-
Jinoyat protsessida amaliy ko'nikmalarni rivojlantirish bo'yicha klinik seminarlar
Abdurashidov A.A., Mamataliyeva Sh.X.,Ta'lim, -
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
юриспруденция,
-
-
-
-
-
-
Jinoyat protsessida amaliy ko'nikmalarni rivojlantirish bo'yicha klinik seminarlar
Abdurashidov A.A., Mamataliyeva Sh.X.,Ushbu o'quv qo'llanma jinoyat protsessida amaliy ko'nikmalarni rivojlantirish boʻyicha klinik seminarlar o'quv moduli mavzulari asosida tayyorlangan bo'lib, jinoyat protsessi doirasida qonunchilik hujjatlari bilan ishlash, normalarni sharhlash, prokuratura, surishtiruv va tergov organlari, sud va advokatura organlarida elektron hujjat almashinuvi, jinoyat protsessi bilan bog'liq bo'lgan barcha protsessual hujjatlarni rasmiylashtirish, jumladan, qaror, (xususiy) ajrim, bayonnoma, taqdimnoma, protest, shikoyat, hukm kabilar bilan bevosita ishlashni o'z ichiga oladi. O'quv qo'llanma yuridik oliy o'quv yurtlarining bakalavriat bosqichida ta'lim oluvchi talabalar hamda jinoyat protsessida amaliy ko'nikmalarni rivojlantirish bo'yicha klinik seminarlar moduli bilan qiziquvchi keng kitobxonlarga mo'ljallangan.
-
Xalqaro migratsiya
Rasulov J.,Mazkur o'quv qo'llanma xalqaro huquqning yangi shakllanayotgan sohalaridan biri xalqaro migratsiya huquqi masalalariga oid eng muhim tushuncha va institutlarni o'z ichiga olgan. Jumladan, unda migratsiya turlari, xalqaro migratsiya huquqi tushunchasi va predmeti, uning tarixi hamda ilmiy yondashuvlar, xalqaro migratsiya ta'limoti, prinsiplari, uni boshqarishning institutsional tuzilmasini shakllantirish borasidagi zamonaviy qarashlar haqida so'z boradi. Mavzular doirasida xalqaro sud organlarining qarorlari va xalqaro tashkilotlarning hujjatlari, asosiy ixtisoslashgan tashkilotlar faoliyati ko'rib chiqiladi. O'quv qo'llanma yuridik oliy ta'lim muassasalarida tahsil oluvchi magistratura talabalari, xalqaro huquq yo'nalishida izlanish olib boruvchi tadqiqotchilarga mo'ljallangan.
-
Huquqshunoslikka kirish
Hayitov Sh.R.,Mazkur o'quv qo'llanma Huquqshunoslik faniga kirish modulining mavzulari bo'yicha tayyorlangan bo'lib, unda 10 ta mavzu bo'yicha ma'lumotlar, mavzuga oid jadvallar, kazuslar, testlar, savol hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati o'z ifodasini topgan. O'quv qo'llanma oliy yuridik ta'lim muassasalarining magistratura yo'nalishi talabalariga va ushbu modulni o'zlashtirishga qiziquvchi kitobxonlarning keng doirasiga mo'ljallangan.
-
Advokatlik faoliyatida uy-joyga oid xususiy nizolarni hal qilishda moddiy normalarni qo'llash
Yuldashev J.I.,O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, advokatlik, uy-joyga oid qonun hujjatlari asosida tayyorlangan mazkur o'quv qo'llanma uy-joy nizolari, uy-joy fondini aniqlashga doir nizolar, xizmat va maxsus uy-joylarni berish, undan foydalanish bilan bog'liq muammolarni hal qilishda advokat ishtirokining ahamiyatiga bag'ishlanadi. Unda ushbu jarayonda qo'llanadigan asosiy qonunchilik hujjatlari, uy-joy qonunchiligi va ular tartibga soladigan munosabatlar doirasi haqida so'z boradi. O'quv qo'llanma yuridik ta'lim muassasalalarining yurisprudensiya yo'nalishi bo'yicha ta'lim oladigan magistrantlar va talabalar uchun mo'ljallangan.
-
Xodimlarni boshqarish
Abdullayev X.N.,Ushbu o'quv qo'llanmada davlat tashkilotlari va xususiy sektor kor- xonalarida xodimlarni boshqarish masalalari, xodimlarni boshqarishda innovatsion yondashuv usullari, xodimlarni rag'batlantirishda korxona siyosatining muhim yo'nalishlari, xodimlarni rag'batlantirish va boshqa- rish bo'yicha yetakchi ilg'or xorij tajribasi kabi masalalari bayon etilgan. Ushbu o'quv qo'llanma oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, dok- torantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofa- za qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Davlat fuqarolik xizmati
Nazarov Sh.N.,Mazkur o'quv qo'llanmada davlat fuqarolik xizmati moduli orqali davlat fuqarolik xizmatining umumiy tavsifi, davlat fuqarolik xizmati sohasida davlat boshqaruvi, davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomi va majburiyatlari, davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish asoslari, davlat fuqarolik xizmatiga kirish tartibi va shartlari, davlat fuqarolik xizmatini o'tash tartibi, davlat fuqarolik xizmatchisini huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish asoslari, davlat fuqarolik xizmatchilarining javobgarligi va davlat fuqarolik xizmati munosabatlarida yuzaga keladigan xizmat nizolarini hal etish tartibi hamda davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatining tugatilishi asoslari yoritilgan.
-
Kiberjinoyat huquqi
G'ulommamatova P.A.,Mazkur o'quv qo'llanma kiberjinoyatlar va kiberterrorizm kabi zamonaviy global xavfsizlik muammolarini chuqur o'rganishga bag'ishlangan. Unda Budapesht konvensiyasi kabi xalqaro huquqiy mexanizmlarning ahamiyati va ularning global kiberxavfsizlikni ta'minlashdagi roli keng yoritilgan. Shuningdek, qo'llanmada AQSh, Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Rossiya, Hindiston va boshqa davlatlarning milliy qonunchilik tizimlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning kiberjinoyatlarga qarshi kurashda qo'llagan strategiyalari ko'rib chiqilgan. O'quv qo'llanmadan oliy ta'limning huquqshunoslik yo'nalishi talabalari, professor-o'qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.
-
Advokatura
Nurumov D.D.,Mazkur o'quv qo'llanmadan advokatura fani tushunchasi, predmeti va tizimi, advokatlik faoliyatining prinsiplari, Advokatlar palatasining huquqiy maqomi, advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi, advokatlik faoliyatining tashkiliy shakllari, advokat maqomini olish, to'xtatib turish, advokatning kasb etikasi va uning javobgarlik masalalari, advokatning fuqarolik, iqtisodiy, ma'muriy, jinoyat sudlari ishlarini yuritishdagi ishtiroki, shuningdek, har bir mavzuga oid kazuslar, asosiy tushunchalar hamda nazorat uchun savollar o'rin olgan.
-
-
-
Bahcesehir Universitesi
Yayinlayanlar,Hayatımızı hızla dönüştüren dijital çağda, güncelliğini uzun süre koruyacak hararetli tartış maların başında yapay zeka kullanımından doğan zararlardan hukuki sorumluluk gelir. Modern eğilim, yapay zekāya ayrı bir hukuki kişilik atfetmeye- en azından şimdilik- ihtiyaç olmadığı. meydana gelen zararın mevcut hukuki normlar çerçevesinde hukuk süjelerine atfedilerek so- rumluluğun kurulabileceği yönündedir. Çalışmamızın amacı, çevresi ile benzersiz bir şekilde etkileşime geçerek öğrenme yeteneği ile donatılmış, kendi değişken tecrübeleriyle edindiği yeni girdilere doğası gereği öngörülemez tepkiler gösterme potansiyeli olan yüksek otonomi seviyeli yapay zekā sistemlerinin kendi kendine öğrenme sürecinde geliştirdiği hatalardan kaynaklanan sözleşme dışı sorumluluk bakımından üreticinin gelişim riski savunması ileri sürüp süremeye- ceğini tartışmaktır. Çalışmamızda, yapay zekâya hukuki kişilik tanınmasına ilişkin tartışmalar ışığında, üreticinin hukuki sorumluluğu bakımından yapay zeká sistemlerinin "ürün" niteliği ve üreticinin gelişim riski savunması, 7223 sayılı Ürün Güvenliği ve Teknik Düzenlemeler Kanu- nu, bu kanuna mehaz teşkil eden 1985 tarihli AB Ürün Sorumluluğu Direktifi (85/374/EEC) ile 2020 tarihli AB Ürün Sorumluluğu Direktif Taslağı çerçevesinde değerlendirilmektedir.
-
Aktuelle Probleme im deutschen und turkischen Strafrecht
Yayinlayanlar,Bu kitap, Max-Planck Enstitüsü, Türkiye Adalet Akademisi ve Bahçeşehir Üniversitesi tarafından ortaklaşa düzenlenen Türk-Al- man Bilim Yılı Hukuku Etkinlikleri kapsamında, 20 Kasım 2014 tarihinde Ankara'da Danıştay Binasında ve 21-22 Kasım 2014 tarihlerinde İstanbul Çağlayan Adliyesi'nin konferans salonunda gerçekleştirilen oturumlara katılan hukukçuların sundukları tebliğlerin metinlerinden oluşmaktadır. Dieses Werk enthält die Texte der Vorträge der Rechtswissenschaft- ler und Rechtswissenschaftlerinnen, die an dem Kolloquium teilgenommen haben, das im Rahmen des deutsch-türkischen Wissenschaftsjahres vom Max-Planck-Institut für ausländisches und internationales Strafrecht, der Türkischen Justizakademie und der Bahçeşehir-Universität am 20. November 2014 in Ankara im Obersten Verwaltungsgericht und am 21. und 22. November in Istanbul im Justizgebäude von Çağlayan veranstaltet wurde.
-
Jinoiy odil sudlov asoslari
Uralov S.S.,O'quv qo'llanmada jinoiy odil sudlov, uning funksiyalari, vazifalari yoritilgan bo'lib, ushbu vazifalarni amalga oshirishga vakolatli bo'lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning protsessual vakolatlari aks ettirilgan. Bundan tashqari odil sudlovni ta'minlashda dalillarning o'rni to'g'risida aniq tafsilotlar bayon qilingan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasida jazo tizimining o'rni va uning turlari tahlil qilingan.
-
Soliq intizomini buzish bilan bog'liq huquqbuzarliklar va ularning turlari
Ergashev I.A.,Mazkur o'quv qo'llanmada soliq intizomini buzish bilan bog'liq huquqbuzarliklar va ularning turlari, soliqqa oid qonunbuzilish holatlarining mazmun-mohiyati, uning tarkibi, bunday harakatlar uchun javobgarlik turlari, subyektlari, obyektlari hamda boshqa turdagi javobgarliklardan farqlari kabi masalalar bayon etilgan.
-
Davlat boshqaruviga oid terminlarning izohli lug'ati
Tuxtasinov N.I,"Davlat boshqaruviga oid terminlarning izohli lug'ati" kitobxonlar ommasi, davlat xizmatchilari, xususan, yoshlarning davlat boshqaruviga doir bilimlarini oshirishni, sohada ko'p qo'llanadigan atamalar bilan tanishtirishni maqsad qilgan. 600 dan ortiq termin va tushunchalarni o'z ichiga olgan mazkur lug'at "Davlat boshqaruvi" 60421200 ta'lim yo'nalishi bakalavriat talabalari, magistrlar, o'qituvchilar, shuningdek, keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Ingliz huquqi asoslari
Akramov A.A., Fayzullayev Sh.,Ingliz huquqi bir necha davlatlar huquq tizimining eng yaxshi taraflarini jamlab, biznes sohasi vakillari uchun o'ta qulay formatga kelgan. Egiluvchanlik, shaffoflik, bashorat qila olish va eng muhimi, tezlik bu tizimning afzal jihatlaridir. Qonunlar biznes manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim, ingliz huquqi esa ayni shu imkoniyatni beradi. O'quv qo'llanma yordamida talabalar ingliz huquqiga asoslanib hal etilgan tipik ishlarni tahlil qila olish, tadqiqot olib borish va tegishli pretsedentlarga tayangan holda huquqiy dalillar tayyorlash qobiliyatlarini shakllantirishadi, shuningdek, talabalar ingliz huquqi asoslarining tabiati, manbalari va asosiy tushunchalari yuzasidan bilimlarga va amaliy-huquqiy ko'nikmalarga ega bo'ladilar.
-
Fuqarolik huquqiga kirish
Yuldashev J.I.,Fuqarolik huquqi yurisprudensiyaning asosiy fundamental fanlaridan biri hisoblanadi. Fuqarolik huquqini boshlang'ich o'quv kurslaridan fundamental o'quv moduli sifatida o'rganish huquqiy ta'limni takomillashtirish va jamoatchilik bilan munosabatlarning ushbu sohasida yuzaga keladigan amaliy masalalar hamda nizolarni malakali hal qilishga yordam beradi. Ushbu o'quv qo'llanmada fuqarolik huquqiga oid tushunchalar loʻnda, sodda va tushunarli uslubda bayon etilgan bo'lib, talabalarga mavzuni mustahkamlashda ishonchli qo'llanma bo'lib xizmat qiladi.
-
Sug'urta huquqi
Boltayev M.S.,Sug'urta huquqi fanini o'rganish bo'yicha yozilgan mazkur o'quv qo'llanma ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarni qiziqarli va samarali o'tkazish, talabalarning mavzular mazmun-mohiyatini tezda anglab olishi va tushunishi, fuqarolarga huquqiy maslahatlar va boshqa turdagi yuridik yordam ko'rsatish hamda olingan bilimlarni amalda qo'llashga yordam beradi. O'quv qo'llanma huquqshunoslik fani o'qitiladigan oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalari, shuningdek, keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Ekologiya huquqi
Nishonov A.U,O'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti ekologiya huquqi fani dasturi asosida tayyorlangan bo'lib, unda Ekologiya huquqi fanining tushunchasi, predmeti, metodlari, tizimi, prinsiplari va manbalari, tabiat resurslariga nisbatan mulkchilik, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi va nazoratining ekologik-huquqiy holati, ekologik huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik, yer, suv, yerosti boyliklari, o'simlik va hayvonot dunyosi, o'rmon, atmosfera havosini muhofaza qilish, tabiiy hududlarning ekologik- huquqiy tartibi hamda ekologik-huquqiy muhofaza qilish masalalari atroflicha yoritilgan. O'quv qo'llanma professor-o'qituvchilarga, yuridik oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarining o'qituvchilari, talabalariga mo'ljallangan.