-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash
Bazarova D, Suyunova D, Maxmudov S, Shamsutdinov B,Ta'lim, -
-
-
-
-
-
-
Ma'muriy huquq va protsess
Muratayev Serikbek Alpamisovich, Musayev Bekzod Tursunboyev, Artikov Dilmurod,юриспруденция,
-
Konstitutsiyaviy huquq
Husanov O.T,Mazkur Konstitutsiyaviy huquq fani bo'yicha darslik oliy yuridik o'quv yurtlarining bakalavr bosqichi ta'lim standartlari asosida yaratilgan. Darslikda Konstitutsiyaviy huquq fani predmeti doirasiga kiruvchi mavzular yoritilgan. Darslikning tuzilishi (tizimi) O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tuzilishiga mos keladi. Unda Konstitutsiyaga shu davrgacha kiritilgan barcha o'zgartirish va qo'shimchalar e'tiborga olingan. Darslik o'quv yurti talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan boshqalar ham Konstitutsiyani o'rganishda foydalanishlari mumkin.
-
Bojxona huquqi
Salixova F.T , Rahmatov E.J, Askarov J.T,Ushbu darslikda O'zbekiston Respublikasi bojxona huquqining asosiy tavsifi, tovarlar transport va vositalarini O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan olib o'tish, bojxona nazorati, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona to'lovlari, bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik, bojxona sohasida xalqaro hamkorlik asoslari va glossariylar yoritib berilgan. Mazkur darslik oliy o'quv yurtlarining yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi talabalari, Oliy harbiy bojxona instituti tinglovchilari hamda keng jamoatchilik uchun mo'ljallangan. Darslik "Huquqiy fanlar va predmetlar bo'yicha yangi avlod darsliklari va o'quv qo'llanmalarini tayyorlash kompleks dasturi" doirasida tayyorlangan.
-
Tadbirkorlik (bizanes) huquqi
Mualliflar jamoasi,O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi 1990-sonli "Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida talabalarda Tadbirkorlik (biznes) huquqi fani bo'yicha nazariy bilimlarni va tadbirkorlik (biznes) qonun hujjatlari normalarini qo'llashga doir ko'nikmalarni shakllantirish uchun ushbu darslik ishlab chiqildi. "Tadbirkorlik (biznes) huquqi" darsligi bozor munosabatlarini rivojlantirishda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari yaratilib, takomillashib borayotganligi, tadbirkorlarga keng imkoniyatlar, imtiyoz va preferensiyalar berilayotganligining mazmun-mohiyatini yanada chuqurroq bilishga hamda ularni tahlil qilishga qaratilgan.
-
Konstitutsiyaviy huquq
Husanov O.T,Mazkur Konstitutsiyaviy huquq fani bo'yicha darslik oliy yuridik o'quv yurtlarining bakalavr bosqichi ta'lim standartlari asosida yaratilgan. Darslikda Konstitutsiyaviy huquq fani predmeti doirasiga kiruvchi mavzular yoritilgan. Darslikning tuzilishi (tizimi) O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tuzilishiga mos keladi. Unda Konstitutsiyaga shu davrgacha kiritilgan barcha o'zgartirish va qo'shimchalar e'tiborga olingan. Darslik o'quv yurti talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan boshqalar ham Konstitutsiyani o'rganishda foydalanishlari mumkin.
-
Prokuror nazorati
Mualliflar jamoasi,Ushbu darslikda prokuror nazoratining rivojlanish tarixi, huquqiy asoslari, tushunchasi, tizimi, prinsiplari, fuqarolik, iqtisodiy, ma'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritishda prokuror ishtiroki, prokuror nazorat hujjatlari, prokuratura organlarining xalqaro hamkorligi, xorijiy davlatlarda prokuratura organlarining huquqiy maqomi kabi masalalar, shuningdek har bir mavzuga oid kazuslar, nazorat uchun savollar o'rin olgan. Darslik bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilar, sud, prokuratura va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar xodimlari, shuningdek keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Davlat va huquq nazariyasi
Odilqoriyev, X.T.,Darslik davlat va huquq sohasidagi zamonaviy ilmiy konsepsiyalarni inobatga olgan holda tayyorlangan bo'lib, uning mavzulari an'anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda yangi muammolar hamda nuqtayi nazarlar talqini asosida yoritilgan. Unda mamlakatda shakila- nayotgan fuqarolik jamiyati, demokratik davlatchilik va huquqiy tizim xususiyatlariga oid nazariy xulosalar o'z ifodasini topishi barobarida, davlat va huquqning vujudga kelishi, mohi- yati, mexanizmi, funksiyalari, shakllari, ularning jamiyatni modernizatsiyalashdagi roli jonli tarzda bayon etilgan. Darslik yuridik oliy o'quv yurtlarining talabalari, o'qituvchilari, mutaxassislar, ilmiy izlanuvchilar, magistrlar handa davlat va huquq masalalariga qiziquvchi barcha kitobxon- larga mo'ljallangan.
-
Davlat va huquq nazariyasi
Sadullayev Sh.A,Mazkur darslik Davlat va huquq nazariyasi moduli bo'yicha tayyorlangan bo'lib, unda modulning o'quv dasturi asosida mavzular va ularning mazmuniga oid javoblar, jadvallar, muammoli savollar hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati o'z ifodasini topgan. Darslik oliy yuridik ta'lim muassasalarining bakalavriat bosqichi talabalariga hamda davlat va huquq masalalariga qiziquvchi kitobxonlarning keng doirasiga mo'ljallangan.
-
Davlat va huquq nazariyasi
Sadullayev Sh.A,Mazkur darslik Davlat va huquq nazariyasi moduli bo'yicha tayyorlangan bo'lib, unda modulning o'quv dasturi asosida mavzular va ularning mazmuniga oid javoblar, jadvallar, muammoli savollar hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati o'z ifodasini topgan. Darslik oliy yuridik ta'lim muassasalarining bakalavriat bosqichi talabalariga hamda davlat va huquq masalalariga qiziquvchi kitobxonlarning keng doirasiga mo'ljallangan.
-
Xalqaro ommaviy huquq
muallifla jamoasi,Darslik bugungi kun tendensiyalarini hisobga olgan holda tayyorlangan boʻlib, unda xalqaro ommaviy huquqning umumiy tushunchalaridan normalari, prinsiplari, manbalari, subyektlari, xalqaro huquqda aholi va hudud masalalari yoritilgan. Shuningdek, xalqaro ommaviy huquqning an'anaviy sohalari bo'lgan xalqaro shartnomalar huquqi, xalqaro tashkilotlar huquqi, diplomatik va konsullik huquqi, inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquq, xalqaro gumanitar huquq, xalqaro iqtisodiy huquq, xalqaro ekologiya huquqi, xalqaro jinoyat huquqi, xalqaro havo huquqi, xalqaro xavfsizlik huquqi bilan birga, yangi shakllanayotgan xalqaro mehnat huquqi, islom va xalqaro huquqning o'zaro munosabati, Yevropa Ittifoqi huquqi, xalqaro axborot huquqi, xalqaro ta'lim huquqi, xalqaro tibbiyot huquqi bo'yicha ham keng ma'lumot berilgan. Darslik yuridik oliy ta'lim muassasalarida tahsil oluvchi talabalar, xalqaro huquq yo'nalishida izlanish olib boruvchi tadqiqotchilarga mo'ljallangan.
-
Jinoyat protsessida dalillar va isbotlash
Bazarova D, Suyunova D, Maxmudov S, Shamsutdinov B,Mazkur darslik “Jinioyat protsessida dalillar va isbot qilish” fani bo’yicha o’quv dasturi negizida Davlat ta’lim standartiga muvofiq tayyorlangan bo’lib, yuridik oliy ta’lim muassasalari va fakutetlari talabalari uchun mo’ljallangan.
-
Huquq rivojining zamonaviy tendensiyalari
Mavluda Axmedshayeva,Ushbu darslikda globallashuv va raqamlashtirish sharoitida huquq rivojining global, mintaqaviy hamda mamalakat miqyosidagi tendensiyalari tahlil etilgan. Unda xalqaro huquq, mintaqaviy huquq va milliy huquq tizimlari o’rtasida munosabat, o’zaro ta’sir masalalari nazariy tahlil etishga harakat qilingan.
-
Axborot tizimlari
Karimov A.,Axborot tizimlari inson faoliyatining barcha sohalarida o'rin olgan bo'lib, xususan, ijtimoiy-gumanitar sohalardagi kasb egalari, shuningdek, huquqshunoslar o'z faoliyatlarida axborot tizimlariga ko'p marotaba murojaat etadilar.
-
Raqobat huquqi
Муаллифлар жамоси,Mazkur darslik O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi 1990-sonli "Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi qarori va Toshkent davlat yuridik universitetining o'quv rejasidagi Raqobat huquqi o'quv dasturi asosida tayyorlangan.
-
-
Huquqiy axborot texnologiyalari
Yunusova M. S., Muxammadiyev J. O'.,Ushbu darslik informatikaning tarkibiy qismi bo'lgan axborot texnologiyalarning turli sohalarda qo'llanilishi, huquqiy axborot texnologiyalari, informologiya, kibernetika, integrativ funksiyalari, huquqiy sohadagi axborotlar, huquq tizimlari, axborot tizimlari haqida axborot beradi.
-
Fuqarolik protsessual huquqi
Esanova Z. N.,Darslik «Fuqarolik protsessual huquqis fanidan yurisprudensiya sohasi bakalavriat yo'nalishi talabalariga bag'ishlangan bo'lib, unda fanning umumiy qismi mavzulari o'rin olgan. Darslikda fuqarolik protsessual huquqining umumiy qoidalari, prinsiplari, taalluqliligi va sudlovligi, protsess ishtirok- chilarining huquqiy maqomi, da'vo, isbotlash va dalillar, muddatlar, xarajatlar, protsessual majburlov choralari, shuningdek sudda ish qo'zg'atish, ishni sudda ko'rishga tayyorlash va mazmunan ko'rish, sud qarorlari haqidagi masalalar amaliyot materiallari asosida sharhlab berilgan.
-
Ma'muriy huquq va protsess
Muratayev Serikbek Alpamisovich, Musayev Bekzod Tursunboyev, Artikov Dilmurod,Mazkur darslik oliy yuridik o'quv yurtlarining 5240120 Yurisprudensiya bakalavr ta'lim yo'nalishi ta'lim standartlari asosida yaratilgan. Darslikda Ma'muriy huquq va protsess fani predmeti doirasiga kiruvchi mavzular yoritilgan. Unda O'zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlariga 2022-yil 1-yanvargacha kiritilgan o'zgartish va qo'shim- chalar e'tiborga olingan. Darslikda ma'muriy huquq tarmog'i va davlat boshqaruvi organlari faoliyatini izohlash masalasiga doktrinal qaralib, ularga ommaviy va xususiy huquq subyektlari sifatida ko'rish nuqtayi nazaridan yondashilgan. Shu tariqa davlat organlarining xalq manfaatlariga xizmat qilish prinsipini ifodalashga urinildi. O'quvchi ushbu darslik orqali O'zbekistondagi mavjud davlat boshqaruvi organlari tizimini, ularning asosiy funksiya va vazifalarini, jismoniy va yuridik shaxslarga ko'rsatadigan asosiy davlat xizmatlari turlari hamda ularning mohiyatini tizimli ravishda va oson tushunib olishi mumkin.