-
-
Международное частное право. Том 2. Особенная часть. Учебник для бакалавриата и магистратуры.
Гетьман - Павлова И.В.,Международное права, -
Konstitutsiyaviy huquq: Yuridik akade-mik litsey o'quvchilari uchun
Bekov I., Xamidova M., Bokiyev J., -
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Huquqshunos talabalarga ingliz tilini o‘qitishning xususiyatlari:kasbiy terminologiyani shakllantirish
Akobirova S.T.,Mazkur monografiya "Huquqshunos talabalarga ingliz tilini o'qitishning xususiyatlari: kasbiy terminologiyani shakllantirish" mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, unda nofilologik oliy ta'lim muassasalarida, xususan, huquqshunoslik yo'nalishidagi talabalarga ingliz tilini o'qitishning ilmiy- metodik asoslari yoritilgan. Asarda kasbiy kompetentlik, "kompetentlik" tushunchasining mazmuni, kasbiy terminologiyani shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, huquqshunos talabalarga ingliz tili o'qitishning maqsad va vazifalari, kasbiy terminologiyani shakllantirishdagi qiyinchiliklar hamda ularni bartaraf etish yo'llari ko'rsatib berilgan. Monografiya nofilologik OTMlarda ingliz tili o'qitish jarayonida kasbiy yo'naltirilgan yondashuvni takomillashtirishga xizmat qiladi hamda ta'lim sohasi mutaxassislariga ilmiy-amaliy izlanishlarda metodik asos vazifasini bajaradi. Mazkur monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi kengashining 2025-yil 25-sentabrdagi 1-sonli majlis bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan. Monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti va "Business Advisors AB" bilan 2025-yil 12-fevral 14-sonli xo'jalik shartnomasiga asosan tayyorlangan.
-
Международное частное право. Том 2. Особенная часть. Учебник для бакалавриата и магистратуры.
Гетьман - Павлова И.В., -
Iqtisodiy jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish muammolari
Otajonov A.A.,Mazkur o'quv qo'llanma o'zgalar mulkini talon-toroj qilish va unga aloqador jinoyatlarni to'g'ri kvalifikatsiya qilish masalalariga bag'ishlangan. Unda bosqinchilik, tovlamachilik, talonchilik, o'g'rilik, firibgarlik kabi jinoyatlarning huquqiy tahlili, ularning tarkibiy belgilarini aniqlash va bir- biridan farqlash mezonlari yoritilgan. Shuningdek, iqtisodiyot asoslariga qarshi, xo'jalik faoliyati sohasidagi va tadbirkorlik faoliyatiga to'sqinlik bilan bog'liq jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishdagi amaliy muammolar tahlil qilingan. O'quv qo'llanma huquqshunos olimlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, yuridik ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, tinglovchi, kursant va talabalariga mo'ljallangan.
-
Konstitutsiyaviy huquq: Yuridik akade-mik litsey o'quvchilari uchun
Bekov I., Xamidova M., Bokiyev J.,Ushbu darslik akademik litseylar uchun tasdiqlangan davlat ta'lim standartlari asosida yaratilgan. Unda konstitutsiyaviy huquq fani haqida tushuncha beruvchi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bosh tamoyillari, jamiyat hamda shaxs munosabatlarining konstitutsiyaviy asoslari, davlat, sud hokimiyati asoslari kabi mavzular o'rin olgan. Shuningdek, Konstitutsiyamizning yaratilishi va asosiy xususiyatlari ham yoritilib, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada aks etgan barcha masalalar e'tiborga olingan. Darslikdan nafaqat akademik litseylar o'quvchilari, balki barcha kitobxonlar Konstitutsiyani o'rganishda foydalanishi mumkin.
-
Xalqaro xavfsizlik asoslari
Madaminova D. I.,Mazkur o'quv qo'llanmada xavfsizlik tushunchasiga oid qarashlar, xalqaro xavfsizlikni ta'minlash borasidagi yondashuvlar va bu boradagi manfaatlar mutanosibligiga erishish yuzasidan tanqidiy, tahliliy fikrlar keltirilgan, shuningdek, muammoli-siyosiy vaziyatlarni amaliy tahlil qilishning asosiy uslubiy tamoyillari va usullari keltirilgan bo'lib, unda amaliy xalqaro xavfsizlik muammosi bilan bog'liq konseptual modellarni amalda qo'llash bo'yicha asosiy ko'rsatmalar o'rin olgan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 18-martdagi 61-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 61-24).
-
-
-
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar: O'zbekiston va xalqaro amaliyot
Yakubova I.B.,Darslik Mualliflik huquqi fanidan o'quv dasturiga muvofiq tayyorlangan. Darslikda mualliflik huquqi tushunchasi va kelib chiqish tarixi, mualliflik huquqining subyektlari va obyektlari, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar: xalqaro hujjatlar va milliy qonunchilik, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlar, mutlaq huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazish to'g'risidagi mualliflik shartnomasi, litsenziya shartnomasini amalga oshirish, buyurtmaning mualliflik shartnomasi, mualliflik huquqlarini kollektiv boshqarish, shuningdek, mualliflik huquqini himoya qilish va javobgarlik masalalari yoritib berilgan. Bakalavr hamda magistratura talabalari praktikum yordamida, jumladan, nazariy savollar va kazuslar yordamida o'z bilimlarini sinab ko'rishlari mumkin. Darslik yuridik oliy ta'lim muassasalari talabalari, tadqiqotchilar va o'qituvchilar, shuningdek, sud va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun mo'ljallangan. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 31-iyuldagi 163-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 163-24).
-
Davlat va huquq tarixi: (O'rta asrlar davlati va huquqi tarixi) II qism
Muhamedov Η.,Darslik Davlat va huquq tarixi fani dasturi asosida huquqiy va tarixiy fanlarning eng so'nggi yutuqlarini hisobga olgan holda yozildi. Unda o'rta asrlarda G'arbiy, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlari: Franklar davlati, Fransiya, Germaniya, Angliya, Vizantiya, Rossiya hamda Sharq mamlakatlaridan Arab xalifaligi, Xitoy, Yaponiya, Hindiston hamda O'zbekiston hududida davlat va huquqning rivojlanishi xususiyatlari va qonuniyatlari xronologik izchillikda yoritildi. Darslik oliy o'quv yurtlarining huquq, tarix yo'nalishlari talabalari, magistrlari, o'qituvchilari va jahon mamlakatlari davlatchiligi hamda huquqi tarixi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Ingliz huquqi asoslari
Mamanazarov S.Sh.,Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti Ingliz shartnoma huquqi moduli dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lib, nazariy bilimlar va amaliy misollarni uyg'unlashtirgan holda, o'quvchilarga shartnomalar tuzish, tahlil qilish va nizolarni hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu o'quv qo'llanma olimlar, sud-huquq sohasidagi mutaxassislar va huquqshunoslik yo'nalishi talabalari, shuningdek, xalqaro tijorat huquqi, qiyosiy huquqshunoslik, ingliz huquqi, xususan, ingliz shartnoma huquqi bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun mo'ljallangan.
-
Korrupsiyaga qarshi kurashishda komplayens nazorat tizimi
Niyozova S., Hakimov K.,Ushbu darslikda korrupsiyaga qarshi komplayens nazoratning mohiyati, funksiyalari va xalqaro prinsiplari yoritilgan. Shuningdek, komplayens tizimining rivojlanish tarixi, uni O'zbekistonda joriy etish masalalari, asosiy yo'nalishlari, turlari va shakllari, milliy qonunchilikdagi asoslari hamda xalqaro standart va tavsiyalar bayon etilgan. Korrupsiyaviy xavf-xatarlar, ularning sabablari, baholash va monitoring usullari, ichki komplayens tizimining bosqichlari hamda nazorat va moliyaviy tekshiruvlarni muvofiqlashtirish masalalari ham ko'rib chiqiladi. Darslik oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalari talabalari, doktorantlar, tadqiqotchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga mo'ljallangan.
-
-
Legan Tech
Eshonqulov J.,Ushbu o'quv qo'llanma yuridik soha va texnologiyalarning integratsiyasi, huquqiy xizmatlar va jarayonlarni avtomatlashtirish, optimallashtirish va raqamlashtirish masalalarini kompleks tarzda o'rganadi. O'quv qo'llanmada zamonaviy texnologik yechimlarga asoslangan huquqiy xizmatlarning yangi shakllari, yuridik amaliyotda sun'iy intellekt va blokcheyn texnologiyalarini qo'llash, huquqiy ma'lumotlarni qayta ishlashning innovatsion usullari hamda raqamli transformatsiya jarayonida yuzaga kelayotgan imkoniyatlar va qiyinchiliklar atroflicha muhokama qilinadi.
-
-
Ma'muriy huquq: Umumiy qism (1)
Nematov J.N.,Ushbu darslikda ma'muriy huquqning umumiy tavsifi, ma'muriy faoliyat shakllari, ma'muriy akt, ma'muriy protseduralar, ommaviy (davlat) xizmatlarini ko'rsatishni o'rganishga qaratilgan mavzular yoritilgan. Darslik talabalarning mazkur mavzularga oid ilmiy-nazariy qarashlarini, qonunchilik hujjatlari hamda amaliyot to'g'risidagi tasavvurlarini yanada boyitish, xorijiy davlatlar, xususan, Yaponiya, Germaniya olimlarining ma'muriy huquq fani bo'yicha asosiy ilmiy qarashlari bilan tanishtirishni maqsad qilgan. Nashr ma'muriy huquq fani bo'yicha oliy yuridik ta'lim jarayonida asosiy manba sifatida foydalanish uchun mo'ljallangan.
-
Energetika huquqi
Xolmo'minov J.,Ushbu darslikda global iqlim o'zgarishi sharoitida energetika huquqini o'rganish, energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi, energetika sohasida shartnomaviy munosabatlar, ekologik talablarni amalga oshirishning huquqiy holati, energetik xavfsizlik masalalari, energiya bilan ta'minlashda quyosh va shamol energiyasini o'zlashtirish holatida qo'llanadigan ekologik-huquqiy talablar, yer harorati (geotermal), suv oqimlarining tabiiy harakati, biomassa energiyasini o'zlashtirish jarayonida qo'llanadigan ekologik-huquqiy talablarga e'tibor qaratilgan. Shuningdek, energetika sohasidagi qonun talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlik, muqobil (qayta tiklanuvchi) energiya manbalaridan foydalanish, bioenergetika, biogaz texnologiyalari va geotermal energiyasi, shu bilan birga, xorijiy mamlakatlarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishga o'tish tajribasi va ularning kelajak istiqbollari hamda atom energiyasidan foydalanishni huquqiy tartibga solish masalalari atroflicha tahlil qilingan. Mazkur darslik talabalar va magistrantlar, professor-o'qituvchilar, ilmiy xodim-izlanuvchilar va ushbu sohaga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
-