-
Ta'lim,
-
Ta'lim,
-
Masofaviy xodimlar mehnatini huquqiy tartibga solishning xususiyatlari
Shoislomova S.S.,Ta'lim, -
-
-
-
Ta'lim,
-
-
-
-
-
Islom huquqi,
-
Ta'lim,
-
-
Jinoyat protsessida gumanizatsiyalashtirishning ayrim jihatlari
Matkarimov Q.Q.,Mazkur monografiyada jinoyat protsessida gumanizatsiyalashtirishning ayrim jihatlari, jinoyat ishlari yurituvini gumanizatsiyalashtirishning tavsifi va mohiyati tizimli ravishda tahlil etilgan, shuningdek, jinoyat ishlari yurituvini gumanizatsiyalashtirishga oid qonun normalarining rivojlanishi masalalari tarixiy-xuquqiy, nazariy-ilmiy jihatdan yoritilgan. Monografiya huquqshunoslik ixtisosligi bo'yicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar hamda huquqiy tadqiqotlar olib borayotgan ilmiy xodimlar va o'qituvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Jinoyatda ishtirokchilik institutining jinoyat - huquqiy tartibga solinishi
Otajonov A.A,Ushbu monografiyada jinoyatda ishtirokchilik institutining huquqiy tartibga solinishi, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlik belgilovchi qonun normalarini amalda qo'llanilishi va jinoyat ishtirokchilarining turlari va shakllarining jinoiy-huquqiy tavsifi hamda jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlik belgilashning bugungi holati va uni takomillashtirish istiqbollari tahlil qilingan. Monografiya huquqshunos olimlar va amaliyot xodimlari, yuridik ta'lim muassasalarining doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, magistrantlar, tinglovchi, kursant va talabalariga mo'ljallangan.
-
Masofaviy xodimlar mehnatini huquqiy tartibga solishning xususiyatlari
Shoislomova S.S.,Ushbu monografiya ishi "masofaviy mehnat", "masofaviy xodim" tushunchlari, masofadan ishlash usulini joriy etish, masofaviy xodimlar bilan ish beruvchining o'zaro hamkorlik qilish xususiyatlari, masofaviy xodimlar mehnatini tartibga solish va mehnatini tashkil etishning tartibi va o'ziga xos jihatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Shuningdek, tadqiqotda xorijiy davlatlarning qonunchiligida masofadan ish olib boruvchi xodimlarning mehnatini tartibga solish bo'yicha yondashuvlar o'rganilgan va bu borada O'zbekiston Respublikasi qonunchiligini takomillashtirish bo'yicha muhim amaliy ahamiyatga ega bo'lgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Monografiya professor-o'qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, kadrlar xizmati xodimlari, shuningdek qonun ijodkorligi jarayonida bevosita ishtirok etuvchi shaxslar uchun foydalanish uchun foydali bo'ladi. Shuningdek, tadqiqotda ilgari surilgan taklif va xulosalardan mehnat huquqi. fuqarolik huquqi fanlari boʻyicha darsliklar, o'quv qo'llanmalar va namunaviy o'quv dasturlarda ko'rsatilgan mavzularni yoritishda, kelajakda masofadan turi ishlash bo'yicha olib borilishi rejalashtirilgan bitiruv malakaviy ishlarida ham foydalanish mumkin. Shuningdek, tadqiqot natijalaridan Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan o'tiladigan "Qiyosiy mehnat huquqi", "Mehnat shartnomasini huquqiy tartibga solish", fanlarining o'quv jarayonlarida foydalanish mumkin.
-
Konstitutsiyaviy huquq
Husanov O.T,Mazkur Konstitutsiyaviy huquq fani boʻyicha darslik oliy yuridik o'quv yurtlarining bakalavr bosqichi ta'lim standartlari asosida yaratilgan. Darslikda Konstitutsiyaviy huquq fani predmeti doirasiga kiruvchi mavzular yoritilgan. Darslikning tuzilishi (tizimi) O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tuzilishiga mos keladi. Unda 2023-yil 30-aprel kuni o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan barcha o'zgartirish va qo'shimchalar e'tiborga olingan. Darslik oliy o'quv yurti talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan boshqalar ham Konstitutsiyani o'rganishda foydalanishlari mumkin.
-
O'zbekistonning eng yangi tarixi
Mualliflar jamoasi,Mazkur o'quv adabiyoti O'zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo'lgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy-ma'rifiy jarayonlar hamda o'zgarishlarni, ushbu davrda ro'y bergan tarixiy voqeliklarni bevosita qamrab olgan. Ushbu darslik respublikada yuqorida nomi qayd etilgan fan bo'yicha ilk bora tayyorlanib o'quvchi e'tiboriga havola qilinmoqda. Unda fan yuzasidan amalga oshirilgan innovatsiyalar, ilmiy tadqiqot xulosalari bevosita o'rin olgan.
-
Ta'limda axborot texnologiyalari
Yuldashev G.,Ushbu darslik bakalavriatning "Jismoniy madaniyat", "Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi", "Chaqiriqqacha harbiy ta'lim", "Musiqa", "Maktabgacha ta'lim", "Pedagogika-psixologiya", "Boshlang'ich ta'lim" yo'nalishlarining "Ta'limda axborot texnologiyalari" fani dasturiga mos yozilgan bo'lib, bunda zamonaviy axborot texnologiyalari asoslari, zamonaviy shaxsiy kompyuterlar va ularning atrof qurilmalari, sistemali dasturiy ta'minoti, amaliy dasturiy vositalar, zamonaviy kommunikatsion texnologiyalar, dasturlash, Microsoft Officening dasturiy vositalari haqidagi mavzular yoritilgan.
-
Ўзбекистон Републикасининг замонавий маъмурий ҳуқуқи ва оммавий бошқаруви бўйича 100 та долзард саволга жавоблар
Эгамбердиев Э.Х.,Ушбу ўқув қўлланмадан ҳар қандай шаклда ва ҳар қандай усулда фойдаланиш фақат Ўзбекистон Республикаси Оммавий-ҳуқуқий тадқиқотлар марказининг рухсати асосида амалга оширилиши мумкин. Қонун ҳужжатларида махсус назарда тутилган ҳолатлар бундан истисно. Китобдан ёки унинг қисмларидан ноқонуний фойдаланганлик учун айбдор шахс лар фуқаролик, маъмурий ва жиноят қонунчилигида назарда тутилган жавобгарликка тортиладилар. Ўқув қўлланма GIZнинг "Марказий Осиёда ҳуқуқий давлатчиликни қўллаб-қувват лаш" дастури кўмаги доирасида чоп этилди. Дастур Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ) GmbH (Германия халқаро ҳамкорлик жамияти) томонидан Германия иқтисодий ҳамкорлик ва тараққиёт федерал вазирлиги (BMZ) буюртмаси асосида амалга оширилмоқда. Ушбу қўлланмада келтирилган маълумотлар, хулосалар, фикрлар ва талқин лар муаллифлар жамоасининг фикрларидир ва ҳеч қандай тарзда GIZ ёки BMZнинг нуқтаи назарини акс эттирмайди.
-
Penitensiar tizimning profilaktik funksiyasi samaradorligini oshirish
Salayev N.,Monografiya penitensiar tizimning profilaktik funksiyasi samaradorligini oshirish muammolariga bag'ishlangan. Unda penitensiar tizimning profilaktik funksiyasi va uning umumiy tavsifi jinoyat-ijroiya qonun hujjatlari prinsiplarining profilaktik funksiyasini takomillashtirish, mahkumlarning huquqiy holatiga profilaktik nuqtai nazardan yondashuv; jinoiy jazolar va boshqa jinoyat-huquqiy ta'sir choralarini ijro etuvchi muassasalar va organlarda profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lmagan va ozodlikdan mahrum qilish bilan bog'liq bo'lgan jazolarni ijro etishda profilaktik funksiya samaradorligini oshirish, xalqaro-huquqiy hujjatlarda penitensiar tizimning profilaktik funksiyasi tahlili va ularni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalalari va ayrim rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida penitensiar tizimning profilaktik funksiyasi samaradorligini oshirish istiqbollari yoritib berilgan. Monografiya oliy yuridik o'quv yurtlarining bakalavr va magistratura talabalariga qo'llanma sifatida tavsiya qilinadi.
-
Fluentflow: Mastering english with ease
Authors,This study guide has an important place for the students of law technical schools to further strengthen their ability to read, write, listen, speak, and think critically in English, as well as to get IELTS and other international certificates. The study guide consists of 23 topics, in which the coherence and logical connection of the sequence of topics are described in detail in interactive exercises. The meaning of each word and phrase is clearly explained. All available topics have audio and video exercises. The study guide can be used not only by technical school students but also by all other students who want to learn English at the level of international standards.
-
Xalqaro savdo huquqi va amaliyoti
Myurrey K.,Barcha huquqlar himoyalangan. Mazkur nashrning hech qanday qismi oldindan olingan yozma ruxsatisiz ko'paytirilishi yoki har qanday shaklda yoki biron-bir vosita bilan uzatilishi yoki har qanday qidiruv tizimida saqlanishi mumkin emas, 1988 yildagi Mualliflik huquqi, sanoat namunalari va patentlar to'g'risidagi qonunga muvofiq adolatli foydalanishga ruxsat berilgan hollar bundan mustasno, yoki Mualliflik huquqini Litsenziyalash Agentligi tomonidan nusxa ko'chirish va yoki reprografik ko'paytirish uchun berilgan litsenziya shartlariga muvofiq. Muallif, nashriyot va manba ko'rsatilishi kerak.
-
-
-
Ehtiyotsizlik orqasida badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazish uchun jinoiy javobgarlik
Allanova A.A,Ushbu o'quv qo'llanmada ehtiyotsizlik orqasida badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazishning umumiy tavsifi, ehtiyotsizlik orqasida badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazish jinoyatining yuridik tahlili, ehtiyotsizlik orqasida badanga o'rtacha og'ir yoki og'ir shikast yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlikni takomillashtirish masalalari bayon etilgan. Ushbu o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlari talabalari, yuridik ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Diniy bag'rikenglikni ta'minlashning xalqaro siyosiy mexanizmlari
Toshpo'latov Sh.E,Mazkur monografiyada diniy bag'rikenglikni targ'ib qilishning xalqaro siyosiy mexanizmlarini yaratish va qo'llab-quvvatlashning ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, dinlarning murakkab dinamikasi va uning xalqaro munosabatlarga ta'siri chuqur tahlil qilingan bo'lib, turli diniy jamoalar o'rtasida konstruktiv hamkorlik va muloqot zarurligi ta'kidlangan.
-
Jinoyat ishlarini tergov qilishda sud-avtotexnika ekspertizalarini tayinlash va o'tkazish
Xamidov B.X,Ushbu o'quv qo'llanma jinoyat ishlarini tergov qilishda sud-avtotexnika ekspertizasini tayinlash va o'tkazishning ayrim masalalari tahliliga bag'ishlangan. Unda sud-avtotexnika ekspertizasi tushunchasi, predmeti, obyektlari, turlari, maqsad va vazifalari, imkoniyatlari, ushbu turdagi ekspertizalar uchun namunalar olish qoidalari, sud-avtotexnika ekspertizasi boʻyicha ekspertlar oldiga qo'yiladigan savollar, ekspertiza tadqiqotini o'tkazish va uning natijalarini baholash masalalari, shuningdek, ushbu turdagi ekspertizalarni takomillashtirishning tashkiliy-metodik asoslari yoritilgan.
-
Odam savdosiga qarshi kurash, oldini olish ba ushbu jinoyatlarga oid ishlarni tergov qilish uslubiyoti
Karimov B.K,Ushbu o'quv qo'llanma odam savdosi bilan bog'liq jinoyatlarni tergov qilish va ularning oldini olish masalalariga bag'ishlangan. Unda odam savdosi jinoyati tushunchasi, yo'nalishlari va turlari, uni sodir etish usullari, shuningdek, odam savdosining oldini olish bo'yicha xorijiy mamlakatlar qonunchiligining qiyosiy tahlili va xalqaro hamkorlik masalalari bayon qilingan. Bundan tashqari, odam savdosi jinoyatini sodir etishga imkon bergan omillar hamda ushbu turdagi jinoyatlarni tergov qilishning taktik jihatlari tahlil qilingan.
-
Yarashilganligi munosabati bilan jinoyat javobgarlikdan ozod qilish
Xaydarov Sh.D,Ushbu o'quv qo'llanma "Jinoyat huquqi" (Umumiy qism) o'quv kursi dasturi asosida tayyorlangan bo'lib, unda jinoiy javobgarlikdan ozod qilish tushunchasi va uning belgilari; jinoiy javobgarlikdan ozod qilish turlari va o'ziga xos xususiyatlari; yarashilganlik munosabati bilan yuzaga keladigan jinoyat-huquqiy munosabatlar; yarashilganlik munosabati bilan jinoiy javob- garlikdan ozod qilishga yo'l qo'yadigan mezonlar; yarashilganlik munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilishga oid normalarni qo'llashda yuzaga keladigan ayrim muammolar; yarashilganlik munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish xorijiy mamlakatlar jinoyat qonunchiligida qo'llanishi kabi masalalar yoritilgan.
-
Manfaatlar to'qnashuvining oldini olish
Maxmudov F.B,Ushbu monografiyada zamonaviy davlat boshqaruvi tizimida davlat fuqarolik xizmatining ilmiy-nazariy asoslari, davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatida manfaatlar to'qnashuvining yuridik tabiatini tushunish bo'yicha doktrinal qarashlar, manfaatlar to'qnashuvining turli ko'rinishlarini tavsiflash bo'yicha ilmiy yondashuvlar, davlat fuqarolik xizmatchilarining davlat xaridlari bilan bog'liq munosabatlarida manfaatlar to'qnashuvining oldini olishning tashkiliy-huquqiy jihatlari, manfaatlar to'qnashuvining oldini olishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish va cheklovlar masalasi, shuningdek davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyatida manfaatlar to'qnashuvini hal qilish yuzasidan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar, bu bo'yicha vakolatli subyektlar hamda ularning huquq, majburiyat va faoliyat prinsiplari hamda mavzudan kelib chiqib manfaatlar to'qnashuvining oldini olish bo'yicha xorijiy mamlakatlar tajribasi bayon qilingan. Mazkur monografiya oliy o'quv yurtlari talabalari, yuridik ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda davlat xizmatchilari uchun mo'ljallangan.