-
Yoshlarning internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati: ijtimoiy-falsafiy tahlil
Oblomuradova X.N.,Monografiyada raqamli makon tushunchasi, virtual va real identitetning o'zaro munosabati, postmodernizm sharoitida yoshlarning identitet inqirozi, shuningdek, Internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning ijobiy va salbiy jihatlari ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Shu bilan birga, unda yoshlarning raqamli madaniyatini shakllantirish, media savodxonligini rivojlantirish va onlayn faoliyatni ijtimoiy-ma'naviy jihatdan samarali tashkil etish bo'yicha tavsiyalar ilgari surilgan. Mazkur tadqiqot axborotlashgan jamiyat sharoitida yoshlarning shaxsiy, madaniy va ijtimoiy rivojlanishi hamda raqamli muhitdagi ijtimoiy-falsafiy jarayonlarni o'rganishda dolzarb manba bo'lib xizmat qiladi. Ushbu monografiya Internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati muammolariga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan. Mazkur monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot qo'mitasining 2026-yil 20-apreldagi 2-sonli majlis bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan.
-
Migratsiya olimining xavfsizlik masalalariga ta'siri
Madaminova D.,Mazkur monografiya bugungi kunda jahon siyosatiga ta'sir ko'rsatuvchi dolzarb muammolardan biri bo'lgan migratsiya muammosi hamda uning Yaqin Sharq arab davlatlari xavfsizligi va barqarorligiga ta'siri masalasiga bag'ishlangan. Monografiyada migratsiya jarayoniga ta'sir ko'rsatuvchi omillar va ularning o'ziga xos xususiyatlari, Yaqin Sharqdagi nizoli markazlardagi migratsiya muammosi va uning mintaqaviy xavfsizlikka ta'siri, migratsion oqimlarning asosiy harakatlanish yo'nalishlari hamda mintaqaviy geosiyosiy muvozanat masalasi, shuningdek, mavjud muammoning Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizligi bilan o'zaro aloqadorlik xususiyatlari o'z aksini topgan. Monografiya jahon siyosati, geosiyosat va mintaqaviy xavfsizlik masalalari bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar, tadqiqotchilar, ilmiy xodimlar, mazkur yo'nalishda tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar hamda migratsiya muammosiga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
-
O'zbekistonda yerlarni muhofaza qilishni huquqiy ta'minlash
Kenjaev R.X.,Mazkur monografiyada yerlarni muhofaza qilishning ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik ahamiyati, yerlarni muhofaza qilishning huquqiy holati tushunchasi, tizimi, tamoyillari va xususiyatlari, soha qonunchiligining rivojlanishi tarixi, bu boradagi davlat boshqaruv organlari tizimi, yerlarni muhofaza qilishda ekologik nazoratning o'rni, ushbu munosabatlarda iqtisodiy mexanizmni huquqiy tartibga solish masalalarini huquqiy ta'minlash masalalari yoritib berilgan. Ushbu monografiya 2024 yil 21 iyunda Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi kengashida (№ 10 sonli bayonnoma) muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan.
-
Davlat-xusisiy sheriklik tizimini rivojlantirish muammolari va istiqbollari
Tuxtasinov N.,Monografiyada DXSh tizimi faoliyatini samarali amal qilishining nazariy- uslubiy asoslari tadqiq etilgan, DXSh tizimi barqarorligini ifadolovchi ko'rsatkichlar tahlil qilingan. DXShni barcha shaklini amalga oshirish uchun huquqiy meyorlarning etishmasligi va xususiy sektordan kelib tushadigan takliflarni o'rganish va ko'rib chiqish rejasi murakkabligi va uning muddatining uzoqligi aniqlangan. Shuningdek, DXShning alohida turlari bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish lozimligi taklif etilgan. Qolaversa, o'rganishlar natijasida shu ma'lum bo'lmoqdaki, qonunchiligimizda bir qator o'zgartirish va tuzatish kiritilishi lozim bo'lgan normativ-huquqiy hujjatlar mavjud. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi "Yer kodeksi"ga kerakli tuzatish kiritish zarurligi tavsiya etilgan. Ishlab chiqilgan tavsiyalardan davlat-xususiy sheriklik tizimini takomillashtirishga qaratilgan strategiya, konsepsiyalar, iqtisodiy dasturlar ishlab chiqish, ustuvor yo'nalishlarni belgilashda foydalanish mumkin.
-
Raqamli moliyaviy xizmatlar ko'rsatishni huquqiy tartibga solish muammolari
Xazratqulov O.T.,Mazkur monografiya orqali fuqarolik-huquqiy muomilada vujudga kelgan o'ziga xos raqamli munosabatlarni huquqiy tartibga solishda mavjud ijtimoiy ehtiyojlar hamda bu borada yechimini kutayotgan masalalarni e'tiborga olgan holda ilmiy qarashlar va nazariy masalalarga tahlil ob'ekti sifatida o'rganiladi. Bu bora rivojlangan xorijiy mamlakatlarning huquq sohasida raqamli munosabat ob'ektlarining huquqiy holati, tartibga solish usullari hamda huquqiy asoslari monografiyada ilmiiy tahlil etilgan bo'lib, uning natijasida milliy qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan g'oyalar, raqamli munosasabatlarni huququqiy tartibga soluvchi qonun loyihasini ishlab chiqish zarurati to'g'risidagi doktorinal qarashlar ilgari surilgan. Mazkur monografiya o'quvchida raqamli moliyaviy texnologiyalar, rakamli munosabatlar, FinTechning o'ziga xosligi hamda huquqiy jihatlariga doir qarashlarini boyitishga yordam beradi. Monografiyadan amaliyotda faoliyat olib borayotgan huquqshunoslar, davlat idoralari xodimlari, huquqshunoslar, huquqshunoslikka asoslangan ta'lim muassalarida taxsil olayotgan bakalavr va magistrlar ham keng foydalanishlari mumkin. Toshkent davlat yuridik universiteti O'quv-uslubiy kengashining qarori (2025 yil 20-fevraldagi 5-sonli bayonnoma) bilan nashrga tavsiya etilgan.
-
Yashirin reklamani huquqiy tartibga solishda iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish
Ko'bayeva I.F.,Ushbu monografiya zamonaviy marketing kommunikatsiyalarining eng dolzarb va bahsli yo'nalishlaridan biri yashirin reklamaning kompleks tahliliga bag'ishlangan. Muallif mavzuni nazariy, huquqiy va amaliy jihatdan har tomonlama tadqiq etib, yashirin reklamani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish prizmasidan o'rganadi. Monografiyada reklama fenomenining etimologik va konseptual asoslari chuqur tahlil qilinib, yashirin reklamani subliminal va supraliminal kategoriyalarga ajratish taklif etilgan. Shuningdek, xalqaro va milliy qonunchilik normalarining komparativ tahlili olib borilib, AQSh va Xitoy tajribasi misolida yashirin reklamani tartibga solishdagi huquqiy farqlar yoritilgan. Tadqiqotda transmilliy korporatsiyalar (Marlboro, KFC) va raqamli marketingning rivojlanishi sharoitida yashirin reklamaning iqtisodiy hamda ijtimoiy-psixologik ta'siri o'rganilgan. Ayniqsa, Tik Tok (Douyin) kabi platformalardagi yashirin reklama mexanizmlari va influenser marketingning iqtisodiy parametrlari bo'yicha empirik tahlillar tadqiqotning ilmiy ahamiyatini yanada oshirgan. Mazkur monografiya yashirin reklama sohasidagi dolzarb ilmiy- amaliy muammolarni yoritib, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bo'yicha innovatsion yondashuvlar taklif etadi. Akademik tilda, ammo tushunarli tarzda yoritilgan ushbu tadqiqot marketing huquqi va iste'molchilar huquqlari himoyasi bo'yicha kelgusi ilmiy izlanishlar uchun muhim nazariy va amaliy asos yaratadi.
-
Davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashishning ma'muriy-huquqiy jihatlari
Primov F.A.,Monografiyada korrupsiyaviy omillar tushunchasi ochib berilgan, shuningdek fanlararo tasniflangan hamda davlat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarning ma'muriy- huquqiy jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy, tashkiliy-institutsional asoslari hamda bugungi kundagi holati tahlil qilingan. Shuningdek, monografiyada davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishning ustuvor yo'nalishlari hamda davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashish talablarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik asoslarini takomillashtirish, shuningdek davlat boshqaruvida korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasini ishlab chiqish yuzasidan taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
-
Shaxsiylashtirish vositalarning shartnomaviy-huquqiy tartibga solish konsepsiyasi
Inoyatov N.X.,Ushbu monografiya intellektual mulkni tartibga soluvchi shartnomaviy va huquqiy asoslarning murakkab tarmog'ini o'rganadi, xususan, firma nomlari, tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari va domen nomlariga e'tibor beradi. Ushbu elementlarning zamonaviy biznes landshaftidagi ahamiyatini past baholab bo'lmaydi, chunki ular hal qiluvchi identifikatorlar, brend yaxlitligi himoyachilari va elektron tijoratni osonlashtiruvchilar bo'lib xizmat qiladi. Quyidagi ishda ushbu intellektual mulk obyektlarining ko'p qirrali o'lchovlarini o'rganadi, ularni himoya qilish va qo'llash uchun mustahkam asos yaratish uchun shartnomaviy bitimlar va huquqiy qoidalar qanday kesishishini o'rganadi. Monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi Kengashining 2024-yil 23-dekabrdagi 3-son majlis bayonnomasiga ko'ra nashr etishga tavsiya etilgan.
-
O'zbekiston raqamlashtirish sharoitda ta'lim olishning tashkiliy - huquqiy asoslarini takomillashtirish (oliy ta'lim misolida)
Bokiyev J.,Ushbu monografiyani yozishdan asosiy maqsad fuqarolarning ta'lim olish huquqini ta'minlashga oid konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarni tahlil qilgan holda bu huquqni taminlash bilan bog'liq ilmiy-amaliy muammolarni bartaraf etishga oid huquqiy asoslarni takomillashtirish bilan bog'liq ilmiy xulosalar ishlab chiqishdir. Monografiyada ta'lim olish huquqining nazariy va ilmiy asoslari, raqamlashtirish sharoitida ta'lim oluvchilarining huquqlarini ta'minlashning kafolatlari, ta'lim jarayoniga sun'iy intellekt texnolgiyalarini qo'llash va sohada yuzaga keladigan muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalari tahlil qilingan. Monografiya soha mutaxassislari, tadqiqotchilar va keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan. Mazkur monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi kengashining 2025-yil 20-fevraldagi 5-sonli bayonnomasi bilan nashrga tavsiya etilgan.
-
-
Biotexnologiya sohasidagi intellektual mulk huquqlarining nazariy-huquqiy asoslari
Mamanazarov S.Sh.,Monografiyada ilk bor biotexnologiya sohasidagi intellektual mulk huquqlarining nazariy-huquqiy asoslari bilan bog'liq bo'lgan ilmiy va amaliy muammolar yangicha yondashuv orqali kompleks tadqiq etilgan. Muallif ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan biotexnologiya sohasidagi intellektual mulk huquqlariga oid huquqiy normalarni yanada takomillashtirish maqsadida amaldagi qonunchilikka tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilishi zarurligini asoslaydi. Monografiyada bildirilgan takliflar, umumlashtirilgan xulosa va qoidalar biotexnologiya sohasida intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va innovatsion faoliyatni rag'batlantirish bo'yicha qonunchilikni takomillashtirishda qo'llanishi mumkin. Shu bilan birga, olingan xulosalar biotexnologiya sanoatini rivojlantirishga yo'naltirilgan loyihalarni amalga oshirishda, patent tizimini takomillashtirishda va intellektual mulk huquqlarini himoya qilishda amaliy qo'llanishi mumkin. Shuningdek, tadqiqot natijalaridan O'zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, Xalqaro xususiy huquq, Fuqarolik huquqi, Intellektual mulk huquqi, Kiber huquqi va Biotexnologiya huquqi fanlarini o'qitish va ushbu fanlar boʻyicha yoziladigan darslik hamda o'quv qo'llanmalarni yaratish, ma'ruza matnlari, o'quv kurslarining dasturlarini tuzish, ilmiy-tadqiqot ishlari hamda fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishda foydalanish mumkin. Mazkur monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi kengashining 2025-yil 24-oktabrdagi 2-sonli majlis bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan.
-
Kompyuter axborotiga qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) kirish jinoyatini tergov qilish uslibiyoti
Xamidov B.,Ushbu monografiya kompyuter axborotiga qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) kirish jinoyatini tergov qilish uslubiyotiga bag'ishlangan. Unda mazkur jinoyatni tergov qilishning umumiynazariy, taktik, texnik va uslubiy masalalari yoritilgan. Shu bilan birga, monografiyada raqamli axborotlar, raqamli dalillar, raqamli izlar, raqamli tergov masalalari, mutaxassis ishtiroki va unga qo'yilgan talablar, tergovni tashkil etishga doir nazariyalar, xorijiy ilg'or tajriba va xalqaro standartlar tahlil etilgan. Monografiyada yurisprudensiya yo'nalishidagi talabalar, tinglovchilar va huquqni muhofza qiluvchi organlar xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Hukm-odil sudlovning asosiy me'yori: nazariya va amaliyot sintezi
Alishayev S.,Odil sudlov jarayonining asosiy natijasi va huquqiy adolatni ta'minlovchi markaziy hujjat sifatida e'tirof etiladigan hukmning adolatliligi, qonuniyligi va asosliligi tamoyillari mujassamlashgan. Hukm nafaqat sudning huquqiy pozitsiyasini ifodalovchi hujjat, balki jamiyatning qonuniylik va adolatga ishonchini mustahkamlovchi vosita sifatida ham o'rganiladi. Ushbu monografiyada hukmning nazariy asoslari, uning huquqiy mohiyati, amaliy ahamiyati hamda sud-huquq tizimining samaradorligidagi o'rni tahlil qilinadi. Bunda hukm tuzilishi, uning qabul qilinishidagi protsessual qoidalarga rioya etilishi, qonunchilikdagi huquqiy me'yorlar hamda ularning amaliyotdagi qo'llanilishi o'zaro bog'liqlikda ko'rib chiqiladi. Muallif hukmlarining chiqarilish tendensiyalariga (2022 yilda jami hukmi chiqarilgan ishlar soni 58.697 tani tashkil etgani holda, undan 501 tasi oqlov hukmi, 2023 yilda 58.418 tadan 457 tasi oqlov hukmi, 2024 yil 9 oyida 44.755 tadan oqlov hukmi 320 tani tashkil etmoqda) va ularning sonini ko'payishiga e'tibor qaratmoqda.
-
O'zbekiston Respublikasida parlament nazoratining rivojlantirish tendensiyalari
Turdiyev X.U.,Ushbu monografiyada O'zbekiston Respublikasida parlamentarizmning rivojlanish tendensiyalari, xususan, parlament nazorati huquqiy tabiati, mamlakatimizda qonun chiqaruvchi hokimiyat parlament nazorati funksiyasi huquqiy asoslarining rivojlanish bosqichlari, parlament nazoratini amalga oshirishning parlament so'rovi, "hukumat soati", parlament tekshiruvi kabi huquqiy mexanizmlari hamda xorijiy mamlakatlarda parlament nazorati faoliyati shakllarining o'ziga xos xususiyatlari masalalari tadqiq etilgan. Mazkur monografiya oliy o'quv yurtlari professor-o'qituvchilari, talabalari, davlat va huquq nazariyasi hamda konstitutsiyaviy huquq sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar, ilmiy xodimlar va ushbu masalalar bilan shug'ullanuvchi amaliyot xodimlariga mo'ljallangan. Mazkur monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi kengashining 2025-yil 20-iyundagi 8-sonli majlis bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan.
-
Davlatni tushunish muommolari
Axmedshayeva M.A.,Mazkur monografiyada murakkab ijtimoiy hodisa hisoblangan davlatni tushunish masalalari, uning kelib chiqishi, davlat tushunchasi, belgilari, mohiyati bugungi kun nuqtayi nazaridan tahlil etilgan. Davlatni tushunish borasidagi turli qarashlar, konsepsiyalar davlat nazariyasi nuqtayi nazaridan o'rganilgan, O'zbekistonda demokratik huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat qurishning nazariy-huquqiy jihatlari mana shu o'rganishlar asosida ko'rib chiqilgan. Tadqiqot davomida elektron hukumat, elektron davlat, elektron demokratiya, raqamli davlat kabi shakllar tahlil etilgan. Monografiya davlat nazariyasi masalalariga qiziquvchi izlanuvchilarga foydali manba bo'la oladi. Mazkur monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi kengashining 2025-yil 26-martdagi 6-sonli majlis bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan.
-
Fuqarolik protsessida prokurorning huquqiy maqomi va uni rivojlantirish istiqbollari
Shukrullayev S.U.,Ushbu monografiyada amaldagi qonunchilikda fuqarolik protsessida prokurorning huquqiy maqomi tushunchasi va uning bugungi kundagi ahamiyati, fuqarolik protsessida prokurorning ishtirok etish asoslari va shakllari, milliy qonunchiligimizda prokurorning huquqiy maqomi bilan bog'liq muammolar tadqiq etilgan. Shuningdek, ilmiy asoslangan va muhim amaliy ahamiyat kasb etuvchi takliflar ishlab chiqilgan shuningdek, rivojlangan davlatlar qonunchiligi tahlil qilingan bo'lib, tegishli ilmiy xulosalar, takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Monografiyadan professor-o'qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, qonun ijodkorligi jarayonida bevosita qatnashuvchi shaxslar foydalanishlari mumkin. Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi kengashining 2025 yil 20 fevral 5-son bayonnomasi bilan nashrga tavsiya qilingan.
-
Nemis-O'zbek tillari yuridik matbuaot tilining qiyosiy tadqiqi
Baxriddinova M.,Mazkur monografiya nemis va o'zbek tillaridagi yuridik matbuot tilini qiyosiy o'rganishga bag'ishlangan. Asar ikki tilning o'ziga xos xususiyatlarini, yuridik matn va terminologiyaning o'xshash va farqli jihatlarini tahlil qiladi. Monografiyada matbuot tili, uslubiy xususiyatlar va yuridik sohadagi asosiy til vositalarining qo'llanilishidagi o'zaro bog'liqlik o'rganilib, yuridik hujjatlar va maqolalardagi til qurilishi, ibora va tushunchalar qiyosiy nuqtai nazardan yoritiladi. Bu tadqiqot nemis va o'zbek yuridik matnlarini o'rganishga qiziquvchi o'quvchilar, tarjimonlar, tilshunoslar va yuridik soha mutaxassislari uchun foydali bo'lishi mumkin. Shuningdek, monografiya millatlararo huquqiy muloqotni chuqurroq tushunishga va tarjimonlar uchun amaliy uslubiy yordam sifatida xizmat qiladi.
-
Ommaviy shartnoma
Koryog'diyev B.U.,Mazkur monografiyada ommaviy shartnomaning ta'rifi, huquqiy tabiati, belgilari, o'ziga xos xususiyatlari, ahamiyati va turli sohalarda qo'llanishi bayon qilingan. Shuningdek, monografiyada roman-german, anglo-sakson huquq oilalari davlatlarida ommaviy shartnomalarni tartibga solishga oid amaliyot qiyosiy tahlil qilinib, O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik qonunchiligiga transformatsiya qilish istiqbollari o'rganilgan. Monografiya huquqshunoslik oliy o'quv yurtining talabalari, magistrlari, doktorantlari va ushbu sohaga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga bag'ishlangan.