-
Halima Xudoyberdiyeva
Halima Xudoyberdiyeva,O'zbek xalqining ardoqli farzandi, O'zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva nima bitgan bo'lsa yurak qoni bilan, To'maris momolarga xos jasorat, shijoat bilan, Zebunniso, Nodirabegimlar kabi nafosat bilan yozgan. Ishonamiz, shoiraning ushbu kitobga kiritilgan she'rlari qalbingizga dilbar tuyg'ularni armug'on etadi.
-
Mashhur daholar siyrati
Imom Shamsiddin Zahabiy,Mashhur alloma Shamsiddin Zahabiy qator asarlari bilan Islom olamida dong taratganlar. Bular orasida u zotning minglab muhaddis, mufaqkih, muarrixu mufassirlar tо‘g‘risida qimmatbaho ma’lumot berilgan bir necha jilddan iborat «Siyaru a’lamin nubalo» kitoblari alohida ahamiyatga ega. Kо‘plab ilmiy tadqiqotlar, tarjimayu tahlillar uchun manba bо‘ladigan bu bitik-xazinada yuzlab vatandoshlarimizga xam munosib о‘rin berilgan. Buxoro tumanidagi «Chor Bakr» jome’ masjidi imom-xatibi Azizxо‘ja Inoyatov tomonidan amalga oshirilgan ushbu tarjima orqali ularning ikki yuzdan ziyodi bilan tanishish ma’naviyatimizning boyishiga ulkan xissa qо‘shishi shubhasiz.
-
Tavallo
Ibrohim Paydo,Shoirning ushbu she'rlar to'plamidan insonning insonga,tabiatga ,ona-Vatanga ,ulug' ajdodlarimizga bo'lgan mehr-muhabbat chizgilari joy olgan.Ularni o'qir ekansiz,beixtiyor ko'nglingizda turfa hislar jilva qiladi,mehr-u muhabbat uyg'onadi.
-
Qoraqush yulduzining siri
Isajon Sulton,«Беш ташаббус - беш китоб» лойиҳасининг навбатдаги «Китобхонлик ва мутолаа» йўналиши бўйича Исажон Султон асарлари жамланди. Мазкур китобда йигирмадан ортиқ ҳикоя ва бир қисса ўрин олган.To'plamga "Genetik","Boqiy darbadar" romanlari,"Robiya Balxiy qissasi" hikoyalar va esse jamlandi. BU kitobga kiritilgan asarlar ulug' ajdodlarimiz,boy tarixiy merosimiz va yuksak ma'naviyatimiz -bir so'z bilan aytganda-o'zligimiz haqidadir.
-
Yosh Verterning iztiroblari
Iogann Volfgang Gyote,Yuraklarni titratuvchi,larzaga soluvchi ushbu roman sevgi haqidagi hazin qo'shiq kabidir.Pokiza qalbning yaralangan muhabbati hijron damlarida yonib olovlanib ,oqibatda,muhabbat sohibi Verterni xazon qiladi.Har satri sevgi bilan limmo-lim bo'lgan,iztirobdan yaralgan maktublar shaklida roman ko'nglingiz to'ridan joy olishi aniq. Shauning uchun ham bu asar Gyotening shoh asarlaridan biriga aylangan. Hamon kitobxonlarning sevimli asari bo'lmish sevgi qissasi mutolaasi sizga muborak bo'lsin.
-
"Chol va dengiz"
Ernest Xeminguey,Ushbu kitobga dunyo miqyosida mashhur adib, «Nobel» mukofoti sovrindori Ernest Xemingueyning eng sara asarlari kiritilgan. «Chol va dengiz» qissasida insonning ulug’ligi, undagi iroda va matonat, oqillik va azm-u qaroridan ogʻishmaslik o’zgacha talqinda aks etgan. «Alvido, qurol» romani esa qahramonlarning fikr-xayollari, kechmishlari, urushning insoniyat boshiga solgan mudhish kulfatlari haqida o’ylashga, tinchlikning qadriga yetishga chorlaydi. Serqirra ijodkorning millionlab nusxalarda chop etilgan asarlarini mutolaa qilishga shoshiling, aziz kitobxon.
-
O'zbegim
E.Vohidov,Ushbu to'plam o'zbek adabiyotining zabardast vakili,O'zbekiston qahramoni ,O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning she'r,doston,hajviya,muxammas va tarjimalaridan tarkib topdi. E.Vohidov qalamiga mansub bir asarning she'rlarini saralashga hojat yo'q;qaysi satrini o'qimang,kitobga kiritgingiz,mutolaaga kirishgan o'quvchiga xoh katta yoshli,xoh bugungi davr farzandi bo'lsin,shoir ijodini taqdim etgingiz,she'rlar zamiridagi faqat so'z san'atkorigagina xos bo'lgan haqiqatlardan boxabar etgingiz keladi.
-
Semiz va oriq
Anton Chexov,Dunyo adabiyotidaA.P. Chexov o‘z ovozi va o‘z so‘ziga ega bo'lgan noyob ijodkorlardan biri sifatida tan olingan. U hikoyalari orqali ushbu janmi yana bir taraqqiyot pog‘onasiga ko‘tarib berganligi ham bor gap. O‘zbek adabiyotida realistik hikoyalaming paydo bo'lishiga ham ayni yozuvchining asarlarisabab bo‘lib, Abdulla Qahhor va undan keyingi bir qator yozuvchilarimiz hikoyalarining muvaffaqiyatida mazkur adibning maktabi alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu kitobda yozuvchining eng sara hikoyalari jamlangan.
-
Kichkina shahzoda
Antuan de Sent-Ekzyuperi,Antuan de Sent-Ekzyuperi – XX asr fransuz adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, mohir uchuvchi, shoir va yozuvchi, yosh-u qarining sevimli asari «Êichkina shahzoda»ning muallifi. «Uchuvchi» (1926), «Janubga õat» (1929), «Òungi parvoz» (1931), «Bashar sayyorasi» (1939), «Harbiy uchuvchi» (1942), «Istehkom» (1948), «Yoshlik maktublari» (1953) kabi asarlar Antuan de SentEkzyuperining qalamiga mansubdir. Antuan de Sent-Ekzyuperining asarlari dunyoning 200 tiliga tarjima qilingan. Jumladan, uning «Êichkina shahzoda» asari Xayriddin Sultonov tomonidan va «Istehkom» qissasidan parcha Abdug‘opir Qosimov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Ushbu kitob Antuan de Sent-Ekzyuperining o‘zbek tilida chop etilayotgan yangi to‘plamidir. Asar keng kitobõonlar ommasiga mo‘ljallangan.
-
Fuqarolik protsessual huquqi (savollar va javoblar)
Xabibullayev D. Y.,Mazkur o'quv qo'llanmada Fuqarolik protsessual huquqi moduliga tagishli bo'lgan va o'quv dasturdagi barcha mavzularni qamrab olgan savollar va javoblar, har bir mavzuni to'liq o'zlashtirishga oid adabiyotlar ro'yxati berilgan.
-
Iqtisodiy protsessual huquqi (savol va javoblar)
Egamberdiyev D. A.,Mazkur o'quv qo'llanmada Iqtisodiy protsessual huquqi moduliga tegishli bo'lgan va o'quv dasturidagi barcha mavzularni qamrab olgan savol-javoblar berilgan
-
-
-
-
-
-
-
-
-