mobil" ko'nikmalarning eng muhim turlari, ularning milliy xarakter va ruhiyatdagi ko'rinishlarini batafsilroq yoritishga harakat qilingan. Ushbu maqsadda muallif o'zbek xalqi maqollari, hikmat va rivoyatlari, millatimizning ko'p asrlik hayotiy tajribalariga tayanadi, ularning insoniyat muomala madaniyatiga qo'shgan hissasiga e'tibor qaratadi.
-
Jinoyat protsessi ishtirokchilari xavfsizligini ta'minlashning jinoyat - protsessual jihatlari
Mamataliyeva Sh.X.,Ushbu monografiyada jinoyat protsessida xavfsiz ishtirok etishni ta'minlash sohasida vujudga keladigan, o'zgarib turadigan va tugatiladigan jinoyat-protsessual munosabatlar bilan bog'liq masalalar ko'rib chiqiladi. Shu bilan birga, Germaniya, AQSh, Rossiya kabi ilg'or xorijiy davlatlar tajribasi o'rganilib, amaliyotdagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga to'xtalib, ayrim muammolarning yechimi yuzasidan taklif va tavsiyalar berilgan. Monografiya ilmiy tadqiqotchilar, oliy yuridik ta'lim muassasalarining talabalari va magistrantlari hamda mazkur mavzuga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Talabalarda kreativlik ko'nikmasini rivojlantirish
Tadjibayeva D.O., Oblomurodova X.N.,Monografiyada kreativlik ko'nikmasi rivojlanishining nazariy asoslari, kreativlikning tuzilishi, turlari, mezonlari va omillari o'rganilgan; "kreativlik" tushunchasining talqin qilinishidagi ko'p variantlilik va noaniqlik muammosi tahlil qilingan; ta'lim muassasalarida talabalar o'rtasida kreativlikni rivojlantirish muhimligi hamda uning mutaxassislarning kasbiy faoliyatiga ta'siri masalasi tadqiq etilgan; kreativlik ko'nikmasini rivojlantirish bo'yicha mutaxassislarning tavsiyalari, interaktiv o'yin va mashqlar keltirilgan. Monografiya o'qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar kreativligini rivojlantirish muammosiga qiziqqan keng kitobxonlar uchun mo'ljallangan.
-
Nizolarni hal qilishning muqobil usullari
Mamasiddiqov M.M., Xakberdiyev A.A.,Ushbu darslik Davlat ta'lim standarti asosida tuzilgan "Nizolarni hal qilishning muqobil usullari"ga muvofiq hamda shaxsga yo'naltirilgan, rivojlantiruvchi va mustaqil ta'lim olish texnologiyalari, taomillari va talablari asosida tayyorlangan. Darslikda nizolarni muqobil hal etish usullaridan hakamlik sudlari va mediatsiya tartib-taomillariga oid barcha masalalar batafsil ko'rib chiqilgan. Mazkur darslik nafaqat malaka oshirish muassasasi, oliy o'quv yurti tinglovchi va talabalari uchun, balki mediatorlar, hakamlik sudlari, fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarining va iqtisodiy sudlarining sudyalari, advokatlar, shuningdek, keng kitobxonlar ommasi uchun ham mo'ljallangan. Darslikdan professor-o'qituvchilar, "70420125-Mediatsiya va nizolarni muqobil hal etish usullari" magistratura mutaxassisligi bo'yicha talabalar, fuqarolik protsessual huquqi, iqtisodiy protsessual huquqi, hakamlik jarayoni va mediatsiya ixtisosligi doirasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan doktorant va mustaqil izlanuvchilar hamda qonun ijodkorligi jarayonida bevosita qatnashuvchi shaxslar ham foydalanishi mumkin.
-
Davlat boshqaruviga oid terminlarning izohli lug'ati
Tuxtasinov N.I,"Davlat boshqaruviga oid terminlarning izohli lug'ati" kitobxonlar ommasi, davlat xizmatchilari, xususan, yoshlarning davlat boshqaruviga doir bilimlarini oshirishni, sohada ko'p qo'llanadigan atamalar bilan tanishtirishni maqsad qilgan. 600 dan ortiq termin va tushunchalarni o'z ichiga olgan mazkur lug'at "Davlat boshqaruvi" 60421200 ta'lim yo'nalishi bakalavriat talabalari, magistrlar, o'qituvchilar, shuningdek, keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
O'zbekistonda yuridik ta'lim va fanning rivojlanish istiqbollari: milliy va xorijiy tajriba
konferensiya,Mazkur konferensiya materiallari to'plami Toshkent davlat yuridik universitetining 30 yilligiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida tayyorlandi. Ushbu to'plamda respublikamiz va xorijiy mamlakatlar ko'plab taniqli olimlari va mutaxassislarining ilmiy maqolalari, tezislari hamda taklif va tavsiyalari o'rin olgan. Ushbu to'plamdan professor-o'qituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchichlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari foydalanishlari mumkin.
-
-
Kasbiy ko'nikmalar va metodologiya
Tadjibayeva D.O., Oblomurodova X.N.,Mazkur darslik bo'lajak mutaxassislarda kasbiy ko'nikmalar va u bilan bog'liq metodologiyani o'zlashtirishga qaratilgan, zamonaviy ta'limning muhim vazifalaridan birini o'zida mujassam etgan. Darslik Davlat boshqaruvi - 60421200 ta'lim yo'nalishi bakalavriat talabalari, magistrlar, o'qituvchilar, shuningdek, o'zining professional faoliyatida muvaffaqiyatli karyerasini yaratmoqchi bo'lgan keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Sud ekspertizasi
Mualliflar jamoasi,Ushbu darslikda sud ekspertizasi fanining tushunchasi, predmeti, obyekti, vazifalari, tizimi, metodlari, turlari, sud ekspertizasini o'tkazish vakolatiga ega bo'lgan muassasa va organlar, sud ekspertizasi uchun namunalar olish qoidalari, ekspert oldiga qo'yilgan savollarga doir masalalar bayon etilgan.
-
Ingliz huquqi asoslari
Akramov A.A., Fayzullayev Sh.,Ingliz huquqi bir necha davlatlar huquq tizimining eng yaxshi taraflarini jamlab, biznes sohasi vakillari uchun o'ta qulay formatga kelgan. Egiluvchanlik, shaffoflik, bashorat qila olish va eng muhimi, tezlik bu tizimning afzal jihatlaridir. Qonunlar biznes manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim, ingliz huquqi esa ayni shu imkoniyatni beradi. O'quv qo'llanma yordamida talabalar ingliz huquqiga asoslanib hal etilgan tipik ishlarni tahlil qila olish, tadqiqot olib borish va tegishli pretsedentlarga tayangan holda huquqiy dalillar tayyorlash qobiliyatlarini shakllantirishadi, shuningdek, talabalar ingliz huquqi asoslarining tabiati, manbalari va asosiy tushunchalari yuzasidan bilimlarga va amaliy-huquqiy ko'nikmalarga ega bo'ladilar.
-
Sug'urta huquqi
Boltayev M.S.,Sug'urta huquqi fanini o'rganish bo'yicha yozilgan mazkur o'quv qo'llanma ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarni qiziqarli va samarali o'tkazish, talabalarning mavzular mazmun-mohiyatini tezda anglab olishi va tushunishi, fuqarolarga huquqiy maslahatlar va boshqa turdagi yuridik yordam ko'rsatish hamda olingan bilimlarni amalda qo'llashga yordam beradi. O'quv qo'llanma huquqshunoslik fani o'qitiladigan oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalari, shuningdek, keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Dalillar nazariyasi
Tulaganova G.Z., Bazarova D.B.,"Dalillar nazariyasi" darsligi so'nggi sud-huquq islohoti bilan bog'liq bo'lib, murakkab mavzularning tahlilini o'z ichiga olgan. Ushbu mavzularning mazmuni o'ziga xos xususiyatga ega. Darslikdan maqsad talaba va magistrlarga jinoyat-protsessual huquqining institutlaridan biri bo'lgan dalillar institutining huquqiy tabiatini, mazmunini, isbot qilish jarayonida inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash vositalarini hamda qonunchilikning qat'iy qoidalarini, shuningdek, dalillar bilan bog'liq nazariy qarashlarni va amaliy ko'nikmalarni o'rgatishdan iborat. Darslikda dalillar nazariyasining huquqiy va metodologik asoslari, xususiyatlari, tasniflanishi, isbot qilish tushunchasi, doirasi, predmeti, isbot qilish subyektlarining o'rni va faoliyatlari kabi masalalar ko'rib chiqilgan. Magistratura bosqichi talabalari uchun mo'ljallangan mazkur darslik ularning kelgusida o'z xizmat vazifalarini professional bajarishida zarur bilim, ko'nikmalar majmuini shakllantirishni ko'zda tutadi.
-
Ekologiya huquqi
Nishonov A.U,O'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti ekologiya huquqi fani dasturi asosida tayyorlangan bo'lib, unda Ekologiya huquqi fanining tushunchasi, predmeti, metodlari, tizimi, prinsiplari va manbalari, tabiat resurslariga nisbatan mulkchilik, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi va nazoratining ekologik-huquqiy holati, ekologik huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik, yer, suv, yerosti boyliklari, o'simlik va hayvonot dunyosi, o'rmon, atmosfera havosini muhofaza qilish, tabiiy hududlarning ekologik- huquqiy tartibi hamda ekologik-huquqiy muhofaza qilish masalalari atroflicha yoritilgan. O'quv qo'llanma professor-o'qituvchilarga, yuridik oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarining o'qituvchilari, talabalariga mo'ljallangan.
-
Ekologiya huquqi
Xolmo'minov J.T.,Ushbu darslikda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (yangi tahrirdagi) talablari asosida ekologiya huquqi, o'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va o'rmonlarning huquqiy holati, muqobil energiya manbalaridan foydalanish, antropogen o'zgargan hududlarda va chiqindilardan foydalanish jarayonida atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilishning huquqiy tartibi va O'zbekiston Respublikasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro hamkorligi masalalariga alohida e'tibor berilgan.
-
Moliya huquqi
Yusupov S., Normuratov A.,Ushbu o'quv qo'llanmada moliya huquqi tushunchasi, funksiyalari, davlat moliyaviy faoliyati tushunchasi, moliyaviy nazorat va uning shakllari, usullari, budjet tushunchasi, uning tuzilish shakli, davlat daromadlari hamda xarajatlarining huquqiy asoslari, davlat krediti va uning shakllari, davlat qarzi, uni amalga oshirish tartibi, moliya huquqining boshqa masalalari yoritilgan. O'quv qo'llanmada mustahkamlovchi qism bilan birga, ma'lumotlarni tushunishga yordam beruvchi vaziyatlar va misollar shakllantirilgan. Nashr moliya huquqi fani o'quv dasturi asosida tayyorlangan bo'lib, yurisprudensiya faoliyat turlari bo'yicha bakalavriat yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarga mo'ljallangan.
-
Ijro ishi yuritish
O'razaliyev M.,Ushbu darslikda ijro ishi yuritish fanining tushunchasi, predmeti va tizimi, O'zbekistonda sud hujjatlari hamda boshqa organlar hujjatlarini ijro etishning tashkiliy masalalari, ularni davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro etishning huquqiy asoslari hamda tartibi, ijro hujjatlariga qo'yiladigan talablar, ijro ishi yuritishida ishtirok etuvchi shaxslar, ijro hujjatlarini ijroga qaratish tartibi, undiruvning qarzdor mol-mulkiga, ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarga qaratilishi, mulkiy xususiyatlarga ega bo'lmagan nizolar bo'yicha ijro hujjatlarini ijro etish, ijro ishi yuritishning boshqa xususiyatlari, davlat ijrochisining maqomi kabi masalalar yoritib berilgan. Darslik huquqshunoslik mutaxassisligi bo'yicha ta'lim olayotgan o'quvchilar, talabalar, shuningdek, ijro ishi yuritish bilan qiziquvchi keng kitobxonlar doirasiga mo'ljallangan.
-
The essential language used in intellectual property law and cyber law (AI)
Usmonova O.R.,Ushbu o'quv qo'llanma asosiy 4ta bo'lim va 13ta bobdan iborat bo'lib, ularning har biri turli xil qiziqarli materiallarni taqdim etadi. Intellektual mulk. Kiber huquqi va Sun'iy intellekt Al bilan bog'liq mavzularga yo'naltirilgan o'quv materiallariga asoslangan og'zaki va yozish ko'nikmalarini rivojlantiruvchi vazifalar talabalarning autentik va amaliy misollarda yuridik til ko'nikmalarini rivojlantirishni ta'minlaydi. bu esa talabalarga turli kontekstlarda yuridik tilning murakkabligini o'rganish imkonini beradi.
-
Ingliz huquqida intellektual mulk huquqi asoslari
Sharipova X.R.,Mazkur o'quv qo'llanma ingliz huquqida intellektual mulk huquqiga oid munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan masalalarni tahliliga bag'ishlangan. Ushbu qo'llanmada ingliz huquqida intellektual mulk huquqi manbalari, tovar belgilarining tartibga solinishi hamda ingliz huquqida mualliflik huquqi kabi masalalar tahlil qilingan.