-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Сиёсий адабиёт,
-
-
-
-
-
-
Rim huquqi
Topildiyev B.R,Ushbu o'quv qo'llanmada Rim huquqi tushunchasi va uning predmeti, tizimi va manbalari, huquqni himoya qilish shakllari, shaxslar tushunchasi, oilaviy- huquqiy munosabatlar, ashyoviy va mulkiy huquqlar, majburiyat huquqi tushunchasi va majburiyatlarning alohida turlari, vorislik huquqi kabi masalalar yoritib berilgan. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining huquqshunoslik mutaxassisligi talabalariga moʻljallangan.
-
Fuqarolik ishlari bo'yicha protessual hujjatlar
Mualliflar jamoasi,Mazkur o'quv qo'llanmada fuqarolik sud ishlarini yuritishga oid protsessual hujjatlar, ularning turlari va rasmiylashtirish tartibi, shuningdek, har bir mavzuga oid asosiy tushunchalar, nazorat uchun savollar va topshiriqlar, kazuslar, protsessual hujjatlardan namunalar o'rin olgan. O'quv qo'llanma bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari, magistratura talabalari, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilar, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, shuningdek keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Xalqaro tashkilotlar huquqi
Mualliflar jamoasi,O'zbekiston Respublikasi Presidentining 2013-yil 28-iyundagi "Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to'g'risidagi PQ-1990-sonli va 2017-yil 28-apreldagi "Toshkent davlat yuridik universutetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PQ-2932-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash, talabalarda Xalqaro tashkilotlar huquqi fani bo'yicha nazariy bilimlarni va xalqaro tashkilotlar faoliyatiga oid hamda ular tomonidan qabul qilingan normalarni qo'llashga doir ko'nikmalarni shakllantirish maqsadida ushbu o'quv qo'llanma ishlab chiqildi. Mazkur o'quv qo'llanma xalqaro tashkilotlar tushunchasi, tarixi, manbalari va prinsiplari, xalqaro tashkilotlarning asosiy turlari, o'ziga xos xususiyatlari, tashkilotlarning o'zaro hamkorligi, bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasining xalqaro huquq subyekti sifatida xalqaro munosabatlar va xalqaro huquqqa ko'rsatayotgan ta'siri, xalqaro tashkilotlar faoliyatidagi ishtirokini o'rganish bo'yicha ma'lumotlar, mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari, muammoli vaziyatlarga oid masalalar berilgan. O'quv qo'llanma olimlar, sud-huquq sohasidagi mutaxassislar, tadqiqotchilar. yuridik ta'lim muassasasi talabalari va xalqaro tashkilotlar huquqi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar uchun mo'ljallangan.
-
Xalqaro soliq huquqi
Turaboyev I,Ushbu o'quv qo'llanma xalqaro soliq huquqining asosiy tavsifi, ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish bo'yicha xalqaro shartnomalar, xalqaro soliq huquqida soliq solishning asosiy prinsiplari, transfert narxlar: tushunchasi, ularni aniqlashning umumiy usullari va huquqiy tartibga solish, xalqaro soliq huquqiy munosabatlarida soliq to'lashdan bo'yin tovlash va qochishga qarshi kurashish usullari, xalqaro soliq solish masalalarida hamkorlik asoslari va glossariylar yoritib berilgan. Mazkur qo'llanma oliy o'quv yurtlarining yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi talabalari hamda keng jamoatchilik uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanma "Huquqiy fanlar va predmetlar bo'yicha yangi avlod darsliklari va o'quv qo'llanmalarini tayyorlash kompleks dasturi" doirasida tayyorlangan.
-
Huquqiy sohada tizimli tahlil
Mannopova E.T, va boshqalar,Mazkur o'quv qo'llanma bir qancha fanlar (matematika, mantiq, falsafa, psixologiya, iqtisod va h.k.) kesishmasida hosil bo'lgan ilm sohasining yangi bir yo'nalishi hisoblanadi. Qo'llanma bakalavr yo'nalishining 5240100 "Yurisprudensiya" faoliyat turlarining barcha sohasida ta'lim oluvchi talabalar uchun mo'ljallangan. Qo'llanmaning maqsadi talabalarda har qanday sharoitda masala yechimiga tizimli yondashuv asosida qarash, qaror qabul qilish uchun ma'lumotlarni taqdim qila olish, turli alternativ yechimlarni ishlab chiqa olish, boshqaruvda tez qaror qabul qila olish hamda vaziyat va imkoniyatlarni to'g'ri baholay olishga doir bilim va ko'nikmalarni shakllantirishdan iborat. Ushbu kitob xodimlar uchun mo'ljallangan.
-
Нравственные основы теории государство и право (статья)
Мартышин О.В.,статья в журнале "Государство и право", 2005, № 7, с. 5-12
-
Взаимодействие договоров с иными категориями российского гражданского права (статья)
Кабалкин А.Ю.,статья в журнале "Государство и право", 2005, № 7, с. 24-30
-
Эркин иқтисодий зоналарнинг ҳуқуқий мақоми
Камалов М.Н.Имомов,Мазкур ўқув қўлланмада эркин иқтисодий зоналар фаолиятининг хусусиятлари, уларни барпо этиш мақсади ва сабаблари, ушбу ҳудудларнинг жаҳон иқтисодий муносабатларида тутган ўрни, эркин иқтисодий зоналар ҳудудида тузиладигн инвестиция шартномалари, экспорт ва импорт битмлари ҳамда уларни тузишга қўйиладиган талаблар, эркин иқтисодий зоналарда корпоратив бошқарувни яхшилашга қаратилган қонунчилик ҳужжатларини такомиллаштириш каби масалалар ёритилган. Ушбу ўқув қўлланма магистрантлар ва кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Давлат хизмати
Хожиев Э.Т.,Мазкур ўқув қўлланмада давлат хизмати тушунчаси, ўзига хос хусусиятлари, мақсади ва вазифалари, ҳуқуқий асослари ва асосий принциплари; давлат - хизмат муносабатлари; давлат хизматчилари тушунчаси, хусусиятлари, таснифи ва ҳуқуқий мақоми; Ўзбекистон Республикасида давлат хизматини ўташ ва давлат - хизмат муносабатларнинг тугатилиши; ривожланган давлатларда давлат хизматини ташкил этиш ва амалга ошириш амалиётига қаратилган масалалар ёритиб берилган.
-
Давлат ва ҳуқуқ назарияси
Сайдуллаев Ш.,Мазкур дарслик "Давлат ва ҳуқуқ назарияси" модули бўйича таёйорланган бўлиб, унда модулнинг ўқув дастури асосида мавзулар ва уларнинг мазмунига оид жавоблар, жадваллар, муаммоли саволлар ҳамда тавсия этиладиган адабиётлар рўйхати ўз ифодасини топган. Дарслик олий юридик таълим муассасаларининг бакалавриат йўналиши талабаларига ҳамда давлат ва ҳуқуқ масалаларига қизиқувчи китобхонларнинг кенг доирасига мўлжалланган.
-
Давлат ва ҳуқуқ назарияси
Сайдуллаев Ш.,Мазкур дарслик "Давлат ва ҳуқуқ назарияси" модули бўйича таёйорланган бўлиб, унда модулнинг ўқув дастури асосида мавзулар ва уларнинг мазмунига оид жавоблар, жадваллар, муаммоли саволлар ҳамда тавсия этиладиган адабиётлар рўйхати ўз ифодасини топган. Дарслик олий юридик таълим муассасаларининг бакалавриат йўналиши талабаларига ҳамда давлат ва ҳуқуқ масалаларига қизиқувчи китобхонларнинг кенг доирасига мўлжалланган.
-
-
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримов Фаолияти хроникаси
Ислом Каримов,Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 1989-2012 йиллар давомидаги сиёсий фаолияти хроникаси акс эттирилган ушбу китоб билан танишар эканмиз, давлатимиз раҳбарининг кўп қирралари фаолияти мисолида Ватанимизнинг истиқлол тарихи тараққиёт йўли бугун кўз ўнгимизда яққол намоён бўлади.
-
Oshkora qotillik qissasi
Markes G.G,„Oshkora qotillik qissasi" kitobida siz bir-biriga o'xshamagan, turfa xil insonlarning taqdiri bilan tanishasiz. Yozuvchi turmush va hayotning nozik, ko'z ilg'amas jihatlarini mahorat bilan tasvirlaydi. Asarda ko'pchilik qotillikni ro'y berishini, qotillarning maqsadini aniq bilsa-da, lekin hech kim qurbonni qutqara olmaydi. Nima uchun yoshgina yigit halok bo'ladi? Sallohlar nima maqsadda qo'llarini qonga bo'yadilar? Bu savollarga javobni ushbu asardan olasiz... Shuningdek, ushbu to'plamdan adibning bir qator sara hikoyalari o'rin olgan.
-
Yuridik texnika
A.Sodikov,Mazkur darslik o'quvchilarga turli yuridik hujjatlarni tayyorlashda zarur bo'lgan yuridik-texnik qoidalarni samarali qo'llash, yuridik-texnik usul va vositalardan foydalanish,yuridik faoliyatni amalga oshirish yuzasidan amaliy ko'nikmalarni egallash, shuningdek, yuridik-texnik va mazmun jihatdan mukammal normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa yuridik hujjatlar
-
Ma'muriy huquq
K.G'oziyev,Ushbu darslikda ma'muriy huquq predmeti, subektlari, manbalari; davlat boshqaruvining ma'muriy-huquqiy shakllari; ma'muriy protseduralar va ma'muriy akt; ommaviy xizmatlar ko'rsatish tartib-taomillari va davlat xizmati; ma'muriy yustitsiya ma'muriy majburlov va ma'muriy rejimlar masalalari bayon qilingan
-
Yuridik xizmat: nazariya va amaliyot uyg'unligi
Narziyev O.S.,Ushbu o'quv qo'llanma so'nggi yillarda mamlakatimizda aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari faoliyatida adolat hamda qonun ustuvorligini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan tizimli islohotlarga mos tarzda yuridik xizmat sohasida tayyorlanayotgan kadrlarning bilimi, malakasi va saviyasini oshirishda qo'llash maqsadida tayyorlangan. O'quv qo'llanma yuridik xizmat xodimlari faoliyatiga oid nazariy masalalar; xorij va milliy tajribadan kelib chiqqan holda amaliy maslahatlar; yurist faoliyatida zarur bo'lgan huquqiy hujjatlarning namunalari; sohaga oid asosiy normativ-huquqiy hujjatlar tahlillari; har bir mavzuga oid kazuslar, mantiqiy savollar va testlar hamda foydalanilgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati kabi ham nazariy, ham amaliy jihatdan foydali ma'lumotlardan iborat tarzda tuzilgan.
-
BMT xalqaro sudi
Miruktamova F.L,Mazkur o'quv qo'llanma BMT Xalqaro sudi huquqiy maqomi, faoliyati, yurisdiksiyasi bilan bog'liq masalalar va ishlash mexanizmiga doir ma'lumotlarni aks ettiradi. O'quv qo'llanmada BMT Xalqaro sudida davlatlar o'rtasidagi nizoli ishlar bo'yicha sud ishini yuritish, sudning konsultativ xulosalar berish taomili bo'yicha faoliyatiga doir batafsil ma'lumotlarni olish mumkin. O'quv qo'llanma oliy yuridik ta'lim talabalari, magistrantlari va xalqaro huquq sohasiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Sharhlash hujjatlarning yuridik texnikasi
Mazkur o'quv qo'llanma sharhlash hujjatlarining yuridik-texnik qoidalarini batafsil tahlil etadi. O'quv qo'llanmada yuridik hujjat tushunchasi, yuridik hujjat turlari, huquq normalarini sharhlashning nazariy tavsifi, huquq normalarini sharhlashda qo'llanadigan usullar, huquq normalarini sharhlash turlari, huquq normalariga rasmiy sharh berishning mantiq, til, rasmiy rekvizit va tartib-taomil qoidalari, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi tomonidan legal sharhlash, kazual sharhlash hujjatlari tushuntirib beriladi. Mazkur o'quv qo'llanma yurisprudensiya ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan bakalavriat bosqichi talabalari uchun uchun mo'ljallangan.