-
"Donishmand Sizif"
Xurshid Do'stmuhammad,Ushbu roman qahramoni bo'gan Sizif siymosida sabr-toqati, irodasi va kurashi bilan o'tib bo'lmas mashaqqatlardan ustun kelib, cho'qqini zabr etgan muzaffar inson yoki mashaqqatlar mahsuli bo'lgan donishmand gavdalanadi. Zamonaviy nasrimizda paydo bo'lgan yana bir ajoyib romani o'quvchilarga tavsiya etmoqdamiz.
-
-
To'ylar muborak
Qutlibeka Rahimboeva,Sizga taqdim qillar ekanmiz, kitobdagi maqolalar mahallalarda o'tagotgan ma'naviy tadbirlarning asosiy mavzulardan biri bo'ladi , deb niyat qildik .
-
"Asrga tatigulik kun"
Chingiz Aytmatov,Buyuk yozuvchi Chingiz Aytmatovning "Asrga tatigulik kun"romanida xudosizlik va manqurtlik balolari ilk bora fosh etilib,bu asar millionlab o'quvchilar qalbini zabt etgan.Insonni o'z-o'zini anglashga,ruhan va ma'nan poklanishga chorlovchi ushbu asar bugungi kunda ham o'z dolzarbligini aslo yo'qotmagan.
-
2017 -THE YEAR OF SWEEPING REFORMS
Mualliflar jamoasi,Tye Strategy his defined ever increasing competition across the world requies a new of law and reformingthe judical system, furter devtlopment of the economy and social sphere, ensuring security, inter-ethnic peace and our development.
-
Saylanma
Maxtumquli,Qо‘lingizdagi ushbu kitob turkman xalqining ulug‘ shoiri, turkman adabiy tili asoschisi, barcha xalqlar tomonidan she’rlar, dostonlari sevib о‘qiladigan, hofizlar baland pardalarda kuylaydigan, mashshoqlar inja kuylar bastalaydigan otashnafas shoir Maxtumquli-Firog‘iy asarlaridan tanlab tabdil etilgan. Bu noyob, xalqchil asarlar turkmanchadan о‘zbekchaga о‘girilish jarayonida iloji boricha asliyatga yaqin ruhda tarjima qilingan. Maxtumquli ijodining aziz muxlislari, О‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Muhammad Pirriyevning jiddiy say-harakatlari natijasida amalga oshirilgan bu tabdil Sizlarga manzur bо‘ladi, degan umiddamiz.
-
"Mirzo Ulug'bek"
Maqsud Shayxzoda,Maqsud Shayxzoda "Mirzo Ulug‘bek" asarida Ulug‘bekni "inson-olim-davlat arbobi" sifatida aks ettirishga intilgan. Ammo buning о‘zi ham oson ijodiy ish emas edi. Shubhasiz, Ulug‘bek fojiasini keltirib chiqargan bu hayotiy masalalarni о‘zaro aloqada va uzviy bog‘liqlikda tasvirlash Shayxzodadan katta mahoratni talab etdi. Mirzo Ulug‘bekning ham inson, ham olim, ham davlat arbobi sifatidagi obrazini badiiy mujassamlashtirish uchun kо‘plab personajlarni asar tо‘qimasiga olib kirdi va bu personajlar harakat etajak syujet chiziqlarini ishlab chiqdi. Bunday personajlar tarixiy voqelikning о‘zida serob bо‘lishiga qaramay, dramaturg ularni saralab ola bildi va shu bilan birga badiiy tо‘qimadan ongli ravishda foydalanib, ya’ni tо‘qima qahramonlar obrazini asarga dadil jalb eta oldi.
-
2017 год -Год стремительных реформ
Mualliflar jamoasi,В этой Стратегии в качестве основых направлений определены совершенствование государсвенного и общественного строительства, обеспечение верховенства закона и реформирование судебно -правовой системи ,далнейше развитие
-
-
-
2017 yil-shiddatli islohatlar yili
Mualliflar jamoasi,Ushbu risolada 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalaishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilinganligi,ushbu strategiyada davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish,qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish,iqtisodiyot va ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish,xavfsizlik,millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash,chuqur o'ylangan,o'zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosatni izchil davom ettirish kabi masalalar yoritilgan.
-
"Sarbadorlar"
Muhammad Ali,Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Davlat mukofoti laureati Muhammad Alining Sarbadorlar tarixiy romanida xalqimizning XIV asr ikkinchi yarmida Samarqandda yuz bergan Sarbadorlar xalq ozodlik harakati bilan bogʻliq voqealar qalamga olingan. Diologiyada Abu Bakr Kalaviy, Amir Temur, Xoʻrdak Buxoriy, Amir Husayn kabi tarixiy shaxslar ishtirok etadi. Unda o'zbek prozasida ilk marta Sohibqiron Amir Temur obrazi yaratilgani diqqatga sazovordir.Asar shirali til bilan yozilgan,katta qiziqish bilan o'qiladi.
-
"Spitamen"
Maqsud Qoriyev,Vatan uchun kurashgan o'g'lonlar talaygina.Spitamen ana shunday mard-jasur o'g'lon. Ushbu kitobda Spitamenning vatan ozodligi yo'lidagi jasorati qalamga olingan.Uning mardligi chindan-da ibrat olsa arzigulik.
-
"Murdalar gapirmaydilar"
Tohir Malik,Agronom yigitning suvga cho'kib o'lgani haqidagi ma'lumotni o'qigan boshliq ajablandi: «Suvga yaqinlashishga qo'rqadigan, suzishni bilmaydigan odam qanday qilib suvga cho'kib ketishi mumkin? Chindan ham baxtsiz hodisami yo...» «Charxpalak» qissasini o'qigan kitobxon shu kabi savollarga javob topadi. Hech qanday zulm jazosiz qolmaydi. «Murdalar gapirmaydilar» qissasida ana shu hayot falsafasi haqida fikr yuritiladi.
-
"Qo'rqinchli Tehron"
Mushfiq Kozimiy,Mazkur asr ikki kitobdan iborat bo'lib,unda o'tgan asr boshlaridagivoqealar qalamga olinadi.Oradan yillar o'tgan bo'lsa-da,undagi g'oyalar,0'lmas tuyg'ular,orzular va armonlar zanjiri o'z ahamiyatini yo'qotmagan.Bosh qahramon Farruhning ezgulik va jaholat,nafs yo'lidagi taloto'plarga qarshi kurashi,qasosga undagan turfa sarguzashtlari va Mahinga bo'lgan sof muhabbati ikki romanni bir biriga bog'lab turuvchi umumiy sujet chizig'ini tashkil etadi. "Qo'rqinchli Tehron" dunyo adabiyoti xazinasidan o'rin olgan asarlar sirasiga kiradi.Mushfiq Kozimiy qalamiga mansub ushbuasar olamiga oshufta bo'ling,aziz kitobxon.
-
-
"Ot kishnagan oqshom"
Tog'ay Murod,Tabiat va inson...Tabiat va inson o'rtasida ko'zga ko'rinmas uzviy birlik bor. Ana shu bog'liqlik,birlik O'zbekiston xalq yozuvchisi ,Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Tog'ay Murod "Ot kishnagan oqshom" qissasida mohirona tasvirlab bergan.Qo'lingizdagi kitob xalqimiz ko'nglidan mustahkam o'rin egallagan,chet tillarga tarjima qilinib,dovroq qozongan mashhur "Ot kishnagan oqshom" qissasidan tashkil topdi...
-
"Mehr qolur, muhabbat qolur"
To'xtamurod Toshev,Aziz kitobxon, “Mehr qolur, muhabbat qolur...” kitobidagi xotiralarni o‘qir ekansiz, beixtiyor ko‘nglingizdan o‘tganlarning ruhini shod etib, tiriklarning hurmatini joyiga qo‘yishdek ezgu tuyg‘ular o‘tadi…
-
"Yomg'ir"
Somerset Moem,Somerset Moem jahon adabiyotida realistik hikoyalarning mohir ustasi sifatida shuhrat qozongan. Bu xikoyalarida yozuvchi kitobxonni inson ruhiyatining murakkab dunyosiga olib kiradi, hayotga yangicha nazar bilan – ham kuyunib, ham kulib qarashga majbur etadi. Adib asarlariga xos bo‘lgan jonli, aniq-tiniq, rostgo‘y va samimiy til ularning katta qiziqish bilan o‘qilishini ta’minlagan. Shuningdek, yozuvchining «Yomg‘ir» va «Malla» asarlari jahon hikoyachiligining mumtoz namunalari qatoridan o‘rin olgan.
-
"Odam bo'lish qiyin"
O'lmas Umarbekov,O‘tgan asrning ikkinchi yarmidagi o‘zbek nasri rivojida O‘lmas Umarbekovning o‘ziga xos o‘rni bor. Uning yoshlar hayoti, ma'naviy-axloqiy muammolar, insonlarning murakkab munosabatlari haqida yaratilgan roman, qissa va hikoyalari bugungi kunda ham sevib o‘qiladigan asarlaridir. Adib bolalarining bepoyon orzular olami, yoshlarning goh lazzatli, goh iztirobli muhabbati, sidq-u vafo, xiyonat, otalar va bolalar, umuman, tuhfa toifadagi insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni g‘oyat chuqur va samimiy tasvirlaydi. Shuning uchun ham adibning asarlari hamon kitobxonlar qalbini rom etib kelmoqda.