-
Xotira nuri
Xotira nuri" hali oramizda hayot bo'lgan o'zbek faxriylarining xotiralari aks etgan kitobdir. Ular o'z hayot yo'llari, jasoratlari orqali tinchlik qadrini esga soladilar. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va guvohlarining xotiralarini jamlash va saqlab qolish g'oyasi Shaxnoza Mirziyoyevaning tarixga va insonga bo'lgan e'tibori bois yuzaga keldi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari yurtimizning turli hududlariga borib, 14 nafar faxriyning hayot yo'li haqidagi hikoyalari va xotiralarini yozib oldilar. Shu orqali kitob sahifalarida butun O'zbekiston ovozi yangradi. Bu shunchaki xotiralar to'plami emas, bu kitob avlodlar muloqoti, haqiqat va ruhni anglatadigan suhbat, urush dahshatlarini o'z ko'zi bilan ko'rgan odamlarning o'zidan chin e'tiroflarni eshitish imkoniyatidir. Ularga kelajakni qurishga ruhiy bardosh, jasorat va ishonch tuyg'ulari yordam bergan.
-
Rustam Qosimov zamondoshlari xotirasida
Yaxshilarning ikkinchi umri bo'ladi, deganlari rost. Ular dunyodan o'tsalarda, bu hayotda amalga oshirgan ezgu va xayrli ishlari, nurli xotiralari odamlar qalbida yashayveradi. Taniqli davlat va jamoat arbobi, sharqshunos olim, mohir pedagog va diplo- mat Rustam Sobirovich Qosimov hayot bo'lganida bu yil 70 yoshni qarshilar edi. Qo'lingizdagi to'plamdan bu zahmatkash va fidoyi insonning ibratli hayot yo'li, qizg'in ijtimoiy-siyosiy faoliyati, betakror fazilatlari haqida zamondoshlari va yaqin do'stlari, hamkasblari va shogirdlarining samimiy xotiralari o'rin olgan. Kitob keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan.
-
Korporativ etika (huquqiy aspekt)
Yuldashev J.I.,Ushbu monografiya korporativ etika masalalarini nazariy-metodologik nuqtayi nazardan tadqiq etuvchi kompleks ilmiy asar hisoblanadi. Unda korporativ etikaning mazmun-mohiyati, funksional xususiyatlari, tarixiy rivojlanish bosqichlari hamda O'zbekiston hududida shakllanish tendensiyalari chuqur tahlil qilingan. Monografiyada, shuningdek, korporativ etikaning nazariy-konseptual asoslari, turli mamlakatlarda amal qiluvchi korporativ xulq-atvor kodekslarining qiyosiy tahlili, qaror qabul qilish mexanizmlari, globallashuv sharoitida raqamli transformatsiyaning korporativ etikaga ta'siri masalalari batafsil yoritilgan. Muallif tomonidan O'zbekistonda milliy-madaniy xususiyatlarning korporativ etikaga ta'siri o'rganilgan hamda sun'iy intellekt texnologiyalarini korporativ boshqaruvga tatbiq etishning huquqiy va axloqiy jihatlarini tartibga soluvchi yangi konseptual yondashuvlar taklif etilgan. Monografiya huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy soha mutaxassislari, professor- o'qituvchilar, tadqiqotchilar, korporativ boshqaruv amaliyotchilari hamda keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan. Mazkur monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi kengashining 2025-yil 20-iyundagi 8-sonli majlis bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan.
-
Yerosti suvlarini huquqiy muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni takomillashtirish masalalari
Otamirzayev O.,Mazkur monografiyada hozirgi kunda dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan suv muammosi, xususan, yerosti suvlari bilan bog'liq masalalar qonunchilik hamda ilmiy-nazariy nuqtayi nazardan chuqur o'rganilib, ularning mazmun-mohiyati atroflicha tahlil etilgan. Bugungi kunda yerosti suvlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etib, ustuvor vazifalardan biriga aylangan. Ushbu jarayonda jahon tajribasiga tayanilgan holda yechim va takliflar ishlab chiqilgan. Monografiya huquqshunoslik sohasi bo'yicha ta'lim olayotgan bakalavriat va magistratura talabalariga, shuningdek, ushbu yo'nalishda faoliyat yuritayotgan o'qituvchilar va mutaxassislar uchun mo'ljallangan. Mazkur monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi kengashining 2025-yil 25-sentabrdagi 1-sonli majlis bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan.
-
O'zbekiston Respublikasida konstitutsiyaviy sud faoliyatini takomillashtirish: nazariy va amaliy masalalar
Abdullayeva M.M.,Ushbu monografiyada davlat hokimiyati tizimida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining tutgan o'rni va funksiyalari, hokimiyatlar bo'linishi sharoitida Konstitutsiyaviy sudning huquqiy tabiatiga oid zamonaviy yondashuvlar tahlili, O'zbekiston Respublikasida Konstitutsiyaviy sud faoliyatining rivojlanish bosqichlari, Konstitutsiyaviy sudni shakllantirish va mustaqilligini ta'minlash mezonlari, konstitutsiyaviy nazorat samaradorligini oshirishning tashkiliy-huquqiy muammolari, Konstitutsiyaviy sud qarorlarini ijro etishning dolzarb jihatlari, Konstitutsiyaviy sudning qonunchilik tashabbusi huquqi, xorijiy davlatlarda konstitutsiyaviy nazoratning modellari tahlili hamda milliy qonunchilikni takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari masalalari tadqiq etilgan. Mazkur monografiya oliy o'quv yurtlari professor-o'qituvchilari, talabalari, Konstitutsiyaviy huquq, Konstitutsiyaviy nazorat va konstitutsiyaviy sudlov sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar, ilmiy xodimlar va ushbu masalalar bilan shug'ullanuvchi amaliyot xodimlari hamda keng jamoatchilikka mo'ljallangan. Mazkur monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi kengashining 2025-yil 20-iyundagi 8-sonli majlis bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan.
-
Intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirishning fuqarolik-huquqiy masalalari
Toshkanov N.B.,Mazkur monografiya "Intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirishning fuqarolik-huquqiy masalalari" mavzusidagi ilmiy ish natijalariga ko'ra tayyorlangan. Ushbu monografiya intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirishning nazariy- huquqiy asoslari hamda fuqarolik-huquqiy tartibga solish masalalariga bag'ishlangan. Monografiyada intellektual mulkning fuqarolik muomalasidagi o'rni, uning kelih chiqishi va rivojlanish bosqichlari, shuningdek, mulkiy va nomulkiy huquqlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik tahlil qilinadi. Monografiya olimlar, tadqiqotchilar, o'qituvchilar, yurisprudensiya va iqtisodiyot yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar, startap va texnologik biznes vakillari, intellektual mulk bo'yicha amaliyotchi mutaxassislar hamda davlat organlari xodimlari uchun mo'ljallangan. Mazkur monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot kengashining 2025-yil 23-dekabrdagi 4-sonli majlis bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan.
-
Buyuk tarixiy meros va ijtimoiy adolat uzviyligi: inson qadrining tarixiy-huquqiy asoslari
Azimov H.I.,Buyuk tariximizni, ajdodlarimizning boy madaniy, ilmiy merosini va uning huquqiy asoslarini atroflicha o'rganish hamda uni kelajak avlodlarga yetkazish bugungi kunning dolzarb masalalari sirasiga kiradi. Mazkur monografiyada umuminsoniy ahamiyatga molik bo'lgan, siyosiy, huquqiy, tarixiy manba sifatida e'tirof etilgan "Avesto" haqida bir qator fikr-mulohazalar ilgari surilgan. Sharq Uyg'onish davri, Amir Temur va temuriylar davri allomalari hamda mutafakkirlarining tarixiy, madaniy, ma'naviy, huquqiy merosi, hozirgi zamon ilm-fan taraqqiyoti uchun naqadar ulkan ahamiyat kasb etayotganligi manbalar asosida yoritilgan. Xususan, muallif jadidlarning Vatan ozodligi yo'lida olib borgan kurashlari, ijtimoiy-siyosiy qarashlarini tahlil qilish bilan birga, davlat va jamiyat taraqqiyotining ma'lum bir bosqichida amalga oshirilgan ulkan yutuqlarning huquqiy jihatlariga ham alohida e'tibor qaratgan. Ushbu monografiya oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, qolaversa, barcha kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan. Mazkur monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot kengashining 2025-yil 24-noyabrdagi 3-sonli majlis bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan.
-
Kraudfandingni fuqarolik-huquqiy tartibga solish
Qalandarov А.,Ushbu monografiya zamonaviy moliyalashtirish mexanizmlaridan biri bo'lgan kraudfandingning nazariy asoslari va huquqiy tartibga solish masalalariga bag'ishlangan. Unda moliyalashtirishning kelib chiqishi, turlari, an'anaviy moliyalashtirish usullaridan farqli jihatlari, xorijiy tajribadagi tartibga solish modellari va O'zbekistonda huquqiy jihatdan joriy etish zaruriyati yoritilgan. Shuningdek, ishda kraudfanding platformalari operatorlarining huquqiy maqomi, litsenziya talablari, investorlar huquqlarini himoya qilish va moliyaviy xavfsizlik masalalari keng tahlil qilingan, shartnomaviy munosabatlar, tomonlarning huquqiy javobgarligi va raqamli texnologiyalardan foydalanish istiqbollari bo'yicha ilmiy-amaliy xulosalar berilgan hamda ushbu tadqiqot kraudfanding sohasidagi huquqiy munosabatlarni chuqur o'rganish, investorlar va tadbirkorlar o'rtasida ishonchli mexanizmlarni shakllantirish, moliyaviy bozorlar barqarorligini ta'minlashga qaratilgan. Mazkur monografiya olimlar, tadqiqotchilar, o'qituvchilar, yurisprudensiya va iqtisodiyot oliy o'quv yurtlarining talabalari, iqtisodiyot mutaxassislari va huquqshunoslarga mo'ljallangan. Mazkur monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot kengashining 2025-yil 24-oktabrdagi 2-sonli majlis bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan.
-
Ingliz va o'zbek badiiy matnlarida antitezaning semantik va pragmatik xususiyatlari (Abdulhamid Cho'lpon va Tomos Eliot asarlari misolida)
Ro'zibayeva N.R.,Ushbu monografiya ingliz va o'zbek adabiy matnlarida, xususan, Tomas Eliot va Abdulhamid Cho'lpon asarlarida qo'llangan antitezaning semantik va pragmatik xususiyatlarini tahlil qilishga bag'ishlangan bo'lib, unda antitezaning uslubiy vosita sifatidagi roli, uning tilshunoslikdagi o'rni, stilistik, morfologik va sintaktik jihatlari chuqur tahlil qilingan. Tadqiqot dolzarbligi zamonaviy tilshunoslik va adabiyotshunoslikda badiiy matnni kognitiv-pragmatik yondashuv asosida o'rganishga bo'lgan talab bilan asoslangan. Antitezaning ingliz va o'zbek tillaridagi she'riy matnlarda qanday semantik asosda yuzaga kelishi, qanday stilistik vositalar bilan uyg'unlashuvi va muallif badiiy intensiyasini ifodalashdagi roli tahlil etilgan. Mazkur monografiyada antiteza leksik darajada antonimlar, sintaktik darajada esa gaplar va iboralar darajasida qarama-qarshi ma'no bilan aks etishi ko'rsatilgan. Tadqiqot natijalari ilmiy va amaliy jihatdan muhim bo'lib, u "Qiyosiy tipologiya", "Matn lingvistikasi", "Tarjima nazariyasi" kabi fanlar uchun asos bo'la oladi. Shuningdek, antiteza, tazod, oksimoron, antifrazis kabi stilistik vositalar o'zaro solishtirilib, ularning badiiy matndagi ifodalilik darajasini oshirishdagi funksiyasi yoritilgan. Ushbu monografiya stilistika, chog'ishtirma tilshunoslik, adabiyotshunoslik hamda tarjimashunoslik uchun muhim ilmiy manba hisoblanadi. Mazkur monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi kengashining 2025-yil 20-iyundagi 8-sonli majlis bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan. Monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti va "SKY-CHESS" NTM bilan 2025-yil 5-iyunda 45-sonli xo'jalik shartnomasiga asosan tayyorlangan.
-
Huquqshunos talabalarga ingliz tilini o‘qitishning xususiyatlari:kasbiy terminologiyani shakllantirish
Akobirova S.T.,Mazkur monografiya "Huquqshunos talabalarga ingliz tilini o'qitishning xususiyatlari: kasbiy terminologiyani shakllantirish" mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, unda nofilologik oliy ta'lim muassasalarida, xususan, huquqshunoslik yo'nalishidagi talabalarga ingliz tilini o'qitishning ilmiy- metodik asoslari yoritilgan. Asarda kasbiy kompetentlik, "kompetentlik" tushunchasining mazmuni, kasbiy terminologiyani shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, huquqshunos talabalarga ingliz tili o'qitishning maqsad va vazifalari, kasbiy terminologiyani shakllantirishdagi qiyinchiliklar hamda ularni bartaraf etish yo'llari ko'rsatib berilgan. Monografiya nofilologik OTMlarda ingliz tili o'qitish jarayonida kasbiy yo'naltirilgan yondashuvni takomillashtirishga xizmat qiladi hamda ta'lim sohasi mutaxassislariga ilmiy-amaliy izlanishlarda metodik asos vazifasini bajaradi. Mazkur monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi kengashining 2025-yil 25-sentabrdagi 1-sonli majlis bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan. Monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti va "Business Advisors AB" bilan 2025-yil 12-fevral 14-sonli xo'jalik shartnomasiga asosan tayyorlangan.
-
-
Диний экстремизм ва терроризмга қарши кураш муаммолари
Ражабова М.,Ушбу китобда диний экстремизм ва террорчиликка карши курашнинг долзарб масалалари ёритилган. Муаллиф асрнинг охирги ун йиллигида Узбекистон Республикасида содир этилган ушбу тоифадаги жиноятларнинг мак,сади нимадан иборат экапи, жиноятчиларнинг к.илмишларини квалификация к,илиш, уларга карши курашиш йул-йурик,ларини илмий-назарий ва амалий жих,атларипи жиноят х,укуки фани нуктаи пазаридан чук,ур тахлил к,илган. Ушбу турдаги жиноятларга к.арши кескин чоралар куллаш давр талаби деган хулоса билдирган;
-
-
-
-