-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Konsitutsiya,
-
-
-
-
-
юриспруденция,
-
-
-
-
Navigating English for academic purposes foundation
Usarova D.A, Buriyeva G.I,This textbook is designed to provide students with the essential skills needed to successfully learn English at B1 level. The textbook aims to improve students' English language skills and offers personalized guidance on various academic subjects and topics. During this course, students will acquire the necessary skills to develop and improve core competencies.
-
Психология и педагогика
Ниязова Н.Ж, Хашимова Д,Учебник по педагогике и психологии составлен в соответствии с требованиями программы учебного предмета «Психология и педагогика». В учебник включены такие актуальные темы, как «Познавательные психические процессы», «Язык и сознание», «Личность в психологии», «Характер и темперамент», «Образование человека», «Воспитание человека», отражающие важнейшие аспекты современного образования, воспитания и педагогической психологии. Учебник содержит теоретический, а также практический материал, представленный в форме проблемных вопросов, и предназначен для студентов вузов направления «Юриспруденция».
-
Yer huquqi
Uzakova G.Sh,Mazkur o'quv qo'llanma Yer huquqi moduli doirasida tayyorlangan bo'lib, unda modul sillabusi asosida o'tiladigan barcha mavzular uchun o'quv materiallari - mavzuning asosiy mazmunini yorituvchi ma'lumotlar, testlar, nazariy savollar va talabaning mantiqiy fikrlashini kuchaytirishga qaratilgan muammoli vaziyatlar to'plangan. O'quv qo'llanma oliy yuridik ta'lim muassasalarining bakalavr bosqichi talabalariga hamda ushbu fan sohasiga qiziquvchi magistrlar, tadqiqotchilar, amaliyotchi va keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Наследственное и семейное право
Бурханова Л.М,В учебнике «Наследственное и семейное право» рассматриваются значение и содержание наследственного и семейного права в условиях реформирования и модернизации страны, расширения и углубления процессов либерализации экономики. Учебник содержит основные понятия и категории наследственного и семейного права. Учебник предназначен для студентов бакалавриата по специальности 60420100 «Юриспруденция», научных работников и преподавателей юридических вузов, практикующих специалистов и широкого круга читателей, интересующихся вопросами наследственного и семейного права.
-
O'zbek tili
Ramazonov N. , Bozorova N, Choriyev O, Gazibekova S,Ushbu darslik yangi o'quv dasturi asosida ishlab chiqilgan va TDYU qoshidagi akademik litseyning 1-bosqich rus guruhi o'quvchilari uchun mo'ljallangan. Darslikda har bir mavzu doirasida matn va u bilan bog'liq topshiriqlar, grammatik qoidalar hamda ularni mustahkamlashga doir mashqlar berilgan. Shuningdek, har bir mavzudan so'ng o'zbek adabiyotiga mansub asarlardan namunalar keltirilgan. Adabiy asarlarni berish orqali o'quvchilarning so'z boyligini oshirish, tafakkur va tasavvurini yuksaltirish maqsad qilingan.
-
Fuqarolik protsessual huquqi
Mazkur o'quv qo'llanma fuqarolik protsessual huquqi modulidan ma'ruza va seminar (amaliy) mashg'ulotlarni o'tkazishga mo'ljallangan bo'lib, aynan o'qituvchi va o'quvchi (talaba, tinglovchi)ga fanni o'zlashtirishda qulay dastur sifatida tavsiya etiladi. O'quv qo'llanmada mavzu va reja, mantiqiy savollar, kazus va ularning yechimi, darslarni o'tish uslubiyoti (metodikasi) haqida ko'rsatmalar berilgan. Mazkur qo'llanma ikki bo'limdan iborat bo'lib, birinchi bo'limda fuqarolik protsessual huquqini o'qitish va o'rganish metodikasi haqida ko'rsatmalar berilgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda fuqarolik protsessual huquqining ayrim institutlari haqida qisqacha tavsiflar berilgan.
-
Uy-joy huquqi
Imomov N. Odinayev A.,Mazkur darslikda uy-joy huquqi tushunchasi, uy-joy huquqining vazifalari, uy-joyga nisbatan mulk huquqi, uy-joy fondi va uning turlari, uy-joy qonunchiligi, turar joylardan foydalanish qoidalari, munitsipal, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi turar joylaridan ijara shartnomasi asosida foydalanish, turar joylarni saqlash va boshqarish faoliyatining huquqiy asoslari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va ular faoliyatining huquqiy tartibga solinishi masalalari yoritilgan. Darslik huquqshunoslik oliy o'quv yurtlari talabalari, doktorantlari va o'qituvchilari, shuningdek, keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Ekologiya huquqi
Narzullayev O.X, Nurmatov M.M,O'quv qo'llanmada ekologiya huquqi tushunchasi, predmeti, metodi va tizimi, ekologiya huquqi manbalari, tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi, ekologik me'yorlash, standartlashtirish, litsenziyalash va sertifikatlashtirishning huquqiy asoslari, ekologik nazorat va ekspertizaning huquqiy holati, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish iqtisodiy mexanizmini huquqiy ta'minlash, ekologik-huquqiy javobgarlik masalalari yoritilgan.
-
Ekologiya huquqi
To'xtashev H.I,O'quv qo'llanma ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va undan foydalanishni huquqiy ta'minlash sohasidagi ilmiy konsepsiyalar, sohada qabul qilingan dastur va strategiyalarni inobatga olgan holda tayyorlangan bo'lib, uning mavzulari an'anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda yangi muammo va nuqtayi nazarlar talqini asosida yoritilgan. Unda mamlakatimizda ekologik-huquqiy munosabatlar obyektlari, subyektlari hamda ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik va farqli jihatlarga alohida e'tibor qaratilgan. Binobarin, ekologiya huquqining shakllanishi va rivojlanishi, usullari, ekologik nazorat, monitoring va ekspertiza o'tkazish shartlari va tartibi, ekologik-huquqiy javobgarlik, yer, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi, yer osti boyliklari va atmosfera havosini muhofaza qilish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, antropogen o'zgargan hududlar, chiqindi hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi eng muhim jihatlar yoritib berilgan. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining talabalari, o'qituvchilari, mutaxassislar, ilmiy izlanuvchilar, magistrlar hamda ekologiya va atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish masalalariga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo'ljallangan.
-
Ashyoviy huquqlar tizimi
Koryog'diyev B.U,Ushbu o'quv qo'llanmada ashyoviy huquq tizimiga oid qonunchilikning O'zbekiston Respublikasidagi rivojlanish genezisi, to'liq va cheklangan ashyoviy huquq tushunchasi, mohiyati, tamoyillari, o'ziga xos jihatlari va turlari, shuningdek, mulk huquqi, servitut huquqi, xo'jalik yurituvi va operativ boshqaruv huquqi, uzufrukt, superfitsiy kabi boshqa ashyoviy huquqlarga oid qoidalar, ingliz, qit'a hamda musulmon huquqida ayrim ashyoviy huquqiy munosabatlar tahlil etilgan. O'quv qo'llanma huquqshunoslik oliy o'quv yurtlarining talabalari, magistrlari, doktorantlari, o'qituvchilari va ashyoviy huquqqa oid masalalarga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Yuridik klinik ta'lim asoslari
Narziyev O.,Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma Yuridik klinikaga qabul qilingan talabalar, klinikadagi kurator o'qituvchilar va fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash hamda huquqiy maslahat berishga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan. Ushbu nashrning mazmuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi yoki uning faoliyatiga hissa qo'shadigan tashkilotlarning qarashlari yoki siyosatlarini aks ettirmaydi, shuningdek, ushbu nashrda qo'llanilgan belgilar va materiallar taqdimoti Birlashgan Millatlar Tashkiloti Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi tomonidan biron-bir mamlakat, hudud yoki shaharning yoki uning hokimiyatining huquqiy maqomi yoki uning chegaralari yoki chegaralarini delimitatsiya qilish to'g'risida hech qanday fikr bildirishni anglatmaydi.
-
Ma'muriy tartib-taomillar
Nematov J.N,Ushbu darslikda yurisprudensiya magistrant tinglovchilarining Ma'muriy tartib-taomillar fani bo'yicha ilk tasavvurlarini hosil qilish, mazkur fanga oid ilmiy-nazariy qarashlarini yanada boyitish, O'zbekiston ma'muriy sud amaliyotining ma'muriy tartib-taomillar qoidalarining qo'llanishiga oid amaliy misollar tahlili bilan tanishtirish maqsad qilingan. Mazkur darslik Ma'muriy tartib-taomillar fani bo'yicha asosiy manba, Ma'muriy huquq fani bo'yicha esa qo'shimcha manba sifatida foydalanish uchun mo'ljallangan.
-
Yuridik texnika
Sodikov A.Sh,Mazkur darslik talabalarga turli yuridik hujjatlarni tayyorlashda zarur bo'lgan yuridik-texnik qoidalarni samarali qo'llash, yuridik-texnik usul, uslub va vositalardan foydalanish, yuridik faoliyatni amalga oshirish yuzasidan amaliy ko'nikmalarni egallash, shuningdek, yuridik-texnik va mazmun jihatdan mukammal normativ-huquqiy hujjatlar hamda boshqa yuridik hujjat loyihalarini ishlab chiqish bo'yicha nazariy bilim va ko'nikmalarni shakllantirishga tayanch manba bo'lib xizmat qiladi.
-
Oila huquqi
Babajonova D.I,Mazkur o'quv qo'llanmada oila huquqiga kirish, nikohga oid qoidalar, er-xotin o'rtasidagi, ota-ona va bolalar o'rtasidagi munosabatlar, aliment majburiyatlari, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirishga oid qoidalar xususida so'z yuritilgan bo'lib, oilaviy-huquqiy munosabatlarni o'rganishda yordam berishga qaratilgan.
-
Elektron tijorat huquqi
Ruzinazarov Sh.N,Mazkur darslik bakalavr va magistrlarda elektron tijorat huquqi fani boʻyicha nazariy bilimlar va elektron tijoratga doir qonun hujjatlarini amaliyotda qo'llash ko'nikmalarini shakllantirish uchun tayyorlandi. "Elektron tijorat huquqi" darsligi raqamli fuqarolik muomalasini rivojlantirish, elektron tijoratda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, uning nazariy mazmun- mohiyatini yanada chuqurroq bilish hamda uni amaliyotda qo'llashga yordam beradi. Darslikda elektron tijorat huquqining predmeti va metodi, elektron tijorat tiplari (biznes modellari) tasnifi va subyekt-ishtirokchilari, elektron bitimlar hamda uning turlari, elektron tijoratda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish, elektron tijoratda to'lovlar, elektron tijorat sohasidagi xorijiy va xalqaro qonunchilik haqidagi masalalar yoritilgan. Ushbu darslik talabalar, magistrlar, professor-o'qituvchilar va elektron tijorat huquqiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Yurisprudensiya ta'lim dasturlarida o'quv darslarini o'tkazish
Rustambekov I.,Mazkur o'quv qo'llanma ilg'or xorijiy tajriba, xususan, yetakchi xorijiy yuridik maktablar tajribasiga asoslangan yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi doirasidagi fanlardan mashg'ulotlar o'tkazish bo'yicha ilk nashr hisoblanadi. Ushbu o'quv qo'llanma yuridik ta'lim muassasalari va fakultetlarning, huquq sohasiga ixtisoslashgan boshqa ta'lim muassasalarining talabalari, magistrantlari, ilmiy xodimlari va o'qituvchilari hamda amaliyotchi mutaxassislar, shuningdek, o'zining pedagogik mahoratini oshirishga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
-
-
-