-
-
-
-
Ta'lim,
-
-
-
-
Huquqshunoslik,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Ta'lim,
-
-
Tanlangan asarlar III-jild
Rahmonqulov X.J.,Taniangan asarlar to'plamining mazkur jildi fuqarolik huquqining majburiyatlar institutiga oid dolzarb mavzularga bag'ishlangan bo'lib, jild tarkibidan "Fuqarolik huquqi muammolari darsligi 2-qismining (muallifning hayotlik vaqtida yozib tugatilgan) majburiyatlar huquqiga oid bo'limi hamda "Oldi-sotdi shartnomasi" monografiyasi o'rin olgan. Mazkur jildda majburiyatlar huquqining umumiy qismi nazariy jihatdan chuqur tahlil qilinadi. Xususan, majburiyat tushunchasi, tizimi, turlari va vujudga kelish asoslari, fuqarolik-huquqiy shartnoma nazariyasi (tuzish, o'zgartirish va bekor qilish), majburiyat subyektlari, majburiyatlarning bajarilishi tamoyillari va uni ta'minlash usullari (garov, kafillik, neustoyka va hk) kabi institutlar atroflicha yoritilgan. Ayniqsa, majburiyatlarni buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari, shartlari va turlariga oid masalalar keng tadqiq etilgan. Monografiyada esa majburiyatlar huquqining maxsus qismiga oid eng keng tarqalgan shartnoma oldi-sotdi shartnomasining nazariy-huquqiy tahliliga alohida o'rin berilgan. Unda oldi-sotdi shartnomasining umumiy qoidalaridan tashqari uning chakana oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish davlat kontrakti, kontraktatsiya, energiya ta'minoti hamda ko'chmas mulk va korxonani sotish kabi alohida turlarining o'ziga xos xususiyatlari tizimli ravishda ochib berilgan. To'plam huquqshunos olimlar, amaliyotchilar va talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda majburiyatlar huquqining umumiy va maxsus qismlariga oid chuqur nazariy bilimlar hamda huquqni qo'llash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan muhim ilmiy xulosa va tavsiyalar mujassamlashgan.
-
-
Migrantlar va ularning oila a'zolari huquqlarini himoya qilish
Abdullayeva D.S,O'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasining huquqiy va xalqaro siyosatiga, xalqaro maydonlardagi inson huquqlari bo'yicha tashabbuslariga, Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasiga hamda Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta'lim dasturiga tayangan holda tayyorlangan. Mazkur o'quv q'ollanmada inson huquqlari bo'yicha ta'lim barcha insonlarning huquqlarini qo'llab-quvvatlashga undaydigan qadriyatlar, e'tiqodlar va pozitsiyalar targ'ib qilinishi, har qanday jamiyatda inson huquqlarini hayotga tatbiq etish uchun har bir inson umumiy javobgarlikni tushunishini rivojlantirish haqida bayon etilgan. Xususan, migrantlar va ularning oila a'zolari huquqlarini xalqaro-huquqiy va milliy qonunchilik doirasida tartibga solish masalalari yoritilgan. Ushbu o'quv q'ollanma yuridik oliy yurtlarining bakalavr magistrantlariga o'quv qo'llanma sifatida tavsiya qilinadi.
-
Davlat tilida ish yuritish / akademik yozuv
Ramazonov N.N.,Davlat tilida ish yuritish/akademik yozuv moduli haqidagi ushbu kitobda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatlar, xizmat yozishmalari, protsessual hujjatlar, akademik matn va uning tuzilishi kabi mavzular qamrab olinadi. Shuningdek, akademik yozuvning muhim qoida va tamoyillari, tadqiqot etikasi, plagiatdan saqlanish usullari va huquqiy axborot bazalari ko'rib chiqilib, mavzular amaliy misollar yordamida o'rganiladi. Qo'llanma bo'lajak huquqshunos mutaxassislar, talaba va magistrantlar, amaliyotchi yuristlar, hujjatchilik hamda akademik yozuv masalalariga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
-
Anson's Law of Contract
Jack Beatson,Anson’s Law of Contract offers an accurate and authoritative account of the law and its underlying principles. This 31st edition continues to provide comprehensive and detailed coverage of all topics covered on modern contract law courses, and has been revised and updated to incorporate all notable developments in case law, legislation, and academic debate. Topics covered include, in the first part, the agreement, the formation of the contract, and promissory estoppel. The second part looks at the terms of the contract, exemption clauses, and unfair terms. Next the book looks at incapacity, mistake, misrepresentation and non-disclosure, duress, and illegality. The fourth part considers performance and discharge. The next part looks at damages and specific remedies. The sixth part of the book covers third parties, assignment and agency in terms of the limits of the contractual obligation.
-
-
-
Гендер тенглик бўйича ўқув қўлланма (хотин-қизларни камситишнинг барча шаклларига барҳам бериш тўғрисидаги конвенциянинг 45 йиллигига бағишланади)
Ушбу ўқув қўлланма ижтимоий тараққиёт ва эркинликнинг ҳаракатлантирувчи кучи сифатида аёллар ҳуқуқлари ва гендер тенглик ҳақида тизимли билим беришга мўлжалланган. Муаллифлар жамоаси гендер тенгликни таъминлаш масалаларининг мураккаблиги ва кўп қирралилигини, замонавий дунёда уларнинг моҳияти ва аҳамиятини кўрсатишга интилишди. Ўқув қўлланмада гендер тенглик билан боғлиқ асосий тушунчалар, гендер тенгликни таъминлашнинг халқаро стандартлари ва механизмлари, миллий қонунчилик ва аёлларни зўравонликдан ҳимоя қилишнинг миллий гендер механизми, давлат сиёсатининг айрим йўналишларида гендер масалаларини ҳисобга олиш, гендерга доир комплекс ёндашувни амалга ошириш, жаҳон гендер индекслари каби масалалар қамраб олинган. Ўқув қўлланмада гендер тенгликни таъминлаш ва аёлларни зўравонликдан ҳимо қилишнинг миллий ва халқаро шаклларининг бир-бирини тўлдириши масалаларига катта эътибор қаратилган. Ўқув қўлланманинг ўзига хос хусусияти шундан иборатки, унда халқаро ва миллий ҳуқуқнинг ўзаро боғлиқлиги, уларнинг замонавий дунёда шахснинг ўрнига таъсири кўрсатилган. Ўқув қўлланма талабалар, аспирантлар, юридик ва бошқа олий ўқув юртлари ўқитувчилари, ҳуқуқшунослик факультетлари талабалари, ҳуқуқшунослар тадқиқотчилар ва амалиётчилар, шунингдек, тарих ва ҳозирги замоннинг гуманитар муаммолари, жумладан, инсон ҳуқуқлари ва эркинликлари ва гендер тенгликни таъминлаш масалалари билан қизиқувчилар учун мўлжалланган. Ушбу нашр АҚШ Халқаро тараққиёт агентлиги (USAID) орқали кўрсатилган Америка халқининг ёрдами асосида яратилган. Маҳсулот мазмуни бўйича масъулият Tetra Tech DРКга юклатилади ва USAID ёки АҚШ ҳукумати расмий нуқтаи назарини акс эттириши шарт эмас.
-
Меҳнат ва курашда тобланган ҳаёт онларим
Асқаров А.,Ушбу хотира китобида машҳур археолог академикнинг машаққатли ва сермазмун ҳаёт йўли тасвирланган. Муаллиф узоқ йиллик умри давомида бошидан кечирган саргузаштларини баён этган. Унда ҳаётда тўғрисўз бўлиб яшашнинг накадар қийинлиги, улуғ устозларининг мехрибончиликлари, илмнинг заҳматлари ва унинг йўлида учраган тўсиқлар, яхши инсонлар кўмаги ҳаётий мисоллар асосида қаламга олинган. Заҳматкаш, тиниб-тинчимас олимнинг йўлига ғов бўлганларни босиб ўтиб ёруглик сари интилиши ўз самарасини берганлиги китобда ўз ўрнини топган. Китоб сизга манзур бўлади деган умиддамиз.
-
Бир бўлсак-ягона халқмиз, бирлашсак-ватанмиз
Мирзиёев Ш.М.,Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев асар- ларининг саккизинчи жилдига мамлакатимиз ижтимоий-сиёсий ҳаётидаги муҳим воқеалар, халқаро миқёсдаги форум ва саммит- лардаги нутқ ва маърузалар, шунингдек, юртимизда кенг нишон- ланиб келаётган умумхалқ байрамлари, тарихий саналар, оммавий тадбир ва маросимлар муносабати билан йўлланган табрик ва қут- ловлар киритилган.
-
Bir bo'lsak - yagona xalqmiz birlashsak - vatanmiz
Mirziyoyev Sh.M.,O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlarining sakkizinchi jildiga mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqealar, xalqaro miqyosdagi forum va sammitlardagi nutq va ma'ruzalar, shuningdek, yurtimizda keng nishonlanib kelayotgan umumxalq bayramlari, tarixiy sanalar, ommaviy tadbir va marosimlar munosabati bilan yo'llangan tabrik va qutlovlar kiritilgan.
-
Mediatsiya
Ushbu nashr O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi hamkorligida "O'zbekistonda qonun ustuvorligi sohasidagi qo'shma loyihasi" doirasida bepul tarqatish uchun tayyorlangan. Nashr USAIDning Huquqiy islohotlar dasturi doirasida o'zbek tiliga tarjima qilindi. Nashrning mazmuni uchun javobgarlik mualliflar zimmasiga yuklatiladi va O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), AQSh hukumati yoki Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi nuqtai nazariga mos kelmasligi mumkin. Qo'llanmaning elektron nusxasi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi www.sud.uz va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi veb-saytlarida mavjud.
-
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlarda shartnomalar huquqi
Yakubova I.B.,Ushbu o'quv qo'llanmada mualliflik shartnomasi tushunchasi va o'ziga xos xususiyatlari, mualliflik shartnomasining mazmuni, tuzilishi va uning asosiy shartlari, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarda buyurtma shartnomasi tushunchasi va uning shartlari, mualliflik huquqi va turdosh huquqi shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyat munosabatlarining tomonlari va mazmuni, tashkilot va mualliflik huquqi egasi o'rtasidagi shartnoma: huquqiy tabiati, shartnoma elementlari, shuningdek, boshqa fuqarolik shartnomalari bilan fuqarolik huquqiy tahlili, tashkilot va mualliflik huquqi obyektlaridan foydalanuvchi shaxslar o'rtasidagi shartnomalarning tasnifi: litsenziya shartnomalari shakllari, shartnomalarda mualliflik haqi miqdorini aniqlash mezonlari, mualliflik haqini yig'ish va taqsimlash masalalari tahlili yoritib berilgan. O'quv qo'llanma yuridik oliy ta'lim muassasalari va fakultetlari talabalari, tadqiqotchilar va o'qituvchilar, shuningdek, sud va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Intellektual mulk huquqi
Xursanov R.,Ushbu o'quv qo'llanmada fuqarolik huquqi va mulk huquqining alohida tarmog'i sifatida intellektual mulk huquqiga oid masalalar yoritilgan. Bunda intellektual mulkning umumiy qoidalari va alohida obyektlari tahlil qilingan. Shuningdek, qo'llanmada intellektual mulk huquqiga oid muammolari savollar. kazuslar va tezislar ham keltirilgan. Qo'llanma oliy ta'lim universiteti yurisprudensiya yo'nalishi talabalar, magistrlar hamda shu sohaga qiziquvchi boshqalarga mo'ljallangan.
-
Soliq huquqi moduli bo'yicha kazuslar to'plami
Ergashev I.A., Rahmatov E.J.,Mazkur o'quv qo'llanmada O'zbekiston Respublikasi soliq huquqining tizimlashtirilgan asosiy institutlari va normalari amaliy vaziyatlar (kazuslar) orqali yorqin misollar asosida chuqur tahlil qilingan. Har bir kazus soliq huquqi sohasidagi nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llash ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu kazuslar to'plami oliy yuridik ta'lim muassasalari talabalari, soliq organlari xodimlari, amaliyotchilar, tadbirkorlik subyektlari hamda soliq huquqi masalalari bilan qiziquvchi keng jamoatchilikka mo'ljallangan.
-
Soliq huquqi: 100 savolga 100 javob
Ergashev I.A., Rahmatov E.J.,Mazkur o'quv qo'llanmada O'zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligida belgilangan 100 ta eng muhim qoida va tushunchaning mazmun-mohiyati savol-javob tarzida batafsil yoritilgan. Ushbu o'quv qo'llanma oliy yuridik ta'lim muassasalari talabalari, soliq organlari xodimlari, tadbirkorlar va keng jamoatchilikka mo'ljallangan.