-
-
-
-
-
-
-
Ta'lim,
-
-
-
-
-
юриспруденция,
-
-
-
-
-
-
-
-
юриспруденция,
-
Vorislik va oila huquqi
Yuldashev J.I,Mazkur darslik yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasining Konstitut- siyasi, fuqarolik, meros va oila qonunchilik hujjatlari asosida mamlakatimiz Y31 Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi"da belgilab berilgan ustuvor yo'nalishlarga va qonunchilikdagi 2024-yil 1-yanvarga qadar kiritilgan o'zgarishlarga mos ravishda yozildi. Darslik yuridik ta'lim muassasalari uchun davlat ta'lim standartlariga mos holda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, yangi o'quv modul tizimlarini qo'llagan holda tayyorlandi. Nashr huquqshunoslik fani o'qitiladigan oliy va o'rta-maxsus ta'lim muassasalariga darslik sifatida tavsiya etiladi.
-
Vorislik va oila huquqi
Yuldashev J.I,Mazkur o'quv qo'llanma yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, fuqarolik, meros va oila qonunchilik hujjatlari asosida qisqa savol-javob tarzida tayyorlangan. Mavzular doirasida kazuslar ham berilgan bo'lib, bu talabani amaliy mushohada yuritishga undaydi. O'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari va boshqa oliy o'quv yurti yuridik ta'lim muassasalarining yurisprudensiya yo'nalishida ta'lim oladigan talabalarga mo'jallangan.
-
Xalqaro xususiy huquqda kollizion normalar
Xazratqulov O.T,Mazkur o'quv qo'llanmada xalqaro xususiy huquqda kollizion normalarning tutgan o'rni hamda ahamiyati to'g'risida ilmiy qarashlar va nazariy masalalarga e'tibor qaratiladi. Xalqaro xususiy huquq tizimida kollizion normalarga doir umumiy nazariy qarashlar tahlil etilgan boʻlib, u o'quvchining kollizion normalarni qo'llash masalalariga doir bilimlarini yanada mustahkamlashga yordam beradi. Ushbu qo'llanma huquqshunoslar, davlat idoralari xodimlari, bu sohaga qiziquvchi bakalavr va magistrant talabalar uchun mo'ljallangan.
-
Xalqaro xususiy huquqda yurisdiksiya
Allayorov J.T,Ushbu o'quv qo'llanmada xalqaro xususiy huquq fanining "Xalqaro xususiy huquqda yurisdiksiya" mavzusi doirasida xalqaro sudlovlilik tushunchasi, xalqaro fuqarolik protsessining huquq tizimidagi o'rni, xalqaro sudlovlilik turlari to'g'risida ma'lumot beriladi. Shuningdek, mazkur o'quv qo'llanma talabalarning ushbu mavzular bo'yicha mustaqil ta'lim olish ko'nikmasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O'quv qo'llanma yurisprudensiya ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan oliy o'quv yurtlari talabalari, amaliyotchi va ilmiy xodimlar uchun mo'ljallangan.
-
Противодействие легализации преступных доходов
Фазилов Ф.М,В учебном пособии рассматриваются вопросы адаптации к современным реалиям уголовно-правовых норм об ответственности за легализацию доходов, полученных от преступной деятельности. На основе изучения судебной практики формулируются выводы о причинах некорректной применяемости норм об ответственности за легализацию преступных доходов и предлагаются варианты законодательного и правоприменительного решения, существующих в этой области проблем. Учебное пособие может быть рекомендовано для научных и практических работников, студентов юридических факультетов, докторантов и самостоятельных соискателей, а также для широкого круга читателей, интересующихся вопросами уголовного права и противодействия легализации преступных доходов.
-
Bitimlar
Qoryog'diyev B.U,Ushbu o'quv qo'llanma bitimlar tushunchasi, uning turlari, shakllari, bitimning haqiqiylik shartlari, haqiqiy bo'lmagan bitimlarning huquqiy asoslari, jumladan, qonun shakliga va uning mazmuniga mos kelmagan bitimlar, muomalaga layoqatsiz shaxslar tarafidan tuzilgan bitimlar, yuridik shaxsning muomala layoqatidan chiqib tuzgan bitimlari, shaxs erk-irodasiga qarshi tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish tartibotini, shuningdek, haqiqiy bo'lmagan bitimlarning ikki turi hisoblangan nizoli hamda o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmagan bitim nisbatlarini, bitimning haqiqiy emaslik oqibatlarini qo'llashning huquqiy asoslarini, rivojlanishining ustuvor jihatlari va xorijiy davlatlar tajribasi kabi masalalar tahlil etilgan. O'quv qo'llanma huquqshunoslik oliy o'quv yurtlarining talabalari, magistrlari, doktorantlari, o'qituvchilari va bitimlarga oid masalalariga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
-
-
-
-
-
Kiberjinoyatchilik
Niyozova S.S,Ushbu o'quv qo'llanmada kiberjinoyatchilik moduli tushunchasi, uning turdosh fanlar tizimidagi o'rni; kiberjinoyatchilik tushunchasi, turlari, shakllari va uning belgilari hamda ko'rsatkichlari, tarkibi, tuzilishi; kiberjinoyatchilik sabablari tushunchasi va uni vujudga keltiruvchi shart- sharoitlar hamda omillar; kiberjinoyatchilikning oldini olish siyosati hamda choralari, subyektlari faoliyati, ularning vazifalari; kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlik va xorijiy davlatlar tajribasi; kiberjinoyatchilik uchun javobgarlik masalalari bayon etilgan. O'quv qo'llanma oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ilmiy xodimlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Гражданское право
Д.М.Караходжаева,С обретением государственной независимости и переходом к системе рқночнқх отношений в Узбекистане система гражданского законодательства была подвергнута значительному реформированию и модернизации. Происходшие в стране законадетелство .
-
Гражданское право
Д.М.Караходжаева,В учебнике нашли авое отражение вопросы отдельных видов обязательств ( закрепленные в Гражданском кодексе договора) , обязательства возникающие вследствие причинения вреда иные внедоговорные обязательства, права интеллектуальной собственности, а также наследственного права.
-
Трудовое право
Ю.Турсунов, М.Усмонова,Учебник преназначен для учащихся средних специальных учебных заведений,где в учебную программу включен курс "Трудовое право".Книга также может быть полезна юристам-практикам,широкому кругу читаттелей, которые интереуются вопросами трудового закондательства Республики Узбекистан.
-
Ijtimoiy ta'minot
Y.Tursunov,O'quv qo'llanmada kasb-hunar kollejlarida "Ijtimoiy ta'minot huquqi" kursini o'rganish yuzasidan o'quv dasturiga muvofiq tavsif beriladi . Aholini ijtimoiy himoyalashga taaluqli qonunchilik normalari ularning amaliyotida qo'llanilishi tahlil qilinadi. O'quv qo'llanmada ijtimoiy ta'minot va aholini ijtimoiy himoyalashga oid eng yangi normativ-huquqiy aktlardan foydalinadi.
-
-
Jinoyat ishlari bo'yicha protsessual hujjatlarni rasmiylashtirish
Z. F. Inog'omjonova,O'quv qo'llanmada jinoyat protstssida rasmiylashtirish protsesseual hujjatlarning mohoyati, ahamiyati zarurati unga qo'yilgan talablar nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan va o'ziga xos xususiyatlari jchib berilgan. Jinoyat protsessualdagi ayrim protsessual hujjatlar dalil sifatida ahamiyatiga ega ekanligi e'tirof etgan holda uni qonunda belgilangan.