-
Yuridik terminlar izohli lug'ati (faol termin va tushunchalar)
Tuzuvchi mualliflar,Muayyan tilning rivojlanishi jarayonida uning lug'aviy tarkibi, jumladan, ter minologiyasi boshqa sohalarga qaraganda tez, sezilarli, jiddiy o'zgarishlarga uchraydi Shu ma'noda yuridik soha terminologiyasida kuzatilgan taraqqiyot, o'zgarishlar hamda yangi lug'aviy birliklarning paydo bo'lishi va ayrim lug'aviy birliklarning iste'moldan chiqishi bugungi kunda ayni mavzuda lug'at tayyorlash dolzarbligini ko'rsatmoqda. Qo'lingizdagi faol yuridik termin va tushunchalar jamlangan "Yuridik terminlarning izohli lug'ati" ushbu bo'shliqni bir qadar to'ldirish maqsadida tuzilgan. Ushbu lug'atda yuridik sohaga oid terminlar berilgan bo'lib, har bir termin bugungi kundagi huquqiy, ijtimoiy-siyosiy ma'nosi jihatidan izohlangan. Mazkur lug'at tarkibi yangi tahrirda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qonunlari va normativ-huquqiy hujjatlari normalari asosida, shuningdek, mavzuga oid terminlar lug'atlaridan foydalangan holda tuzildi hamda amaldagi o'zbek lotin alifbosi harflari ketma-ketligida tartiblandi. Lug'at soha mutaxassislari va keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Sud ekspertizasi va kriminalistika atamalari lug'ati
Mualliflar jamoasi,Mazkur lug'at jinoyatlarni tizimli shaklda ochish va tergov qilishda keng qo'llanadigan kriminalistika hamda sud ekspertizasiga oid atama, tushuncha, ta'riflarni o'z ichiga oladi. Lug'at oliy va o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari talabalari, kursantlar, tinglovchilar, tadqiqotchilar, shu bilan birga, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun mo'ljallangan.
-
Davlat tilida ish yuritish
Aminov M.,Ushbu qo'llanmada tashkilot va muassasalarning ish yuritish faoliyatida eng ko'p qo'llanadigan hujjatlar, ularni tuzish tartib qoidalari masalalariga to'xtalindi, ular tegishli namunalar bilan ko'rsatildi, ish yuritishga oid lug'at berildi. Qo'llanma, birinchi navbatda, tashkilotlar rahbar- lari va xodimlariga, boshqaruv faoliyatida bevosita hujjat ustida ishlovchilar, kotib-referentlar, kadr xizmati xodimlariga mo'ljallangan, shuningdek, undan hisobchilar, adliya maslahatchilari, auditor, menejerlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Kimyo atamalarining izohli lug'ati
Mualliflar jamoasi,"Kimyo atamalarining izohli lug'ati" da noorganik, organik, fizik, analitik va biokimyo, kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va qurilmalari bo'yicha 4123 mingga yaqin eng ko'p ishlatiladigan o'zbek, ingliz va rus tillaridagi atamalar va terminologik iboralar va ularning o'zbek tilidagi qisqacha izohi mavjud. U tadqiqotchilar, texnologiar, tarjimonlar, o'qituvchilar, doktorantlar, kimyo fakultetlari va universitetlari talabalari uchun mo'ljallangan. Bundan tashqari, lug'at kimyo bo'yicha umumiy ma'lumotnoma sifatida ishlatilishi mumkin. Lug'atda keltirilgan terminologiya xalqaro nomenklatura va so'nggi mahalliy terminologiya standartlariga mos keladi.
-
Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug'ati
Mualliflar jamoasi,Mamlakatimizda elektron hukumat tizimining joriy etilishi natijasida dav- lat xizmatlarining samarali va kam xarajatli boshqaruv usuli joriy etilmoq- da, natijada jamiyat va hukumat munosabatlari tubdan yangi bosqichga olib chiqiladi, fuqarolik jamiyati rivojlantirilib, hukumatning xalq oldidagi javob garlik darajasi oshiriladi. Ushbu lug'at O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatimiz- da oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni ijrosi doirasida AKT sohasi xodimlari, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari hamda barcha qiziquvchilar foydalanishi mumkin boʻlgan terminologik bazani shakllantirish maqsadida tuzildi. Mazkur lug'atdan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi- da faoliyat yurituvchi mutaxassislar, ilmiy xodimlar, tegishli ixtisoslikdagi talabalar va aspirantlar, shuningdek, AKTga qiziquvchilarning keng ommasi foydalanishlari mumkin.