-
-
-
-
-
-
-
Jinoyat ishi yurituvini to'xtatish va qayta tiklash instituti
Tulaganova G.Z, Boboxonov A.A., Ro'ziyev B.M., -
-
-
-
-
Ma‘lumotlar kommunikatsiyalari va tarmoq texnologiyalari. II jild
Ligang X.,Darslik kompyuter tarmoqlarini o'rnatish maqsadida Huawei tarmoq qurilmalaridan va kompyuter tarmoqlari nazariyalari uchun tajribalar hamda holatlarni loyihalashtirish yo'lidagi o'quv muhitini yaratishda virtual mashinalardan foydalanadi. U kompyuter ma'lumotlari aloqasi nazariyalari bo'yicha chuqur bilimga ega va tashkilot tarmoqlarini loyihalash hamda sozlash uchun Huawei routerlari, kalitlari, shuningdek, simli va simsiz qurilmalardan foydalanishi mumkin bo'lgan tarmoq muhandislarini tayyorlashda muhim manba hisoblanadi. Mazkur xorijiy o'quv adabiyoti professor-o'qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarning o'quv va ilmiy faoliyatida foydalanish uchun mo'ljallangan. Shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar va keng ilmiy jamoatchilik uchun tavsiya qilinadi. Ushbu xorijiy o'quv adabiyotidan tijorat maqsadida foydalanish qat'iyan man etiladi.
-
Ma‘lumotlar kommunikatsiyalari va tarmoq texnologiyalari. I jild
Ligang X.,Darslik kompyuter tarmoqlarini o'rnatish maqsadida Huawei tarmoq qurilmalaridan va kompyuter tarmoqlari nazariyalari uchun tajribalar hamda holatlarni loyihalashtirish yo'lidagi o'quv muhitini yaratishda virtual mashinalardan foydalanadi. U kompyuter ma'lumotlari aloqasi nazariyalari bo'yicha chuqur bilimga ega va tashkilot tarmoqlarini loyihalash hamda sozlash uchun Huawei routerlari, kalitlari, shuningdek, simli va simsiz qurilmalardan foydalanishi mumkin bo'lgan tarmoq muhandislarini tayyorlashda muhim manba hisoblanadi. Mazkur xorijiy o'quv adabiyoti professor-o'qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarning o'quv va ilmiy faoliyatida foydalanish uchun mo'ljallangan. Shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar va keng ilmiy jamoatchilik uchun tavsiya qilinadi. Ushbu xorijiy o'quv adabiyotidan tijorat maqsadida foydalanish qat'iyan man etiladi.
-
Kulrang shlyapali xakerlik. II jild
Xarper A. va boshq.,Kulrang shlyapali xakerlik" (Axloqiy xakerlik qo'llanmasi) kitobida axloqiy xakerlik nima ekanligi, dasturlashning asosiy ko'nikmalari, muhandislik vositalari haqida so'z boradi. Kitob mutaxassislar, ushbu soha bo'yicha tahsil olayotgan talabalar va axloqiy xakerlikka qiziqqanlar uchun mo'ljallangan. Mazkur xorijiy o'quv adabiyoti professor-o'qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarning o'quv va ilmiy faoliyatida foydalanishi uchun mo'ljallangan. Shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar va keng ilmiy jamoatchilik uchun tavsiya qilinadi. Ushbu xorijiy o'quv adabiyotidan tijorat maqsadida foydalanish qat'iyan man etiladi.
-
Kulrang shlyapali xakerlik. I jild
[],"Kulrang shlyapali xakerlik" (Axloqiy xakerlik qo'llanmasi) kitobida axloqiy xakerlik nima ekanligi, dasturlashning asosiy ko'nikmalari, muhandislik vosita- lari haqida so'z boradi. Kitob mutaxassislar, ushbu soha bo'yicha tahsil olayotgan talabalar va axloqiy xakerlikka qiziqqanlar uchun mo'ljallangan. Mazkur xorijiy o'quv adabiyoti professor-o'qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarning o'quv va ilmiy faoliyatida foydalanishi uchun mo'ljallangan. Shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar va keng ilmiy jamoatchilik uchun tavsiya qilinadi. Ushbu xorijiy o'quv adabiyotidan tijorat maqsadida foydalanish qat'iyan man etiladi.
-
Huquqshunoslik
Salmond J.V.,Jon V. Salmondning "Huquqshunoslik asari XX asr boshlarida yozilgan huquq nazariyasi va ilm-faniga oid ilmiy risoladir. Kitobda huquqshunos talabalarga, soha mutaxassislari va huquq nazariyasiga qiziqqan oddiy o'quvchilarga huquqiy tamoyillar haqida tushuncha berilgan. Muallif fuqarolik huquqi, xalqaro huquq va tabiiy huquq kabi huquqshunoslikning turli sohalarini o'rganib, huquqiy tizimlar asosidagi ta'limotlarni shakllantirgan. Mazkur xorijiy o'quv adabiyoti professor-o'qituvchilar, doktorantlar, magistrantlar va talabalarning o'quv va ilmiy faoliyatida foydalanish uchun mo'ljallangan. Shuningdek, ilmiy izlanishlar olib borayotgan mustaqil tadqiqotchilar va keng ilmiy jamoatchilik uchun tavsiya qilinadi. Ushbu xorijiy o'quv adabiyotidan tijorat maqsadida foydalanish qat'iyan man etiladi.
-
Sematik idare yargilama hukuku
Yayla A.,Elinizde bulunan bu kitap hukuk fakültesi lisans derslerinde anlatılan İdare Hukuku der- sinin konularını şemalarla ve tablolarla aktarmaya çalışmaktadır. Bu bakımdan kitap öncelik- le lisans öğrencileri tarafından dersin kolay anlaşılabilmesine hizmet etmektedir. Bunun yanı sıra, kitapla, uygulamacılar tarafından temel kuralların hızlıca gözden geçirebilmesi de hedef- lenmiştir. Hukuk Fakültemizin dekanı, değerli hocamız Prof. Dr. Emre Gökyayla'ya sağladığı rahat, kaliteli ve mutlu çalışma ortamı için minnettarız. Kitabın hazırlanması sürecinde hiçbir yar- dımı esirgemeyen Dr. Deniz Meraklı Yayla'ya teşekkür ederiz. Kitabın basılmasında emeği geçen Sayın Mutlu Dinç, Sayın Sercan Ceber ve diğer tüm Seçkin Yayıncılık çalışanlarına teşekkürü borç biliriz.
-
Xotira nuri
Xotira nuri" hali oramizda hayot bo'lgan o'zbek faxriylarining xotiralari aks etgan kitobdir. Ular o'z hayot yo'llari, jasoratlari orqali tinchlik qadrini esga soladilar. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va guvohlarining xotiralarini jamlash va saqlab qolish g'oyasi Shaxnoza Mirziyoyevaning tarixga va insonga bo'lgan e'tibori bois yuzaga keldi. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari yurtimizning turli hududlariga borib, 14 nafar faxriyning hayot yo'li haqidagi hikoyalari va xotiralarini yozib oldilar. Shu orqali kitob sahifalarida butun O'zbekiston ovozi yangradi. Bu shunchaki xotiralar to'plami emas, bu kitob avlodlar muloqoti, haqiqat va ruhni anglatadigan suhbat, urush dahshatlarini o'z ko'zi bilan ko'rgan odamlarning o'zidan chin e'tiroflarni eshitish imkoniyatidir. Ularga kelajakni qurishga ruhiy bardosh, jasorat va ishonch tuyg'ulari yordam bergan.
-
Rustam Qosimov zamondoshlari xotirasida
Yaxshilarning ikkinchi umri bo'ladi, deganlari rost. Ular dunyodan o'tsalarda, bu hayotda amalga oshirgan ezgu va xayrli ishlari, nurli xotiralari odamlar qalbida yashayveradi. Taniqli davlat va jamoat arbobi, sharqshunos olim, mohir pedagog va diplo- mat Rustam Sobirovich Qosimov hayot bo'lganida bu yil 70 yoshni qarshilar edi. Qo'lingizdagi to'plamdan bu zahmatkash va fidoyi insonning ibratli hayot yo'li, qizg'in ijtimoiy-siyosiy faoliyati, betakror fazilatlari haqida zamondoshlari va yaqin do'stlari, hamkasblari va shogirdlarining samimiy xotiralari o'rin olgan. Kitob keng o'quvchilar ommasiga mo'ljallangan.
-
O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to'g'risidagi qonunining qo'llanishilishi yuzasidan
O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to'g'risidagi qonunining qo'llanilishi yuzasidan o'quv uslubiy qo'llanma // Mirhamidova M.N., Kadirova N.R., Xamdamova Sh.M. - T.: JIDU nashriyoti, 2024, 176-bet. O'quv-uslubiy qo'llanma Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti O'quv-uslubiy kengashi majlisining 2024 yil 1 iyun «UM-73» sonli majlisi bayonnomasi bilan tasdiqlangan va nashrga tavsiya qilingan (ro'yxatga olish raqami XH-73-162405). Mazkur qo'llanma AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) orqali ko'rsatilgan Amerika xalqining yordami asosida yaratilgan. Mahsulot mazmuni bo'yicha mas'uliyat Tetra Tech DPK ga yuklatiladi va USAID yoki AQSh hukumati rasmiy nuqtai nazarini aks ettirishi shart emas.
-
Boshqaruv evolyutsiyasi: menejmentning zamonaviy tendensiyaslari va amaliy jihatlari
O'ktamova N.,Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma menejment nazariyasining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, davlat moliyasi tizimining iqtisodiy mohiyati hamda raqamli transformatsiya jarayonlarining boshqaruvdagi o'rni va ahamiyatini qamrab oladi. Unda rivojlangan mamlakatlar tajribasi, davlat budjeti boshqaruvi, shuningdek, O'zbekistonning raqamli islohotlar yo'lidagi amaliy harakatlari tahlil qilinadi. Qo'llanma nafaqat oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalari talabalari va magistrantlari, balki ilmiy izlanuvchilar, tashkilot rahbarlari, HR mutaxassislari hamda boshqaruv sohasida malakasini oshirishni istagan barcha mutaxassislar uchun nazariy va amaliy jihatdan foydali manba bo'lib xizmat qiladi. Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 27-dekabrdagi 228-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 228-14).
-
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish
Abzalova X.M.,Ushbu o'quv qo'llanmada voyaga yetmaganlar uchun jinoiy javobgarlikning umumiy asoslari hamda voyaga yetmaganlarga nisbatan majburlov choralarini qo'llashda ayrim xorijiy davlatlar tajribasi, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabab va shart-sharoitlari, voyaga yetmagan jinoyatchi shaxsi, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining profilaktikasi hamda ayrim xorijiy davlatlarda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish masalalari bayon etilgan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2022-yil 28-dekabrdagi 412-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami-412-6).
-
Sport kontraktlari huquqi
Musayev B., Oqyulov O., Imomov N.,Ushbu darslikda sport kontraktlari tushunchasi, xususiyati haqida tushuncha berilib, sport kontraktining huquqiy tavsifi, kontraktni tuzish va bu jarayonda sport agentining faoliyati, sport shartnomasini xalqaro huquqiy qo'llab-quvvatlashning rivojlanish istiqbollari hamda yo'nalishlari bilan birga, sportchi, murabbiylarning, ish beruvchining huquq va majburiyatlariga oid mavzular o'rin olgan. Shuningdek, sport shartnomasi shartlarini buzganlik uchun tomonlarning javobgarligi, professional sportchilar, trenerlar huquq va manfaatlarini himoya qilish usullari kabi masalalar fuqarolik huquqi nuqtayi nazaridan yoritilgan. Darslik yurisprudensiya sohasida tahsil olayotgan talabalar, tadqiqotchilar va sportning huquqiy asoslariga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan. Mazkur darslik Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2022- yil 28-dekabrdagi 412-um-sonli buyrug'iga ko'ra nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 412-65).
-
Xalqaro ekologiya huquqi fanidan amaliy kazuslar to'plami
Nishonov A.U.,Mazkur o'quv qo'llanmada O'zbekiston Respublikasi tomonidan ekologiya va atrof-muhit sohasini tartibga soluvchi 18 ta xalqaro konvensiya, atrof-muhit muhofazasiga doir ikki va ko'p tomonlama shartnomalar, boshqa xalqaro hujjatlar bilan tartibga solishga qaratilgan 200 ta muammoli holatni o'zida aks ettirgan amaliy kazuslar jamlangan. Ularning aksariyati dunyo amaliyotida sodir bo'lgan ekologik nizolar asosida tayyorlangan. Ushbu o'quv qo'llanma ilmiy xodimlar, amaliyotchilar, xalqaro ekologiya huquqi sohasi bilan bog'liq masalalar ustida ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar, magistrlar hamda mavzuga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 27-dekabrdagi 228-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami-228-13).
-
Fuqarolik huquqida pul majburiyatlari
Imomov N., Shoraxmetova U., Babajanova D.,Mazkur o'quv qo'llanmada fuqarolik huquqida pul majburiyatlari tushunchasi, uning mohiyati va o'ziga xos xususiyatlari, ahamiyati, pul majburiyatlarining turlari hamda ularning klassifikatsiya qilinishi, pul majburiyatlarini fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish masalalari, pul bo'yicha majburiyatlarni bajarishning o'ziga xos xususiyatlari, pul majburiyatlarini buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik muammolari yoritilgan. O'quv qo'llanma yurisprudensiya yo'nalishi bo'yicha bakalavr va magistratura bosqichida o'qiyotgan talabalar, qolaversa, sohaga qiziqqan keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2022-yil 28-dekabrdagi 412-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami -412-58).
-
Soliq majburiyatlarning huquqiy asosi
Ergashev I.A.,Mazkur o'quv qo'llanmada soliq majburiyatini bajarishning mazmun- mohiyati, bajarish tartibi va tugatilishi, ta'minlash usullari kabi masalalar bayon etilgan. O'quv qo'llanmada mavzuga oid taqdimotlar, muammoli savollar, testlar hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati o'z ifodasini topgan. O'quv qo'llanma oliy yuridik ta'lim muassasalari talabalariga mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2023-yil 22-dekabrdagi 224-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 224-1).
-
Jinoyat ishi yurituvini to'xtatish va qayta tiklash instituti
Tulaganova G.Z, Boboxonov A.A., Ro'ziyev B.M.,Mazkur o'quv qo'llanma jinoyat protsessining muhim institutlaridan biri hisoblangan jinoyat ishi yurituvini to'xtatish, tiklash, uning protsessual tartibi va asoslari masalalariga bag'ishlangan. O'quv qo'llanma yuridik oliy o'quv yurtlarining magistratura va bakalavriat bosqichida ta'lim oluvchi talabalar, tinglovchilar hamda surishtiruv, tergov faoliyati bilan qiziquvchi keng kitobxonlarga mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 27-dekabrdagi 228-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 228-21).
-
Sport sohasidagi nizolarining ko'rib chiqilishi
Turdialiyev M.P.,Mazkur o'quv qo'llanma sport sohasidagi nizolarni hal etish masalalariga bag'ishlangan bo'lib, unda FIFA Nizolarni hal qilish palatasi (DRC) va Sport arbitraj sudi (CAS) faoliyati, sport mediatsiyasi institutining xususiyatlari hamda sport nizolarini hal etishning zamonaviy tendensiyalari kompleks tahlil qilingan. O'quv qo'llanmada sport nizolarining o'ziga xos xususiyatlari, ularni hal etishning xalqaro mexanizmlari va milliy amaliyotni takomillashtirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, CAS qarorlarining pretsedent ahamiyati, arbitrlarning huquqiy maqomi va ularning o'zaro munosabatlari masalalari chuqur o'rganilgan. O'quv qo'llanmada sport nizolarini hal etish mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 27-dekabrdagi 228-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami -228-22).
-
Ona tili
Choriyev O.,Ushbu o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyning 1-bosqich o'quvchilariga mo'ljallangan bo'lib, milliy til, adabiy til, fonetika, grafika, orfoepiya va orfografiya kabi tilshunoslik bo'limlarini qamrab olgan holda o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqlarini yanada takomillashtirish, ularning siyosiy-ijtimoiy soha hamda yurisprudensiya doirasidagi turli matnlarni savodli yoza olish ko'nikmalarini shakllantirishga ko'maklashadi. O'quv qo'llanma bo'lajak huquqshunos mutaxassislar, akademik litseyning 1-bosqich o'quvchilari hamda tilshunoslikka qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 7-maydagi 87-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 87-01).
-
Zamonaviy yurist uchun legal tech vositalari
Inoyatov N.X.,Mazkur o'quv qo'llanmada Legal Tech tushunchasi va uning zamonaviy yuridik amaliyotdagi o'rni, O'zbekistonda Legal Techning rivojlanish istiqbollari, kriptovalyutalar va raqamli aktivlar hamda blokcheyn texnologiyasining huquqiy tartibga solinishi, kiberxavfsizlik va ma'lumotlarni himoya qilish, saqlash va sinxronlashtirish, shuningdek, Yuridik ma'lumotlar xavfsizligi va mijoz ma'lumotlarini himoya qilish, sun'iy intellektni huquqiy tartibga solish, "machine learning" va bulutli texnologiyalar haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. O'quv qo'llanma oliy yuridik o'quv yurtlarining talabalari, tadqiqotchilari, doktorantlari, o'qituvchilari va ushbu sohaga qiziqqan keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2024-yil 27-dekabrdagi 228-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 228-9).
-
HR-menejment va biznes modellari
Tuxtasinov N.,"HR-menejment va biznes modellari" o'quv qo'llanmasi zamonaviy biznes muhitida inson resurslarini boshqarishning ahamiyati va uning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o'rnini chuqur tahlil qilishga bag'ishlangan. Unda inson resurslarining rivojlanish strategiyalari, inson kapitalining turlari va uning iqtisodiyot bilan bog'liqligi, shuningdek, tashkilot maqsadlariga erishish yo'lida resurslarni samarali boshqarish va brend boshqaruvi, autsorsingning kompaniyalar uchun asosiy afzalliklari va kamchiliklari kabi mavzular atroflicha bayon etiladi. Mazkur o'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2025-yil 31-iyuldagi 163-um-sonli buyrug'iga asosan nashrga tavsiya etilgan (ro'yxatga olish raqami - 163-55).