-
Ta'lim,
-
-
-
Ахоли учун юридик маълумотнома^EФукаролик ва оила муносабатлари.-Т.4
Ахоли учун юридик маълумотнома:,юриспруденция, -
Ахоли учун юридик маълумотнома^EЖавобгарлик муносабатлари. - Т.5-6
Ахоли учун юридик маълумотнома:,юриспруденция, -
-
-
Ta'lim,
-
Ta'lim,
-
-
"Фукаролик процессида далиллар назарияси "^Eфанидан укув дастури. 5380100-Юриспруденция таълим йуналиши учун.
"Фукаролик процессида далиллар,Fuqarolik jamiyati, -
Ta'lim,
-
O'zbekistonning yangi davri tarixiini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati
Toshpo'lotov Sh.E.,Ta'lim, -
Ta'lim,
-
-
-
-
-
Yengillashtiruvchi tarkibli qasddan odam o'ldirish jinoyatlarini kvalifikatsiya qilish muammolari
Hakimov K.B.,Ushbu monografiyada affekt (kuchli ruhiy hayajonlanish) holatida qasddan odam o'ldirishni kvalifikatsiya qilishda inobatga olinadigan holatlar; Onaning o'z chaqalog'ini qasddan o'ldirishini kvalifikatsiya qilishning o'ziga xos xususiyatlari; Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o'ldirishni kvalifikatsiya qilisi; Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o'ldirishni kvalifikatsiya qilish: Ayrim xorijiy davlatlar Jinoyat kodekslarida javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarda qasddan odam o'ldirish uchun javobgarlikning xususiyatlari; Javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarda qasddan odam o'ldirishga oid Jinoyat kodeksi normalarini takomillashtirish istiqbollariga doir masalalar bayon etilgan. Ushbu monografiya oliy o'quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Badiiy adabiyotda huquq muammosi
Bozorova N.,Adabiyot insonga munosabatda huquq bilan bir xil yondashmaydi. Huquq insondan qog'ozlarga mas'ullikni, unga buysunishni talab etadi, belgilangan me'yorga qat'iy amal qilish, undan og'ishmaslikka majburlaydi. Adabiyot esa kenglik, chegarasizlikni yoqtiradi, to'siqlarni xushlamaydi. Adabiyot uchun har qanday hujjat, qog'ozlardan ustun QALB HAQIQATI mavjud. U inson fitratiga tayanadi, shunga ishonadi. Huquqda majburlov tushunchasi tursa, adabiyot hurriyatni yoqlaydi. Huquq kabi adabiyotda ham adolat asosiy maqsad. Lekin adabiyotning adolati huquq talqinidagi adolatdan farqlanadi. Adabiyot inson nigohini ashyolardan aslga, sababdan mohiyatga qaratadi. Huquq esa ashyolar, hodisalar doirasida ish ko'radi... Mazkur kitobda ayni shu masaladagi maqolalar jamlangan.
-
Ахоли учун юридик маълумотнома^EФукаролик ва оила муносабатлари.-Т.4
Ахоли учун юридик маълумотнома:, -
-
-
-
Омонат сақлаш муносабатларнинг фуқаролик-ҳуқуқий тартибга солиниши
Ғайбуллаев А.И.,Ушбу монографияда бозор муносабатлари шароитида омонат саклаш шартномасининг тушунчаси ва юридик табиати, омонат саклаш шартномасининг хизмат кўрсатиш шартномалари тизимидаги ўрни, омонат саклаш шартномасининг предметини белгилаш ва шаклига оид муаммолар таҳлили, омонат саклаш шартномасининг мазмуни омонат сақлаш шартно- масининг алоҳида турлари, товар омборида омонат сақлаш шартномасини хукукий тартибга солиш муаммолари, товар омборида омонат саклаш ҳужжатларининг ҳуқуқий табиати каби масалалари таҳлил қилинган.
-
Pora olish-berishda vositachilik qilishning jinoyat-huquqiy jihatlari
Mamajanov A.M.,Ushbu monografiyada korrupsiyaning bir shakli sifatida pora olish- berishda vositachilik qilish tushunchasi va ushbu jinoyatni sodir qilganlik uchun javobgarlikning huquqiy asoslari, pora olish-berishda vositachilik qilish jinoyatlarining obyektiv va subyektiv belgilari hamda poraxo'rlik boʻyicha xalqaro hujjatlar va ushbu jinoyatlar uchun javobgarlik masalalarida xorijiy davlatlar tajribasi kabi masalalar bayon etilgan. Ushbu monografiya oliy o'quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan. Monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Ilmiy-uslubiy kengashining 2024-yil_-fevraldagi_-sonli majlis bayonnomasi bilan nashrga tavsiya etilgan.
-
Jinoyat - huquqiy prinsiplar: nazariya va amaliyot
Toshpulatov A.I.,Ushbu monografiyada jinoyat-huquqiy prinsiplarning tushunchasi, mohiyati, uning jinoyat huquqi vazifalari va funksiyalari bilan bog'liqligi, jinoyat-huquqiy prinsiplarga oid nazariy qarashlar, prinsiplarni jinoyat qonunchiligi normalarida aks ettirilishiga oid yondashuvlar, jinoyat-huquqiy prinsiplarning qonun ijodkorligi va huquqni qo'llash amaliyotida qo'llanilishiga oid masalalar yoritilgan. Monografiya talabalar, ilmiy tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilar, amaliyot xodimlari va keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
"Фукаролик процессида далиллар назарияси "^Eфанидан укув дастури. 5380100-Юриспруденция таълим йуналиши учун.
"Фукаролик процессида далиллар, -
Инсон ҳуқуқларини ҳимоя қилиш механизмида суд ҳужжатларининг тутган ўрни
Пулатова Н.С.,Миллий юридик адабиётда давлат ва ҳуқуқ назарияси фани доирасида инсон ҳуқукларини таъминлашда суд ҳужжатларининг ролини кучайтириш масаласи, комплекс, монографик тарзда тадкик этилди. Инсон ҳукукларини таъминлаш, уни мухофаза этици тизимида суд ҳимоясининг ўрни, суд ҳимояси натижалари бўлган суд ҳужжатларининг бевосита бузилган ҳуқукни тиклашдаги роли, суд ҳужжатларининг одил судлов хужжати сифатида инсон ҳукукларини таъминлашдаги хукукий аҳамияти, суд ҳужжатларининг турлари, уларнинг умумий ва фаркли жиҳатлари, ушбу ҳужжатларга қўйиладиган талаблар, яъни суд ҳужжатлари назарияси давлат ва ҳуқуқ назарияси нуқтаи назаридан тақлия этилиб, бу масалалар юзасидан муаллифлик ёндашувлари шакллантирилган. Монографиянинг илмий аҳамияти шунда ифодаланадики, унда шакллантирилган назарий хулосалар, эришилган натижалар келгусида судга оид мавзуларда илмий тадкикот олиб борадиган магистрантларга, докторантларга ва мустакил изланувчиларга фойдали бўлиши мумкин. Монографиянинг амалий аҳамияти, ундаги шакллантирилган назарий хулосалар "Давлат ва ҳуқук назарияси", "Инсон хукуклари", "Процессуал ҳужжатлар" каби предметларни ўкитишда, ушбу фан доирасида илмий ишлар олиб борувчилар томонидан, ишнинг суд ҳужжатлари, уларнинг турлари, умумий, фарк ркли ва ўзига хос жиҳатлари ҳамда бу ҳужжатларга нисбатан қўйиладиган талаблар юзасида идан эришилган натижалар "Юридик техника" предметини, шунингдек, суд органларига оид махсус курсларни ўтишла фойдали бўлиши мумкин.
-
O'zbekistonning yangi davri tarixiini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati
Toshpo'lotov Sh.E.,Har qanday innovatsion texnologiya amaliyotda o'z samarasiga ega bo'lmasa, shunchaki yangi nazariya sifatida qolib ketadi. Bu texnologiyalar o'z navbatida o'quvchi shaxsida, uning ma'naviy ongida, bilim va tafakkurida munosib joy olmog'i lozim. Bizning fikrimizcha, ta'limdagi innovatsion texnologiyalarni o'quv jarayoniga tatbiq etishdagi metodist o'qituvchilarning ilg'or dars tajribalarini, mamlakatimizning turli hududlarida faoliyat ko'rsatayotgan o'qituvchilarga munosib tarzda yetkaza olish lozim. Shu maqsadda ushbu monografiyada yangi pedagogik-psixologik tajribalar. pedagogik axborot texnologiyalarini ta'lim jarayoniga tatbiq qilishning nazariy- amaliy jihatlari o'z ifodasini topgan. Shuningdek monografiyada akademik litsey (kasb-hunar kollejlari) ijtimoiy-gumanitar fanlar o'qituvchilari uchun uslubiy tavsiyalar berilgan va ulardan ta'lim-tarbiya jarayonida foydalanish yo'llari ko'rsatib o'tilgan.
-
Рақамлаштириш орқали жиноят процессуал муддатларни такомиллаштириш муаммолари
Кадирова М.Х.,Монографияда жиноят процессининг терговга кадар текширув, суриштирув, дастлабки тергов, суд ҳамда ижро боскичларини ракамлаштириш зарурияти ва аҳамияти; жиноят процессуал муддатларни такомиллаштириш имкониятлари хусусида фикрлар билдирилган. Монографияда шакллантирилган жиноят процессуал муддатлар институтига оид карашлар жиноят процессуал хукуки фани назариясини ривожлантиришга муайян хисса қўшиши ва муддатларга доир жиноят процессуал конун нормаларини такомиллаштиришга қаратилган таклифлари конун ижодкорлиги жараёнида, Ўзбекистон Республикаси Олий суди, Ўзбекистон Республикаси Бош прокуратураси ҳамда Ўзбекистон Республикаси ИИВнинг тезкор-қидирув, тергов ва суд амалиёти самарадорлигини оширишга оид норматив-хукукий хужжатларини тайёрлашда, суд ва ҳуқуқни муҳофаза килиш органлари ходимларининг қонунни қўллаш амалиётида, юридик олий таълим муассасаларининг ўқув жараёнида фойдаланиш мумкин.
-
Muqobilsiz birliklar tarjimasi
Raufov M.M,Mazkur monografiyada ingliz, o'zbek tillarida muqobilsiz birliklar tushunchasi va ularning tasniflanishi bilan bir qatorda o'zbek tilidan ingliz tiliga yoxud ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima qilish yo'llari, usullari haqidagi nazariy va amaliy jihatlarini o'z ichiga oladi. Bundan tashqari muqobilsiz birliklar tarjimasiga doir jahonning hamda o'zbek tarjimashunosolimlarining fikrlari, qarashlari ham o'rganilgan bo'lib, mazkur monografiyada keltirib o'tilgan. Ikki tilda (ingliz va o'zbek tillari) muqobilsiz birliklarning tarjimalaridan misollar keltirilgan hamda qiyosiy tahlil qilingan.
-
Sug'oriladigan yerlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy mexanizmini takomillashtirish masalalari
Nishonov A.U,Monografiya sug'oriladigan yerlar tushunchasi va uning huquqiy rejimini o'ziga xosligi, sug'oriladgan yerlar huquqiy maqomini belgilashda suv ta'minotining ahamiyatini "raqamlashtirish" texnologiyalarini takomillashtirish masalaları, ayrim turdagi sug'oriladigan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik masalalari, sug'oriladigan joylarni o'zlashtirish hamda huquqiy boshqarishda xorijiy davlatlarning tajribalari va boshqalar ushbu tadqiqotda o'z aksini topgan. Ushbu monografiva ilmiy xodimlar, amaliyotchilar, yerga nisbatan mulk huquqı bilan bog'liq masalalar ustida ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar, magistrlar hamda mazkur mavzu bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. Toshkent davlat yuridik universiteti Ilmiy-uslubiy Kengashining 2024-yil 21-iyun 10- sonli bayonnomasi bilan muhokama qilingan va chop etishga tavsiya qilingan.
-
Atamalar tarjimasining o'ziga xos xususiyatlari
Ro'zibayeva N.R,Mazkur monografiyada ingliz, o'zbek tillarida muqobilsiz birliklar tushunchasi va ularning tasniflanishi bilan bir qatorda o'zbek tilidan ingliz tiliga yoxud ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima qilish yo'llari, usullari haqidagi nazariy va amaliy jihatlarini o'z ichiga oladi. Bundan tashqari muqobilsiz birliklar tarjimasiga doir jahonning hamda o'zbek tarjimashunosolimlarining fikrlari, qarashlari ham o'rganilgan bo'lib, mazkur monografiyada keltirib o'tilgan. Ikki tilda (ingliz va o'zbek tillari) muqobilsiz birliklarning tarjimalaridan misollar keltirilgan hamda qiyosiy tahlil qilingan.
-
Jorj Oruell va Murod Muhammad do'st asarlarida jamiyat konsepsiyasi va ko'pqatlamli tasvir
Qurbonova Sh.,Jahon adabiyotshunosligi ilg'or tajribasidan ma'lumki, inson va jamiyat munosabati, ular orasidagi ijtimoiy-ruhiy bog'liqliklar, ziddiyatlar tasviri, inson qalbi kechinmalari jamiyatning global muammolari bilan bog'liq asarlar yaratish imkoniyatlarini kengaytirganligi sababli azaldan ayricha qiziqish uyg'otib kelmoqda. Badiiy diskurs ta'minotida ijtimoiy g'oyalar, davr va siyosat vujudga keltirgan omillarni turli millat ijodiyot vakillarining asarlarini inson va jamiyat munosabatlari rakursida kuzatish, shaxsning takomili yoki tanazzulidagi ijtimoiy illatlarni yoritishning ijtimoiy qirralarini tekshirish jamiyatning madaniy taraqqiyotini, badiiy-adabiy tafakkurini, ma'naviy-axloqiy negizlarini, umuminsoniy qadriyatlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
-
Raqamli muhitda mualliflik huquqi
Yuldashov A.A,Mazkur monografiyada mualliflik huquqini muhofaza qilishning shartnomaviy-huquqiy asoslarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Muallif mualliflik shartnomasi tushunchasi, o'ziga xos xususiyatlari va predmeti, mualliflik shartnomasining turlari va tuzish tartibi, mualliflik shartnomasi taraflari hamda ularning huquq va majburiyatlari, mualliflik huquqi muhofazasini takomillashtirish masalalari tahlil etilib, nazariy tushunchalar ishlab chiqilgan va soha qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan taklif hamda tavsiyalar byerilgan. Monografiyadan tegishli mutaxassisliklar bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar, magistrantlar, o'qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, huquqshunos olimlar hamda keng jamoatchilik foydalanishi mumkin.