-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Tilshunoslik,
-
Zamonaviy tilshunoslik terminlarining izohli lug'ati
Xudoyberganova D.,Mazkur lug'atda oʻzbek zamonaviy tilshunosligida amal qilayotgan kognitiv tilshunoslik, pragmalingvistika, sotsiolingvistika. lingvomadaniyatshunoslik, psixolingvistika, assotsiativ tilshunoslik, gender tilshunosligi, medialingvistika, matnshunoslik, metaforashu- noslik kabi lingvistik sohalar va yo'nalishlarning asosiy terminlari izohlangan. Lug'atdan zamonaviy tilshunoslik masalalari doirasida izlanish olib borayotgan filolog mutaxassislar, tadqiqotchilar, doktorant va magistrantlar foydalanishlari mumkin.
-
O'zbek tili sinonimlarining o'quv lug'ati
Dadaboyev H., Abjalova M., Rashidova U.,Mazkur lug'at o'zbek tilidagi 2500 ga yaqin sinonimik qatorlarni o'z ichiga olgan bo'lib, unda ma'nodosh so'zlarning izohi, turkumi, to'liq, qisman yoki o'xshashligi, sinonimik qatorning tarixiy shakllari, uslubiy xoslanishi kabi ma'lumotlar berilgan. Mazkur lug'at undan foydalanuvchilarning so'z boyliklarini oshirish, nutqiy kompetensiyani shakllantirish, lingvistik bilim va ko'nikmalarini boyitishga yordam beradi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar rivojlangan ayni damda tarjimon dasturlarini yaratish, tabiiy tilni qayta ishlash, antiplagiat dasturi va sentiment analizni yaratish, asosiysi, o'zbek tili ontologiyasining sinsetlarini shakllantirishda qimmatli leksikografik manba sifatida xizmat qiladi. Lug'at nutq madaniyatini oshirish maqsadida tashkil etiladigan qayta tayyorlov kurslari uchun uslubiy ko'rsatmalar, kompyuter lingvistikasi hamda medialingvistikaga oid monografik tadqiqotlar, o'quv qo'llanmalari, ma'ruza matnlari, seminar, amaliy mashg'ulot materiallari va laboratoriya topshiriqlari tizimini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
-
-
Yuridik terminlar izohli lug'ati (faol termin va tushunchalar)
Tuzuvchi mualliflar,Muayyan tilning rivojlanishi jarayonida uning lug'aviy tarkibi, jumladan, ter minologiyasi boshqa sohalarga qaraganda tez, sezilarli, jiddiy o'zgarishlarga uchraydi Shu ma'noda yuridik soha terminologiyasida kuzatilgan taraqqiyot, o'zgarishlar hamda yangi lug'aviy birliklarning paydo bo'lishi va ayrim lug'aviy birliklarning iste'moldan chiqishi bugungi kunda ayni mavzuda lug'at tayyorlash dolzarbligini ko'rsatmoqda. Qo'lingizdagi faol yuridik termin va tushunchalar jamlangan "Yuridik terminlarning izohli lug'ati" ushbu bo'shliqni bir qadar to'ldirish maqsadida tuzilgan. Ushbu lug'atda yuridik sohaga oid terminlar berilgan bo'lib, har bir termin bugungi kundagi huquqiy, ijtimoiy-siyosiy ma'nosi jihatidan izohlangan. Mazkur lug'at tarkibi yangi tahrirda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qonunlari va normativ-huquqiy hujjatlari normalari asosida, shuningdek, mavzuga oid terminlar lug'atlaridan foydalangan holda tuzildi hamda amaldagi o'zbek lotin alifbosi harflari ketma-ketligida tartiblandi. Lug'at soha mutaxassislari va keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
-
-
Sud ekspertizasi va kriminalistika atamalari lug'ati
Mualliflar jamoasi,Mazkur lug'at jinoyatlarni tizimli shaklda ochish va tergov qilishda keng qo'llanadigan kriminalistika hamda sud ekspertizasiga oid atama, tushuncha, ta'riflarni o'z ichiga oladi. Lug'at oliy va o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari talabalari, kursantlar, tinglovchilar, tadqiqotchilar, shu bilan birga, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Davlat tilida ish yuritish
Aminov M.,Ushbu qo'llanmada tashkilot va muassasalarning ish yuritish faoliyatida eng ko'p qo'llanadigan hujjatlar, ularni tuzish tartib qoidalari masalalariga to'xtalindi, ular tegishli namunalar bilan ko'rsatildi, ish yuritishga oid lug'at berildi. Qo'llanma, birinchi navbatda, tashkilotlar rahbar- lari va xodimlariga, boshqaruv faoliyatida bevosita hujjat ustida ishlovchilar, kotib-referentlar, kadr xizmati xodimlariga mo'ljallangan, shuningdek, undan hisobchilar, adliya maslahatchilari, auditor, menejerlar ham foydalanishlari mumkin.
-
O'zbek tilining izohli lug'ati
Ushbu ko'p jildli "O'zbek tilining izohli lug'ati" uning lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosida tayyorlangan dastlabki nashri hisoblanadi.Lug'at hozirgi o'zbek adabiy tilida keng iste'molga bo'lgan 80 mingdan ortiq so'z birikmalarini, fan, texnika, sa'nat va madaniyat sohalariga oid terminlarni, bir necha shevada qo'llanadigan so'zlarni, ba'zi tarixiy va eskirgan atamalarni o'z ichiga oladi.
-
-
O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati
Mahmudov N.,Ushbu lug'at umumta'lim maktablari, akademik litseylar o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan o'zbek tili sinonimlarining izohlari o'rin olgan. Lug'atga faqat mustaqil so'zlardan iborat sinonimik qatorlargina emas, balki yordamchi so'z turkumlari doirasidagi sinonimik qatorlar ham kiritilgan. Mazkur lug'at o'quvchilarning o'z ona tili boyligi bilan chuqurroq tanishishlariga xizmat qiladi.
-
O'zbek tilining orfoepik lug'ati
Mamatov J, Chiniqulov N,Ma'lumki, o'zbek tili ko'p shevali boʻlganligi bois so'zlarni adabiy tilda orfoepik jihatdan to'g'ri talaffuz qilinishi va rus tili orqali o'zlash- gan so'zlarni adabiy tilda talaffuz qoidalariga mos ravishda qo'llash talab etiladi. Ana shu omillarni hisobga olib, ushbu lug'at tayyorlandi. Lug'at asosan maktab o'quvchilari va tilimizga qiziquvchilarga mo'ljallangan bo'lib, ularning so'zlarni to'g'ri yozish va to'g'ri talaffuz qilish me'yorla- rini o'rgatishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu lug'at Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'quv-uslubiy kengashining 2021-yil 27-fevraldagi 7-sonli yig'ilish bayoni bilan nashrga tavsiya etilgan.
-
Xalqaro terminelementlarning izohli-illyustrativ lug'ati
Mualliflar jamoasi,Fan va texnika, madaniyat va san'at sohalariga oid o'zlashma terminlar va ular tarkibidagi terminelementlar ilmiy adabiyotlardan va turli sohaviy terminologik lug'atlardan borgan sari mustahkam joy olmoqda. Asosan, yunon va lotin tillari elementlaridan tarkib topgan bunday terminlar keyingi davrlarda xalqaro nufuzga ega bo'lgan ba'zi zamonaviy yevropa tillaridan ham o'zlashmoqda. Xalqaro miqyosda qo'llanuvchi ana shunday minglab so'z va terminlar har doim ham keng ommaga, ba'zan hatto mutaxassislarga ham tushunarli bo'lavermaydi. Shu nuqtayi nazardan hozirgi davrda xalqaro terminlarni hosil qiluvchi so'z va elementlarning ma'nosini ochib beruv- chi, ularning turli xil xususiyatlarini to'laroq aks ettiruvchi maxsus qo'llanmaga ehtiyoj bor edi. 2020-yilda o'zbek-kirill yozuvida nashr etilgan "Халкаро терминзлементларнинг изохли иллюстратив луғати" ana shu ehtiyojni ma'lum darajada qondirib keldi.
-
Kimyo atamalarining izohli lug'ati
Mualliflar jamoasi,"Kimyo atamalarining izohli lug'ati" da noorganik, organik, fizik, analitik va biokimyo, kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va qurilmalari bo'yicha 4123 mingga yaqin eng ko'p ishlatiladigan o'zbek, ingliz va rus tillaridagi atamalar va terminologik iboralar va ularning o'zbek tilidagi qisqacha izohi mavjud. U tadqiqotchilar, texnologiar, tarjimonlar, o'qituvchilar, doktorantlar, kimyo fakultetlari va universitetlari talabalari uchun mo'ljallangan. Bundan tashqari, lug'at kimyo bo'yicha umumiy ma'lumotnoma sifatida ishlatilishi mumkin. Lug'atda keltirilgan terminologiya xalqaro nomenklatura va so'nggi mahalliy terminologiya standartlariga mos keladi.
-
Ўзбек тилининг изоҳли луғати 1 жилд
Мадвалиев А.,Луғат ҳозирги ўзбек адабий тилида кенг истеъмолда бўлган 80 мингга якин сўз ва сўз бирикмаларини, фан, техника, санъат ва маданият соҳаларига оид терминларни, бир неча шевада қўлланадиган сўзларни, баъзи тарихий ва эскирган атамаларни ўз ичига олади. Луғатда берилган сўзларнинг амалда қўлланиши ХХ аср ўзбек адабиёти ва матбуотидан олинган мисоллар билан далилланган. Луғат ўзбек тилшунослиги ва туркийшунослик бў- йича мутахассислар, таржимонлар, оммавий ахборот воситалари ходимлари, олий таълим муассасаларининг ўқитувчилари ва талабалари, шунингдек, кенг ўқувчилар оммаси учун мўлжалланган.
-
Ўзбек тилининг изоҳли луғати 2 жилд

Ўзбек тилининг изоҳли луғати 3 жилд

Ўзбек тилининг изоҳли луғати 5 жилд

"Boburnoma"dagi frazeologik birliklarning o'zbekcha-Ruscha-Inglizcha lug'ati
Teshaboyeva Z.,Mazkur lug'at mumtoz asar "Boburnoma"dagi frazeologik birliklarning kognitiv-kontseptual o'rganish, "Boburnoma" (2002), "Boburnoma"ning tabdili (2008), ruscha tarjimasi (2008), J.Leyden-V. Erskin (1826), A.S.Beverij (1921) va V.Tekston (1996)ning inglizcha tarjimasiga bag'ishlangan. Zahiriddin Muhammad Boburning dunyoga mashhur asari "Boburnoma"da qo'llangan frazeologik birliklar bir necha yillar davomida o'rganilgan va o'zbekcha, inglizcha ruscha tarjimalari qiyoslanib tadqiq etilgan. Bir necha yillar samarali mehnatning natijasi o'laroq ko'p tillik mavzuli lug'at yaratilishiga turtki bo'ldi. Ushbu kitob bo'lajak tarjimonlar, boburshunos olimlar va jurnalistlar, doktorantlar, magistrantlar, oliy o'quv yurti ingliz tili o'qituvchilari, oliy o'quv yurti talabalari, ingliz tilini chuqur o'rganuvchilar va keng ommaga mo'ljallangan.