-
-
-
-
-
Фалсафа,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Ma'muriy sud ish yurituvi
Zoilboyev J.K,Ushbu o'quv qo'llanmada O'zbekiston Respublikasida mavjud ma'muriy sudlarning faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik normalari tahlil qilingan. Shuningdek, amaliy misollar bilan O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeksi normalari sharhlangan. Unda nafaqat ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi qonunchilik normalari, balki boshqa qonunchilik normalari ham qiyosiy tahlil qilingan. O'quv qo'llanmada bob yuzasidan asosiy fikrlar, nazariy savollar, testlar, sud hujjatidan namunalar keltirilgan, shu bilan birga, ma'lumotlarni tushunishni osonlashtiruvchi vaziyat va misollar shakllantirilgan.
-
-
-
-
-
Bezorilikning oldini olish
Karaketova D.Y,Ushbu o'quv qo'llanma bezorilikning oldini olish bilan bog'liq masalalarga bag'ishlangan bo'lib, unda bezori shaxsi, uning turmush tarzi va xulq- atvorining o'ziga xos xususiyatlari, bezorilik jinoyatining sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlar, bezorilikning oldini olish turlari o'rganilgan. Bezori shaxsning kriminologik tavsifi (ijtimoiy-demografik, jinoyat-huquqiy va ma'naviy-ruhiy belgilari) nafaqat bezori shaxsi mohiyatini ochib berish, balki bu boradagi mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash imkonini ham beradi. Bu esa, o'z navbatida, bezorilik jinoyatini sodir etgan shaxslarga nisbatan ta'sirchan profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqishga zamin yaratadi.
-
Soliq huquqi
Isayeva F.B.,Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasining soliq huquqi tizimiga kiruvchi masalalami yoritishga bag‘ishlangan. Ushbu darslikda muallif tomonidan soliqlaming umumiy tavsifi, o‘ziga xos xususiyatlari, soliq majburiyati va soliq nazorati, soliq huquqiy munosabatlari, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar tizimi va ulaming elementlari, soliqqa oid qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik hamda chet mamlakatlari soliq tizimi va O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi bilan solishtirma tahlili kabi masalalar yoritib berilgan. Mazkur darslik huquqshunos kadrlami tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining talabalariga mo‘ljallab tayyorlangan.0‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2017-yil 24-avgustgi 603-sonIi buyrug‘iga asosan Soliq huquqi nomli darslik talabalar uchun tavsiya etilgan.
-
-
Ўзбекистон конституцияси тарихи
Саидов А.,Ўзбекистон Республикасининг конституцияси мустақиллик йилларида ижтимоий - хаётнинг барча соҳаларида босқичма - босқич ва тизимли равишда амалга оширилаётган кенг қамровли демократик ислоҳотларнинг мустаҳкам юридик манбаи ҳамда асосий ҳуқуқий кафолатидир.Шу маънода, Конституциянинг яратилиши тарихини атрофлича ўрганиш, бу муҳим ҳуқуқий хужжатнинг мазмун - мохиятини чуқур талқин ва таҳлил этиш мустақил Ўзбекистонинг энг янги тарихини ўқиб - ўрганишнинг таркибий қисми сифатида алоҳда аҳамият касб этади. Чунки, аслида ҳам, Ўзбекистон Конституциясининг ишлаб чиқилиши, қабул қилиниши ва ривожлантирилиши жараёнлари мамлакат мустақиллик тарихининг бевосита бир узвий қисмидир.