-
Asrga tatigulik kun
Chingiz Aytmatov,Buyuk yozuvchi Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun" romanida xudosizlik va manqurtlik balolari ilk bora fosh etilib, bu asar millionlab o'quvchilar qalbini zabt etgan. Insonni o'z-o'zini anglashga, ruhan va ma'nan poklanishga chorlovchi ushbu asar bugungi kunda ham o'z dolzarbligini aslo yo'qotmagan.
-
Semiz va oriq
Anton Pavlovich Chexov,Dunyo adabiyotida A.P Chexov o'z ovozi va o'z so'ziga ega bo'lgan noyob ijodkorlardan biri sifatida tan olingan.U hikoyalari orqali ushbu janrni yana bir taraqqiyot pog'onasiga ko'tarib berganligi ham bor gap. O'zbek adabiyotida realistik hikoyalarning paydo bo'lishiga ham ayni yozuvchining asarlari sabab bo'lib, Abdulla Qahhor va undan keyingi bir qator yozuvchilarimiz hikoyalarining muvaffaqiyatida mazkur adibning maktabi alaohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu kitobda yozuvchining eng sara hikoyalari jamlangan.
-
-
Yevgeniy Onegin
Aleksandr Sergeyevich Pushkin,Adibning "Yevgeniy Onegin" asari rus adabiyotidagi birinchi she'riy romandir.Pushkin bu asarni yaratishda buyuk ingliz shoiri Bayronning "Don Juan" she'ruy romanidan ta'sirlanib yaratgan. "Yevgeniy Onegin" romanining bosh qahramoni kelishgan,aqlli,o'ziga yarasha o'qimishli,farosatli yigit,Lekin u o'z axloqini kibor jamiyat talabiga moslashtirishga majbur bo'lgani uchun hammaga,hatto, o'ziga ham begona.Munofiqlik va yolg'onni axloq darajasiga ko'targani uchun ham oliy tabaqa vakillari o'rtasidagi munosbatlarda samimiylik yo'q.Samimiylik bo'lmagan joyda muhabbatga ham o'rin yo'q. Shu bois qizning eng munosib umr yo'ldoshi bo'lishi mumkinligini yaxshi bilgani holda Yevgeniy Tatyananing sevgisini rad etadi. U o'zining qizga loyiq emasligini sezadi. Onegin yengiltak ham,xotinboz ham emas. Lekin kiborlar ko'ziga shunday ko'rinish, ular orasida shuhrat orttirish uchunayollarni yo'ldan ozdirishga intiladi. Yevgeniy janjalkash,qonxo'r odam emas, ammo kiborlarda duelga chiqishdan qo'rqdi degan fikr uyg'otmaslik uchun, o'zi istamagan holda sodda shoir yigit Lenskiyni otib o'ldiradi.Romanda kuchi,g'ayrtai aqlini sarflash mumkin bo'lgan ezgu mo'ljalning yo'qligi tufayli qiynalayotgan yigit iztiroblari aks etgan.
-
Yolg'izlikning yuz yili
Gabriel Garsia Markes,Qo'limgizdagi ushbu kitob Janubiy Amerikada yashab ijod etgan Adib (tug'ilgan joyi -Kolumbiya,vafot etgan joyi Meksika) Gabriel Garsia Markesning ispan tilida yozilgan "Cien anos de soledad" romanining rus tili orqali Nurali QObul,Anvar Jo'raboyev va Tohir Qahhorlar tomonidan "Yolg'izlikning yuz yili" nomi ostida tarjima qilingan ko'rinishidir.Bu tarjimonlarimiz ushbu asarni tarjima qilish orqali ona tilimizning lug'at boyligining boyishiga va kitobxonlaarning badiiy adbiyotga bo'lgan qiziqishlarining yuksalishiga ulkan hissa qo'shgandir. Asarning ushbu nashri hozirgi davr kitobxonlarining talab va iltimoslariga asosan qo'shimcha iqtiboslar va asar hozirgi o'zbek adabiy tili qoidalari asosida qayta tahrirlandi. Sia ushbu asarni o'qir ekansiz,asarda boshaytilgan 'Avlodning birinchi vakilini daraxtga bog'lab qo'yishadi,avlodning so'nggisini chumolilar yeb bitiradi" degan mudhish bashoratga duch kelasiz.Xo'sh ushbu bashorat amalga oshadimi? Asarning asosiy qahramonlari ushbu bashoratga qanday munosabat bildirishadi? Bu savollarga asarni o'qish davomida javob olasiz.
-
-
Sherlok Xolms haqida hikoyalar
Artur Konan Doyl,Artur Konan Doylning eng mashhur asari "Sherlok Xolms haqida hikoyalar"dir. Adib ilk marotaba Sherlok Xolms obrazini "Skarletdagi ish"(1887) romanida yaratgan.Yozuvchi Sherlok Xolms obrazini "Xolmsning so'ngi ishi" (1893) hikoyasida o'ldirmoqchi bo'ladi. Lekin butun dunyo kitobxonlarining noroziligidan keyin izquvarni tiriltirib, yangi hikoyalar yozadi. Sherlok Xolms haqidagi ajoyib-g'aroyib hikoyalar favqulotda hodisalarga boyligi bilan kattayu kichik kitobxonlarning e'tiborini qozongan.Kutilmagan vaziyatlarda o'zni yo'qotmaslik,mustahkam iroda,aql-zakovat-boshqalarning mushkulini yengillashtirishni hayotning mazmuniga aylantirib olgan izquvar tahsinga loyiq fazilatlidir.
-
-
Karl IX saltanatining yilnomasi
Prosper Merime,Prosper Merime XIX asr fransuz adabiyotida buyuk novellachi,romannavis,shor,adabiyot va teatr tanqidchisi,tarixchi tarjimon sifatida nom qoldirgan.U adabiyotning realizm oqimi ruhida yozilgan novellalar muallifi sifatida jahon miqyosida mashhur adib hisoblanadi.Ozod Sharafiddinov tarjimasidagi "Karl IX saltanatining yilnomasi" romani hamda Abdumurod Kuchiboyev tomonidan bevosita fransuz tilidan o'zbekchaga o'girilgan "Kolomba","Karmen" kabi novellalari o'zbek kitobxonlariga yaxshi tanish. P.Merime o'z asarlarida sayohatlari davomida to'plangan tarixiy voqealarini inson taqdiri bilam omixta holda qiziqarli uslubda bayon qiladi.Milliy koloritning tarixiy an'anala,badiiy bo'yoqlar orqali ta'sirchan va haqqoniy obrazlarda tasvirlaydi.
-
Қорақуш юлдузининг сири
Исажон Султон,Бу китобга киритилган асарлар улуғ аждодларимиз, бой тарихий меросимиз ва юксак маънавиятимиз-бир сўз билан айтганда-ўзлигимиз ҳақидадир.
-
O'n besh yoshli kapitan
Jyul Vern,Asrlar osha qo'ldan qo'ymay o'qib kelinayotgan mazkur asarda o'n besh yoshli kapitan-Dik Sendning bir-biridan qiziqarli sarguzashtlari qalamga olinadi. Janubiy Afrikada kechgan xunrezliklar,qullar savdosi bilan bog'liq ayanchli voqealar,turli xavf-xatarlarda qolgan kapitan Dik va sayohatchi do'stlari-xizmatchisi Gerkules,misiss Ueldon va uning kichik o'gli Jek,xayolparast olim Benedikt tog'aning boshidan kechirganlari o'quvchini befarq qoldirmaydi.
-
Ичингдаги ичиндадур
Жалолиддин Румий,"Ичингдаги ичиндадур" Мавлоно Жалолиддин Румийнинг турли мажлисларда билдирган "ўтлуғ" фикрларидан таркиб топган. Сиз ушбу рисолани ўқиб, инсон ва олам, онг ва борлиқ, инкор ва исбот, хаёл ва амал сингари фалсафий тушунчаларнинг асл моҳиятини англайсиз. Ва ҳамма нарса Ўзингизда, Ўзингиздан эканлигига яна бир бор иймон келтирасиз.
-
Qizill va qora
Mari-Anri Beyl Stendal,Ushbu kitob ilk bor o'zbek tilida 1986-yilda chop etilgan.Bu davrdagi nashrida ayrim so'z va jumlalarning ma'nosi izohlanmagan yoki ruscha so'zlar,yoki baynalmilal jumlalar orqali berilgan edi.Bu holat bilan biz tarjimonlarni yoki o'sha davr nashriyoti xodimlarini kamsitish fikridan yiroqmiz.Faqat hozirgi davr kitobxonlarining talab va iltimoslariga asosan asar tarjimasiga qo'shimcha iqtiboslar kiritildi va asar hozirgi o'zbek adabiy tili qoidalari asosida qayta tahrirlandi. Siz ushbu asarni o'qir ekansiz,Fransiya Napaleonning hokimiyati tugagandan keyin jamiyatda qanday o'zgarishlar bo'lganini,bu o'zgarishlarning asarning asosiy qahramoni jyulen Sorel hayotida qanday rol o'ynaganini bilib olsiz.Shuningdek,adib asarda tarixni shunchaki yoritib yozmagan,balki unda (boshqa asarlarda bo'lgani kabi) ishq-muhabbat,odamiylik,e'tiqod va vijdon erkinligini ulug'lagan.
-
-
Ичингдаги ичиндадур
Жалолиддин Румий,Ушбу рисолада инсон ва олам, онг ва борлиқ, инкор ва исбот, ҳаёл ва амал сингари фалсафий тушунчаларнинг асл моҳиятинианглайсиз
-
-
-
-
Асрга татигулик кун
Ч.Айтматов,Ушбу романда худосизлик ва манқуртлик балолари илк бора фош этилиб, бу асар миллионлаб ўқувчилар қалбини забт этган
-